O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Buyurtmalar bo‘yicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv
kartochkalarida olib boriladi. Aniq bir buyurtmani bajarishga barcha bo‘linmalar
bo‘yicha xarajatlar ayni shu kartochkalarda to‘planadi. Asosiy tavsiflari: • Ko‘p buyurtmalar belgilangan davr davomida bajariladi • Ishlab chiqarish materiallariga, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari va ishlab chiqarish ustama xarajatlari har bir buyurtma bo‘yicha yig‘iladi • Buyurtma bo‘yicha kartochka asosiy xujjat hisoblanadi • Harajatlar buyurtmalar bajarilishiga qarab hisobdan chiqariladi 7.2. Buyurtmalar bo‘yicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv Xarajatlarni aniq bir buyurtmaga o‘tkazish uchun quyidagi amallarni ajratish mumkin 17 : 1) Buyurtmani xarajatlar ob‘ekti sifatida aniqlash. 2) Buyurtma bilan bog‘liq xarajatlarni (materiallar, asosiy mehnat) aniqlash. 3) Buyurtmaga ustama sarflarni taqsimlash uchun bazani tanlash. 4) Ustama sarflarni taqsimlash bazasiga kiritish. 5) Ustama sarflarni taqsimlash stavkasini hisoblash. 6) Ustama sarflarni taqsimlash stavkasidan foydalanib, ustama sarflarni buyurtmaga o‘tkazish. 7) Buyurtma bo‘yicha umumiy xarajatlarni (materiallar, mehnat, ishlab chiqarish ustama sarflarini) aniqlash. Mehnat va materiallar kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarflangan xarajatlar mahsulot yoki xizmatning aniq bir turiga bevosita o‘tkazilishi mumkin. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari faqat maxsus sun‘iy usullar yordamida mahsulot turlariga taqsimlanishi mumkin. Ularni hisobdan chiqarish chog‘ida umumiy ishlab 17 Management Accounting for Business Decisions, 2 nd Edition, by Colin Drury, 2012 р.473 95 chiqarish sarflarini har bir bo‘linma yoki faoliyat yuritayotgan ob‘ekt uchun belgilangan me‘yoriy stavkalardan foydalanadilar. Buyurtmalar bo‘yicha kalkulyatsiya poligrafiya sanoatida, kemasozlikda, konsalting kompaniyalarida qo‘llaniladi. Taqsimlash stavkasini aniqlash: 1. Yillik byudjetni, umumiy ishlab chiqarish sarflari rejasini tuzish. Umumiy ishlab chiqarish sarflarining taxmin qilingan miqdorini hisoblash. Xarajatlar dinamikasi va ishlab chiqarishning nazarda tutilgan xajmi asosida amalga oshiriladi. Bu operatsiyani kelgusi hisobot davriga har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun bajarish zarur. 2. Umumiy ishlab chiqarish sarflarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatining biror ulchagichidan (mezonidan) masalan, ishlangan kishi soat sonidan, mashina-soat miqdoridan, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarga hisoblangan ish haqi summasidan foydalanib, ishlab chiqarish umumiy sarflari bilan tayyor mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. Tanlangan baza ishlab chiqarish umumiy sarflarini ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. 3. Kelgusi davrga prognoz qilingan umumiy ishlab chiqarish sarflari miqdorini ishlab chiqarishning prognoz qilingan va tanlangan taqsimlash bazasi ko‘rsatkichlarida (soatlar, dollarlar) ifodalangan miqdoriga taqsimlash. Bu operatsiya natijasida ishlab chiqarish umumiy sarflarini taqsimlashning me‘yoriy stavkasi olinadi. So‘ngra ishlab chiqarish umumiy sarflari ana shu stavkadan foydalanib, mahsulotning har bir turiga o‘tkaziladi, buning uchun taqsimlash bazasi ko‘rsatkichininig haqiqiy qiymati taqsimlashning me‘yoriy stavkasiga ko‘paytiriladi. Bu summa materiallar sarfiga va ishlab chiqarish ishchilariga hisoblangan mehnat haqiga qo‘shiladi. Natijada mahsulotning hisoblangan tannarxi kelib chiqadi, unda faqat ikkita haqiqiy element bo‘ladi, ishlab chiqarish umumiy sarflari taqsimlashning me‘yoriy bazasi asosida mahsulotga o‘tkazilgan bo‘ladi. Hisobot davri oxirida umumiy 96 ishlab chiqarish xarajatlari schetida oxirgi qoldiq ma‘lum bo‘ladi, ya‘ni. haqiqatan qilingan ishlab chiqarish umumiy sarflari bilan mahsulot tannarxiga o‘tkazilgan sarflar o‘rtasidagi tafovut aniqlanadi. Ortiqcha taqsimlangan ishlab chiqarish umumiy ustama sarflari «Sotilgan mahsulot tannarxi» schetining debetiga o‘tkaziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling