O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Xarajatlarni baholashda muhandislik va buxgalteriya usullarining


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

3.2. Xarajatlarni baholashda muhandislik va buxgalteriya usullarining 
afzalliklari 
1) muxandislik usullari; 
2) buxgalteriya usullarini tekshirish; 
3) grafik usul yoki tarqalish diagrammasi
4) eng ko‘p va eng kam miqdor usuli. 


49 
Bu yondashuvlar xarajatlar vazifalarini aniqlashning aniqlik darajasi 
bo‘yicha va ularni amalga oshirish xarajatlari bo‘yicha farq qiladi. Bu usullar bir-
birini istesno qilmaydi, xarajatlarning turli toifalari uchun turli usullar qo‘llanilishi 
mumkin. 
Muxandislik usullari. Xarajatlar o‘zgarishini tahlil qilishning muxandislik 
usullari keltirilayotgan resurslar bilan chiqayotgan mahsulot o‘rtasidagi texnologik 
bog‘liqlikni muhandislik tahlilidan foydalanishga asoslanadi. Masalan, ular 
qatoriga texnik tahlil tusidagi tadqiqot usullari, ishni tanlash va vaqt hamda 
harakatni o‘rganish kiradi. Bu yondashuv xarajatlar bilan chiqimlar o‘rtasidagi 
omillarni jismoniy bog‘liqlik (tobelik) mavjud bo‘lganda ma‘qul hisoblanadi. Texnik 
tahlilni bajarish protsedurasi faoliyat turi uchun talab qilinadigan asosiy jismoniy 
xarakteristikani (tavsifni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga va so‘ngra olingan 
natijalarni chiqimlarning kutilayotgan qiymatiga aylantirishga asoslanadi. Texnik 
talablarni biladigan muxandislar talab qilinadigan materiallarning miqdorini va 
xodimlarning mehnati qancha davom etishini, turli operatsiyalar uchun uskunalarning 
ishini baholaydilar, shundan so‘ng qiymat bahosini resurslar narxi va stavkalarini 
olish uchun jismoniy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanadi. Muxandislik usuli 
takrorlanuvchi jarayonlar xarajatlarini aniqlash uchun foydalidir, chunki bu jarayonda 
keltiriladigan resurslar bilan mahsulot chiqishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ma‘lumdir. 
Masalan, bu usul asosiy ishlab chiqarish materiallariga, xodimlarning mehnatiga, 
mashina-uskunalarning ishlash vaqtiga tegishli xarajatlarni baholash uchun 
qo‘llaniladi, chunki ularni bevosita kuzatib turish va o‘lchash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling