O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil


Tireotoksikozning klinik belgilari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana26.11.2020
Hajmi0.56 Mb.
#151887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni


Tireotoksikozning klinik belgilari 
Yurak qon tomir 
tizimi 
Doimiy sinusli taxikardiya, ekstrasistoliya, paraksizmal, 
doimiy xilpillovchi aritmiya, sistolik arterial gipertenziya, 
miokardiodistrofiya, yurak yetishmovchiligi. 
Katabolik 
sindrom 
Ozib ketish, subfebrilitet, terlash, ishtaha oshishi, 
mushaklarda kuchsizlik osteopeniya. 
Markaziy nerv 
sistemasi 
Qo'zgaluvchanlik, yig'loqilik, besaranjomlik, Man 
simptomi, butun tana qaltirashi (telegraf ustuni 
simptomi). 
Ektodermal 
buzilishlar 
Tirnoqlar sinishi, soch tukilishi. 
Ovqat xazm qilish 
tizimi 
Qorinda og'riq, ich kelish buzilishi, tireotoksik gepatit. 
Endokrin 
buzilishlar 
Amenoreya, fibroz - kistoz mastopatiya, ginekomastiya, 
uglevodlarga tolerantlik buzilishi, tireogen buyrak usti 
bezi po'stloq qismi (nisbiy) yetishmovchiligi 
melanodenniya, arterial gipotenziya. 
Diffuz toksik 
bo'qoq bilan birga 
kechuvchi 
kasalliklar 
Endokrin oftalmopatiya (50-60%) pretibial miksedema 
(1-4%) akropatiya («sovun ko'pigi» ko'rinishida oyoq va 
qo'l panja periostal osteopatiyasi rengenografiyada) 
valvulopatiya (30%gacha) 
Tireotoksik kriz 
O'tkir klinik sindrom, og'ir tireotoksikozning tireogen 
buyrak usti bezi yetishmovchiligi bilan qo'shilib kelishi. 
Umumiy tiroksin T4 miqdorining oshishi bilan boruvchi holatlar ichida, 
«oilaviy dizalbuminemik gipertiroksinemiya» bo Tib, T4 ni ortiqcha miqdorda 
anomal albumin biriktirib oladi, lekin T4 va TTG ning erkin miqdori normal 
qoladi. T4yuqori miqdorda bo'lishi, qari yoshdagi somatik og'ir kasallikdan ozor 
chekayotganlarda kuzatiladi. Qarilarda diffuz toksik bo'qoq atipik kechib, boshqa 
somatik kasallik bilan birgalikda bo'lganda ahvoli yomonlashuvi yuz beradi. 
102 

Diffuz toksik bo'qoqning klinik tashxisini aniqlashda uch asosiy belgi hisobiga 
olinadi: bo'qoq kattaligi, tireotoksikoz og'irligi, diffuz toksik bo'qoq yoki 
yo'ldosh kasalliklarning asoratlari. Bo'qoq ulchami mavjud klassifikasiyaga 
muvofiq aniqlanadi. Ultratovush tekshiruvi ma'lumotiga ham suyanish mumkin. 
Og'irlik darajasini va fazalarini baholashga yondoshish turlicha, hozirgacha bir 
necha tireotoksikozni baholovchi klassifikasiyalar mavjud. 
Tiretoksikoz og'irlik darajasini aniqlash 
Daraja 
Tireotoksikoz og'irligini baholash. 
Yengil 
Yurak qisqarishlari soni -80-100 zarba 
1 minutda, xilpillovchi aritmiya, ozib 
ketish yo'q ish qobiliyati pasaygan, 
yengil qo'llar qaltirashi bor 
Urta 
Yurak qisqarishlari soni -100-120 zarba 
1 minutga, puis bosimi oshadi, 
xilpillovchi aritmiya, lOkgcha ozish 
ish qobiliyati pasaygan bo Tadi. 
Og'ir 
Yurak qisqarishlar soni 120 zarbadan 
ko'p 1 minutga, xilpillovchi aritmiya, 
tireotoksikoz, psixoz, parenximatoz 
organlar distrofik o'zgarishi, tana 
vazni kamaygan, ish qobiliyati 
yo'qolgan. 
Aniq bir pasiyentning tireotoksikoz darajasini yuqoridagi kriteriylardan 
foydalanib aniqlash qiyinroq. Shuning uchun yana bir chet el adabiyotlarida 
berilgan klassifikasiya taqdim etish mumkin 
Og'irlik darajasi buyicha tireotoksikoz klassifikasyasi 
Sub klinik (yengil kechish) 
Gormonal tekshiruvga asoslanib noaniq klinik 
manzara belgilari kuzatiladi. TTG miqdori 
pasaygan, T4, Тз normada bo Tadi. 
Manifest (urta og'irlikda 
kechishi) 
Klinik manzara aniq aks etgan TTG miqdori 
past, T4, Тз miqdori oshgan bo Tadi. 
Asoratlangan (og'ir kechish) 
Asoratlar xilpillovchi aritmiya, yurak 
yetishmovchiligi, tireogen nisbiy buyrak usti 
bezi yetishmovchiligi, parenximatoz organlarda 
distrofik o'zgarishlar, psixoz, tana vazni keskin 
tanqisligi. 
103 

DAVOLASh 
Diffuz toksik bo'qoqni davolash asosiy usuli: antitireoid preparatlari, 
tireostatiklar yordamida xirurgik davoga tayyorlash, radioaktiv yodoterapiya. Turli 
mamlakatlarda bu usullardan turlicha foydalanadi. Diffuz toksik bo'qoqni 
Yevropada konservativ davolashga ko'p o'rin beriladi, chunki kamroq yod defisit 
mavjudligi tireostatiklarga sezuvchanlikni kuchaytiradi. AQShda yod qabul 
qilishga, radiokativ yod bilan davolashga, bizning mamlakatda esa tireostatiklar 
qo'llashga e'tibor beriladi. Tireostatiklar, merkazolil, propiltiourasil yod 
organifikasiyasini tormozlaydi va tireoid gormonlar sintezi blokadasiga olib 
keladi. 
Tionamidlar guruhidagi tireostatiklar 
Xarakteristika 
Tiamazol 
Propiltiourasil 
O'rta doza, mg 
20-40 
200-400 
Yarim xaydalish, S 
4-6 
1-2 
Та'sir davomiyligi,S 
24 va undan ko'p 
12-24 
Plasenta orqali tashilishi  Past 
Juda past 
va ko'krak sutidagi 
tarkibi 
Keying! yillarda tireostatik preparatlar tireoid gormonogenezni 
susaytiruvchi qobiliyatga egaligi bilan ma Turn, lekin immun ko'rsatkichlarga; 
xujayra immunitetiga ta'sir ko'rsatadi. Propiltiourasil T4 ni biologik faol 
bo'lmagan reversiv Тз ga o'zgartiradi va preferik konversiyaga uchratadi. Diffuz 
toksik bo'qoqni tereostatiklar bilan davolar turli mamlakatlarda bir xil emas. 
Ko'rsatma buyicha 6 oylik davo tireostatiklar bilan yuqori dozalardan 20-40 mg 
sut boshlab kichik5-15mg sut dozalarga o'tish rejimi qo'llaniladi. Tiamazol 30-
40 mg kuniga buyurilib, u qalqonsimon bezda to'planish xususiyatiga ega, P -
adrenoblokatorlar guruhidagi (atenolol 50-100 mg/sut, anaprilin - 80-120mg /sut) 
preparatlarni birgalikda qo'llash maqsadga muvofiq. Fenobarbital va uning 
preparatlari korvalol, valokardin gipertiroksinemiyani kamaytiradi, tiroksin 
bog'lovchi globulinning sintezini kuchaytiradi. 2-4 haftadan boshlab p -
adrenobloqatorlar asta - sekinlik bilan olib tashlanadi, ahvol stiabilizasiyalashadi. 
Eutireoz 3-4 haftada boshlanadi, avval T4 erkin holdagi miqdori normallashadi, 
TTG o'zoq vaqt pasaygan holda qoladi. Bu vaqtdan boshlab (5mgdan 7-10 
kundan) tiamazolinning dozasini pasaytirib boriladi. Parallel ravishda L-tiroksin 
50-75 mkg/sut buyuriladi bu bilan tiamazolning strumogen effektining oldi 
olinadi. Ushlab turuvchi doza tiamazol va L tiroksin orqali 1,5-2 yil davo davom 
ettiriladi. Keyinchalik residiv rivojlanishini hisobiga olib bemor nazorat ostida 
bo'ladi. Tiamazol agranulositoz keltirib chiqaradi. Leykositopeniyani erta aniqlash 
uchun birinchi 3 oy leykositlar, leykositar fonnulani nazorat etish kerak 7-10 
kunda 1- marta, keyinchalik 3-4 haftada aniqlash zarur bo'ladi. 
104 

Diffuz toksik bo'qoqda glyokokortikokoidlar tireogen, buyrak usti bezi 
yetishmovchiligi rivojlanganda, tireostatiklarga leypopenik reaksiyalar 
kuzatilganda buyuriladi. 
Operativ aralashuv bo'qoq katta ulchamda bo'lganda, tireostatiklarga 
yuqori sezgirlik yuzaga kelganda, kasallik davodan keyin residiv berganda, 
bo'qoqning tush ortida joylashuvida, qalqonsimon bezda tugun bo'lganda 
o'tkaziladi. 
Operativ aralashuvga mutloq qarshi ko'rsatma: Keyingi 2 oy ichida miokard 
infarkti, insult boshdan kechirilganda, limfoproliferativ, onkologik kasalliklar 
hisobilanadi. Bir oy davomida virusli va yallig'lanish kasalliklari boshdan 
kechirilganda ham operasiya o'tkazilmaydi. O'tkaziladigan operasiya -
qalqonsimon bez subtotal rezeksiyasi. Turli mamlakatlarda bezning qoldiriluvchi 
xajmi har xil, xirurglarning fikri va o'zaro tavsiyalari ham rol o'ynaydi. Kupgina 
mo'taxassislar 5g qalqonsimon bez to'qimasi qoldirishni maqsadga muvofiq deb 
hisobilashadi. Diffuz toksik bo'qoq operasiyasi bir necha variantlari taklif 
etilgan, bez subfassial emas subkortikal mobilizasiya qilinadi, bunda 
qalqonsimon bez oldi bezlari va qaytuvchi hiqildoq nervi manipulyasiyadan 
chetda qoladi. Ba'zan traxeyaning orqa yoki buylab bez tizimcha shaklida qoladi, 
bunday vazni 5-8 grammni tashkil etadi. Operasiya oldi tayyorgarlik uchun 
tireostatiklar (sezuvchanlik bo'lganda) p-adrenobloqatorlardan foydalaniladi. 
Eutireoid holatga erishish uchun plazmoforez o'tkaziladi, kaliy yodid 
(plammerung) qalqonsimon bezda qon ketislmi kamaytirish maqsadida qo'llash 
keyingi yillarda shubxa uyg'otmoqda, lekin ko'p mamlakatlar xirurglari bu 
usuldan xali voz kechmagan. 
Diffuz toksik bo'qoqni davolashning havfsiz usuli radioaktiv yod I bilan 
terapiya, o'tkazishdir. Radioaktiv  I
1 3 1
 summar dozada 10-15 mkyu buyuriladi, 
«nurlanish» bermaydi, onkologik kasalliklar rivojlanishini keltirib chiqarmaydi, 
deyarli barcha doza qalqonsimon bezga kelib tushadi, (3 -qismlar ajralishi bilan 
parchalanib ketadi. Yarim parchalanish davri 8 sutkadan iborat. Yagona qarshi 
ko'rsatma, homilador va emizikli ayollarda o'tkazilmaydi. Radioaktiv yod bilan 
davolash pasiyentlarning xoxishiga ko'ra tireotoksikoz residivi operasiyadan 
keyin yuz berganda o'tkaziladi. Operativ aralashuv iloji bo'lmagan hollarda; 
qariyalar, yo'ldosh kasalliklar bo'lganda ham radioaktiv yod bilan davolanadi. 
AQShda 25 yoshdan katta bemorlarga radioaktiv yod bilan davolash usuli eng 
optimal usul deb tan olingan. DTB va homiladorlikning birga kechishi katta 
muammo hisobilanadi. O'zoq vaqt gacha operativ aralashuv yoki 
homiladorlikni tuxtatish yo'li bilan DTB davolashga erishish mumkin deb 
sanalgan. Keyingi yillarda esa tiamazol yoki propisil kichik dozalarda 
qo'llash homilaga yomon ta'sir ko'rsatmasligi isbotlanadi. Hozirgi vaqtda 
propiltiourasil 100-150 mg dozada tavsiya etilmoqda, chunki tiamazolga 
nisbatan plasentadan kamroq o'tadi, tiamazol shu sababdan juda kichik 10-15 
mg/sut dozada qo'llash mumkin. 
Homiladorlikda davodan maqsad erkin T4 miqdorini butun homiladorlik davrida 
normadan biroz yo'qori darajada ushlab turishdir, bunda homilada bo'qoq va 
gipotireoz rivojlanishning oldi olinadi. Homiladorlik vaqti DTB uchrashini o'tib 
105 

ketuvchi, tranzitor tireotoksikozdan farqlash kerak, bunda I trimestrda homlaning 
gonodatrapin miqdorining qalqonsimon bezga ta'siri tufayli tireotoksikoz 
rivojlanishini hisobiga olish kerak. Gormonal tekshiruvda XG ko'p,TTG kam ; 
T4 Ъ erkin holda biroz ko'paygan bo'ladi. Yana bir jihat TTG reseptoriga 
antitelalar titri yo'qori bo'lishi kuzatilmaydi, DTBda esa aksincha. 
DTB da operativ aralashuv I trimestrda homila tushishi havfi tufayli 
o'tkazilmaydi, II valll trimestrda esa, ko'rsatma buyicha mumkin, sababi 
estrogenlar konsentrasiyasi ning oshishi tiroksin bog'lovchi globuminga ta'sir 
ko'rsatadi, tireotoksikoz og'irligi kamayadi. 
GIPOTIREOZ 
Gipotireoz - klinik sindrom bo Tib, o'zoq va turg'un ravishda organizmda 
qalkonsimon bez gormonlari yetishmovchiligi yoki to'qima darajasida ularning 
biologik effekti pasayishi bilan yuzaga keladi. Manifestli birlamchi gipotireoz 
populyasiyada 0,2-1% hollarda , subklinik birlamchi gipotireoz 7-10 % ayollar ,2-
3% erkaklar orasida uchraydi. 1 yil davomida 5% subklinik gipotireoz manifestli 
gipotireozga o'tadi. 
PATOGENEZ BO'YICh A 
GIPOTIREOZ KLASSMKASIYaSI. 
Birlamchi (tireogen) 
Ikkilamchi (gipofizar) 
Uchlamchi (gipotalamik) 
To'qima (transportli, periferik) 
Birlamchi gipotireozning og'irlik darajasiga ko'ra 
KLAS SIFKASIYF ASI 
Latent (subklinik)- TTG miqdori yo'qori, T
4
 miqdori normal. 
Manifest - TTG gipersekresiyasi T
4
 miqdori past, klinik belgilar 
- kompensasiyalangan 
- dekompensasiyalangan 
Og'ir kechuvchi asoratlari - kretinizm, yurak yetishmovchiligi, seroz 
bushliqlarga suyuqlik to'planishi, ikkilamchi gipofiz adenomasi. 
ETIOLOGIYaSI 
Tug'ma gipotireoz 5000 yangi tug'ilgan chaqaloqqa bir holat uchraydi. 
Qalqonsimon bez aplaziya,gipoplaziyasi,endemik bo'qoq, TTG tug'ma defisiti, 
tireoid gormonlarga periferik rezistentlik sindromi (kaziustika). Gipotireoz juda 
ko'p hollarda birlamchi bo'ladi. Gipotireoz autoimmun tireodit natijasida 
rivojlanadi. Qalqonsimon bez rezeksiyasi, radioaktiv yod bilan davolash tufayli 
ham gipotireoz rivojlanadi. Kam hollarda o'tkir osti, fibrozli spesifik 
106 

tireoiditlardan keyin, diffuz toksik bo'qoqni tireostatiklar bilan davolashdan sung, 
ba'zan esa genezi noaniq bo'lib qolayotgan (idiopatik) gipotireoz ham rivojlanishi 
kuzatilgan. Tireoid gormonlar defisiti tufayli organlarda bir qator xujayra 
fermentlari ishlab chiqarish keskin kamayishi sababli o'zgarishlar kelib chiqadi. 
Glikozaminglikanlar almashinuvi buzilishi teri, teriosti yog' qavati, mushaklar, 
miokard, shilliq pardalar infiltrasiyasiga olib keladi. 
KLINTK MANZARASI 
Klinik belgilar xilma-xil. Shikoyatlarni aniqlab olish muhim, 
ko'pincha bemorlar axvoli va kasallik darajasiga mos kelmaydigan subyektiv 
holatlarni sanab o'tishadi. Gipotirozda barcha organlar zararlanishi kuzatilib tor 
profildagi mo'taxassisga murojaat etishadi. Bemorlarni tana vazni oshishi, teri 
quruqligi, teri dag'allashuvi, oyoq kiyimi ulchami kattalashuvi, yuz ko'rinishi 
qo'pollashuvi nutqi noaniqligi bezovta qiladi. Keyinchalik o'ng qobirga ostida 
og'riq ,ich qotish ,ko'krak kafasda og'riq, xansirash kabi belgilar paydo bo'ladi. 
Ayollarda xayz sikli buzilishi, polimenoreya va menometrorragiyadan to 
amenoreyagacha kuzatiladi. Bemorlar faxmi pasayganligi, vokealarni baholash 
qobiliyati xotira susayganligidan shikoyat bildiradi. Gipotireozda qo'yidagi 
sindromlarni shartli ravishda ajratish mumkin. 
Gipotermik - almashinuv sindromi: semizlik, tana temperaturasi pasayishi. 
Gipotireoid dermatopatiya: miksedematoz shish, periostal shish, yuzlari shishi, 
lab, til kattalashuvi, til chetida tish izlari bo'lishi, teri sarg'ishligi, oyoq-qo'llarda 
shish, nafas olish, gapirish qiyinligi, eshitish buzilishi, poliserozit. 
Markaziy va periferik nerv tizimi zararlanishi sindromi: uyquchanlik, 
tormozlanish, xotira pastligi bradikardiya, muskullarda og'riq, paresteziyalar, pay 
reflekslari pasayishi, polinevropatiya. 
Yurak-qon tomir tizimi zararlanishi. Miksedematoz yurak (bradikardiya, voltaj 
pastligi, EKGda T tishcha manfiyligi, qon aylanishi yetishmovchiligi) arterial 
gipotenziya, poliserozit, notipik variantlar (gipertenziya, bradikardiya yo'q, 
taxikardiya bilan qon aylanishi yetishmovchiligi) 
Ovqat hazm qilish tizimi sindromi: gepatomegaliya, o't yo'llari diskineziyasi, 
ich qotishi, ishtaha pastligi, yug'on ichak diskineziyasi, oshqozon shilliq pardasi 
atrofiyasi, kungil aynishi, ko'sish. 
Anemiya sindromi: normoxrom-, normositar-, gipoxrom-, temir tanqisligi, 
makrositar-,  V
1 2
 vitamini tanqisligi anemiyalari. 
Giperprolaktinemik gipogonadizm sindromi: tirotropin giperproduksiyasi, 
gipotiroksinemiya tufayli, faqat tirotropin emas balki prolaktin ham qonga 
tashlanishi kuzatiladi, lyo'liberin ajralishi siklni buzadi. Bu klinik sindrom 
birlamchi gipotireozda (Van-Vik-Xennes-Ross sindromi, Van-Vik-Grambax 
sindromi) oligoopsomenoreya yoki amenareya, galaktoreya, ikkilamchi 
tuxumdonlar polikistozi borligi bilan ifodalanadi. 
Ektodermal buzilishlar sindromi: sochlar rangsiz, to'kiluvchan, sinuvchan, 
qoshlar tushishi, tananing boshqa joydagi tuklar o'sishi sust. 
107 

«Bo'sh» turk egari sindromi: tireotrof, prolaktotroflar hisobiiga adenogipofiz 
kattalashuvi yoki «ikkilamchi» gipofiz adenomasi hosil bo'lib, xiazmal sindromini 
keltirib chiqaradi, (barcha yuzaga kelgan holatlar tireoid gormonlar past 
darajasiga bog'liq).Tireoid preparatlar adenogipofiz ulchamini kamaytiradi, bunda 
(«bo'sh») turk egari sindromi rivojlanadi. 
Uyquda apnoe sindromi: nafas markazi sezgirligi buzilishi, shilliq parda 
infiltrasiyasi tufayli kelib chiqadi. Klinik manzara aniq bo'lishiga qaramasdan 
birlamchi gipotireoz diagnostikasi qiyinlashishi mumkin, qay bir aloxida sistema 
zararlanishi belgilari dominantlik qiladi. 
Ikkilamchi gipotireozda boshqa trop gormonlar yetishmovchiligi simptomlari 
bo'ladi. 
1. almashinuv - gipotermik sindrom semizliksiz kechib ozg'inlik kuzatiladi. 
1. Dermopatiya kam ifodalangan, qo'pol shishilar yo'q teri nozikroq, rangpar, 
ajinli. 
2. Qon aylanish yetishmovchiligi, gipotireoid poliserozit, gepatomegaliya, V
12 
defisit anemiya kuzatilmaydi. 
GIPOTIREOID (MIKSEDEMATOZ) КОМА 
Qariyalarda, uzoq vaqt diagnostika qilinmagan gipotireozda, sovuq regionlarda 
kuzatilishi mumkin. 
Sabablar: sovqotish, barbituratlar bilan davolanish, narkoz, neyroleptiklar 
qo'llashda, interkurrent kasalliklar. 
Patogenezi: to'qima nafas olishi susayishi va turg'un gipotireoz tufayli buyrak 
usti bezi po'stloq qismi faoliyatining pasayishi yotadi. Buyraklarda gipoperfuziya 
va vazopressin produksiyasi noadekvatligini ham keltirib chiqaradi (tireoid 
gormonlar va vazopressin antogonistlardir). 
Koma gipotermiya, gipoventillyasiya, giperkapniya bilan, gipervolemiya, 
giponatremiya, bradikardiya, arterial gipotenziya, siydik o'tkir tutilishi, ich qotish, 
yurak yetishmovchiligi, markaziy asab sistemasi progressivlanuvchi tormozlanishi 
(stupor, koma) bilan kechadi. 80% hollarda o'lim bilan tugaydi. 
Diagnostikasi 
Subklinik birlamchi gipotireoz TTG yuqori, T
4
 normal, manifest birlamchi 
gipotireozda TTG gipersekresiyasi, T
4
 past bo'ladi. 
Birlamchi gipotireozda tireoglobulinga antitelolarni aniqlash mumkin. 
Ikkilamchi gipotireozda TTG qancha past bo'lsa, T
4
 ham past bo'ladi. 
Tug'ma gipotireozda TTG plazma darajasida tekshiriladi, tug'ilgandan keyin 4-5 
kunda. 
108 

Differinsial diagnostikasi 
Mustaqil kasallik sifatida ayrim simptomlar gipotireoz belgilari deb 
hisobilanib, xatoliklarga olib keladi. (Temir tanqislik bilan kam qonlik, o't yoTlari 
diskineziyasi, semizlik) 
Birlamchi va ikkilamchi gipotireozni ni aniqlash uchun (TTG normada yoki past 
bo'lsa) tiroliberin bilan sinama o'tkaziladi. Qonda TTG aniqlanib, venaga 
tirotropin rilizing gormon 200 mg yuborilib, 30 minutdan keyin TTG 25mmol/l 
gacha va undan yuqori bo'lsa birlamchi gipotireoz, o'zgarmasa ikkilamchi 
gipotireoz hisobilanadi. T
3
 ni aniqlash ortiqcha, chunki T
4
 ko'rsatkichi bir xilda 
o'zgaradi. Ba'zan T
3
 normal qolgan holda, T
4
 kamayadi. Bu fenomen 5-
deyodinaza fermenti to'qima faolligini kompensator ravishda oshishi bilan 
bog'liq. «T
3
 past miqdori» sindromi bo Tib, bunda buyrak, yurak, jigar 
yetishmovchiligi, miokard infarkti, giperkortisizm, ruhiy anoreksiya kabi og'ir 
holatlar kuzatiladi. 5-deyodinaza periferik faolligi buzilgan, umumiy, erkin T

miqdori pasaygan T
4
 normal yoki oshgan, TTG esa normal bo'ladi. Buyrak usti 
bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi autoimmun tireoidit bilan kechganda (Shmidt 
sindromi), qandli diabet 1 tipi autoimmun tireoidit bilan kechganda (Karpenter 
sindromi) ikkilamchi gipotireozdan farqlash kerak, periferik, markaziy endokrin 
bezlar yetishmovchiligi bo'lganda gipofiz trop gormonlarini aniqlash zarur. 
Davolash: Gipotireozning barcha shakillarida L -tiroksin o'rinbosar terapiya 
sifatida qoTlaniladi AQSh mediklari tomonidan bu preparat eng maqul deb tan 
olingan. Davolash kichik dozalardan boshlanadi: qarilarga 12,5 mkg/sut, yurak 
patologiyasi bo'lsa, 6 ,25 mkg/ sut buyuriladi. Preparat ertalab ovqatdan 30 minut 
oldin qabul qlinadi. Preparat dozasi oshib boruvchi dozada yoshlarda 3-4 xafta, 
qariyalarda 2-3 oy, yurak kasalliklarida 4-6 oy davomida ushlab turuvchi doza 
qoldiriladi. 1kg vaznga 1,6 mkg hisobda qo'llash (ayollarda o'rtacha 100 mkg/ 
sut, erkaklarda 150 mkg/sut) og'ir patologiyada 0,9 mkg/kg maqsadga muvofiq. 
Semizlikda 1 kg, «tana ideal og'irligiga» hisobilanadi. Chaqaloqlar (10-15mkg/kg) 
bolalar 2 mkg/kg, tiroksinga bo'lgan ehtiyoji aniqlangan. TTG miqdori nazorati 
ostida o'rinbosar terapiya olib borilib, 4 oydan so'ng TTG miqdori 
normallashmasa, dozani 25 mkg oshiriladi. TTG normallashgach nazorat qilish 
6 oyda bir, keyin 1 yilda bir marta TTG aniqlanadi. Yosh o'tishi bilan tireoid 
gormonlarga nisbatan ehtiyoj kamayadi. Ikkilamchi gipotireoz davolash usuli 
birlamchi gipotireozni davolashga analogik, lekin o'rinbosar terapiya T

miqdorini aniqlashga asoslangan L-tiroksin 1 mkg/kg sutkasiga (75-100 mkg ) 
subklinik va manifest gipotireozda bir xil buyurilib TTG miqdori 
normalizasiyasiga erishiladi. 
Gipotireozda tireotom, tireokomb, hozirda qo'llashdan, liotironinning 2-4 
soatdan keyin medikamentoz tiretoksikoz chaqirishi kuzatilganligi sabab ulaPH 
qo'llashdan voz kechilgan. 
109 

TUG'MA GIPOTIREOZ 
Tug'ma gipotireoz qalqonsimon bez kasalliklari ichida bolalarda 
uchrovchi kasallikdir. 
Etiologiyasi: Tireoid gormonlarning to'liq yoki qisman tanqisligi tufayli 
kelib chiqadi. O'rinbosar terapiya tufayligina tug'ilgandan keyingi birinchi 30 
kunda aqliy rivojlanishga erishish mumkin. 85-90% hollarda tug'ma gipotireoz 
birlamchi va yod defisiti yoki qalqonsimon bez disgeneziyasi, ya'ni aplaziya, 
gipoplaziya, qalqonsimon bez distopiyasi bilan bog'liq bo'ladi. Tug'ma 
gipotireoz 5-10% hollarda disgormonogenez: TTG reseptorlari defekti, yod 
transporti defekti, peroksidaza sistemasi, tireoglobulin sintezida tanqislik 
bo'lganda yuz beradi. 3-4% hollarda ikkilamchi uchlamchi hisobilanadi . Tranzitor 
chaqaloqlar gipotireozi sifatida qaraladigan tug'ma gipotireoz- homilador 
tomonidan tireostatiklar qabul qilish, yod defisiti bo'lgan regionlarda yashovchi 
onalarning chaqaloqlarida . 
Tug'ma gipotireozning asosiy shakllari va etiologiyasi 
Tug'ma 
gipotireoz 
Sabablari 
uchrashi 
Holatlar 
%da 
I birlamchi 
Qalqonsimon bez disgeneziyasi 
-ageniziya (atireoz) -
-gipogeniziya (gipoplaziya) 
Distopiya 
Qalqonsimon bez disgormonogenezi : 
- TTG reseptorlari defekti 
- yodidlar transporti o'zgarishi 
- peroksidaza sistemasi defekti 
- tireoglobulin sintezi defekti 
1:4000 
1:30 000, 
50 000 
85-95 
5-10 
II ikkilamchi 
va uchlamchi 
Pangipopituitarizm 
TTG sintezining izolyasiyalangan 
Defisiti 
ыооооо 
3-4. 
III periferik 
Tireoid gormonlarga rezistentlik 
IV tranzitor 
Mtdikamentoz gipotireoz 
Qalqonsimon bezga ona anfitelolarining 
induiirlashi tufayli kelib chiquvchi 
gipotireoz 
Idiopatik gipotireoz 
KLINIK MANZARASI 
к и
2
а ^ ^
ё , т а ё
'
Р
°
П Г е 0 2 к И п 1 к Ь е 1 ё И а г 1
 hollarda erta postnatal davrda 
-Homiladorlik vaqtidan o'tsa (40 xaftadan ko'p ) 
110 

- tug'Uganda katta tana vazni 
- yuzda shishlar, lab, qovoqda, yarim ochilgan og'izda til chiqib turishi. 
' - umrov usti chuqurchasida, oyoq-qo'l panja usti yuzasida 
«yostiqchasimon» zich shishlar borligi 
- Homiladorlik muddati to'liq bo'lishiga qaramay bolada chala tug'ilish 
belgilari bo'lishi 
- yig'lash vaqtida ovoz past dag'al bo'lishi 
- mekoniyning kech ketishi 
- kindik tizimchasi kech ketishi, kindik yarasining yomon epitelizasiyasi 
Bola hayotining 3-4 oylarida birlamchi gipotireoz klinik simptomatikasi 
- past ishtaha, tana vazniga vazn qo'shilishi yomonligi 
- teri quruqligi, qipiqlanishi, rangparlik 
- gipotermiya ( oyoq- qo'llari sovuqligi) 
- sinuvchan, quruq, rangsiz sochlar 
- mushaklar gipotoniyasi 
5-6 oylikdan so'ng bolaning psixomotor, jismoniy rivojlanishidan orqada qolish 
belgilari kuchayib boradi. 
Diagnostika: TTG va T4 miqdorini chaqaloq hayotining 4-5 kunida teri 
orqali punksiya - tovonidan qon olinib aniqlash mumkin, undan erta olish yolg'on 
ijobiy natija beradi. Chala tug'ilgan bolalarda 7-14 kunlari TTG aniqlanadi. 
Filtrlovchi qog'ozga qon tomchilarini kam so'rdirish ham noto'g'ri natija beradi 
(zarur qon xajmi 6-8 tomchi) TTG miqdori 20mME/l- norma, TTG 50mME/l dan 
yuqori bo'lsa, tug'ma gipotireozga shubxa, lOOmME/1 bo'lsa tug'ma gipotireoz 
tasdiqlanadi. Tug'ma gipotireoz diagnozi qo'yilgan bir yoshli bolalarda qabul 
qilinayotgan L - tiroksin preparati to'xtatilishi va qondagi TTG va T
4
 miqdorini 
tekshirish orqali diagnoz qayta aniqlashtiriladi. Normal ko'rsatkichlar olinsa davo 
olib borilmaydi. UTT barcha bemor bolalarga, zarur bo'lsa radioizotop tekshiruv 
ham o'tkaziladi. 
DAVOLASh 
25-30 mkg/sut (yoki 8-12 mkg/kg/sut) L-tiroksin o'rinbosar terapiya sifatida 
buyuriladi. Tana yuzasi maydoniga hisobilanganda chaqaloqlarga 150-200mkg/m , 
bir yoshdan keyin 100-150 mkg/m2 L-tiroksin buyuriladi. 
Hozirgi vaqtda tug'ma gipotireozni prenatal diagnostika qilish usullarini faol 
ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. 
6. ma'ruzani jixozlash: 
ko'rgazmali qurollar: 
1. tireoid gormonlar ta'sir mexanizmi 
2. diffuz toksik bo'qoq patogenezi 
3. diffuz toksik bo'qoq klinik manzarasi 
4. gipotireoz. 
5. tug'ma gipotireoz 
6. mavzu bo'yicha slaydlar 
7. mavzuga oid bemorlar namoyishi 
111 

7. nazorat test savollari 
1. diffuz toksik bo'qoq deganda nimani tushunasiz? 
2. diffuz toksik bo'qoqning asosiy sabablari. 
3. diffuz toksik bo'qoq rivojlanishiga turtki bo'ladigan omillar. 
4. oftalmopatiya deganda nimani tushunasiz? 
5. tireotoksikoz og'irlik darajasini qanday baholash mumkin? 
6. diffuz toksik bo'qoqda jarrohlik aralashuvi o'tkazishga ko'rsatmalar. 
7. birlamchi va ikkilamchi gipotireozlarning bir - biridan farqlari. 
8. gipotireoz bilan kasallangan bemorlarning tashqi ko'rinishi 
9. gipotireoz diagnostikasi uchun zarur bo'lgan tadbirlar. 
10. gipotireozni davolashda qo'llaniladigan preparatlar. 
11. Diffuz-toksik bo'qoq qo'yidagilarning qaysisi bilan qiyosiy diagnostika 
qilinmaydi? 
a) neyro-sirkulyator distoniya bilan 
b) tireotoksik adenoma bilan 
v) revmatizm (revmokardit) bilan 
g) upka sili bilan 
d) ezofagit bilan 
12. Gipotireozga xos bo'lgan belgilardan tashqarisini ko'rsating: 
a) uyquchanlik 
b) tana vaznining kamayishi 
v) qabziyat 
g) terining quruqlashishi 
d) bradikardiya 
13. Diffuz toksik bo'qoqning bitta asoratini ko'rsating: 
a) gipotireoid koma; 
b) gipertonik kriz; 
v) tireotoksik kriz; 
g) ensefalopatiya; 
d) yurak ishemik kasalligi; 
14. Miksedemani davolashda qo'llanilmaydi: 
a) merkazolil 
b) tireoidin 
v) tireokomb 
g) L - tirkosin 
d) tireotom 
15. Diffuz toksik bo'qoqqa olib keladigan uchta etiologik omilni ko'rsating: 
a) irsiy; 
b) semizlik; 
v) strumektomiya; 
g) surunkali infeksiya uchoqlarining mavjudligi; 
d) boshqa autoimmun kasalliklarning mavjudligi; 
16. Diffuz toksik bo'qoq kimlarda ko'proq uchraydi? 
a)erkaklarda; 
b)bolalarda; 
112 

v)keksalarda; 
g)xotin-qizlarda; 
d)gudaklarda; 
17. Gipotireozga qo'yidaga belgilardan qaysi biri xos? 
a)teri giperemiyasi; g) gipertoniya; 
b) teri namligining oshishi; d) qaltirash; 
v) teri quruqligi; 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling