O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Bevosita xarajatlar- Materiallar va mexnatdan tashqari kontrakt bo‘yicha 
bevosita xarajatlar borki, ularning ahamiyati katta. Bu toifaga ikki asosiy modda
ya‘ni ishlab chiqarish qurilmalari va subpudrat bo‘yicha ishlar kiradi. 
Ishlab chiqarish qurilmalari- Ishlab chiqarish qurilmalari va uskunalar 
kontrakt uchun maxsus sotib olingan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda kontrakt 
schyoti sotib olingan uskunalarning tannarxi bo‘yicha debetlanadi. Yoki ishlab 
19
Management Accounting for Business Decisions, 2
nd
 Edition, by Colin Drury, 2012 р.566


99 
chiqarish uskunalari boshqa kontraktlarga berilishi mumkin. Bu holda qisman 
hisobdan chiqarilgan qiymatga ega bo‘lamiz va bu qiymatga kontrakt schetimiz 
debetlanib, qaysi kontrakt schetidan chiqarilsa, shu schet kreditlanadi. Har bir 
hisobot davrining oxirida mulk hisobidagi ishlab chiqarish qurilmalarining qoldiq 
qiymati, miqdori kontrakt schetida kredit provodkasi sifatida bo‘ladi, ya‘ni qoldiq 
kelgusi davrning boshlanishiga o‘tkaziladi. Buxgalteriya provodkalarining sof 
natijasi shundan iboratki, ishlab chiqarish qurilmalarining amortizatsiyasi avtomat 
ravishda kontrakt schetiga kirim qilinadi. Ishlab chiqarish qurilmalari ma‘lum 
kontrakt bo‘yicha foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya ushbu 
ishlab chiqarish qurilmalariga egalik qilmagani uchun ijara bo‘yicha sarflarga 
yagona jurnal provodkasi beradi va bu sarflarga kontrakt scheti debetlanadi.
Subpudrat bo‘yicha ishlar. Konrakt katta bo‘lsa yoki ishning ma‘lum 
jihatlari bo‘yicha mutaxassislarning faoliyati bilan bog‘liq kontrakt bo‘lsa, 
kompaniya subpudratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchi bajargan har 
qanday ishning tannarxi kontraktning bevosita xarajatlari hisoblanadi va kontrakt 
schetini debetida hisobga olinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling