O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Endokrinologiya kafedrasi Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor HamraevH. T. Endokrinologiya fanidan Ma'ruzalar matni Samarqand 2009 yil
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Endokrinologiya fanidan Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOD DEFISIT KASALLIKLAR
- Yod defisiti kasalliklari
- Endemik boqoq klassifikasiyasi
- Mavzuga oid nazorat testlari
- Maruza № 7 l.Mavzu
- 3. kutilayotgan natijalar
- 4. Mavzuga oid savollar
- 5. maruza boyicha oqituvchi etibor berishi lozim tomonlar. Diffuz toksik boqoq
- DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI
T4 va Тз xujayraga kirib, xromatin bilan birikkan uzakli oqsillarda maxsus reseptorlar bilan bog'lanadi, RNKning trakskripsion aktivligining oshishi bilan birga boradi. - oqsil sintezini stimullaydi - xujayra membranasiga ta'sir ko'rsatib, Na, К - atfaza faolligini o'zgartirib, glyukoza va aminokislotalar xujayra ichi transportini kuchaytiradi. Qalqonsimon bez gormonlari biosintezi, sekresiyasi, ta'sir mexanizmi Tireoid gormonlar - T4 -tiroksin, Тз- triyodtironin, tirozin aminokislotalaridan sintezlanadi. T4- 3,5, 3\5 X - tetrayodtironin; Тз- 3,5,3 - triyodtironin hisobilanadi. Undan taslikari biologik nofaol, riversiv triyodtironin (гТз) mavjud bo Tib, 3,3V triyodtironin hamda tiroksinning ichki xalkasi yodsizlanishidan hosil bo'ladi. T 3 va T4 aminogruppasi ajralishi yuz berganda tetra-triyoduksus kislota hosil bo'ladi. Tireoid garmonlar ajralmas qismi yoddan iborat qalqonsimon bez qon plazmasidan yod yo'tib oladi. Yodning asosiy manbai dengiz maxsulotlari, gusht, sut, bo'lib xizmat qiladi. Erkaklar, ayollar, Homiladorlik boTmagan vaqtda minimal sutkalik extiyoj 100 mkg ni tashkil etadi. Optimal extiyoj 150-200 mkg yod miqdorida bo'ladi. Aksh, Yaponiyada sutkalik yod extiyoji 500 mkg ni tashkil etadi. Yevropa, Rossiyaning katta qismida yod defisiti uchraydi. Faqat qalqonsimon bez emas, oshqozon shilliq qavati, sulak bezlari ham yodidlarni surib olish xususiyatiga ega. Qalqonsimon bezda yodning xujayra ichi konsentrasiyasi qon plazmasidagidan 25-50 marta ko'p. Har gramm qalqonsimon bez tarkibida 300-600 mkg yod mavjud. Qalqonsimon bez yagona, ikki yunalishli maxsulotlar joylashtiriluvchi qonga sekresiya qiluvchi endokrin organ hisobilanadi; avval boshda yodtironinlar bilan bog'langan tireoglobulinlar sintezlanuvchi va apikal membranani kesib o'tib follikula kolloid bo'shlig'Tda to'planib, keyin yana xujayraga o'tib bazal membranada joylashib, yoT yo'lakay yodtironinlami qonga ozod qiladi. Qalqonsimon bezda asosan tiroksin (T4) hosil bo'ladi. Tireoid to'qimada T з va T4 urtacha konsentrasiyasi 0,02 va 0,3 mk mol/g (15 va 200mkg/g), plazmada T4 65-155 nmol/1 T з 1,0-3,4 nmol/1; (erkin T 4 9-28 nmol/1 ; T 3 -3,8-7,7 nmol/1) tashkil etadi. Тз T4 organizmda asosan birikkan oqsillar bilan birgalikda bo'ladi. Bog'langan va erkin garmonlar dinamik muvozanatda bo'ladi, bundan kelib chiqadiki bog'langan shakli kamayishi, erkin shakldagi gormon kamayishi bilan bog'liq va aksincha. Ta'sir mexanizmiga 93 ко'га Тз haqiqiy, Т 4 progormon hisobilanadi ( Т з, Т4 ga nisbatan 1 mol hisobida faolroq). Qalqonsimon bez gipofizga bog'lik endokrin bez sifatida klassik namunadir, qaytar reaksiya mexanizmi orqali regulyasiyalanadi. Tireoglobulin biosintezi jarayoni va tireoid gormonlari ajralishi. TTG nazorati ostida bo'ladi, o'z urnida Тз ham, bu TTG darajasiga ingibirlovchi ta'sir etadi . YOD DEFISIT KASALLIKLAR Y.D.K.-yod defisit kasalliklar odamlarda eng ko'p uchrovchi noinfeksion kasallik sifatida tarqalgan. Yer shari bo'yicha yod yetishmovchiligi regionlarida l,5mlrd odam yashaydi, 600 mln kishida qalqonsimon bez kattalashuvi, 40mln kishida aqliy rivojlanishdan orqada qolish aynan yod yetishmovchiligi tufayli hisobiga olingan, jumladan Rossiya ,0'rta osiyo ham yod defisit bo'lgan region sanaladi. Eng ko'zga ko'ringan natija bo'lib, endemik bo'qoq aniqlangan, bu tugun hosil bo'luvchi va boshqa qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omil bo'la oladi. Yod tanqislik keskin aks etgan regionlarda tug'ma gipotireoz uchrashi ko'payadi, bu o'z navbatida aqliy rivojlanishdan orqada qolishning tarqalgan shakllariga sabab bo'ladi. Yod defisit kuchli ifodalangan regionlarida aqliy rivojlanish o'rtacha ko'rsatgichi 15-20% dan past. Hozirda endemik bo'qoqdan tashqari yod yetishmovchiligi Bilan bog'liq ko'p kasalliklar yuzaga kelmoqdaki, bu «yod defisit kasalliklar» terminini yuzaga keltirdi , diapazoni keng, klinik belgilar hayot davriga bog'liq. Yod tanqislik belgilarining isboti bu qalqonsimon bez kattalashuvidir. Yod defisiti kasalliklari hayot davri Klinik ko'rinishlar Homila davri Spontan abortlar O'lik tug'ilish Tug'ma anomaliyalar Perinatal o'Hm ko'payishi Bolalar o'limi ko'payishi Chaqaloqlik davri Tug'ma bo'qoq Tug'ma gipotireoz Psixomotor buzilishlar Kretinizm Bolalik, o'smirlik davri Bo'qoq Yuvenil gipotireoz Aqliy qobiliyat buzilishi Jismoniy rivojlanish sekinlashuvi Yetuklik davri Bo'qoq va uning asoratlari Gipotireoz Aqliy qobiliyat faoliyatining buzilishi. 94 PATOGENEZI: zaruriy substrat -yod tanqis boTgani uchun tireoid gormonlar sintezi pasayadi, bu TTG sekresiyasi oshishga olib keladi. TTG ta'siriga nisbatan tirositlarning sezgirligi kuchayadi. TTG stimulyasiyasi oqibatida qalqonsimon bezda yod yutilishining kompensator intensivlashuvi, intratireoid metobolizm bosqichlari tezlashadi. Tirositlarda TTG ta'siri ostida gipertrofiya, keyin giperplaziya yuz beradi. Homilador organizmida yod tanqisligi homila qalqonsimon bez faoliyati buzilishiga olib keladi, bu o'z o'rnida tireoid gormonlar yetishmovchiligini keltirib chiqadi, aynan MNS shakllanishi va faoliyat ko'rsatishda o'z aksini topadi. Tireoid gormonlar plasenta orqali chegaralangan darajada o'tadi, asosan homilaning rivojlana boshlagan qalqonsimon bezi tomonidan extiyoj qoplanadi. Yod defiseti homiladorlik vaqtida qalqonsimon bezning surunkali stimulyasiyasiga (TTG) olib keladi, nisbiy gipotiroksinemiya ham ona, ham homilada bo'qoq shakllanishiga olib keladi. Yod defisit regionlarda homiladorlik vaqtida 30% qalqonsimon bez xajmi kattalashadi, 20% homiladorlarda bo'qoq rivojlanadi, homiladorlik tugashi bilan yuqoridagi belgilar ba'zi hollarda o'tib ketadi. DIAGNOSTIKASI. Ovqat orqali istemol qilinadigan yod 90% siydik orqali ekskresiya qilinadi , siydikdagi yod asosiy ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi, adekvat ravishda istemol qilingan yod miqdorini aniqlashga imkon bo'ladi. Populyatsiyada yod Bilan ta'minlanganlikni 100 nafar kishi tekshiruvi orqali baholash mumkin. DAVOLASh. Endemik bo'qoqni davolash va profilaktika o'rtasida, prinsip jihatdan farqlar yo'q . Yod preparatlari qo'llashga qarshi ko'rsatmalar: - tireotoksikoz - tugunli bo'qoq («issiq» tugun), TTG 0,5 mME/ldan kam bo'lsa. Yod preparatlari 6-12 oy davomida qabul qilinadi. Yod preparatlari qo'llanganda bo'qoq kichraymasa , 50-100mkg L-tiroksin qo'shib buyuriladi, qulayrog'i Yodtiroks bilan davolash maqulroq. L-tiroksin bilan monotirapiya effekti yuqori, 3-4 oydan so'ng preparatni residiv rivojlanmasligi uchun olib tashlash zarur. TTG miqdorini nazorat etish , normaning eng kam chegarasida ushlab turish maqsadga muvofiq. Qalqonsimon bez kattalashuvining darajalarini baholashga izn beruvchi klassifikasiyalar mavjud. Eng ma'qul deb topilib keng qo'llaniluvchi klassifikasiya O.V. Nikolayev tomonidan taklif etilgan, lekin endemik bo'qoq uchun qo'llanilganligiga e'tibor berish zarur, hozirda esa klassifikasiya barcha qalqonsimon bez kasalliklarida qo'Uanilmoqda. Endemik bo'qoq klassifikasiyasi (O.V. Nikolayev 1955 g) 0 daraja Qalqonsimon bez palpasiya qilinmaydi I daraja Qalqonsimon bez yaxshi paypaslanadi, ayniqsa bo'yinchasi II daraja Qalqonsimon bez kattalashganligi aniq aks etadi faqat 95 paypaslashda emas balki yutinish vaqt i ko'zga tashlanadi. Ill daraja Qalqonsimon bez kattalashganligi «semiz buyin» shaklini oladi. IV daraja Buy in shakli o'zgargani, aniq ko'rinadi. V daraja Bo'qoq katta ulchamda. Aniq paypaslangan qalqonsimon bez I daraja sifatida traktlanadi, bundan kelib chiqadiki, qalqonsimon bez normada paypaslanmaydi, bu esa o'z vaqtida haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Undan tashqari qalqonsimon bez turli kattalashish darajalari tajriba ko'rsatishicha yetarlicha nisbiydir. Dunyo buyicha Butundunyo Sog'likni Saqlash Tashkiloti tomonidan taklif etilgan 1962 yilda va 1994 yilda qayta kurib chiqilgan. Agar qalqonsimon bez har bir boTagi bosh barmoq distal falangasi ulchamidan kichik bo'lsa, bunday qalqonsimon bez normal ulchamda hisobilanadi. Palpasiyada qalqonsimon bez ko'zga ko'rinsa kattalashgan bo'lsa bo'qoq deb diagnoz quyiladi. Bo'qoq klassifikasiyasi (BSST 1994yil) 0 daraja Bo'qoq yo'q I daraja Bulaklar kattaligi bosh barmoq falangasidan katta, palpasiya qilinadi, lekin ko'zga ko'rinmaydi. II daraja Palpasiya qilinadi va ko'zga ko'rinadi. Ushbu klassifikasiyaning ma'qui tomoni uning oddiyligi, palpator tekshiruv o'tkazish da qiyinchilik tug'dirmasligidir. Hozirda bo'qoq diagnostikasi uchun ultratovush tekshiruvi qo'llaniladi, qalqonsimon bez ulchami va xajmini aniq hisobilab beradi. Bu usul subektivizmdan istisnodir . 6. ma'ruzaning jixozlanishi. Ko'rgazma qurollar: - Bo'qoq klassifikasiyasi (BSST). - Yodga sutkalik extiyoj - «Endemik bo'qoq» - «Tugunli bo'qoq» - yod va tireoid gormonlar preparatlari - «Endemik bo'qoq» mavzusiga oid slaydlar -Mavzuga oid bemorlar 7. Mavzuga oid nazorat testlari l.Yengil yod yetishmovchiligining ko'p uchraydigan klinik ko'rinishlarini ay ting: a) gipotireoz; b) ekzoftalm; v) bo'qoq; 96 g) tireotoksikoz; d) tireoidit; 2. Bo'qoqqa nisbatan endemik zonada o'smir yoshdagilarga profilaktik maqsadda yodlangan tuzdan tashqari beriladi: a) vitaminlar b) antistrumin, yodid va boshqa yod tutuvchi preparatlar v) tireoidin g) L - tirkosin d) merkazolil 3. Qalqonsimon bez qo'yidagi uchta qismdan iborat: a)yo'qori bo Так g)qalqonsimonoldi bezi; b)chap bo Так; d)o'ng bo'lak; v)bosh qismi; ye)bo'yinchasi; 4. O.V. Nikolayev bo'yicha qalqonsimon bezning beshta kattalashish darajasi tafovut qilinadi: a)l-chi daraja - qalqonsimon bezning bo'laklarida tuguncha paypaslanadi; b)2-chi daraja - qalqonsimon bezning bo'yinchasi paypaslanadi; v)3-chi daraja - qalqonsimon bezning vizual ko'rinishi qayd qilinadi; g)4-chi daraja - qalqonsimon bez bo'yin konfigurasiyasini o'zgartiradi; d)l-chi daraja - qalqonsimon bezning bo' yinchasi paypaslanadi; ye)5-chi daraja - baxaybat bo'qoq (katta lchamdagi bo'qoq); j)5-chi daraja - qalqonsimon bez bo'laklarining kattalashishi palpator va vizual aniqlanadi; z)2-chi daraja - qalqonsimon bez bo'laklari kattalashishi palpator va yutinganda vizual aniqlanadi; 5. Qalqonsimon bezda ishlab chiqariladigan uchta gormonni ko'rsating: a) tiroksin; b) triyodtironin; v) tireoidin; g) paratgormon; d) tirotropin; ye) follikulotropin; j) kalsitonin; 6. Qalqonsimon bez tuzilishini ko'rsatuvchi uchta tekshirav metodini sanab o'ting: a) radioaktiv yod yordamida qalqonsimon bez skaniogrammasi; b) oksisuprarenografiya; v) radioizotop ssinografiya; g) qalqonsimon bezni ultratovush-tekshiruv; d) qalqonsimon bez biopsiyasi; 97 Ma'ruza № 7 l.Mavzu: diffuz toksik bo'qoq, gipotireoz, etiologiyasi, patogenezi, klinik manzarasi. 2. Maqsad: - diffuz toksik bo'qoqqa harakteristika berish - «gipertireoz» terminiga tushuncha berish - diffuz toksik bo'qoqning muhim boTgan etiologik va patogenetik faktorlarini sanab o'tish - diffuz toksik bo'qoqning klinik manzarasini bayon qilish - diffuz toksik bo'qoqning davolash metodlariga tushuncha berish - «gipotireoz» terminiga ta'rif berish -gipotireoz holatlari etiologiyasi va patogenezini tushuntirish - gipotireozning davolash usullarini bayon qilish 3. kutilayotgan natijalar ma'ruza eshitgandan sung talaba bilishi kerak: - qalqonsimon bez faoliyati haqida tasavvur; - diffuz toksik bo'qoqning rivojlanishiga sabab bo'ladigan omillarni; - diffuz toksik bo'qoqning patogenezi, klinik ko'rinishlari, davo usullari; - tireotoksikoz rivojlanish mexanizmlarini tushuntira olish; - qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish kunikmalarini bilish; - diffuz toksik bo'qoqning asosiy diagnostik kriteriylarni bilish; - diffuz toksik bo'qoq davo usullarini bilish; - gipotireozga ta'rif berish; - birlamchi va ikkilamchi gipotireoz sabablari haqida bilish; - gipotireoz patogenezi; - gipotireozning klinikasini bilish; - gipotireozning laboratoriya diagnostikasi; - tireoid gormonlar bilan o'rinbosar terapiya haqida tushuncha; 4. Mavzuga oid savollar: - diffuz toksik bo'qoq ta'rifi; - diffuz toksik bo'qoqning tarqalishi; - diffuz toksik bo'qoqning etiopatogenezi; - tireotoksikozning klinik manzarasi; - diffuz toksik bo'qoqning diagnostikasi; - diffuz toksik bo'qoqni davolash usullari; -gipotireozning ta'rifi; - gipotireozning tarqalishi; - gipotireozning etiopatogenezi; - gipotireozning klinik manzarasi; - gipotireozning diagnostikasi; - gipotireozni davolash usullari; - tireoid gormonlar bilan o'rinbosar terapiya; Mazmuni: Diffuz toksik bo'qoq, epidemiologiya. Tireotoksikoz rivojlanishiga olib keladigan omillar. Irsiylik, autoimmun buzilishlar. Diffuz toksik bo'qoq 98 rivojlanishida infeksiya va stresslarning roli. Tireoid gormonlar ortiqcha ajralishining organizmga ta'siri. Tireotoksikoz manzarasi. Oftalmopatiya. Tireotoksikoz og'irlik darajasi kriteriylari. Diffuz toksik bo'qoq diagnostika usullari. diffuz toksik bo'qoqni davolash. Gipotireoz: birlamchi va ikkilamchi. Birlamchi gipotireozning tarqalishi. Modda almashinuviga tireoid gormonlar tanqisligining ta'siri. Birlamchi va ikkilamchi gipotireozning klinik manzarasi. Miksedema. Kretinizm. Yaqqol va subklinik gipotireozning diagnostika usullari. Tireoid preparatlar Bilan o'rinbosar terapiya olib borish va dozani tanlash. 5. ma'ruza bo'yicha o'qituvchi e'tibor berishi lozim tomonlar. Diffuz toksik bo'qoq Diffuz toksik bo'qoq (DTB) organospesifik autoimmun kasallik bo Tib, tireoid gormonlarning turg'un, patologik ravishda ishlab chiqarilishi kuchayishi bilan harakterlanuvchi, qalqonsimon bez diffuz kattalashuvi, hamda organizm turli organ va tizimlarning funksional holati birinchi navbatda yurak qon tomiri, markaziy nerv sistemasi tomonidan o'zgarishlar yuzaga kelishi bilan ifodalanadi. Ilk bor bu kasallik XIX asr o'rtalarida, 1825 yil Kaleb Parri, 1835 yil - Robert Greyvs 1840 yil - Karl Fon Bazedov tomonidan yozib qoldirilgan. Ingliz tilli mamlakatlarda bu olimlar sharafiga kasallik «Greyvs kasalligi» «Parri kasalligi»; nemis tilli davlatlarda «Bazedov kasalligi» Italiyada «Flayano kasalligi» deb aytiladiki bu olim ham 1802 yilda kasallik simptomlari haqida yozgan. Rossiyada «Diffuz toksik bo'qoq» deb ataladi, unda makroskopik (qalqonsimon bezda diffuz kattalashuv) va gormonal (tireotoksikoz) o'zgarishlar hisobiga olingani tufayli. Immunogen tireotoksikozda, DTB ga o'rin berilgan holda, qalqonsimon bezda tugunli xosilalar bo'lishi (doim ham bo'qoq diffuz emasligini e'tiborga olish kerak) yoki umuman qalqonsimon bez kattalashmasligi mumkin, bundan tashqari, tireotoksikoz qalqonsimon bez diffuz kattalashuvi, qalqonsimon bez funksional avtonomiyasi fonida rivojlanishi, yoki etiopatogenezi umuman boshqacha kasalliklarda kuzatiladi. ETIOLOGIYaSI 1909 yilda qalqonsimon bez fiziologiya, patologiya va jarrohligi, buyicha olib borgan ishlar uchun Nobel mukofoti olgan T. Koxer zamonasidan ma Turn etiologik: irsiy, stresslar, infeksion ta'sirlar, insolyasiya va boshqa omillar haqidagi fikrlar keyingi 10 yillarda ancha o'zgardi. Diffuz toksik bo'qoqning autoimmun kasallik sifatidagi qonsensiyasi shakllandi. PATOGENEZI Diffuz toksik bo'qoq irsiy moyillik bilan yuzaga keluvchi kasallik, tashqi muhit omillari ta'sirida yuzaga keladi. 99 Yevropa populiyasiyasida HLA -V 8 yoki DR 3 gistomoslik kompleksi genlari tashuvchanligi bilan DTBning rivojlanishini bog'lashadi. HLA-OQA 1-0501 allel ham o'rganilmoqda, genlar mo'tasiyasi genlar strukturasida yuz berishi ham kutilmoqda-ki bu immun tizim faoliyati boshqarilishiga ta'sir ko'rsatadi. (Interleykin, t - xujayra reseptori genlariga,qisman CTLA-4 geniga ham). Bu genlar DTB bilan kasallangan bemorlar qarindoshlarida ko'proq kuzatiladi, populsiyada esa kam. Kasallikning nasliy moyillik bilan bog'liqligi isbotlanadi, 15%da sirkulyasiyalanuvchi antitireoid antitelolar aniqlangan. Ayollar erkaklarga nisbatan 5-10 marta ko'p kasallanadi. DTB ko'pincha boshqa endokrin - autoimmun kasalliklar (qandli diabet Itipi, addison kasalligi) bilan birga uchraydi. KLINIK MANZARASI Diffuz toksik bo'qoqning asosiy klinik ko'rinishi tireotoksikoz sindromidir. Tireoid gormonlar haddan tashqari ko'p qonga sekresiya qilinishidan ko'pgina organ va sistemalarning faoliyati buziladi. Tireotoksikozning eng ifodalangan ko'rinishi yurak qon tomir tizimi tomonidan o'zgarishlar bo Tib, bu miokordiodistrofiya («tireotoksik» yurak) sindromi doimiy xilpillovchi aritmiya, paroksizmal xilpillovchi aritmiya ekstrasistoliya, yuqori puis bosimi, qon aylanishi yetishmovchiligi (ayniqsa qariyalarda) kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi. Odatda katobolik sindrom kuchli aks etib progressivlanuvchi ozib ketish, kuchsizlik, holsizlik, ishtaha oshib borishi bilan ifodalanadi. Terisi issiq, gipergidroz kuchli darajada aks etadi. Katobolik sindrom osteopeniyaga (ya'ni suyaklar mineral zichligining pasayishiga -murtlashuv) olib keladi, oyoq qo'llar miopatiyasi proksimal qismda yuz beradi. Shikoyat bo Tib, sochlar tushishi, timoqlar sinishi ham xizmat qiladi. Markaziy nerv sistemasiga tireoid gormonlaming haddan tashqari ta'siri astenik sindromni yuzaga keltirib ko'zgaluvchanlik, yig'loqilik, emosional labillik, xaotik natijasiz harakat faoliyatini aks ettirshi bilan ifodalanadi. Tireotoksikoz ko'z simptomlari patogenezida ko'z vegetativ innervasiyasi buzilishiga ahamiyat beriladi. Ko'z simptomlarini endokrin oftalmapatiyadan farqlash kerak. Tireotoksikozning ko'z simptomlari Simptomlar Belgilari Grefe Yo'qoriga qaraganda kamalak pardadan yo'qori qavoq orqada qolishi Koxer Pastga qaraganda kamalak pardadan yo'qori qavoq orqada qolishi Mebius Yaqin masofada nigohni fiksasiya qilish qobiliyatining 100 yuqolishi Joffrua Nigohni yo'qoriga qaratganda peshonada ajinlar paydo bo'lmasligi Shtelvag Kam, onda-sonda kiprik kokishi. Dalrmpl Kamalak parda va yo'qori qavoq urtasida sklera oq chiziqchasi hosil bo'lishi bilan ko'z yorigining kengayishi Rozenbax Yopiq ko'zlar yengil (tremori) pirpirashi Endokrin oftalmapatiya diffuz toksik bo'qoqning simptomi emas. Ekzoftalm esa diffuz toksik bo'qoqda kuzatiladigan uch asosiy simptomning biri («merzeburg triadasi» - 1840yil, Karl Fon Bazedov). Asosiy, lekin doimiy bo'lmagan simptom qalqonsimon bez kattalashuvidir. Palpasiyada qalqonsimon bez ikki bo Так va buyinchaning kattalashuvi zich elastik koksistensiyali, og'riqsiz bo Tib, ko'pincha qalqonsimon bez ustidan sistolik shovkin eshitish mumkin. Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan qorinda og'riq, ich ketish, og'ir hollarda jigarda distrofik o'zgarishlar (tireotoksik gepatoz) kuzatiladi. Boshqa endokrin bezlar faoliyatining buzilishi menstrual sikl buzilishi ayollarda, erkaklarda esa fibroz- kistozli mastopatiya va ginekomastiya keltirib chiqaradi. Kasallikning og'irlik darajasidan qattiy nazar tireogen (nisbiy) buyrak usti bezi yetishmovchiligi kuzatiladi, buni addison kasalligidan farqlash kerak bo'ladi, yuorida sanab o'tilgan simptomlarga qo'shimcha teri gipeфigmentasiyasi, tana ochiq qismlarida, (Yellinek simptomi), arterial gipotenziyani sanab o'tish mumkin. Pretibial miksedema 2-3% bemorlarda oftalmopatiya bilan birga uchraydi. Bemorlarning 30% ida valvulopatiya (jumladan mitral, klapan prolapsi). Tireotoksikoz kechishi ba'zan klassik tarzda kechmaydi, yod defisit joylarda triyodtironin ko'p qonga tashlanishi bilan aks etib, taxikardiya va xilpillovchi aritmiya klinik ko'rinishlarda namoyon bo'ladi, bunda tiroksin normada bo'ladi. 13% bemorlarda emosional labillik 5,2%da depressiya kuzatiladi. DTB chaqaloqlarda ham uchrab, onalarida DTB kasalligi bo'lgan taqdirda kuzatiladi. Pitogenezda onadan xomilaga transplasentra yo'l bilan antitelolar tashilishi o'rin to'tadi. DIAGNOSTIKASI Diffuz toksik bo'qoq diagnostikasi birinchi bosqichi tireotoksikoz sindromi klinikasiga asoslangan. Triyodtironin va tiroksin ( Т з , T4) miqdori oshgan, tireotrop gormon (TTG) miqdori pasaygan bo'ladi. Laboratoriya yuqoridagi o'zgarishlarni berganda «Diffuz toksik bo'qoq» terminini izoxlovchi triada belgilari bo'lishi zarur. Diagnostika uchun ultratovush tekshiruvi qo'llaniladi. Qalqonsimon bez xajmi hisobiga olinadi, agar 45sm 3 ulchamidan katta bo'lsa operativ davolash tavsiya etiladi. Differensial tashxis uchun diffuz toksik bo'qoq va boshqa autoimmun kasalliklarni aniqlash ultratovush tekshiruvi natijasi bilangina xal etilmaydi. 101 Ssintigrafiya funksional avtonom qalqonsimon bez, tugunli xosilalar, tush orti buqoq kabi holatlarni diagnostika qilish uchun qo'llaniladi. DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI Tireotoksikoz sindromi bilan kechuvchi boshqa kasalliklardan diffuz toksik bo'qoqni tireotoksikoz belgilarisiz lekin qalqonsimon bez kattalashuvi aniqlansa, tireotoksikoz klinik belgilariga uxshash ko'rinishga ega kasalliklar, astenonevrotik sindrom, ba'zi medikamentlar qabul qilinganda, modda almashinuvi o'zgarishlari bilan boruvchi tireoid gormonlar bog'lanishidagi buzilish kabilar kuzatilganda differensial diagnostika o'tkaziladi. O'tib ketuvchi tranzitor tireotoksikoz; o'tkir osti tireoidit, autoimmun tireoidit (xashitoksikoz), tug'rukdan keyingi tireoidit ko'rinishida bo'ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling