O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana26.11.2020
Hajmi0.56 Mb.
#151887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni


IV.Gestasion qandli diabet. 
Qandli diabet tiplarining klinik simptomatikasi 
Qandli diabet I va II tiplari etiologik, patogenetik, klinik xususiyatlari va 
davo yo'nalishi bo'yicha bir biridan farq qilsa ham, patogenetik jihatidan surunkali 
giperglikemiya sindromi ulaPH birlashtirib turadi. 
Qandli diabet asosiy tiplari xususiyatlarini taqqoslash. 
Belgilar 
qandli diabet I 
qandli diabet II 
Sinonim 
Yuvenil qandli diabet, 
Insulinga bog'Hk qandli diabet 
Kattalar, semizlar qandli 
diabeti, Insulinga bog'lik 
bo'lmagan qandli diabet 
Yoshi 
30 yoshgacha (kasallanishning 2ta 
cho'qqisi bor: 14 va25 yosh) 
Odatda 40 yoshdan keyin 
Genetik 
ma'lumotlar 
HLA gaplotiplari bilan 
assosiasiyalanish, 1 tuxumli 
egizaklarda qonkordantlik-40% 
HLA gaplotiplari bilan 
assosiasiyaning yo'qligi, bir 
tuxumli egizaklarda 
qonkordantlik - 95-100% 
Tana vazni 
Semizlik yo'k 
Semizlik 80% hollarda 
Semizlik yo'k 
mavjud 
Kechishi 
Ko'pincha, to'satdan boshlanadi, 5-
Asta sekin rivojlanadi, 
55 

Insulinote-
rapiya 
15% hollarda ketoasidoz bilan 
manifestasiyalanadi. 
Bir umr insulinoterapiyaga muxtoj 
ko'pincha subklinik 
simptomatika bilan kechadi, 
kechki asoratlar qandli 
diabet diagnozi 
qo'yilgandanoq aniqlanadi. 
Odatda talab qilinmaydi 
(asoratlar, va insulinga 
boshqa ko'rsatmalar 
bo'lgandagina qo'llaniladi). 
Aholining 0,25%) (20 yoshgacha) qandli diabet I tip bilan kasallangan. 
Mazkur bemorlarning54% ni bolalar tashkil etadi. Qandli diabetning bu tipi 
insulinga bog'liq qandli diabet deyiladi. «Insulinga bog'liqlik» tushunchasi 
insulinoterapiya tushunchasiga ekvivalent emas, balki ushbu tipdagi qandli 
diabetning rivojlanishi mutloq insulin yetishmovchiligi asosida sodir bo'ladi degan 
ma'noni beradi. Bunday bemorlarda insulin umuman ishlab chiqarilmaydi, agar 
ular insulin qabul qilmasa qandli diabet kompensasiyasi yomonlashib, ketoasidoz 
va ketoasidotik koma rivojlanadi. 
Qandli diabet II tip bilan katta yoshdagi odamlar kasallanadi. Qandli diabet 
II tipning a (semizliksiz) va b (semizlik bilan) xillari mavjud. Bu tip insulinga 
bog'lik boTmagan diabet hisobilanadi va bunda I tipga nisbatan farqli o'laroq 
insulin sekresiyasi saqlangan bo'ladi. 40 yoshdan keyin uchrab, parhyez va 
qondagi qandni pasaytiruvchi preparatlar yordamida kasallikni kompensasiya 
qilishga erishish mumkin. 
Ikki guruh simptomlar mavjud: birinchi guruhga patogenetik jihatdan 
giperglikemiya bilan bog'liq qandli diabet II tipi uchun umumiy hisobilangan 
simptomlar kiradi - bo'lar chanqash, ko'p suv ichish, ko'p siyish, teri qichishish, 
yuqumli kasalliklarga moyillik; ikkinchi guruhga qandli diabet asoratlari tufayli 
kelib chiqadigan simptomlar xos. I tip uchun ozish, holsizlik, ish qobiliyatining 
pasayishi, uyquchanlik, oldin ishtaha oshishi, keyin anoreksiya bilan almashishi 
kuzatilishi ketoasidozdan darak beradi. Bunda og'izdan aseton hidi kelishi, ko'ngil 
aynishi, qo'sish, qorinda og'riq, suvsizlanish, komatoz holatgacha es - xushning 
buzilishi kuzatilsa, umumiy ahvolida ketoasidotik koma rivojlanganligini 
tasdiqlash mumkin, bu simptomatika patogenetik jihatdan organizmda insulinning 
mutloq yetishmovchiligiga ishoradir. Qandli diabet I tipi odatda o'tkir boshlanadi, 
bir necha oylar ichida, ba'zi hollarda infeksiya va xirurgik kasalliklar qo'shilib 
kelishi natijasida, kasallik progressivlanib xush buzilishidan to komatoz holatgacha 
bo'lgan holat bilan yuzaga chiqadi. Qandli diabet II tipi yengilroq kechib yillar 
davomida rivojlanib boradi, lekin ko'pincha kasallikka tashxis qo'yilganda, qandli 
diabet kechki asoratlarining rivojlanib ulgurganligi tasdiqlanadi. Kechki asoratlar 
II tipida ham rivojlanishi kuzatiladi. Klinik jihatdan 5 ta asosiy qandli diabet 
kechki asoratlari farqlanadi: makroangiopatiya (yirik arteriyalar aterosklerozi), 
nefropatiya, retinopatiya, nevropatiya, diabetik oyok panja sindromi. 
Qandli diabet kasalligining oshkora yoki manifest formasini diagnostika qilishda 
qiyinchilik bo'lmaydi. Bemoiiar og'iz qurishiga, chanqoqlik (polidipsiya), ko'p 
56 

siyishga (poliuriya), ishtax.aning oshganligiga (polifagiya), kamdarmonlik, vazn 
yo'qotish, uyqu buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga shikoyat qiladilar. 
Odatda qandli diabet kasalligidagi bunday asosiy belgilar dekompensasiya davrida, 
qachonki qonda anchagina giperglikemiya va glyokozuriya vaqtida namoyon bo'la 
boshlaydi. 
Insulin sekresiyasining susayishi oqibatida glyukoza parchalanishi ham 
pasayadi. Natijada giperglikemiya va glyokozuriya paydo bo'ladi. Buyrak 
kanalchalarida glyukozaning to'liq reabsobsiyasi qondagi glyukoza miqdori 9 
mmol/1 gacha bo'lgan ko'rsatkichda yuz beradi. Bundan ko'p glyukoza miqdori 
oshsa siydik bilan glyukoza ajralishiga olib keladi. 
Poliuriya ba'zan sutkasiga 8-9 litrgacha oshishi mumkin. Bu ham siydikda 
glyukoza konsentrasiyasining oshishi bilan, ya'ni osmotik diurezning buzilishi 
bilan harakterlanadi. 
Og'izning qurishi, bir tomondan organizmda ko'p suv yo'qotish bilan 
bog'liq bo'lsa, ikkinchidan qon tarkibida glyukoza, mochevina, natriy miqdorining 
oshishi bilan bog'liq bo'ladi. 
Oshqozon osti bezi normada sutkasiga 30-45 birlikda insulin ishlab 
chiqaradi. Pankreatektomiyadan keyin uglevod almashinuvini kompensasiya qilish 
uchun mana shuncha insulin kerak bo'ladi. Lekin ayrim bemorlarda insulining 
ko'proq dozasiga ehtiyoj bo'ladi. 
Ten va suyak mushak sistemasi. Kasallikning og'ir formalarida, ko'proq 
bolalarda ketozga moyillik oshadi, ba'zan yuz sohalarida, peshonasida, va yurak 
ko'z qovoqlarida teri kapillyarlari kengayishi bilan bog'liq yengil qizarishlar paydo 
bo'ladi. Ayrim hollarda kaft, tovonda sariqlik paydo bo'ladi, bu esa jigarda 
karotinning vitamin A ga aylanishi buzilishidan dalolat beradi. Bu kasallikda teri 
zararlanishi xos o'zgarish emas. Teridagi davolanishi qiyin bo'lgan furunqo'lyoz, 
yoki yiringli prosesslar ayrim hollarda kasallikning dekompensasiyalashishigagina 
emas, hatto komaga ham sabab bo'lishi mumkin. Dekompensasiya davrida 
degidratasiya natijasida teri quruqlashib, turgori pasayib, yaraning bitishi ancha 
qiyinlashib qoladi. Uzoq dekompensasiya davrida mushaklar bo'shashib, 
atrofiyalashib boradi. Suyaklar osteoporozi, artritlar kuzatiladi. Bolalar o'sishdan 
orqada qoladilar. 
Qandli diabet kasalligida yurak tomir tizimi tomonidan bo'ladigan 
o'zgarishlar tez-tez kuzatiladigan va doimiy birga kechadigan kechki asoratlaridan 
bo Tib hisobilanadi. Diabetik kardiopatiyalar diabetning klinik kechishini ancha 
og'irlashtiradigan va bemorlarningerta nog'ironlikka chiqishiga hamda o'limiga 
ko'proq sabab bo'ladigan jiddiy asoratlaridan biri bo'lib hisobilanadi. Qandli 
diabetga chalingan bemorlarda yurak ishemik kasalligining avvalambor miokard 
infarktining kechish xususiyatlari haqida ta'kidlab o'tish lozim. Miokard infarkti 
qandli diabetga chalingan bemorlarda, diabeti bo'lmagan odamlarga nisbatan bir 
necha marta ko'p uchraydi, qayta infarkt xuruji ham ko'proq qayd qilinadi va 
ko'pincha tromboemboliyalar bilan asoratlanib, infarkt xuruji atipik kechadi. 
Miokard infarktining atipik, ya'ni og'riqsiz kechishiga asosiy sabab yurak mayda 
qon tomirlarining tarqalgan zararlanishi va nerv- reseptor apparatining buzilishi 
57 

bilan asoslangan bo'ladi.Shu sababdan ham miokard infarkti ancha kech 
diagnostika qilinadi va ко 'proq bemorlarningoTimiga olib keladi. 
Diabetik angiopatiyalar - mayda qon tomirlarining (mikroangiopatiyalar), 
o'rta va katta kalibrli qon tomirlarining ( makroangiopatiyalar) umumiy tarqalgan 
zararlanishidir. Mikroangiopatiya ко'pincha yosh bolalarda va o'spirin yoshida 
uchraydi, bunda mayda kapillyarlar, arteriolalar zararlanishi bilan namoyon bo'ladi 
(nefropatiya, retinopatiya, periferik angiopatiyalar ko'rinishida namoyon bo'ladi). 
Makroangiopatiya, asosan, katta yoshdagi odamlarda qayd qilinadi va tez 
vaqt ichida aterosklerotik o'zgarishlar paydo boTishi bilan harakterlanadi. 
Diabetik angiopatiyalarningkelib chiqishida uglevod, yog' va oqsil 
almashinuvi buzilishi eng asosiy ahamiyat kasb etadi. Modda almashinuvining 
buzilishi natijasida qondagi globulinlar miqdorining oshishiga va albuminlar 
miqdorining kamayishiga olib keladi. 
Semizlikka chalingan bemorlarda angiopatiya 2-3 marta ко'proq qayd 
qilinadi. Yana angiopatiya qondagi gormonlar disbalansi bilan ham bog'liq bo'lishi 
mumkin. 
Diabetik nefropatiya umumiy tushuncha bo Tib, buyrak patologiyasining 
hamma klinik belgilarini o'z ichiga oladi. Ko'proq kichik yoshdagi bemorlarda 
qayd qilinadi. 
Diabetik nefropatiya klinikasida 3 ta bosqich tafovut qilinadi: 1 prenefrotik, 
2 nefrotik, 3 nefrosklerotik. 
1-bosqich doimiy bo'lmagan, ya'ni tranzitor proteinuriya, ba'zan qon 
bosimning ko'tarilishi bilan harakterlanadi. 
2-bosqich doimiy proteinuriya (1-2 g/1), siydik cho'kindisida eritrositlar, 
donachalik silindrlar paydo boTishi bilan harakterlanadi. Buyrakning filtrasion 
funksiyasi susaygan, qonda anemiya va EChT oshgan, kreatinin normada bo'ladi. 
3-bosqich esa buyraklar bujmayishi klinikasida kechadi. Buyrakning 
konsentrasion va filtrasion qobiliyati ancha kamaygan bo'ladi. Qonda 
giperholesterinemiya, azot qoldig'i va kreatinin miqdorining oshishi kuzatiladi. Bu 
davrda bemorlarningko'pchiligida ko'zning to'r pardasidagi qon quyilish paydo 
bo'lishlari harakterli. Bu bosqichda ba'zan yurak yetishmovchiligi boshlanishi 
mumkin. 
Diabetik retinopatiya 30-90% bemorlarda qayd qilinadi. Ko'rish 
qobiliyatining buzilishi to'liq ko'rlikkacha olib kelishi mumkin. Quyidagi 
bosqichlari farqlanadi: -ko'z to'r pardasi angiopatiyasi 
- oddiy retinopatiya 
- proliferasiyalashgan retinopatiya. 
Qandli diabet va ateroskleroz. Ateroskleroz rivojlanishi kasallik muddatiga 
va bemoPHng yoshiga bog'liq. Ko'p hollarda koronar arteriyalari, oyoq arteriyalari 
va bosh miya arteriyalarida sklerotik zararlanish paydo bo'ladi. Bu esa o'z 
navbatida miokard infarktiga, miya insultiga va oyoqlar gangrenasiga olib kelishi 
mumkin. 
Nafas organlari. Qandli diabet ко'pincha tuberqoTyoz kasalligi bilan birga 
uchraydi. Qandli diabet kasalligida odatda organizmning immunobiologik 
xususiyati susaygan, kuchi pasaygan bo'ladi. Shuning uchun ham tuberqoTyoz 
58 

bilan yosh bemorlar tezroq kasallanadi. Og'izda shilliq pardaning tez qurib 
qolishi, yuqori nafas yoTlarining qurib qolishi, ya'ni namlik muvozanatining 
buzilishi, faringit, laringit, va bronxit kabi kasalliklarga moyillikni oshiradi. 
Hazm organlari tomonidan jiddiy asoratlar kuzatiladi: tishlarningbo'shashib 
qolishi, mo'it bo'lib qolishi, erta tushib ketishi, gingivit, alveolyar piareya 
(parodontoz) va stomatit kabi o'zgarishlar bilan harakterlanadi. Oshqozon 
mikroangiopatiyasi, har xil darajadagi atrofiyalashgan gastritlar paydo bo'ladi. 
Ichak motor funksiyasining kuchayishi oqibatida ich ketish kuzatiladi. Ba'zan esa 
qabziyat paydo bo'ladi. Ayrim hollarda «diabetik jigar» -ya'ni jigar 
o'lchamlarining kengayishi qayd qilinadi. Bu jigardagi yog'li infiltrasiyaning 
paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, uzoq davom etishi jigar sirroziga olib kelish 
mumkin. 
Asab sistemasi tomonidan o'zgarishlar diabetik neyropatiya deyiladi va 
qandli diabet kasalligi uchun ko'proq xos bo'lgan zararlanish hisoblanadi. Diabetik 
neyropatiyaning kelib chiqish sabablari, umumiy modda almashinuv jarayonining 
buzilishidir. Neyropatiyaning klinikasi asosan zararlanish joyiga, ya'ni 
lokalizasiyasiga bog'liq holda rivojlanadi. Markaziy nerv sistemasi zararlangan 
bo'lsa o'tkir psixik o'zgarishlar alomati - nevrasteniya, isteriya kabi simptomlari 
bilan namoyon bo'ladi. 
Ensefalopatiya. Agar vegetativ nerv sistemasi tomonidan zararlanish bo'lsa 
oyoq-qo'llar polinevriti, qorachiq innervasiyasi buzilishi, teri haroratining 
o'zgarishi kabi belgilar namoyon bo'ladi. 
Qandli diabet kasalligining bolalarda va o'spirin yoshidagi bolalarda klinik 
kechish xususiyatlari. 
-Kasallikning boshlanishi - qisqa muddatda o'tkir, kuchli boshlanadi 
-Ishtahasi yaxshi bo'lishiga qaramasdan vazn yo'qotish yuqori bo'ladi. 
-Ko'p hollarda enurez - kechasi siyib qo'yish kuzatiladi. 
-Asoratlangan qandli diabetda Moriak sindromi paydo bo'ladi: 
gepatomegaliya, o'sishdan orqada qolish, «suyak yoshi bilan pasport yoshi» ning 
farqi, yog' to'planishi yuz, qo'yish va qorin sohalarda odatdagidan ko'proq 
bo'ladi. 
Homiladorlik va qandli diabet. Qandli diabet faqat homiladorlikning 
kechishini og'iiiashtirib qolmasdan, bola hayotini ham havf ostiga solib qo'yadi. 
Homiladorlikning ikkinchi yannida ko'proq salbiy ta'sirotlar kuchayadi, vaqtidan 
oldin tug'ish, ko'p suv yo'qotish, ba'zan esa bolaning o'lik tug'ilishiga olib kelishi 
ham mumkin. 
Tirik tug'ilgan bolalamingham ko'pchiligi turli xil anomaliyalar bilan 
tug'ilishi mumkin. 
Qandli diabetning laboratoriya diagnostikasi 
Qandli diabetning diagnostikasida qon tarkibidagi nahorda aniqlangan 
glyukoza miqdori (glikemiya) asosiy mezon hisoblanadi. Qandli diabet diagnoz 
qo'yishda glyukoza ko'rsatkichi muhim kriteriy bo'la olmaydi. Uning darajasi 
59 

davolash fonida kompensasiya holatini aniqlashda muhim hisoblanadi. Venoz va 
kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdorining farqi 2,2 mmol/1 gacha bo'lishi 
mumkin, bu to'qimalarda glyukoza sarflanishi bilan bevosita bog'Hk bo'ladi. 
Nahorda venoz qon tarkibidagi glyukoza miqdori, kapillyar qon tarkibidagi 
glyukoza miqdoriga to'g'ri keladi. Ovqatlangandan keyin yoki peroral glyukoza 
bilan zo'riqtirilgandan keyin venoz qon tarkibidagi glyukoza miqdori kapillyar qon 
tarkibidagi glyukoza miqdoriga nisbatan taxminan 1,1 mmol/1 gacha kamayadi. 
Qandli diabet diagnozini qo'yish uchun klinik belgilar bilan birga 
qondagi glyukoza miqdori 10,0 mmol/1 dan yuqori qiymatda bir marta bo'lsa ham 
aniqlangan bo'lsa yetarli bo'Hb hisoblanadi. Qo'shimcha tekshirishlar o'tkazish 
uchun zaruriyat bo'lmaydi. Agar qon tarkibidagi glyukoza miqdori ikki marta 6,7 
mmol/1 va undan yuqori ko'rsatkichda bo'lsa qandli diabet diagnozi qo'yiladi. 
Ba'zan shubhali hollarda diagnostika algoritmiga ko'ra glyukozaga tolerantlik 
buzilishini aniqlash maqsadida oral glyukozaga tolerantlik testi tavsiya qilinadi. 
Oral glyukozaga tolerantlik testi ko'rsatkicMarini baholash 
(Butundunyo Sog'likni Saqlash Tashkiloti, 1985) 
qonda glyukoza miqdori, mmol/1 
Vaqt 
normada 
glyukozaga tolerantlik 
buzilishi 
qandli diabet 
Nahorda 
< 6 , 7 
< 6,6 
> 6 , 7 
Zo'riqtirilish-dan 
2 soat o'tgach 
< 7 , 8 
7 , 8 - 11,1 
> 11,1 
Oral glyukozaga tolerantlik testini o'tkazilish uslubi 
l.Test oxirgi ovqatlanishdan kamida 12 soatlik vaqt o'tgach o'tkazilishi 
kerak; 
2.Test o'tkazishdan oldin 3 kun davomida yetarli miqdorda uglevod tutuvchi 
mo"tadil fiziologik ovqatlanishi lozim; 
3.Test o'tkazishdan oldin 3 kun davomida tiazid guruhidagi diuretiklar, 
glyukokortikoidlar va qontraseptiv moddalar to'xtatilishi kerak; 
4. Nahorda qon tarkibidagi glyukoza miqdori aniqlanadi. 
5. 75 gramm glyukoza kukunini 250-300 ml suvda eritib 5 minut davomida 
tekshiriluvchiga ichiriladi (bolalar uchun har bir kg tana vazniga 1,75 
gramm ichish tavsiya qilinadi) 
6. Qondagi glyukoza miqdori nahorda aniqlangandan keyin 2 soat o'tib 
qayta aniqlanadi (ko'rsatma bo'lganda ba'zan har soatda ikki marta) 
7. Test o'tkazilayotgan paytda odatdagi zo'riqishsiz jismoniy harakat qilib 
turish tavsiya qilinadi. 
60 

Ayrim oshqozon - ichak traktida so'rilish buzilgan yoki anchagina jismomy 
zo'riqish hollarida test normoglikemiya shaklida yolg'on manfiy natija berishi 
mumkin. Ba'zan to'shak rejimidagi tekshiriluvchi bemorlarda glyukozaga 
tolerantlik testi yolg'ondakam musbat natija berishi mumkin. 
Yuqori giperglikemiya qandli diabetdan tashqari og'ir yallig'lanish 
jarayonlari, Jarohatlar , oshqozondagi o'tkazilgan xirurgik operasiyalar, o'tkir 
miokard infarkti yoki kuchli hayajonlanish holatlarida ham kuzatilishi mumkin. 
Qandli diabetning klinik belgilarini tahlil qilishda kechki asoratlarningerta 
boshlanishi ba'zan kasallikning aniq klinik alomatlari namoyon bo'lgunicha yoki 
diagnostika qilingunicha kuzatilishi mumkin. Shu sababdan Amerika 
diabetologlari assosiyasiyasi (1997), keyin esa Butundunyo Sog'liqni Saqlash 
Tashkiloti tomonidan qandli diabet diagnostikasi uchun yangi mezon qabul 
qilingan. Bu mezon bo'yicha qandli diabet diagnozi quyidagilardan birortasi 
bemorlarda qayd qilinsa tasdiqlanadi: 
1.Qandli diabetning klinik simptomlari (poliuriya, polidipsiya, tana 
massasining kamayishi) nahorgi va postprandial (alimentar) glikemiya 11,1 mmol/1 
yoki undan yuqori bo'lishi; 
2.Nahorda kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdori 6,1 mmol/1 yoki 
undan yuqori bo'lishi; 
1. 3.Kapillyar qon tarkibidagi glyukoza miqdori glyukoza bilan 
zo'riqtirilgandan keyin ikki soat o'tib 11,0 mmol/1 yoki undan yuqori 
bo'lishi; 
A)Erkaklar va homilador bo'lmagan ayollarda glyukozaga tolerantlik testi 
natijalarini baholash 
1998 yil Amerika diabet assosiasiyasi kriteriylari. 
Holati 
Plazmada glyukoza konsentrasiyasi , mmol/1. 
Holati 
Nahorga 
30,60,90,minutdan 
keyin, glyukoza 
qabul qilgach 
Glyukoza qabul 
qilgandan 120 
minutdan sung 
Norma 
<6,1 
<11,1 (barcha 
sinamalarda) 
<7,8 
Glyukozaga 
tolerantlik 
buzilishi 
6,1-6,69 
> 11,1 (hech 
bo'lmaganda bir 
sinamada) 
7,8-11,09 
Qandli diabet 
>7,0 
>11,1 (hech 
bo'lmaganda bir 
sinamada) 
>11,1 
B) Glikirlangan gemoglobin (keyingi 2-3 oy mobaynida o'zida glyukoza 
haqidagi axborotni saqlaydi, sog'lomlarda — 4-6% umumiy gemoglobin 
miqdoridan) 
61 

V) Fruktozaminlar; ketoaminlar (keyingi 1-3 xafta davomida glikemiya 
haqida axborot beradi) (sog'lomlarda=2-2,8 mmol/1 
G) S-peptid - insulinning endogen sekresiyasi aks ettiradi (1 tipda -
pasaygan, 2 tipda -normal yoki oshgan ). 
D) Immunoreaktiv insulin (IRI) -(1 tipda -pasaygan, 2 tipda normal yoki 
oshgan ) 
Ye) Glikozirlangan fibrinogen (keyingi 4 kun davomida diabet 
kompensasiyasini aks ettiradi). 
J) Glikozirlangan soch keratini (qandli diabet yashirin va aniq 
kechganligining boshlanishi, davomiyligi haqida axborot beradi). 
Homiladorlar diabeti diagnostikasi. 
Barcha homilador ayollaPH homiladorlikning 24-28 xaftaligida tekshirish 
tavsiya etiladi. 1 tip va 2 tip qandli diabet yashirin ekanligiga shubxa qilinganda, 
qandli diabet havfi yo'qori bo'lgan ayollarda, Homiladorlik aniqlangandanoq 
tekshirish o'tkazilishi zarur. Qonda qand miqdori och nahorga > 5,83 mmol/1 
aniqlanganda ham tekshiruv o'tkazish muhimdir (kapillyar qonda > 5,0 mmol/1) 
tekshiruv 2 bosqichda o'tkaziladi. 
1. bosqich: glyukozaga tolerantlik buzilishi aniqlanadi, ya'ni 1 soatlik 
glyukozaga tolerantlik testi bilan 
2. bosqich: 3 soatlik glyukozaga tolerantlik testi yordamida tashxis 
tasdiqlanadi. 
Bir soatlik glyukozaga tolerantlik testi 50 gramm glyukoza bilan sinama 
o'tkaziladi. Bu sinama har qanday vaqtda ham o'tkazish mumkin. (och bo'lish 
shart emas) homiladorlarga 50 gramm glyukoza eritmasi beriladi 1 soatdan 
keyin venadan qon olishadi va plazmada glyukoza konsentrasiyasi aniqlanadi. 
Qo'yidagi natijalar olinganda. 
1. glyukoza konsentrasiyasi < 7,8 mmol 
a) glyukozaga tolerantlik buzilishi yo'q 
b) qandli diabet havfi omillari paydo bo'lsa 4 xaftadan keyin sinamani 
takrorlash 
v) qandli diabet havfi omillari bo'lmasa sinama shart emas. 
2. glyukoza konsentrasiyasi 7,8 -10,54 mmol/1 
a) glyukozaga tolerantlik testi 3 soatlik turi ko'rsatma bo'ladi. 
3. glyukoza konsentrasiyasi > 10-55 mmol/1: 
a) taxminiy tashxis - homiladorlar diabeti (3 soatlik glyukozaga tolerantlik 
testi ko'rsatma bo'ladi) 
glyukozaga tolerantlik testi - 3 soatlik turi 100 gramm glyukoza bilan. 
1. Sinama ertalab och koringa o'tkaziladi. (keyingi ovqat qabul qilish i 12 
soatdan oshmasligi kerak) 
2. venaga igna - kapalak, yoki katetr o'rnatiladi. 100 gramm glyukoza eritma 
sifatida ichiladi. 
Glyukoza qabul qilgandan sung va 1,2,3 soatlardan keyin (glyukoza qabul 
qilgach) venadan qon olib, glyukoza qonda aniqlanadi. 
62 

3. Agar 2 bor sinama o'tkazilsa, glyukoza miqdori normadan oshganligi 
aniqlansa, homiladorlar diabeti tashxisiga shubxa yo'q. 
100 gramm glyukoza bilan o'tkaziladigan 3 soatlik 
glyukozaga tolerantlik testi normal ko'rsatkichlari (1998 y.) 
Glyukoza qabul qilgandan keyingi 
vaqt ko'rsatkichlari 
Kon plazmasida glyukoza 
konsentrasiyasi mol/1 

< 5,83 
1 soat 
< 10,55 
2 soat 
< 9,16 
3 soat 
< 8,05 
Qandli diabet I tipini davolash 
Qandli diabet insulinga bog'lik tipi aniqlangach darhol insulinoterapiya 
boshlanadi. Uz vaqt ida va to'g'ri tanlangan doza 75%- 90% hollarda vaqt 
inchalik remissiyaga erishish imkonini beradi, kelgusida kasallikning kechishini 
maromlashtirib, asoratlar rivojlanishini kechiktiradi. Insulinoterapiya 
o'tkazilishini ko'p martalik inyeksiya ya'ni 4 marta sutkasiga Qisqa ta'sir 
qiluvchi insulin yordamida amalga oshirish (har ovqat qabul qilish vaqt i va 
kechasi); Urta ta'sir qiluvchi (umumiy -sutkalik dozaning 25-30%) yoki 3 martta 
ovqat qabul qilish Qisqa ta'sir qiluvchi insulin, uyku oldidan prolongirlangan 
insulin qilish maqsadga muvofiq. Umumiy sutkalik doza 0,6-1,0 yed/kg 1-3 
oydan sung insulinoterapiya tufayli remissiya boshlanishi (asal oyi) insulinga 
bo'lgan sutkalik extiyoj 0,1 - 0,3 yed/kg/sut kamayadi, yoki umuman yo'qoladi. 
Bu davr bir necha xaftadan bir necha oygacha davom etadi. Insulinoterapiyani 
umuman to'xtatish yaramaydi. Insulinoterapiya ishlayotgan [3-xujayralaPH 
kuvvatlaydi, autoimmun reaksiyalaPH tormozlaydi, |3-xujayralar 
proliferasiyasini ta'minlaydi. Bolalar, o'smirlar uchun odam insulinlar 
buyuriladi, shpris ruchka qo'llash yordamida amalga oshiriladi. Qisqa ta'sir 
qiluvchi insulinlardan LIZPRO insulini qo'llash maqsadga muvofiq. 
Pubertat davrida o'sishning tezlashuvi insulinga extiyojni 1,0-1,5 yed/kg/sut 
kuchaytiradi, keyingi yillarda bu holat 0,6-08 yed/kg/ sut ga kamaydi. 
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling