O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil


Birlamchi buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi o'rinbosar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana26.11.2020
Hajmi0.56 Mb.
#151887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni


Birlamchi buyrak usti bezi po'stloq qismi yetishmovchiligi o'rinbosar 
terapiyasida bir necha sxemalardan foydalaniladi. 
5. kiska ta'sir qiluvchi preparatlar kullash. Gidrokortizon tabletkada-20 mg 
ertalab (iloji boricha ertarok) va tushlikdan keyin 10 mg (yoki kortizon 25 mg 
va 12,5 mg) 0,05-02 mg kortinef ertalabki doza bllan birga. 
6. Urta ta'sir qiluvchi preparatlar kullash. Prednizolon- 5-7,5mg +0,05-02 
mg kortinef ertalab, tushlikdan sung 2,5 mg predinzolon. 
7. O'zok ta'sir qiluvchi preparatlar qo'llash. Deksametazon 0,5 mg 
kechasiga, 0,05-02 mg kortinef ertalabga 
8. Glyukokortikoidlar turli kombinasiyalarini 9a ftorkortizol bilan birga 
kullash. 
Keltirilgan dozalar buyrak usti bezi yetishmovchiligining urta ogir darajasida 
kullaniladi, xar bir aniq holat uchun sxema individual tanlanadi. 
Kiska ta'sir qiluvchi glyukokortikoidlar: gidrokortizon va kortizon; ularning 
kamchilik tomoni kiska ta'sir kilishidir. Ta'sir davomiyligi tugagach, bemorlar 
o'zini yomon xis kilishi va kuchsizlikka shikoyat bildiradilar. 
Preparatlarni standart ravishda buyurish (2/3 qismi ertalab, 1/3 qismi kun yarmida) 
maqsadga muvofiq. Shikoyatlar kechkurun va erta tongda preparatlar kabul 
kilishgacha bo'lgan vaktda yuzaga keladi. Sintetik Glyukokortikoidlar: 
prednizolon ko'proq ta'sir davomiyligiga ega. Bolalar va o'smirlarga sintetik 
preparatlar kullashdan o'zokrok bo'lishi kerak. Deksametazon kumulyativ xossasi, 
tor terapevtik doiraga egaligi, nofiziologik ta'sir davomiyligi mavjudligi xamda 
Glyukokortikoidlar bilan birga kullashda ularning dozasi oshib ketish holatiga 
olib kelish kabi, xususiyatlarga ko'ra uni kullashni chegaralash zarur. o'rinbosar 
terapiyada eng ko'p uchrovchi xato Glyukokortikoidlarni monoterapiya sifatida 
kullanilish holatidir.Bemorlarga 9a ftorkortizol kullash eng makuldir.Urinbosar 
terapiyaning adekvatligini baholash uchun kortikosteroidlarning glyuko-
mineralokortikoid effekti tahlil etiladi. 
Urinbosar terapiyada glyukokortikoid komponentining adekvatlik 
kriteriylari: 
- normal tana massasini ushlab to'rish 
- giperpigmentasiya keskinliginning yuqligi va uning asta- sekin 
regressiyasi 
- ish qobuliyati saqlanishi, kuchsizlik shikoyatining yuqligi 
- gipoglikemiyaning yuqligi 
- Glyukokortikoid dozasining oshib ketish holati yuqligi 
- AKTG giper sekresiyasi keskinlashuvining yuqligi 
Urinbosar terapiyada mineralokortikoid komponent adekvatlik 
kriteriylari: 
- kaliy va natriyning qon plazmasidagi normal darajasi 
- plazmada rening aktivligining normal darajasi 
- sutka davomida qon bosimining normal bo'lishi. 
Yuqoridagi ma'lumotlarga ko'ra, o'rinbosar terapiya adekvatligini 
baholashda klinik manzara ma'lumotlari muhimdir. Barcha laborator tahlil 
natijalari normallashish va klinik manzara belgilarini yuqotishga o'rinish 
36 

kortikosteroidlarning yuqori dozalarini buyurish va doza oshish holatiga olib kelish 
bilan ifodalanadi. Kortikosteroidlarning sutkalik dozasi ko'p hollarda buyrak usti 
bezi yetishmovchiligining kompensasiya holatiga olib keladi. 
Buning iloji bo'lmasa, dekompensasiyaga olib kelgan kasallik yoki holatlar 
(tuberkulyoz, tireotoksikoz, xomiladorlik,infeksion kasalliklar) istisno qilinishi 
lozim. Shuni hisobga olish kerakki, kortikosteroidlar sekresiyasi darajasi 
organizmning funksional holatiga bog'liq. Yallig'li kasalliklar va og'ir streslarda 
Glyukokortikoid dozasini 1,5- 2 marta oshirish zarur. 
Gastroskopiya, tish ekstraksiyasi oldidan mushak ichiga 25-50 mg 
gidrokortizon yuborish kerak. Og'ir somatik (pnevmoniya) kasalliklarda bemor 
gidrokortizon bilan davolashga o'tkaziladi. jarrohlik choralari oldidan, tug'ruq payti 
75 mg gidrokortizon mushak ichiga va tug'ruqni operativ aralashuv bilan amalga 
oshirish zarurati bo'lganda 75-100 mg gidrokortizon gemisuksinat 5-10% glyukoza 
eritmasida venaga tomchilanadi. Operasiyalardan keyingi davr tinch o'tsa , birinchi 
3 kunda bemorga 100-150mg /sutkasiga dozada gidrokortizon mushak ichiga 
inyeksiya o'tkaziladi. 3-5 kundan boshlab 75-100 mg/sutkasiga , undan keyin 
odatdagi tartibda tabletkalashtirilgan preparatlarga o'tkaziladi. 
Profilaktikasi va oqibati: kasallik oldini olish maqsadida tuberkulyoz 
kasalligi mavjud bo'lgan bemorlarga zaruriy choralar ko'rish maqsadga muvofiq. 
O'z-o'zini nazorat etish va maxsus endokrinologik bo'limda vrach nazorati ostida 
davo o'tkazilishi ham kasallik oqibatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 
Urinbosar terapiyaning natijasi aniq fiziologik sharoitlar adekvatligiga bog'liq. 
O'lim -davolash o'tkazilmaganda o'tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi 
belgilaridan yuz beradi 
Ikkilamchi va uchlamchi gipokortisizm. 
Ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi- gipofiz tomonidan AKTG 
sekresiyasining yetishmovchiligi natijasidir. 
Uchlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi -gipotalamus tomonidan 
Kortikorilizing Gormon (KRG) sekresiyasining yetishmovchiligi bilan bog'liq . 
KRG miqdorini aniqlash, KRG bilan sinama o'tkazish hozirgi kunlarda o'zini 
oqlamaydi, shuning uchun ikkilamchi va uchlamchi buyrak usti bezi gipokortisizm 
klinik amaliyotda «Виугак usti bezi yetishmovchiligining markaziy shakllari»degan 
termin bilan umumlashtirilgan. Markaziy buyrak usti bezi yetishmovchiligi 
(MBUBE) -gipotalamo-gipofizar yetishmovchilikka olib keluvchi har qanday sabab 
natijasida rivqjlanishi mumkin. 
Izolyasiyalangan AKTG yetishmovchiligi sindromi - eng kam uchrovchi 
patologiya. Buyrak usti bezi markaziy shakli uchrash holatlari noaniq, ammo 
Gipotalamo-Gipofizar- Buyrak Usti Bezi sistemasi susayishi surunkali 
glyukokortikoidlar bilan davolash foni sabab bo'lishi kuzatilgan. 
Patogenetik va klinik jihatidan ikki xususiyati buyrak usti bezi yetishmovchiligi 
markaziy shaklini birlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligidan ajratib turadi: 
37 

1. AKTG va POMK ning boshqa derivatlari gipersekresiyasining gipofiz 
tomonidan kuzatilmasligi, natijada giperpigmentasiya mavjud emasligi 
aniqlanadi. 
2. BUB koptokcha zonasi faoliyatining renin-angiotenzin-aldosteron avtonom 
tizim ko'rinishida saqlanishi aniqlanadi. 
Klinik jihatdan buyrak usti bezi markaziy shakllari uchun degidratasiya va 
gastrointestinal buzilishlar juda kam kuzatiladi. Birinchi o'rinda gipoglikemiya (1/3 
qism bemorlarda AKTG izoliyasiyalangan yetishmovchiligi kuzatilganda) turadi. 
Shundan kelib chiqib, buyrak usti bezi yetishmovchiligi markaziy shakllarida 
o'rinbosar terapiya: mineralokortikoid preparatlari qo'llashga zarurati yo'q. Buyrak 
usti bezi koptokcha zonasi avtonom faoliyatiga qaramasdan, AKTG buyrak usti 
bezi po'stloq qavati barcha zonalariga trofik ta'sirot o'tkazadi, shuning uchun ko'p 
hollarda buyrak usti bezi koptokcha zonasi atrofiyaga uchraydi. Bunga mos ravishda 
bemorda arterial gipotenziya yuzaga chiqadi, laborator tekshiruvida giperkalemiya 
va plazmada renin faolligi o'sib borishi kuzatiladi. Koptokcha zonasi intaktligi 
tufayli giponatremiya ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligida kuzatiladi. 
Giponatremiya Suyuqlik ushlanib qolishi (o'z navbatida kortizol defisiti orqali 
chaqiriladi.) va vazopressin gipersekresiyasi natijasida rivojlanadi. 
Davolash birlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi uchun ko'rsatilgan 
choralar bilan o'xshash. Ikkilamchi gipokortisizm diagnostikasi uchun metirapon va 
insulin bilan gipoglikemiya sinamasi, zarur axborot beradi. Ikkilamchi 
gipokortisizmda organik patologiyani aniqlash yoki istisno qilish maqsadida bosh 
miyada MRT tekshiruv ko'rsatma bo'lib xizmat kiladi. Markaziy (gipotalamo-
gipofizar) buyrak usti bezi yetishmovchiligi tashxisi kriteriylari: 
• Klinik manzara addison kasalligi simptomlariga uxshash, lekin melanodermiya, 
shur ovkatlarga ruju kuyish kuzatilmaydi. Gipofizar yetishmovchilik fonida 
ikkilamchi gipotireoz, gipogonadizm, QANDSIZ diabet uchrashi, anamnezda 
gipofizar patologiya borligi, shunga mos holda laborator, gormonal tekshiruvlar 
adekvatligi aniqlanadi. 
• Sezilarli elektrolit o'zgarishlar (giperkalemiya va giponatremiya) klinik belgilar 
bo'lishiga qaramasdan, kuzatilmaydi. 
• Siydik bilan erkin kortizolning sutkalik ekskresiyasi kamaygan, plazmadagi 
kortizol miqdori, AKTG pasaygan. Aldosteron miqdori va plazmada renin 
aktivligi normal boTadi. 
• O'tkir va subklinik ikkilamchi gipokortisizmda qisqa sinaktenli sinama 
ko'pincha- manfiy. Metirapon va insulinli gipoglikemiya sinamalari- ijobiy natija 
beradi. 
• Gipotalamo- Gipofizar Tizim patologik o'zgarishlari MRT, KT usullari 
yordamida aniqlanadi. 
38 

Mavzuga nazorat savollar va testlar 
1. buyrak usti bezi to'zilishi 
2. Mineralo-glokokortikoidlar, androgenlar, kateholaminlar va ularning 
biosentezi, sekresiyasi ta'siri. 
3. Addisonik kasalligi etiologik omillari. 
4. Uglevod, oqsil, suv-elektrolit almashinuvi buzilishi patogenezi, klinik 
ko'rinishi. 
5. Qon siydikda garmonal o'zgarishlar; Buyrak usti bezi po'stloq 
moddasining mavjud va potensial rezervlarini baholashdagi funksional 
sinamalar. 
6. Addison kasalligi klassifikasiyasi va differinsial diagnostikasi 
7. Buyrak usti bezi kriz diagnostikasi klinik shakillari. 
8. Feoxromasitoma, klinik shakillari . 
9. Konn sindromi, etiologiya, patogenez klinika. 
lO.Isenko- Kushing sindromi, etiologiya, patogenez, klinika. 
11. Buyrak usti bezi mag'iz qavatida qaysi ikki gormon 
ishlab chiqariladi? 
a) aldosteron, kortizol 
b) kortizol, gidrokortizon 
v) estradiol, progesteron 
g) adrenalin, noradrenalin 
d) triyodtironin, tiroksin 
12. Buyrak usti bezi qaysi qavatida kateholaminlar ishlab 
chikariladi? 
a) koptoksimon 
b) po'stloq 
v) magiz 
g) to'tamsimon 
d) tursimon 
13. Addison kasalligini davolashda ishlatilmaydi: 
a) askorbin kislotasi 
b) parhezda osh to'zini ko'paytirish 
v) adrenokortikotropin (AKTG) 
g) gidrokortizon 
d) DOKSA 
14. Isenko-Kushing sindromida semirishning qaysi tipi 
kuzatiladi? 
a) bir me'yorda semirish 
b) displastik semirish 
v) segmentar semirish 
g) ginoid semirish 
d) android semirish 
15. Buyrak usti bezi po'stloq qavatidagi glyukokortikoidlar 
sekresiyasining asosiy stimulyatorini ko'rsating: 
a) aldosteron 
39 

b) renin 
v) K+ ioni 
g) adrenokortikotropin (AKTG) 
d) Na+ ioni 
16. Buyrak usti bezida ishlab chiqarilmaydigan gormonni 
ko'rsating: 
a) kateholaminlar 
b) aldosteron 
v) adrenokortikotropin (AKTG) 
g) jinsiy gormonlar 
d) kortizol 
17. Buyrak usti bezi shikastlanishi va birlamchi 
gipokortisizmga olib keladigan to' rtta omilni ko'rsating: 
a)autoimun prosesslar; 
b)pnevmoniya; 
v)gipotalamus-gipofiz sistemasida joylashgan o'smalar; 
g)sil prosessi; 
d)birlamchi va/yoki ikkilamchi amiloidoz; 
ye)infeksion va zamburugli kasalliklar; 
18. Buyrak usti bezi qaysi ikki qavatdan iborat? 
a) periteliy, magiz; 
b) po'stloq, periteliy; 
v) magiz, po'stloq; 
g) intima, periteliy; 
d) po'stloq osti, intima; 
19. Surunkali gipokortisizmga xos beshta klinik belgini ayting(5ta tugri 
javob): 
a) teri pigmentasiyasining o'zgarishi; 
b) semirish; 
v) ortostatik arterial gipotoniya; 
g) mushaklar quvvatsizligi; 
d) arterial gipertenziya; 
ye) gipoglikemiya; 
j) tana vaznini yuqotish; 
z) patologik reflekslar; 
20. Addison kasalligida giperpigmentasiyaning rivojlanishi + + 
gipersekresiyasi bilan bog'liq: 
a) amilaza; 
b) TTG; 
v) STG; 
g) prolaktin; 
d) AKTG; 
40 

M A V Z U :
 Alimentar semizlik 
Mavzu :
 Alimentar semizlik
 (A.S) Tarkalishi, etiologiyasi, endokrin, yurak-
kon tomi rva boshqa tizimlar holati. Alimentar semizlikni davolash zamonaviy 
usullari -1 soat. 
MAQSAD: 
1 .Semizlikka ta'rif berish 
2. aholi o'rtasida semizlik tarkalishini ko'rsatish 
3. alimentar semizlik sabablarini ko'rsatish 
4. alimentar semizlikni davo usullarini aytib o'tish. 
Kutilayotgan natijalar . Ma'ruzadan keyin talaba bilishi zarur: 
1. «semizlik» haqida tushuncha ; 
2. alimentar semizlik klassifikasiyasi. 
3. Alimentar semizlik epidemiologiyasini bilish. 
4. Alimentar semizlik Davolash, zamonaviy uslublarni qo'llashni bilish. 
Mavzuning savollari. 
Alimentar semizlik ta'rifi . 
Epidemiologiyasi 
Alimentar semizlik klassifikasiyasi 
Yog' to'planish xarakteri 
Tana vazni indeksi 
Semizlik bilan kasallangan bemorlar somatik holatini baholash . 
Semizlikni bosqichli davolash. Parhez, jismoniy yuklamalar medikamentoz 
terapiya. 
Mazmun : 
Semizlik - organizmda ortiqcha Yog' to'planishidir. Surunkali kechishi. 
Yer yuzida semizlikning tarqalganligi. Arterial gipertenziya, kandli diabet, 
ateroskleroz rivojlanishida semizlikning o'rni. Tana vazni indeksi, normal 
raqamli semizlik darajalari . 
«Metobolik sindrom» qismlarini tuzish yurak ishemik kasalliklari, 
gipertoniya kasalligi, ateroskleroz qandli diabet, upka, yurak, o't-tosh kasalligi, 
asteoartroz podagra va boshqa kasalliklarni semizlik yo'ldoshi sifatida faol 
aniqlash. Diyetoterapiya, bemor yashash tarzini o'zgartirish, semizlikni 
davolashda zamonaviy davo preparatlari. 
SEMIZLIK 
Semizlik- organizmda Yog'ning ortiqcha to'planib qolishi bilan boruvchi boshqa 
kasalliklar va patologik holatlar oqibatida yuzaga keluvchi mustaqil 
kasallik yoki sindrom. 
Asosiy kasallik kompensasiya kilingandan sung semizlikni yuqotish mumkin. 
Semizlik -organizmda ortiqcha Yog' to'planishi bilan salomatlikka havf 
tug'diradi. Semizlik surunkali kechib, umr bo'yi davolash olib borilishi zarur, aks 
holda progressivlashib boradi. Semizlik yer yuzida keng tarqalgan kasalliklardan 
41 

hisoblanadi. Planetamiz aholisining 30% ortiqcha vaznga ega. Semizlik qandli 
diabet, ateroskleroz, gipertoniya kabi kasalliklar patogenezida muhim o'rin to'tishi 
hisobga olinsa, kasallik emas, dolzarb muammo deb qaralishi kerak. Yigirmanchi 
asr 30-chi yillariga kelib, normal tana vazni haqidagi tasavvurlar shakllandi. To bu 
vaqtgacha medisina infeksion kasalliklar bilan ko'rashish bilan ovora edi. 
Semizlik klassifikasiyasi 
1. Birlamchi semizlik 
1.1 Alimentar- konstitutsional ( ekzogen-konstitutsional) 
1.1.1. Ginoid( dumba-son, pastki tip) 
1.1.2. Android (abdominal,visseral, yukori tip) 
1.1.2.1. Metobolik sindromning alohida komponentlari bilan 
1.1.2.2. Metobolik sindromning barcha komponentlari bilan 
1.1.3. Ovqatga bo'lgan xulkning keskin buzilishi bilan 
1.1.3.1. Tungi ovkat sindromi 
1.1.3.2. Fasliy effektiv o'zgarishlar 
1.1.3.3. Stressga nisbatan giperfagik reaksiya 
1.1.4. Pikvik sindromi bilan 
1.1.5. Tuxumdonlar ikkilamchi polikistozi bilan 
1.1.6. Uyqudagi apnoe sindromi bilan 
1.1.7. Pubertat-o'smirlar dispituitarizmi 
1.1.8. Aralash 
2.Simptomatik (ikkilamchi) semizlik 
2.1. Genetik defekt aniqlanishi bilan 
2.1.1. Ma'lum genetik sindromlarda ko'p organlar zararlanishi bilan 
2.1.2. Yog' almashinuvi regulyasiyasida genetik defektning birga uchrashi 
2.2. Serebral (adipozogenital distrofiya,Babinskiy-Pexkrans-Frelix 
sindromi) 
2.2.1. Bosh miya va boshqa serebral strukturalar o'smalari 
2.2.2. Infeksion kasalliklar va sistemali zararlanishlar disseminasiyasi 
2.2.3. Gipofiz gormonal-nofaol o'smalar,«bo'sh» turk egari sindromi, 
«psevdousma» sindromi 
2.2.4. Ruhiy kasalliklar fonida 
2.3. Endokrin semizlik 
2.3.1. Gipotireoid 
2.3.2. Gipoovarial 
2.3.3. Gipotalamo-gipofizar tizim (GGT) kasalliklarida 
2.3.4. Buyrak usti bezi (BUB) kasalliklarida 
Semizlik - tana vazni keskin kamayishidan keyingi qoldiq belgi sifatida, 
stabil(turg'un),progressiv(usib boruvchi),rezidual bo'lishi mumkin. Semizlik 
umumiy va mahalliy( lokal lipogipertrofiya) ko'rinishda bo'ladi.Asab anoreksiyasi 
va bulemiya ovqat bilan bog'liq buzilishiga bog'liq holatdir.Semiz bemorning 
42 

ozishini semizlik remissiyasi deb qarash lozim va ular «ozgin semizlar» 
hisoblanadilar. 
Vizual ko'rik va umumiy tana vaznini o'lchash, semizlik darajasini belgilamaydi. 
Buning uchun tana vazni indeksi (TVI) mavjud. Ideal oraliq tana vazni 
indeksi(TVI) uchun 18-25 kg/m2 ni tashkil etadi.Tana vazni indeksi(TVI) qancha 
yuqori bo'lsa, kasallanish va o'lim darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Tana vazni 
indeksi (TVI) da noaniqliklar yuzaga kelishi muskullar o'ta rivojlanganligi(yosh 
yigitlarda),yoki atrofiyalanganligi(kari ayollarda) bilan bog'liq,shuning uchun tana 
vazni indeksi (TVI) semizlik darajasini aniq aks ettirmaydi. Yog' to'qimasi 
erkaklarda tana vaznining 15-20%, ayollarda tana vaznining 25-30% ni tashkil 
etadi.Semizlikning borligi emas,balki Yog'ning to'planish xususiyati ham muhim. 
Ginoid (nok shaklidagi ayol tip), va android (olma shaklidagi erkak tip) semizlik 
farqlanadi.Ginoid tipda Yog' to'planishi teri ostiga, android tipda Yog' to'planishi 
visseral organlarga to'planib, metobolik sindrom, ateroskleroz,qandli diabet 
rivojlanishi kuzatiladi. 
ETIOLOGIYaSI. 
Eng ko'p sabab bo'luvchi holat,kechki ovqat kaloriyasi yuqoriligidir.Ikkinchi 
sabab, jismoniy xarakat kamligi hisoblanadi. Yana muhim jihatlardan 
hisoblanuvchi, yog' to'qima gormoni- leptin energetik balans regulyasiyasida 
qatnashib,gipotalamik neyropeptidlar bilan integrasiyaga kirishadi.Undan 
tashqari,insulin, holesistokinin,noradrenalin, serotonin ham ochlik va to'yish 
markazlari regulyatorlari hisoblanadi.Ovqat termogenezi mexanizmi 
regulyasiyasida tireoid gormonlar ham qatnashadi.AKTG, Beta-lipotropin, 
endorfinlar ham yog' mobilizasiyalovchi faollikka ega. O'sish gormoni visseral 
semizlikka to'sqinlik qiladi, lekin ekzogen-konstitusional semizlik mavjud 
kishilarda aks ta'sir ko'rsatadi. 
PATOGENEZI. 
Leptin kashf etilgandan keyin, semizlik patogenezida leptinning mutloq 
tanqisligi, uning hosil bo'lishida buzilish borligi, yoki leptin reseptorlarida 
nuqsonlar bor degan eng sodda gipotezaga e'tibor berilar, o'tkazilgan tajribalar 
shuni isbot etar edi. Yana boshqa gipotezaga muvofiq, genlar mo'tasiyasiga o'rin 
beriladi. Semizlik va qandli diabetdan ozor chekayotgan bemorlarda lipoprotein 
lipaza genida mo'tasiya topilgan. Hozirda PPAR (peroksis proliferator 
aktivlashtiruvchi reseptor) roli o'rganilmoqda. 
Oilaviy ovqatlanish stereotipiga ham ahamiyat beriladi.Notug'ri ovqatlanish, 
shirinliklarga ruju qo'yish kabi ovqatlanish ruhiy faollik bilan bog'liq, bunda 
serotonin almashinuvi va endorfinlar resepsiyasi buzilishi orqali aks etadi.Aynan 
shu paytda uglevodli mahsulotlar o'ziga xos doping vazifasini bajaradi.Semizlik bu 
holatda alkogol va narkomaniya kabi kasalliklar bilan o'xshashlikka ega bo'lib 
qoladi. Ba'zi kishilar turmushda uchraydigan qiyin damlarda, ovqat qabul 
qilishdek yoqimli holatdan panoh topadilar (stressga nisbatan giperfagik reaksiya) 
43 

KLINIK MANZARASI. 
Semizlik ijtimoiy va shaxslararo ziddiyatlar, xavotir, depressiv buzilishlar 
bilan birga kechadi.Semizligi bor shaxslar u yoki bu diskriminasiya darajasini 
boshdan kechiradi, ayniqsa o'smirlar bu holatga nisbatan o'ta ta'sirchan 
bo'ladi.Surunkali kasallik va semizlik bilan kasallangan bolalar hayoti 
taqqoslanganda,ikkinchi guruhdagi qizlar oila qurmaganlar, sobiq semiz o'smirlar 
yillik daromadi juda kam bo'lganligi aniqlangan.Shunday qilib, semizlik semizligi 
bor kishilarga to'laqonli hayot kechirishga xalaqit beradi 
Bemorni so'rab-surishtirish, anamnez yig'ish,shikoyatlar:tana vazni ortiqcha 
ligidan tortib, semizlik b-n birga kechuvchi kasalliklar( YuIK, qandli diabet, qon 
aylanishi yetishmovchiligi) belgilarigacha va unchalik xos bo'lmagan 
ko'rinishlar(apatiya,uyquchanlik, tez charchash, qabziyat,bo'g'imda og'riqlar) 
bo'lishini hisobiga olish zarur. 
Bemorlar hech qachon ishtaha kuchayganligi haqida shikoyat 
qilmaydilar.Bunday paytda ovqatlanish maromini,xususiyatini,ovqat qabul qilish 
sonini bilib olish muhimdir. 
Jismoniy faoliyatni baholash ham zarur. Bemorlar ovqat kaloriyasini 
hisobiga olmagan holda o'z jismoniy faoliyatiga ko'proq urgu berishadi. 
Ko'zdan kechirishda semizlikning xususiyati, yog' to'planish tipi,klinik 
belgilar(gipotireoz, giperkortisizm) simptom sifatida semizlikni ifoda etuvchi 
holatlarga e'tibor qaratiladi. 
Sianotik striyalar, kora akantoz,teri notozaligi kabi ko'rinishlar 
«gipotalamik sindrom» terminini qo'llashga izn bergani bilan GGS faoliyati 
buzilishi belgilari emas, semizlikning oqibati ekanligini tan olish lozimligini 
bildiradi. 
Insulinga rezistentlik, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, 
ateroskleroz,qandli diabet 2 tipi, upka-yurak, qon aylanish yetishmovchiligi, o't-
tosh kasalligi, osteoartroz, purin almashinuvi buzilishi, venoz yetishmovchilik, 
oyoqlarda trofik yaralar kabi semizlik bilan yonma-yon keluvchi kasalliklarni o'z 
vaqt ida aniqlash hayot uchun muhim organlar zararlanmasligining garovidir. 
Semizlik metabolik sindrom yoki -X - sindromning bir qismi bo'lib, «o'lim 
to'rtligi» (semizlikning yo'qori tip yog' to'planishi,uglevodlarga tolerantlikning 
buzilishi, giperlipidemiya, arterial gipertenziya) degan nom olgan. Metobolik 
sindromning boshqa komponentlari giperurekemiya, ateroskleroz, yurak ishemik 
kasalligi, qandli diabet hisobilanadi. 
Bemorda tekshiruv jarayonida gastroptoz, gepatomegaliya, pankreatitning 
og'riqli shakllari aniqlanadi. Ayollar yog' to'qimasida estrogenlar va 
androgenlarning aromatizasiyasi kuchayib ketishi bilan birga semizlik bachadon va 
sut bezi o'smasi,tuxumdonlar polikistozi, bepushtlikka sabab bo'ladi. Bu holat 
erkaklarda Lyuteinlashtiruvchi gormon ishlab chiqarilishiga to'sqinlik qilish bilan 
birga gipogonadizm rivojlanishiga olib keladi. yog' to'qimasining ortiqcha ligi 
spermatogenezning buzilishiga,yani moyaklar uchun noqulay sharoit(termostat 
effekti)yuzaga kelishi bilan asoslanadi. 
Laborator tekshiruvlar semizlik sabablarini istisno qilishga, o'zoq davomli 
kechgan semizlik asoratlarini aniqlashga qaratilgan. Tana vazni ortiqcha kishilarda 
44 

holestirin, aterogen lipoproteidlar, siydikchil kislotasi miqdori yuqori bo'ladi. 
Giperkoaugulyasiyaga moyillik kuzatiladi. Odatda semiz kishilarda endokrin 
kasalliklarga shubxa tufayli gormonlar miqdori tekshiruvi o'tkaziladi. Ikkilamchi 
giperaldosteronizm kuzatiladi, Lyuteinlashtiruvchi gormon va Follikula 
stimullovchi gormon mo'tanosibligi buziladi, estradiol miqdori oshadi. 
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling