O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipokortisizm Birlamchi gipokortisizm.
- Klinik manzarasi.
- Diagnostika
- Birlamchi buyrak usti bezi postloq qismi yetishmovchiligi orinbosar terapiyasida bir necha shemalardan foydalaniladi. 1. Qisqa tasir qiluvchi preparatlar qollash.
- Urta tasir qiluvchi preparatlar qollash.
- Glyukokortikoidlar turli kombinasiyalarini 9a ftorkortizol bilan birga qollash.
Differensial diagnostika: tashxis qo'yishda xatolar bo'lishi, giperkotisizm giperdiagnostikasi, aynan o'smirlar dispituitarizmida ko'p uchraydi. Bunday bemorlarga buychanlik, sonlarida pushti va yaltirok striyalar bo'lishi, tranzitor arterial gipertenziya xos. Ko'pincha bu kasallik hisobilanmaydi, balki pubertat- o'smirlik davrida o'tib ketuvchi holatdir . O'smirlarda progresslanuvchi semizlik tipik simptomokompleks shakllanishiga olib keladi, og'ir hollarda gonadlar disfunksiyasi va metabolik sindromga sabab bo'ladi. Giperkortisizmning gipodiagnostikasi ham kuzatilib, 80% bemorlar kasallik boshlangandan sung 3-4 yil o'tib, endokrinologga murojaat qiladi. Sabab, ba'zida semizlik, qandli diabet, arterial gipertenziya alohida simptom sifatida emas, balki mustaqil kasallik sifatida qabul qilinadi. Davolash: Isenko Kushing kasalligi davolvsh usuli-gipofiz adenomasi aniqlanganda, selektiv transsfenoidal adenomektomiya. Residiv 7-10%ni tashkil etadi. Adenomektomiyadan key in gipokortisizm rivojlanish holati bir necha oydan bir yilgacha saqlanishi mumkin. Isenko Kushing kasalligi tasdiqlangach, gipofiz adenomasi mavjudligi isbotlangach gipofiz sohasiga protonoterapiya o'tkazish , ko'pincha bir tomonlama adrenalektomiya bilan birga yaxshi natija beradi. Isenko 28 Kushing kasalligi tashxisi quyilgandan sung barcha bemorlarga operasiya oldidan va protonoterapiya (Isenko Kushing kasalligi turgun remissiyasi protonoterapiya o'tkazilgandan sung, taxminan bir yildan keyin rivojlanadi.) natijasi ma'lum bo'lgunga qadar, steroidogenezni susaytiruvchi preparatlar (orto-para-DDD (xloditan,mitotan,lizodren), aminoglyutetimid (orimetin, mamomit, elipten), ketoq'onazol (nizoral) kabilar) qo'llaniladi. Ikki tomonlama adrenalektomiya (uning asorati-Nelson sindromi) hozir kam qo'llaniladi, boshqa usullar bilan kompensasiyaga erishish iloji bo'lmaganda qo'llash zarurati kelib chiqadi. Kortikosteromada zararlangan buyrak usti bezi jarrohlik yo'li bilan olib tashlanadi, vaqt inchalik o'rinbosar terapiya o'tkaziladi, 75% hollarda ikkinchi buyrak usti bezi faoliyati tiklanadi. Yomon sifatli o'smalarda, metastaz kam yoki yo'q bo'lsa, zararlangan buyrak usti bezi olib tashlanib, xloditan bilan davolash olib boriladi. Simptomatik davolash gipotenziv preparatlar (APF ingibitorlari, veroshpiron), kaliy preparatlari, q'onda qand miqdorini pasaytiruvchi tabletkalar, osteoporozni davolash uchun: kalsiy preparatlari, miakalsik, vitamin D faol shakllari qo'llaniladi. Okibat. Isenko Kushing kasalligi o'z vaqtida davo boshlangan bo'lsa, natija ijobiy. Og'ir shakllarda massiv simptomatik davo o'tkaziladi. Yaxshi sifatli o'sma tabiatli giperkortisizm natijasi ham ijobiy, yomon sifatli o'smalarda metastazlar rivojlanishi natijani shubxa ostiga quyadi. Xloditan yordamida ximioterapiya qo'llash ba'zan metastazlarni yo'qotishi mumkin. Gipokortisizm Birlamchi gipokortisizm. Buyrak usti bezi yetishmovchiligi po'stloq qavati (gipokortisizm) - klinik sindrom bo Tib, buyrak usti bezi po'stloq qavati gormonlari yetishmovchiligi bilan ifodalanadi, oqibatda gipotalamo -gipofizar -buyrak usti bezi tizimi bir necha yoki bir zvenosining faoliyati buzilishi kuzatiladi. Buyrak usti bezi yetishmovchiligi -birlamchi, ya'ni buyrak usti bezi po'stloq qavati destruksiyasiga asoslangan yetishmovchilik va markaziy, ikkilamchi yetishmovchilik- AKTG gormonining sekresiyasi yetarlicha bo'lmaganda kelib chiquvchi holatlar bilan tushuntiriladi. Uchlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi - Kortikorilizing gormon (KRG) sekresiyasi kamayishiga asoslanadi. Buyrak usti bezi yetishmovchiligining yatrogen shakllari -o'zoq vaqt davomida kortikosteroidlar qabul qilish natijasida yuzaga kelgan gipokortisizm sifatida uchraydi. Birlamchi Buyrak Usti Bezi destruktiv o'zgarishlari tufayli yuzaga kelgan kasallikni 1855 yilda ilk bor ingliz vrachi Tomas Addison ta'riflab bergan . Autoimmun va tuberkulyoz etiologiyali gipokortisizm - birlamchi gipokortisizm sifatida Addison kasalligi deb ko'rsatiladi. Birlamchi gipokortisizm 1 yilda 1ml aholi soniga nisbatan 40-60 holatini tashkil etadi. Surunkali birlamchi gipokortisizm (SBUBE-I) sabablari: 29 - BUB po'stloq qavati autoimmun destruksiyasi (80-85%) - BUB tuberkulyozi (5-10%) - Adrenolekodistrofiya /adrenomiyeloneyropatiya (5%) - BUB metaststik zararlanishlari - BUBning disseminasiyalangan zambrug'li infeksiyalardan zararlanishi - VICh -assosiasiyalangan kompleks - Yatrogen birlamchi gipokortisizm (ikki tomonlama adrenalektomiya va boshqa kam uchrovchi sabsblar). Etiologiya: Birlamchi surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligi (SBUBE- I)- BUB po'stloq qavatning autoimmun va tuberkulyoz jarayoni bilan zararlanish oqibatidir. XIX asr oxiri XX asr boshida asosiy sabab: tuberkulyozga (80%), hozirga kelib (80-85%) ko'proq o'rin berilmoda. Buyrak usti bezi zararlanishi autoimmun adrenalit ko'rinishida tan olinmoqda. Buyrak usti bezida autoimmun agresiya rivojlanish sabablari taxminan boshqa autoimmun kasalliklarga anologikdir. SBUBE- I autoimmun genezda HLA-B8, DR3-DR4 gaplotiplarga assosiasiyalangan. Mavjud tasavvurlarga ko'ra buyrak usti bezi mag'iz qavatining ham autoimmun prosestlarga aloqadorligini qon plazmasida renin miqdorining oshishi va aldosteron miqdorining keskin tushib borishi bilan tushintirish mumkin. Keyinchalik to'tamli zona destruksiyaga uchrashi, kortizol sekresiyasining kamayishi va AKTGning plazmadagi miqdorini oshib borishini ko'rsatadi. Hozirgi vaqtda SBUBE- I 60-70% hollarda autoimmun genez boshqa endokrin-autoimmun kasalliklar bilan birga kelishi aniqlangan, autoimmun poliglandulyar sindromlar sifatida qaraladi. Birinchi navbatda Autoimmun poliglandulyar sindrom ikki tipida- SBUBE- I autoimmun tireopatiyalar (Diffo'z Toksik Bo'qoq, Autoimmun tireoidit) bilan birga kechishini eslab o'tish joyizdir. Bu Shmidt sindromi hisobilansa, Karpenter sindromida SBUBE- I va 1 tip qandli diabet birga kelishi kuzatiladi. Bu ikki sindromda ham klinik manzara oldin aniqlangan endokrin patologiya bilan aks etadi. SBUBE- I autoimmun genez bilan yuzaga kelganda Buyrak Usti Bezi po'stlog'iga nisbatan organospesifik autoantitelalar aniqlanadi. Buyrak Usti Bezi steroidogenezi fermentlariga R450s 21; R450 s l 7 va R450 Sec antitelolar spesifik immunomarkerlar hisobilanadi. Tuberkulyoz (5-10%) sababli yuzaga keladigan SBUBE- I mikobakteriyalarining gemotogen tarqalishi bilan rivojlanadi. Tuberkulyoz bilan aynan Buyrak Usti Bezi zararlanishi izolyasiyalangan holda kuzatilmagan. Upka, suyak, buyrak, jinsiy organlar, mezenterial, perifirik limfa tugunlarda tuberkulyoz prosessi bo'lib o'tganligi haqidagi izlar aniqlanadi. Autoimmun adrenalitdan farqli ularqu, tuberkulyozda po'stloq qavatidan tashqari mag'iz qavat ham zarar ko'radi, lekin, klinik jihatdan hech qanday ahamiyatga ega emas. Adrenal lekodistrofiya (ALD) uchrashi 5% ni tashkil etadi. ALD bosh va orqa miya oq moddasi, Buyrak Usti Bezi po'stlog'ining zararlanishi X-zanjirlangan resessiv irsiy kasallik hisobilanadi. Aynan (3- oksidlanishli peroksisom yog' kislotalari uglerod zanjiri buzilishi tufayli va ularning akkumulyasiyasi miya oq moddasida distrofik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Kasallik patogenezida aynan X-xromasoma o'zun yelkasidagi ALD geni mo'tasiyasi yotadi, bu esa membrona oqsili peroksisoma sintezi uchun javobgar 30 hisobilanadi. O'sma metastazlarining Buyrak Usti Bezi zararlanishiga olib kelishi 40-60% i upka, sut bezi o'smalariga to'g'ri keladi, lekin upka raki metastazi buyrak usti bezi to'qimasini 90% zararlamasa Buyrak Usti Bezi surunkali yetishmovchililigiga olib kelmaydi. Odam immuno-tanqislik sindromi- assosiasiyalangan kompleksda buyrak usti bezi destruksiyasi Kaposhi sarkomasi metastaz berganda, sitomegalovirus bilan zararlanish, ular fonida steroidogenezga susaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar (ketononazol, rifampitsin, fenitoin,) qo'llanganda yuzaga kelishini hisobiga olish kerak. SBUBE-1 Odam Immuno- Tankislik Sindromi kechki bosqichlarida bir necha infeksiya mavjud bo'lgandagina manifestasiyalanadi. Koagulopatiyalar: DVS - sindrom qanday etiologiyada bo'lmasin ( jumladan, Uoterxaus-Frideriksen sindromi), antikoagulyantlar bilan yalpi ravishda davo o'tkazilganda (miokard infarktida geparino terapiya) ham SBUBE- I rivojlanishi mumkin. Sistemali amiloidoz, qandidoz, sifilis ham sabab bo'lishi mumkin. Patogenezi: Buyrak usti bezi yetishmovchiligining har qanday shaklida ham buyrak usti bezi po'stloq gormonlari, birinchi navbatda kortizol va aldosteron sekresiyasi uchun nomaqbul (noadekvat) sharoit tug'ilgan bo'lsa, yetarli fiziologik sharoit bo'lmaganligi patogenez asosini tashkil etib, barcha turdagi modda almashinuvi buzilishi bilan ifodalanadi. Buyrak usti beziga hayotiy muhim organ sifatida karab uning: meneral gomeostazni ta'minlashi va organizm tizimlarining stress va zurikishlarga nisbatan adaptasiyasini boshqarish kabi ikki asosiy faoliyatini hisobiga olish zarur. Surunkali ravishda buyrak usti bezi yetishmovchiligi usib borishi, asosiy patogenetik holat suv-elektrolit buzilishlardan iborat. Kortizol, aldosteron defitsiti -natriy yuqolishiga, kaliy ushlanishiga olib kelib-gipovolemiyani yuzaga keltiradi, gemodinamik, oshqozon ichak buzilishlari sifatida nomoyon bo'ladi. Glyukoneogenezni ta'minlovchi glyukokortikoidlar tanqisligi natijasida jigar va mushaklarda to'planib turgan glikogen yuqolishi, suv- to'z almashinuvi buzilishi bilan birga umumlashgan miopatiyaga (miokardiodistrofiya aritmiyalar bilan, kundalang targ'il mushaklar atoniyasi, atrofiyasi, ichak silliq mushaklari faoliyati buzilishi-malabsorbsiya va dispepsiya ko'rinishida) olib keladi. Dispepsiya asosiy omili: natriyning ichakdan kuchli ekskresiyasi hisobilanadi. Modda almashinuvi katabolizm tomonga siljishini buyrak usti bezi androgenlari defisiti va sirku'lyator gipoksiya (yurak q'on tomir yetishmovchiligi) chuqurlashtiradi. Buyrak usti bezi yetishmovchiligi dekompensasiya holatini fiziologik stresslar, infeksiyalar, homiladorlik, travma, boshqa qo'shimcha kasalliklar ham keltirib chiqaradi. Klinik manzarasi. SBUBE- I simptomlari -alohida emas, barchasi birga kelgandagina diagnostik ahamiyatga ega. Eng tipik simptomlar qo'yidagilar: - teri va shillik pardalar giperpigmentasiyasi - ozib ketish - umumiy holsizlik, asteniya, depressiya. - Arterial gipotenziya 31 - Dispeptik buzilishlar (kungil aynish, qo'sishga , anoreksiya, ich ketish, qotish, qorinda og'riq) - Shur ovqatlarga ruju qo'yish - Gipoglikemiya xurujlari SBUBE- I uchun teri, shillik pardalar giperpegmentasiyasi birinchi va eng yorqin aks etgan simptom bo'lib, markaziy shakllarga bu holat xos emas. Giperpigmentasiyaga sabab gipokortizolemiyaga nisbatan AKTG produksiyasi kuchayishi, proopiomelanocortin POMK va boshqa derivatlar melanotrop effektining yuzaga chiqishidir. Eng ko'p melanotrop effekt P- melanositostimulyasiyalovchi gormon ((3-MSG) tomonidan bo'lib, kasallik kanchaliki o'zoq kechganligi va og'irlik darajasi bilan ifodalanadi. Avvaliga tananing quyosh nuri tegadigan ochiq qismlari -yuz, buyin, qo'l keyin rangi kuchliroq pigmentasiyalangan-sut bezi surgichlari ,yorgoq, tashqi jinsiy organlar rangi kuchayadi, shilliq pardalar, kiyim bilan ishkalanuvchi joylar ham giperpigmentasiyaga uchraydi. Teri rangi tutunsimon, bronza rangida , oftobda qorayish, teri kirlangan ko'rinishda bo'Hshi mumkin. Yumshoq va qattiq tanglay, lab, yanoq, milklar giperpigmentasiyasi har doim bo'lmasada, kuzatiladi. Millat va irqqa xos teri rangini ham hisobiga olish kerak. Addison kasalligida teri rangi o'zgarishi yo'qligi tashxis qo'yish ga qarshilik ko'rsatadi, lekin, 5-8% pigmentsiz shakllar kuzatiladi. Bemorda melanodermiya topilganda gipokortisizmni isbotlovchi boshqa laborator belgilarni qidirishga kirishish zarur. Kortikosteroidlar bilan davolash o'rinbosar davo beruvchi natijani tasavvur qilish imkonini beradi, bu teri rangi ochiq rangga kirishi, pigmentasiya intensivligi o'zgarishi bilan ifodalanadi. Melanodermiyani boshqa kasalliklarda ham uchraydigan simptom ekanligini esda to'tish lozim. Bemorlarda ko'pincha melanodermiya fonida pigmentsiz doglar (vitiligo)- mayda, yirik ulchamli, har xil q'onturda kuzatiladi. Davolanish fonida, vitiligo asosiy kasallik simptomlari paydo boTgach, 1-2 yildan sung yuzaga keladi. Autoimmun genezli SBUBE- I uchun vitiligo harakterli emas. Ozib ketish- SBUBE- I uchun yana bir muhim belgi bo'lib, 3-6 kgdanl5-25kg gacha vazn yo'qotish, ayniqsa, ortiqcha vaznga ega bemorlarda yaqqol aks etadi. Yengil darajada darmonsizlik kunning ikkinchi yarmida paydo bo'lib, keyinchalik asta sekinlik bilan ish qobiliyati yo'qolib boradi. Odatda bemorlar darmonsiz, lanj, ba'zan ko'zgaluvchan bo'lib, depressiv buzilishlar (patogenezida AKTG yuqori darajasiga, POMK derivatlariga muhim e'tibor karatiladi) kuzatiladi. Buyrak usti bezi yetishmovchiligi kardinal simptomi- arterial gipotenziya bo'lib, kasallik boshida ortostatik harakterda bo'ladi. Bemorlar turli stresslar bilan bog'liq xushdan ketish holatlarini ma'lum qilish edi. Arterial gipertenziya kam hollarda uchrab (bemorda gipertoniya kasalligi bo'lsa) Addison kasalligi tashxisiga keskin raddiya bo'Hshi mumkin. Tashxisi aniq bemorlarda kotikosteroidlar bilan o'rinbosar terapiya, yoshga ko'ra qon bosimi oshishiga olib kelishi mumkin. Dispeptik o'zgarishlar doim uchrovchi belgidir. Ishtaha yomonligi, epigastriyada og'riqlar, ich ketish va ich qotish almashinib turishi, kungil aynish, ko'sishga , anoreksiya kasallik dekompensasiyasida kuchli aks etadi. Ovqatlanish hulqi o'zgarishi, shur ovqatlarga ruju qo'yish bilan ifodalanadiki, bu holat to to'zning 32 o'zini toza holda iste'mol qilish gacha borib yetadi. Bemorlar ko'pincha umumiy ahvolidagi o'zgarish sifatida yengil gipoglikemik xurujlarni tariflab berishi mumkin, simpatoadrenal va neyroglikopenik simptomatika ko'rinishlari xos. Gipoglikemiya epizodlari qandli diabet bemorlarda qonda qand tushiruvchi preparatlar yoki insulin dozalarining noto'g'ri qo'llanilishigina ,emas, balki mavjud bub yetishmovchiligiga ham shubxa tug'dirish kerak. Ko'pincha umumiy asteniya fonida (libido) jinsiy mayl susayishiga e'tibor kamroq qaratiladi. Buyrak usti bezi androgenlarning defisiti ayollarda ikkilamchi jinsiy belgi - tuklanishning yuqolishiga olib keladi. Buyrak usti bezi tursimon qavati- androgenlar manbai bo'lganligini hisobiga olinsa, ayniqsa ayollarda osteoporoz rivojlanishining sababini izlashning xojati yo'q. Osteoporoz odatda postmenopao'zada diagnostika qilinadi. Androgenlar defisitidan tashqari, osteoporoz rivojlanishiga yana ikki qudratli omil havf soladi, bu o'zoq vaqt noadekvat ravishda kortikosteroidlar bilan o'rinbosar davolash va menopao'za natijasidagi estrogenlar defisitidir. Odatda menstrual faoliyat va fertillik saqlanganda, tana vazni kamayishi, leptin miqdori pasayishi, kortizol defisiti -gonodotropinlarning siklik produksiyasiga negativ ta'sir ko'rsatadi. Homiladorlik kasallik manifestasiyasi, dekompensasiyasiga olib keluvchi holat, bu I-trimestrga va undan ertaroq vaqtga to'g'ri keladi, bu davrdan yaxshi utilsa- II- III trimestrda gipokortisizm simptomlari ancha yengillashadi: sabab, plasentar steroidlarning produksiyasi oshishidir. Buyrak usti bezi yetishmovchiligi kompensasiyasi homiladorlik va tug'ruqqa qarshi ko'rsatma bo'la olmaydi. Homiladorlik vaqt ida ayollarda buyrak usti bezi yetishmovchiligi mineralokortikoidlarga o'rinbosar terapiya komponentiga nisbatan talabning oshishi kuzatiladi. 9a-ftorkortizol (kortinel) dozasini oshirib borishga to'g'ri keladi, bu sirkulyasiyadagi progesteronning yuqori darajasi bilan bog'liq, u o'z navbatida antimineralokortikoid aktivlikka ega. Tug'ruq payti, operativ aralashuv vaqt ida ham kortikoseroidlar bilan davo olib borish muhim. Qo'loq chig'anog'i tog'ayida kalsinatlar hosil bo'lishi va limfa tugunlarining kattalashuvi buyrak usti bezi yetishmovchiligida kam uchrovchi simptomdir. Ba'zi bemorlarda poliartragiya asosiy shikoyat bo'lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda surunkali buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi - I asorati bo'lib noadekvat ravishda o'rinbosar terapiya olib borilish ikkilamchi gipofiz adenomasi (kortikotropinoma) shakllanishidir. Ko'pincha, kasallik yengil charchash, asteniya bilan boshlanadi; bemorlar teri rangi qorayishiga unchalik e'tibor bermasliklari, bosh og'riq, ishtaha yomonligi, tana vazni yo'qotishga shikoyat bildirishi mumkin. Keskin dekompensasiya holatidagina klinik manzara yorqin aks etadi .25% hollarda bemor kritik holga tushgandagina tashxis quyiladi. Dekompensasiya omili: yallig'li, infeksion kasalliklar, tish ekstraksiyasi, og'ir stress, homiladorlik bo'lishi mumkin. Kam uchrovchi shakllarda bemor o'zini toki yuqoridagi omillar ta'siri amalga oshmagunicha deyarli sog'lom hisobilaydi. O'tkir boshlangan kasallik simptomlari galop (to bor, to yo'q) ko'rinishda bo'ladi, klinik manzara o'tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligini eslatadi, lekin bir necha oylarga cho'ziladi. Klinik manzarada birinchi o'ringa chiquvchi simptomlar-tuberkulyoz intoksikasiyasi, OITS -assosiasiyalangan kompleks, yomon sifatli o'sma kabi etiologik omillarga asoalangan. Undan tashqari Autoimmun Poliglandulyar Sindromlardagi birlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi extimolini hisobiga olish kerak. Diagnostika: SBUBE-1 ning hech bir simptomi alohida ahamiyatga ega emas. Shuning uchun laborator ko'rsatkichlar aniq klinik holatni baholash uchun zarur. Eng e'tibor talab tomon -bu giperkalemiya va giponatremiya kabi laborator ko'rsatkichlardir. Limfositoz, eozinofiliya, qoldiq azot miqdori oshishi, metobolik asidoz kabi o'zgarishlar kasallikka xos o'zgarishlardir. Gormonal spektrning labil ko'rsatkichi bo'lganligi uchun- kortizol darajasi haqidagi axborot har doim maqbul natija bermaydi. Gipotalamo-gipofizar- buyrak usti bezi sistemasi faolligining chuqqisiga mos kelishi hisobiga olinsa, ertalab soat 6 va 8 da qon plazmasida kortizol darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Buyrak usti bezi yetishmovchiligini ko'rsatuvchi daraja- kortizol 3mkg% (0,0084mkmol/l) dan kam bo'lgan miqdordir. Siydikda erkin kortizol ekskresiyasi ham muhim ma'lumotdir. Uning past miqdori Addison kasalligi klinik manzarasi bilan birga tashxisni isbotlaydi. Laborator tekshirish va klinik manzara bir -biridan o'zoq ma'lumotlar berganda, kengroq tekshiruv usullaridan foydalanish talab etiladi. Buyrak usti bezi yetishmovchiligi diagnostikasi uchun qisqa sinaktenli sinama (1-24 AKTG) - «oltin standart» hisobilanadi. Metirapon va insulinli gipoglikemiya sinamasi ikkilamchi gipokortisizm diagnostikasi uchun aniq axborot beradi. SBUBE yetishmovchiligi sababi autoimmun proseslar bo'lsa - buyrak usti bezi po'stloq qavatiga antetelolar darajasini aniqlash maqsadga muvofiq. Bu holatda yana kalsiy, fosfatlar, glyukoza miqdori, TTG, FSG, LG, qalqonsimon bez to'qimasiga antitelolarni aniqlash zarurati, buyrak usti bezi yetishmovchiligi APS bilan birga kechayotgan jarayonni ifodalab beradi. Tuberkulyozli etiologiya bo'lsa, ftiziatrik tekshiruvlar; ko'krak qafas rentgenografiyasi, tuberkulin sinamalari, polimerazali zanjir reaksiyasi yordamida tuberkulyoz mikobokteriyasini aniqlash orqali ham natijalar olish mumkin. KT va MRT kabi instrumental usullar. Gipotalamo-Gipofizar- buyrak usti bezi sistemasi zararlanishi va uning harakterini aniqlab berish orqali, ko'proq Gipotalamo-Gipofizar Tizim patologiyasini isbotlaydi. Tuberkulyozli etiologiyada 50% hollarda KT buyrak usti bezi kattalashishi, kalsinatlar kuzatilishini ko'rsatib beradi. MRT da bosh miyada ko'p hollarda - simmetrik demiyelinizasiya, qadaqsimon tana, perivetrekulyar perioksipital oq moddada ham o'zgarishlar topiladi. Davolash: 90% buyrak usti bezi po'stloq qavat zararlanish hollarida buyrak usti bezi yetishmovchiligi manifestasiyasi yuzaga kelishi, bemorlarning bir umr kortikosteroidlarni qabul qilib yurishga maxkum etadi. Ilk bor aniqlanganda, jarayon dekompensasiyasida davoni gidrokortizonning mushak orasiga inyeksiyalaridan boshlash zarur. Gidrokortizon asetat (yoki gemisuksinat) sxema buyicha: ertalab soat 8°° da -75 mg; 13 o o da-50 mg; 17°°da- 34 25mgdan 3-7 kun davomida ,keyin kechki inyeksiya olib tashlanadi. 3-5 кип davomida summar dozani 75mg gacha kamaytiriladi (8 oo -50mg;14 °°-25 mg), bemor axvoli ruxsat etsa, tabletka ko'rinishidagi preparatlarga o'tiladi. Gidrokortizon bilan davolash tashxis aniqlanguncha boshlangan bo'lsa, olingan natija diagnostik ahamiyatga ega, bemorlar ahvoli 2-3 kunda sezilarli darajada yaxshilanadi. Gidrokortizon -75-100 mg dozada yetarli miqdorda glyukotak va mineralokortikoidlar kabi natija beradi. Doza kamaytirilayotganda tabletkalashtirilgan preparatlarga o'tib, glyukokortikoidlar bilan birga kombinasiya qilish zarur, bunda 9a ftorkortizol (kortinef, florinef,) yetarli minerolokortikoid faollikka ega. Birlamchi buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi o'rinbosar terapiyasida bir necha shemalardan foydalaniladi. 1. Qisqa ta'sir qiluvchi preparatlar qo'llash. Gidrokortizon tabletkada-20 mg ertalab (iloji boricha ertarok) va tushlikdan keyin 10 mg (yoki kortizon 25 mg va 12,5 mg) 0,05-02 mg kortinef ertalabki doza bilan birga. 2. Urta ta'sir qiluvchi preparatlar qo'llash. Prednizolon- 5-7,5mg +0,05-02 mg kortinef ertalab, tushlikdan sung 2,5 mg predinzolon. 3. O'zok ta'sir qiluvchi preparatlar qo'llash. Deksametazon 0,5 mg kechasiga, 0,05-02 mg kortinef ertalabga 4. Glyukokortikoidlar turli kombinasiyalarini 9a ftorkortizol bilan birga qo'llash. Keltirilgan dozalar buyrak usti bezi yetishmovchiligining urta og'ir darajasida qo'llaniladi, har bir aniq holat uchun shema individual tanlanadi. Qisqa ta'sir qiluvchi glyukokortikoidlar: gidrokortizon va kortizon; ularningkamchilik tomoni Qisqa ta'sir qilish idir. Ta'sir davomiyligi tugagach, bemorlar o'zini yomon xis qilish i va kuchsizlikka shikoyat bildiradilar. PreparatlaPH standart ravishda buyurish (2/3 qismi ertalab, 1/3 qismi kun yarmida) maqsadga muvofiq. Shikoyatlar kechkurun va erta tongda preparatlar qabul qilish gacha bo'lgan vaqtda yuzaga keladi. Sintetik Glyukokortikoidlar: prednizolon ko'proq ta'sir davomiyligiga ega. Bolalar va usmirlarga sintetik preparatlar qo'llashdani o'zoqrok bo'lishi kerak. Deksametazon kumulyativ xossasi, tor terapevtik doiraga egaligi, nofiziologik ta'sir davomiyligi mavjudligi hamda Glyukokortikoidlar bilan birga qo'llashda ularningdozasi oshib ketish holatiga olib kelish kabi, xususiyatlarga ko'ra uni qo'llashni chegaralash zarur. O'rinbosar terapiyada eng ko'p uchrovchi xato GlyukokortikoidlaPH monoterapiya sifatida qo'llanilish holatidir.Bemorlarga 9a ftorkortizol qo'llash eng maqo'ldir.O'rinbosar terapiyaning adekvatligini baholash uchun kortikosteroidlaming glyo'qo-mineralokortikoid effekti tahlil etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling