51
uchun foydalaniladi.
Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, o‘zgaruvchi
va doimiy xarajatlar
bo‘yicha chiqimlarni tahlil qilish etarlicha sub‘ektivdir. Buning ustiga bunday
tahlilda eng so‘nggi ma‘lumotlar qo‘llaniladiki, ular xarajatlar o‘zgarishining
oldingi yoki keyingi tuslariga nisbatan tipik bo‘lmasligi mumkin.
Shu sababli
mumkin bo‘lgan joylarda xarajatlarni baholash turkum kuzatishlarga asoslanishi
kerak. Shunday usulga asoslanib xarajatlarni baholash yakka va ko‘pincha
shartli
muloxazalarga asoslanadi. Shu sababli bunday baholar etarlicha aniq bo‘lmasligi
mumkin, ayniqsa ularga asoslanib katta mablag‘ bilan bog‘liq qaror qabul qilish
uchun aniq emas. Demak bu usulda o‘lchov xatolari bo‘lishi mumkin.
3.3. Xarajatlarni baholashda grafik va miqdor usullarni ko‗llashning
xususiyatlari
Grafik usul yoki yoyilish diagrammasi
Bu usul faoliyatning har bir turiga umumiy xarajatlar
grafikasini chizib
borishni o‘z ichiga oladi. Umumiy xarajatlar - tik o‘q (U) bo‘yicha, ishlab
chiqarish hajmi - ko‘ndalang o‘q
(X) bo‘yicha o‘tkaziladi, tarqalgan nuqtalar orqali
to‘g‘ri chiziq tortiladi.
Masalan, oldingi o‘nta to‘rt haftalik hisobot davri uchun
quyida keltirilgan texnik xizmat ko‘rsatishga umumiy xarajatlarga doir
ma‘lumotlardan hamda mashinalarning ish vaqtidan foydalanib diagramma
tuzamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: