O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- I - Maruzalar matnining mazmuni Maruza № 1 1 mavzu
- 3 Kutilayotgan natijalar
- 4 mavzuning asosiy vazifalari
- Endokrinologiyaga kirish
- Gipotalamus. Ichki sekretor bezlar va ularning gormonlari. (jadval 1.)
- GIPOTALAMO - GIPOFIZAR TIZIM KASALLIKLARI Gipotalamo-gipofizar tizim anatomiya va fiziologiyasi.
- Gipofiz va gipotalamus gormonlari biosintezi, sekresivasi, regulvasivasi va
- LABORATOR TEKShlRUV USULLARI.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH.T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand - 2009 yil O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Hamraev H.T. Samarqand - 2009 yil O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirlig Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Hamraev H.T. Samarqand - 2009 yil Tuzuvchilar: Samarqand Tibbiyot Instituti endokrinologiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor H.T. Hamraev Samarqand Tibbiyot Instituti endokrinologiya kafedrasi assistenti Husanov H.SH. Taqrizchilar: O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Meditsina fanlari akademiyasi Endokrinologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori t.f.d., professor S.I. Ismoilov Samarqand Tibbiyot Instituti Vrachlar malakasini oshirish fakulteti terapiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor F.S. Tadjiev I - Ma'ruzalar matnining mazmuni Ma'ruza № 1 1 mavzu: Gipotalamo-gipofizar tizim kasalliklari. 2 maqsad 3 soat Endokrinologiyaning umumiy vazifalari; gormonlar va ularning ta'siri, biologik effekti, ichki sekresiya bezlarining klassifikasiyasi, gormonlar sekresiyasi regulyasiyasi gipotalamo-gipofizar tizim kasalliklari etiologiyasi, patogenezining asosiy tushunchalari. Organizm hayot faoliyatida endokrin tizimning asoslarini o'rgatish. 3 Kutilayotgan natijalar: Ma'ruza tinglagandan sung talaba bilishi zarur: - endokrin tizimi regulyasiyasi haqida tasavvur. II- ichki sekresiya bezlari va ularning gormonlari. -gormonlar ta'sir mexanizmi -Gipotalamo-gipofizar tizimi kasalliklari klassifikasiyasi -Gipotalamo-gipofizar tizimi kasalliklari etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi, kurinishlari, kriteriyalari, laborator instrumental diagnostikasi. 4 mavzuning asosiy vazifalari: - gormonlar klassifikasiyasi -endokrin tizim regulyasiyasi. - Kasalliklar: akromegaliya, gigantizm, nanizm, qandsiz diabet ma'ruza matni -kasallik -akromegaliya, gigantizm, nanizm, qandsiz diabet. (etiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi, klinikasi; davolash) Endokrinologiyaga kirish Endokrinologiya (grekcha endo - ichki, krino - ajratish, logos - fan) ichki sekretor bezlar haqida fan bo'lib, ularning qonga ishlab chiqargan gormonlarining biosintezini va organizmda ta'sir mexanizmini o'rgatadi. Ichki sekrektor bezlar - organizmda modda almashinuviga ta'sir qiluvchi, butun organizm yoki alohida organ va sistemalar funksiyasini o'zgartirish xususiyatiga ega bo'lgan gormon (grekcha hormao - harakatga keltiraman) ishlab chiqarib qonga ajratadi. Shu sababdan ham endokrin patologiyalari organizmning umumiy kasalliklari bo'lib hisoblanadi. Endokrinologiya alohida fan sifatida 19 asrning ikkinchi yarimida rivojlandi. 1849-yilda A. Bertold birinchi marta xo'rozlarni bichib, bichishdan keyingi sindromning oldini olishni eksperimental usulda asoslab bergan. 1855-yilda Klod Bernar miyaning to'rtinchi qorinchasi tubiga ukol qilish yo'li bilan giperglikemiya va glyukozuriyani chaqirib endokrin bezlar funksiyasini boshqarishda asab tizimining rolini aniqladi. 1889-yilda O. Minkovskiy va I. Mering oshqozon osti bezi bilan qandli diabet kasalligining bog'liqligini eksperimental yo'l bilan asoslab berdi. 1907-yilda L.V. Sobolev oshqozon osti bezida diabetga qarshi insulin moddasi borligini eksperimental usulda ko'rsatib, uni olish yo'llarini ilmiy asoslab beradi. 20-asrning boshlarida va o'rtalarida endokrin organlar ajratadigan qator 4 gormonlar olindi: adrenalin (Takamine va Oldrich 1901-yil), tiroksin (Kendall 1915-yil), insulin (Banting va Best 1921-yil), progesteron (Butenandt 1934-yil). 1935-yilda Dayzi ayollar jinsiy gormoni- estradiolni, 1954-yilda Simpson va Tayt aldosterone, 1963-yilda Kopp tirokolsitoninni ajratib olishga muvofaq bo'lishdi. 1962-yilda gipotalamusdan somatoliberin, 1970-yilda tiroliberin ajratib olindi. Qon va siydik tarkibida gormonlar miqdorini immunologik va radioimmunologik usulda aniqlash hozirgi zamon endokrinologiyasining eng katta yutuqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bu usul yordamida juda yuqori bo'lgan aniq ko'rsatgichlar olindi. 1969-yilda angliyalik olim A. Pirs yangi nazariya ishlab chiqdi. Bu nazariyaga asosan organizmda endokrin to'qimalar birligini ushlab turuvchi funksional faol tizim mavjud bo'lib, bu tizim nerv hujayralariga nisbatan umumiy o'xshashligi bor. Bu APUD tizimi (- aminlar miqdori va ularning yutinishi, dekorboksillanishi) deb nomlanadi, organizmda ham gormon ham neyromediator vazifasini bajaradi. Keyingi yillarda endokrin kasalliklarda autoimmun jarayonlarining rolini o'rganish bo'yicha yangi ma'lumotlar to'planib bordi. Har xil antigenlarga nisbatan organizmning irsiy immunologik javobini aniqlovchi HLA sistemasining ochilishi hozirgi zamon endokrinologiyasining katta yutuqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Endokrinilogiya ilmining rivojlanishida sobiq sovet olimlari: B.V. Alyoshin, V.G.Baranov, M.N.Zavadovskiy, V.P.Komissarenko, O.V.Nikolayev, A.V. Reprev, Ya.X.Turakulov, N.A. Shereshevskiy va boshqalar xizmati juda katta. Ichki sekretor bezlar bezsimon to'zilishga ega bo'lib, alohida organ sifatida joylashgan. Tashqi sekretor bezlaridan chiqaruvchi kanallari bo'lmasligi va bevosita qon yoki limfaga gormonlarini ajratishi bilan tafovut qiladi. Endokrin tizimi butun organlar ishini, moddalar almashinuvi jarayonini boshqarib turadi, hamda organizmda gomeostazni ushlab turadi. Ichki sekresiya bezlarning va ular ishlab chiqargan gormonlarning nomi hamda bu gormonlarning ximiyaviy tabiati qo'yidagi jadvalda berilgan (jadval). Gipofizning funksional faoliyati gipotalamus nazoratida bo'ladi. Oldingi gipotalamus supraoptik, paraventrikulyar, pereventrikulyar, oldingi gipotalamik supraxiazmatik va boshqa yadrolardan tashkil topgan. Supraoptik neyrosekretor xujayralar yadrolarida asosan vazopressin, paraventrikulyar xujayralar yadrosida esa asetilholin ishlab chiqariladi. Bu gormonlar neyrogormonlar deyiladi va asosiy qismi neyrogipofizga qo'yiladi. Gipotalamusning gipofizotrop soxasi gipofizning oldingi bo'lagidan ishlab chiqariladigan hamma gormonlar sekresiyasini boshqarib boruvchi relizing faktorlar ishlab chiqaradi. Ichki sekretor bezlar ikki guruhga bo'linadi:l) aralash bezlarga- ichki va tashqariga sekresiya qiluvchi jinsiy bezlar, oshqozon osti bezi va 2) faqat ichkariga sekresiya qiluvchi bezlarga - gipofiz, qalqonsimon, qolqonsimon oldi bezlari, buyrak usti bezi va epifiz bezlari kiradi. Keyingi yillarda organizmda qator organlar buyrak, yurak, markaziy nerv sistemasilari ham endokrin bezlar funksiyasini bajarishini mualliflar tomonidan ko'rsatib kelinmoqda. Buyrakning yukstaglamerulyar to'qimalari qonga renin degan gormon ishlab chiqaradi. 5 Gipotalamus. Ichki sekretor bezlar va ularning gormonlari. (jadval 1.) Gipotalamus. Ichki sekretor bezlar Gormonlari Gormonning himiyaviy tabiyati Gipotalamus Relizing faktorlar Polipeptidlar Gipofiz, oldingi bo'lagi Adrenokortikotrop, somatotrop, laktotrop Oqsil Gipofiz, oldingi bo'lagi Tirotrop, follikullo stimullovchi, lyuteinlovchi Glikoproteidlar Gipofiz oraliq qismi Melanositstimullovchi Polepeptid Oldingi gipotalamus Antidiuretik, vazopressin, oksitosin Polipeptid Qalqonsimon bez Tiroksin, tetrayodtironin, triyodtironin, tiriokalsitonin Yodlangan aminikislota Qalqonsimon oldi bezi Paratgormon Polipeptid Oqsil Oshqozon osti bezi Insulin, somatostatin, glyukagon Oqsil Buyrak usti bezi, po'stloq qismi Aldosteron, kortizol, kortikosteron, androgen, estrogen, progesteron Polipeptid Steroid Buyrak usti bezi, mag'iz qismi Adrenalin, noradrenalin Katexolaminlar Tuxumdon Estradiol, progesteron Steroidlar Urug'don Testosteron, estrogenlar Steroidlar Renin ta'siri ostida angiotenzinogen angiotenzinga aylanadi. Angiotenzin esa aldosteron sekresiyasini va hosil bo'lishini kuchaytiradi. Buyrakda yana bir boshqa gormon - eritropoetin ishlab chiqariladi. Bu gormon suyak ko'migidan eritrositlar chiqishini kuchaytiradi. Yurak bo'lmachalaridan peptid xususiyatiga ega bo'lgan natriyuretik gormon ishlab chiqariladi. Markaziy asab tizimida a va P endorfinlar, enkefalin degan neyrogormonlar ishlab chiqarilishi aniqlandi. Ximiyaviy tabiati buyicha gormonlar 4ta guruhga bo'linadi: oqsilli yani peptidli, glikoproteidli, aminokislotali va steroidli gormonlar. Peptidli gormonlarga: adrenokortikotrop gormon (AKTG), somatotrop, melanositostimullovchi, prolaktin, paratgormon, tirokalsitonin, insulin, glyukagon; glikoproteidlarga- tireotrop gormon (TTG), follikulostimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon (LG); steroid gormonlarga - kortikosteron, kortizol, aldosteron, progesteron, estrodiol, estron, estriol, testosteron; aminokislotali gormonlarga-adrenalin, noradrenalin, tiroksin, triyodtironin gomonlari kiradi. 6 Gormonlar to organizmdan chiqib ketgunicha endokrin bezlarda bir necha bosqichlardan o'tadi: hosil bo'lishi, to'planishi, bezdan chiqishi, biologik ta'sir qilish, inaktivasiya. Endokrin bezlarda hosil bo'lgan gormonlar bevosita qonga tushadi. Bu jarayon qandaydir darajada sutka vaqti va odam yoshiga nisbatan o'zgaradi. Masalan, qalqonsimon bez va buyrak usti bezi gormonlarining qonga maksimal ajralishi sutkaning ertalabki soatlariga, minimal ajralishi esa kechki soatlariga tog'ri keladi. Gipofiz gonadotrop gormonlarining maksimal ajralishi sutkaning kechki soatlarida, jinsiy gormonlarning maksimal ajralishi esa sutkaning tungi soatlariga, minimal ajralishi kechki soatlariga tog'ri keladi. Gormonlar o'zining fiziologik ta'sir ini juda kam dozada amalga oshiradi. Organizmda gormonlarning asosan 4-ta fiziologik ta'sir turi tafovut qilinadi: — genetik yoki turtki, effektorlarning aniq faoliyatini chaqirishi. — metabolik, modda almashinuvida o'zgarishlar chaqirishi. ~ morfogenetik to'qima va organlar shakllanishida o'sishga ta'sir qilishi. — korreksiyalovchi, butun organizm va uning organlari funksiyasini o'zgartiruvchi. Ma'lumotlarga asosan juda ko'pchilik gormonlar o'zining to'qima ta'sirini adenilsiklaza mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bunda dastlab gormon xujayra qavatida joylashgan adenilsiklaza yoki guanilsiklaza fermenti faolligini oshiradi. Faolashgan adenilsiklaza xujayra sitoplazmasi ichiga adenozintrifosfat kislotasining siklik fosforli birikmaga, yani 3' 5' adenozintrifosfatga aylanishini ta'minlaydi. Steroid gormonlarning dastlabki to'qima ta'siri xujayra ichi sitoplazma oqsil reseptorlari va keyin esa yadrodagi reseptorlar bilan o'zaro ta'siri amalga oshadi. Gormonlar to'qima ta'siridan keyin inaktivasiyalanadi yoki o'zgarmagan holda siydik bilan chiqib ketadi. Gormonlar inaktivasiyasi asosan jigarda glyukuron yoki oltingugurt kislotasi bilan birikishi bilan ro'y beradi. Ichki sekretor bezlar faoliyati bosh miya po'stlog'ining limbik tizimi va gipotalamo - gipofizar tizim orqali boshqarilib boriladi. Periferik ichki sekretor bezlar va trop funksiyali gipofiz oldingi bo'lagi gormonlari o'rtasidagi o'zaro qayta bog'lanish - boshqarilishning asosiy yo'li bo'lib hisoblanadi. Qayta bog'lanish prinsipi bo'yicha periferik gormonlar miqdorining oshishi trop gormonlar miqdorini susaytiradi yoki aksincha kuchaytiradi. Gipotalamus periferik endokrin bezlar funksiyasini paragipofizar, ya'ni vegetativ asab yo'li bilan ham boshqarilishi mumkin. 7 GIPOTALAMO - GIPOFIZAR TIZIM KASALLIKLARI Gipotalamo-gipofizar tizim anatomiya va fiziologiyasi. Gipofiz - ponasimon suyakning turk egari chuqurchasida joylashgan. Ichki sekresiya bezi hisoblanadi. Gipofiz ulchamlari l,3x0,6xl,0sm ni tashkil etadi, yoshga va jinsga ko'ra, bu raqamlar o'zgarib turishi mumkin. Gipofiz oldingi-70% va orqa- 30%(adenogipofiz va neyrogipofiz)umumiy 0,5-0,7g massaga ega ikki:bo'lakdan iborat. Adenogipofiz 3 asosiy: asidofil, bazofil va xromofil, xromofob bez xujayralardan tashkil topgan. Asidofil xujayralar - gipofiz oldingi bo'lagi 30-40%ni tashkil etib, o'sish gormonini (O'G) hosil qiluvchi somatotroplar, prolaktin hosil qiluvchi laktotroplar produksiyalovchi 2 tipli asidofillardan iborat. Bazofillar-10%ni tashkil qilib, tireotrop, kortikotrop, gonadotroplar produksiyalovchi 3 tipdagi xujayralardan, tireotrop gormon (TTG), adrenokortikotrop gormon (AKTG), gonadotrop gormonlar: follikula stimullovchi (FSG) va lyuteinlovchi (LG) hosil qiluvchi xujayralardir. Xromofob, xromofillar-50-60% ni tashkil etadi, ularning ahamiyati keng o'rganilmagan, lekin sitokinlar produksiyalash xususiyatiga egaligi ma'lum. Adenogipofiz o'z ta'sir doirasiga ko'ra, endokrin tizim regulyasiyasining kaliti hisoblanadi. follikula stimullovchi (FSG),lyuteinlovchi (LG), , tireotrop (TTG), adrenokortikotrop gormon (AKTG) o'z navbatida periferik: qalqonsimon bez, buyrak usti bezi pustlog'i, jinsiy bezlarga, boshqa gormonlar (O'G, prolaktin) organlar va nishon to'qimalarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Neyrogipofiz gipofiz orqa bo'lagi bo'lish bilan birga, gipotalamusning supraoptik va paraventrikulyar yadrolari kelib tugaydigan gipotalamo-gipofizar trakt tolalarining xuddi o'zidir. Gipotalamus orqali asab tizimi bilan aloqada bo'lgan gipofiz, yagona funksional tizim sifatida organizmning ichki muhitida doimiy turg'unlikka erishish bilan birga gormonlarning sutka, oylar, fasllarga ko'ra o'zgarib turishini ta'minlaydi. Gipotalamus-oraliq miya bo'lagi sifatida organizmning ko'pgina funksiyalar, ayniqsa gomeostaz regulyasiyasida asosiy o'rin tutadi. Gipotalamus miya asosida joylashib, oldindan kuruv nervlari kesishmasi, orqadan surgichsimon tanalar, yon tomondan kuruv nervlari ajralish joyi bilan chegaralangan. Yuqoridan miya 3 korinchasiga tegib turadi. Uning massasi 4g atrofida. Alohida xujayralar guruxi 32 juft yadrolar hosil qiladi. Gipotalamusning oldingi sohasida supraoptik va paraventrikulyar yadrolar hosil qiluvchi neyrosekretor xujayralar vazopressin va oksitosin ishlab chiqaradi. Gipotalamusning ventromedial qismi zararlanishi qisqa muddatli xotira buzilishiga olib keladi.Oldingi qismini parasimpatik, orqa qismini simpatik vegetativ nerv tizimi stimullaydi. 8 Gipofiz va gipotalamus gormonlari biosintezi, sekresivasi, regulvasivasi va Hozirgi vaqitda gipotalamusning gipofizotrop gormonlari stimullovchi (rilizing gormonlar-liberinlar) va tormozlovchi (statinlar) 2 gurux ekanligi ma'lum. Ularning xar biri gipofiz gormonlariga mos ravishda ajraladi. Liberinlar va statinlar adenogipofiz regulyasiyasini ta'minlaydi. Undan tashqari markaziy asab tizimiga to'g'ridan - t o ' g ' r i ta'sir qiladi, xulqqa va xarakatga oid reaksiyalarni chaqiradi. Liberin va statinlar gipotalamusdan tashqarida, oshqozon-ichak trakti, oshqozon osti bezi, miyaning boshqa qismlarida, epifizda ham qisman ishlab chiqariladi. Gipofiz oyoqchasini zararlash, bosish orqali follikula stimullovchi (FSG),lyuteinlovchi (LG), tireotrop (TTG), adrenokortikotrop (AKTG), o'sish gormoni, plazmadagi miqdori kamayadi, prolaktin miqdori esa oshadi, bu «izolyasiyalangan gipofiz sindromi» fenomenini yuzaga keltiradi. Demak, gormonlar gipotalamusning bevosita stimullovchi, prolaktin esa ingibirlanuvchi ta'sirida bo'lishi isbotlanadi. Gipofiz oyoqchasini pastidan kesish vazopressin va oksitosin miqdoriga ta'sir etmasligi qandsiz diabet yuzaga kelmasligi bilan isbotlanadi. Gipofiz oyoqchasining yuqori qismidan kesish yoki olib tashlash, prolaktindan tashqari barcha gormonlar produksiyasini pasaytiradi. Prolaktin sekresiya qiluvchi xujayralar 10-25%ni tashkil etadi, xomiladorlik vaqtida ular miqdori 70%ga yetadi. Prolaktin molekulyar massasi 23 kDa, ba'zi Gipotalamus - gipofizar tizim kasalliklarida prolaktin «katta» shakli uchrab, molekulyar massasi 100 kDaga teng (big, big - big prolaktin) bo'ladi. Prolaktinning asosiy funksiyasi laktasiyani ta'minlashdir. Xomiladorlikda laktotroplar miqdorining oshishi platsentar va tuxumdon estrogenlari ta'siri bilan bog'Iiq. Bu prolaktin sekresiyasini to'xtatib turadi. Tug'ruqdan sung emizish orqali prolaktin sekresiyasi stimullanadi. Prolaktinning yagona ingibitori dofamin (gipotalamus yadrosida sintezlanadi), stimulyatori esa tireotropin - rilizing - gormondir, bu birlamchi gipotireozda giperprolaktinemiyaning yuzaga kelishidan ham ma'lum. Tireotrop gormon (TTG) molekulyar massasi 28kDa ga teng. Ikki subbirlikdan tashkil topgan. follikula stimullovchi (FSG),lyuteinlovchi (LG), tireotrop gormon (TTG), xorionik gormon uchun alfa-subbirlik, TTG uchun maxsus beta-subbirlik mavjud. Tireotroflar adenogipofizning 10% ini tashkil etadi. Tireotrop gormon (TTG) asosiy funksiyasi qalqonsimon bez gormonlarining biosintezi, zaxira tuplashi, sekresiya qilishdan iborat, tireositlarga trofik va proliferativ ta'sir ko'rsatadi. Tireoid gormonlar tireotrop gormon sekresiyasiga susaytiruvchi ta'sirga ega. Tireotrop gormon sekresiyasining gipotalamik regulyatori uch aminokislotadan iborat - tireorilizing gormondir (TRG). Tireotrop gormon bazal sekresiyasini dofamin, glyukokortikoidlar, somatostatin susaytiradi. O'sish gormoni (UG) 191 aminokislotadan iborat. O'sish Gormoni 92% strukturasi plansentar laktogen yoki xorionik somatotropinga analogdir. o'sish gormoni sekresiya qiluvchi somatotroplar 50%ni tashkil etadi. O'sish gormoni somatotropin yoki somatotrop gormon deb ataladi. Trop xususiyatga ega 9 ta'sir mexanizmi. bo'lmaganligi sababli o'sish gormoni deb atash qo'lay. Bolalar va o'smirlarda o'sish gormoni suyaklarning buylamasiga o'sishiga ta'sir qiladi.Prenatal va neonatal davrda o'sish gormoni o'sishga kam ta'sir etadi, bu o'sish gormoni defisiti bo'lishiga qaramasdan, chaqaloqning normal o'sishi namoyon bo'ladi. Suyak hosil bo'lishini kuchaytirib, suyak to'qimasi almashinuvini faollashtiradi. Kamroq darajada osteorezorbsiyani ham kuchaytiradi O'sish gormoni suyak o'sishigagina emas, keng metabolik effekt beradi. Anobolik gormon sifatida oqsil sintezini kuchaytiradi, organizmda azot ushlanishini amalga oshiradi. O'sish gormoni ovqatning energetik qimmati chegaralanishiga qaramasdan, lipolitik ta'sir ko'rsatadi. Suv - to'z almashinuviga o'sish gormonining ta'siri antinatriyuretik effekt yuzaga chiqishi bilan ifodalanadi. Uglevod almashinuvida avvaliga insulinga uxshash, keyin esa kontrinsulyar effekt beradi. Birinchi effekt jigarda glyukoza produksiyasi susayishi va uning periferik utilizasiyasi kuchayishi bilan, ikkinchi effekt jigarda glyukoza produksiyasi faollashuvi, uglevod klirensi sekinlashuvi bilan ifodalanadi.O'sish gormoni sintezi va sekresiyasi ikkita gipotalamik neyropeptidlar - o'sish rilizing gormoni (somatoliberin) va somatostatin orqali nazorat qilinadi. Kun davomida o'sish gormoni plazmada past miqdorda bo'lib, ovqat qabul qilgach xamda uyqu vaqtida progressivlanadi. O'sayotgan bolalarda kattalarga nisbatan integral sutkalik miqdori yuqori bo'ladi. Lyuteinlovchi va follikula stimullovchi gormonlar 10% ulushga ega gonadotroplar tomonidan sekresiya qilinadi. Lyuteinlovchi va follikula stimullovchi gormonlar gonad bezlar funksiyasini regulyasiya qiladi. Ayollar organizmida bu gormonlar siklik sekresiyasi kuzatiladi. Erkaklarga bu holat xos emas. Follikula stimullovchi gormon tuxumdonlarda estrogenlar sekresiya qiluvchi granulyoz xujayralarni o'sishini ta'minlaydi. Moyaklarda follikula stimullovchi gormon testosteron bilan birgalikda spermatogenezni stimullaydi. Lyuteinlovchi gormon tuxumdonlarda Teki xujayralarida androgenlar sintezini, moyaklarda Leydig xujayralarida testosteron hosil bo'lishini regulyasiya qiladi. Adrenokortikotrop gormon (AKTG) kortikotroplar tomonidan produksiya qilinadi,39 ta aminokislotadan iborat. Adrenokortikotrop gormon funksiyasi kortizol va androgenlarni sintez qilishdir. Barcha kortikosteroidlar sinteziga stimullovchi ta'sir ko'rsatib, o'z navbatida aldosteron sekresiyasini faollashtiradi. Adrenokortikotrop gormonning asosiy sintez va sekresiyasini kortikotropin- rilizing-gormon amalga oshiradi. Adrenokortikotrop gormon asosiy ingibitori kortizoldir. Xar kanday fiziologik yoki stressor ta'sirot organizmda Adrenokortikotrop gormon va o'z navbatida kortizol sekresiyasi stimulyasiyasiga olib keladi, bu orqali organizm adaptasiyasini ta'minlaydi. Vazopressin (Antidiuretik gormon) 9 aminokislotadan tashkil topgan, uning reseptorlari (VI) buyrak distal kanalchalarida joylashgan. Distal kanalchalar faollashuvi suvning reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Vazopressinning yuqori konsentrasiyasi tomir reseptorlari (V2) tomir torayishiga olib keladi. Qonning giperosmolyarligi antidiuretik gormon (ADG) sekresiyasining kuchayishiga sabab bo'ladi. Arterial gipotenziya, va gipovolemiya adrenokortikotrop gormonning tug'ridan - tug'ri stimulyatori hisoblanadi. 10 Oksitosin ham 9 aminokislotadan iborat. Faqat ikkita aminokislota qoldig'i bilan farq qiladi. Oksitosin bachadon muskullari qisqarishlarini kuchaytiradi. Fiziologik jihatdan oksitosinning stimulyatori kukrak emizish va ayol jinsiy yo'llarining kengayishidir. Oksitosinning stimulyatori estrogenlar, alkogol esa sekresiyani pasaytiradi. LABORATOR TEKShlRUV USULLARI. Umumiy klinik va gormonal tekshiruvlar o'tkaziladi. Qon elektrolitlari miqdori, Zimniskiy sinamasi orqali siydik tahlili ham muhim ahamiyatga ega. Gormonal tekshiruvlar orqali gormonlar bazal miqdori, dinamik stimulyasiyalovchi va supressiv testlar o'tkaziladi. Stimullovchi sinamalar - endokrin bezlar yetishmovchiligiga shubxa qilinganda, supressiv sinamalar - giperfunksiyani aniqlash uchun o'tkaziladi. Stimulyasiyalovchi sinamalarning: gormonal (gonadoliberin, tireoliberin), fiziologik (insulin bilan gipoglikemiya chaqirish) va farmakologik (metirapon, klofelin) turlari mavjud. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling