O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
- Bak: Rustamova Fotima To‘lqinjon qizi, bak: Ibodova Husnida Abdusamad qizi, bak: Marjona Abdullayeva Zokir qizi, ass: Ibragimov Anvar Qo’chqorovich.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Baturin A.K., Mendelson G.I. Oziqlanish va salomatlik:muammolari XXI [Matn] //Oziq–ovqat sanoati.-2005-N 5. –S. 105-107. 2.Bogatyrev A.N., Makeeva I.A. Tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarishdagi muammolar va istiqbollar [Matn]///Oziq-ovqat sanoati.-2014.N 21. –S. 8-10. 3.Shishkov Yu.I. Funksional oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim jihatlari[Matn]//Oziq-ovqat sanoati.-2007.-N 1.-b. 10-11. 4.https://uchebnik-online.net/book/372-texnologiya-produktov-funkcionalnogo-pitaniya- uchebnoe-posobie-kacerikova-nv/6-12-klassifikaciya-produktov-funksionalnogo-pitaniya.html “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 246 YONG‘OQNING FUNKSIONAL XUSUSIYATLARINI TATQIQ ETISH Bak: Rustamova Fotima To‘lqinjon qizi, bak: Ibodova Husnida Abdusamad qizi, bak: Marjona Abdullayeva Zokir qizi, ass: Ibragimov Anvar Qo’chqorovich. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Yong‘oq juda foydali, mazali parxizbop taom. Uni yurak va qon aylanish sestimasida, or- tiqcha xalestirindan halos qilishda, qandli deabit bilan chalingan bemorlarda qand miqdo- rini kamaytirishda qo‘llaniladi. Yong‘oq tarkibida mikro va makro elimentlar, biomalekullar, vitaminlar mavjud. 28 gramm yong‘oqda protein-5gr, yog‘-16gr, uglevodlar-6gr, elyaf-3gr , E vitamini- 12%, magniy-16%, fosfor- 13%, mis-23%, marganst-26%, selen-56%ni tashkil etadi[1]. Yong‘oq antioksidantlik xossaga ega. Anti- oksidantlikda yong‘oq o‘zining tarkibidagi polifenol yordamida, organizmga kirgan za- rarli malekulalarni zararsizlantiradi. Yong‘oq baliqga qaraganda ko‘proq antioksidantlik xossaga ega[2]. Yong‘oqlarning oqsili yuqori sifati bilan ajrqlib turadi, tarkibida oltingugrtli aminokislotalar, lizin, treonining miqdori sezilarli darajada ko‘p. Yong‘oqda allergiyani qo‘zg‘atuvchi poten- siali mahsulot. Kaloriyaga boy mahsulot. Kunlik ovqatlanish ratsionida 30 gr. dan oshmas- ligi kerak. Yong‘oqlarni don mahsulotlari bilan birga istemol qilish tafsiya etilmaydi. Chunki, o‘simlik mahsulotlarning aminakislotalar disbalansi buziladi[3]. Yong'oqning xolesterinni kamaytiradigan kuchi ularning tarkibida ko'p to'yinmagan yog'li kislotalarning ko'pligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Yong‘oqda yog‘ miqdori ko‘p bo‘lishiga qaramay yurak uchun foydali bo‘lgan "yaxshi" HDL xolesterinni ko'tarib, yurak uchun za- rarli "yomon" LDL xolesterin kamaytiradi. Qandli diabet bilan butun dunyo bo'ylab yuz mil- lionlab odamlar xastalangan. Metabolik sindrom bu yurak xastaligi, insult va qandli deabet xavfini oshirishi mumkin bo'lgan xavfli omillari guruhini anglatadi. Shuning uchun qandli diabet va metabolik sindrom bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Qizig'i shundaki, yong'oq metabolik sindrom va diabetga chalingan odamlar uchun eng yaxshi ovqatlardan biri bo‘la oladi. Birinchidan yong‘oqda uglevod kam va qonda shakar darajasini ko‘tarmaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yong'oqni iste'mol qilish qon bosimi meyorlashtirdi, qondagi qand miqdorini 9% ga kamaytirdi. Metabolik sindromda odamda antioksidantlik xossasi kamayadi. Yong‘oq ham bunga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi[4]. Tanangizni jarohatlardan, bakteriyalardan va boshqa potentsial zararli pathogenlardan himoya qilishda yon- g‘oq bizga yordam beradi. Biroq, surunkali, uzoq muddatli yallig'langan organlarga zarar yetkazishi va kasallik xavfini oshirishi mumkin. Yong'oqni istemol qilish yallig'lanishni ka- maytiradi va sog'lom qarishni rag'batlantiradi. O'rta yer dengizi dietasi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotda, yong'oq bilan oziqlanib dieta qilgan odamlarda yallig'lanish belgilari C-reaktiv oqsil va interleykin 6 mos ravishda 35% va 90%ga pasaygan. Yong'oq sog'lom odamlarda, diabet va buyrak kasalligi kabi jiddiy kasalliklarga chalinganlarda yallig'lanishga qarshi kurashadi[5]. O'rta yer dengizi dietasi bo'yicha tadqiqotda shuni ko'rsatdiki, yong'oq iste'mol qilgan odamlarda “yomon” LDL zarralari sezilarli darajada pasaygan va "yaxshi" HDL xolesterin darajasi ko'tarilgan. Bu esa o‘z-o‘zidan ko‘- rinib turibdiki yurakni va qon-tomir tizimini ortiqcha yog‘lardan tozalaydi. Yong'oq istemol qilgan odamlar arteriyalarning yaxshi ishlashi va ochlik darajasining pastligi, xolesterin miqdori kamayganligi kuzatiladi. Demak, yong'oqlar yurak xuruji va insult xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yong'oqni iste'mol qilish "yomon" LDL zarrachalarining hajmini kamaytiradi, "yaxshi" HDL xolesterinni oshiradi, arteriya faoliyatini yaxshilaydi va boshqa turli xil afzalliklarga ega[6]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling