Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta'minlovchi unsurlar
Download 2.86 Mb.
|
Marketing 2021 й - word lotin
8.8-rasm. Tovarlar raqobatbardoshligini ta'minlovchi unsurlarFirmalar oʻrtasida quyidagi raqobatni oʻzgartirish variantlari mavjud: Raqib firmalar sonini oʻsish bilan raqobat kuchayadi. Koʻpgina katta firmalar boshqa firmaga birlashib lider darajasiga chiqish uchun aniq choralar qabul qilishi asosida raqobat kuchayadi. Tovarga boʻlgan talab sekin oʻsganda raqobat kuchli boʻladi. Qachon tarmoqda xoʻjalik yuritish sharoitlari firmani narxini pasaytirishga olib kelsa yoki sotish hajmini oshirishdan boshqa vositalari qoʻllanilsa raqobat kuchayadi. Qachon xaridor xarajatlari bitta marka iste'molidan uncha katta boʻlmagan boshqasiga oʻtayotganda raqobat kuchayadi. Qachon bitta yoki bir necha firmalar oʻzining bozor ulushidan qoniqmagan boʻlsa raqobat kuchayadi. Muvaffaqiyatli strategik qarorlarning foydaning oʻsishi bilan proporsional holda raqobat kuchayadi. Qachon bozordan chiqish xarajatlari katta boʻlganda toʻsiqlar yuqori boʻlganda raqobat kuchayadi. Qachon strategiyalar, resurslar,tashkiliy xususiyatlar, firma missiyalari yuqori darajada farq qiladagan boʻlsa raqobatning borishini aytish mumkin. Raqobatbardoshlikka ta'sir etuvchi omillar: Raqobatchi firmalar soni Raqiblar harakatlarining diversifikasiyalashuvi darajasi Bozordagi talab hajmini oʻrganish Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi Iste'molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga koʻchish harakatlari Bozordan chiqib ketish toʻsiqlari va ularning darajasi Bozorga kirib kelish va uning darajasi Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat Raqiblar strategiyasidagi farqlar Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bogʻliq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta'sir koʻrsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbardoshligi, oʻz navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita ta'sir koʻrsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga oʻxshash boʻlib, ular tashqi va ichki ustunliklarga boʻlinadi. Tarmoq va firmaning tashqi raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: mamlakat raqobatbardoshligining yuqori darajasi; kichik va oʻrta biznesning davlat tomonidan faol qoʻllab- quvvatlanishi; mamlakat iqtisodiyoti faoliyat koʻrsatishining sifatli huquqiy tartibga solinishi; jamiyat va bozorlarning ochiqligi; mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning yuqori ilmiy darajasi; standartlashtirish va sertifikatlash milliy tizimining xalqaro tizim bilan uygʻunlashuvi; fan va innovasiya faoliyatining davlat tomonidan tegishlicha qoʻllab-quvvatlanishi; mamlakatni boshqarishni axborot bilan ta'minlashning yuqori sifati; mamlakat ichida va jahon hamjamiyati doirasida integrasiyalashuvning yuqori darajasi; mamlakatda past soliq stavkalari; qulay va arzon resurslarning mavjudligi; mamlakatda boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning sifatli tizimi va boshqalar. Tarmoq (firma)ning ichki raqobat ustunliklariga quyidagilar kiradi: tovarga boʻlgan yuqori zhtiyoj; jamlash, ixtisoslashuv va kooperasiyaning optimal darajasi; boshqaruvning yuqori sifatli axborot va me'yoriy-uslubiy asosi; etkazib beruvchilarning raqobatbardoshligi; sifatli xomashyo va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi; resurslardan foydalanish samaradorligini optimallashtirish ishlarining bajarilishi; tub yangiliklarning yuqori darajasi (patentlangan tovar, texnologiyalar, axborot tizimlari va h.k.); menejerlarning raqobatbardoshligi; tovarning eksklyuzivligi; koʻp ilm talab qiluvchi tovarlar eksportining yuqori ulushi; raqobatbardosh tashkilotlar va tovarlarning yuqori salmogʻi va boshqalar. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling