O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana27.05.2020
Hajmi0.89 Mb.
#110615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
farmatsevtik botanika fanidan farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti talabalari uchun oquv uslubiy qollanma 1 qism


Etioplastlar va geronoplastlar. 

 Ba‘zi  gulli  o‗simliklarda  tilakoidlarning  hosil  bo‗lishning  oxirgi  bosqichi 

yorug‗likka  bog‗liq.  Bu  o‗simliklarning  plastidalar  yorug‗lik  etishmaganda 



etioplastlarga  aylanadi.  Etioplastlar-xloroplastlar  biogenezining  o‗ziga  xos 

shaklidir.  Etioplastlarda  tillakoid  membranalarining  komponentlari  yoki 

ularning davomchisi prolomellyar tanachalar shaklida to‗planadi. Etioplastlar 

karatinoidlar ishtirokida och-sariq rangga bo‗yaladi. Misol uchun qorong‗uda 

saqlangan kartoshkaning unib chiqqan yosh novdalari anashu rangga bo‗yalgan 

bo‗ladi.  Qadimda  xloroplastlar  deganda  hamma  plastidalarning  yig‗indisi 

tushunilgan,  garchi  ularda  xlorofill  saqlanmagan  va  fotosintez  jarayonida 

ishtirok  etmagan  bo‗lsada.  Ammo  ularda  karatinoidlar  mavjud  bo‗lib,  ular 

sariq, qizil va zarg‗aldoq ranglar bergan. Karatinoidlar ulushining ko‗payishini 

kuzgi  barlarning  plastidalarida  xromoplastlarning  qariyotganini  kuzatishimiz 

mumkin.  Keyinchalik  kuzga  barglar  plastidalarini  geronoplastlar  deb 

yuritiladi.  

  

   2.Darsning vazifasi: 

 

Hujayraning  turgor,  plazmoliz  va  deplazmoliz  holatini  kuzatish, 



plastidlarni aniqlash. 

 

    3. O‘quv jarayonining mazmuni. 

1. Hujayraning osmotik bosimi 

2. Hujayraning turgor holati 

3. Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati 

4. Plastidalar - hujayra organoidi 

5. Plastidalarning shakllari 

6. Plastidalarning xillari 

7. Xloroplastlarning uchraydigan organlari, vazifasi va biologik 

ahamiyati 

8. Xromoplastning uchraydigan organlari va vazifasi 

9. Leykoplastning uchraydigan organlari, vazifasi 

 

4.O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma 

(shakl), vosita,usul, nazorat, baxolash)

 

a) Darsning turi - suhbat 



b) Metod: - Bumerang, Blits o‘yin 

v) Forma (shakl) - guruh 

g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat, mikroskop 

d) Usul - nutqli 

e) Nazorat — kuzatish (ko‘rish) 

j) Baxolash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash 



 

16 


 

5.  Metod - Bumerang, Blits o‘yin.  

 

Bumerang treningi 

Talabalar  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  vazifa  yozilgan  material 

tarqatiladi.  har  1  ta  guruh  o‘z  fikrini  bayon  qiladi  va  guruhlar  orasida 

savol-javob ketadi. 

 

1 - guruhga beriladigan vazifa 



 

1.  Hujayradagi osmotik bosim holati 

2.  Hujayraning turgor holati 

3.  Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati 

 

2- guruhga beriladigan vazifa 



 

1.  Plastidalar qanday organoidlar va ularning shakllari 

2.  Plastidalar rangiga qarab necha xil bo‘ladi 

3.  Plastidalarning uchraydigan joylari 

 

3- guruhga beriladigan vazifa 



 

1.  Xloroplast - uchraydigan organlari, vazifasi, biologik ahamiyati. 

2.  Xromoplast - uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati 

3.  Leykoplast - uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati 

                                                           

                                               

 

     Blits-o‘yin 

 

Bu  metodni  o‘tkazilish  tartibi.  har  bir  guruh  talabalariga  yuqorida 

ko‘rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to‘g‘ri deb hisoblagan raqamni "yakka 

baxo" qatoriga yozib chiqishadi. O‘qituvchi to‘g‘ri javob e'lon qilgandan keyin, 

har  bir  guruh  o‘z  xatolarini  "gurux  xatosi"  qatoriga  yozadi.  Natijada  to‘gri, 

noto‘g‘ri javoblar solishtirilib, guruh baxosi hisoblab chiqiladi. 

 

Guruh 


baxosi 

Guruh 


xatosi 

To‘g‘ri  

javob 

Yakka   


xato 

Yakka 


baxo 

Gurux 


ichidan 

chetlatish 

Hujayraning turgor, 

plazmoliz va deplazmoliz 

holati 

 

 



 

 

 



 

1.Filtr qogoz qoplag‘ich 

oyna   ostidagi   suvning 

bir qismini shimib olgach 

uning    o‘rniga    eritma 

kiradi va hujayralarda 

asta sekin plazmoliz xo- 


 

17 


disasi yuz beradi. Bunda 

xlorofill     donachalari 

bir -biriga yopishib hu- 

jayraning o‘rtasiga to‘p- 

lanadi. 

2.  Valisneriya hujayra- 

sining   turgor   holati 

tekshiriladi. 

3. Preparatni qo‘zg‘atmas- 

dan turib qoplag‘ich oyna 

ostidagi suvni to‘yingan 

osh        tuzi        bilan 

almashtiriladi.    Buning 

uchun    qoplagich    oynaga 

taqab     fil'tr     qog‘oz 

tekkiziladi. 

4.  Valisneriya bargidan 

ozgina olib buyum oynasi- 

dagi suv tomchisiga qo‘yib 

yopqich oyna yopiladi. 

5. Preparatdan osh  tuzi 

eritmasini suvga almash- 

tirilsa deplazmoliz ho- 

disasi sodir bo‘ladi. 

6. Turgor holatida xlo- 

rofill donachasi hujay- 

raning po‘stiga yaqin joyda   

harakat    qiladi.      Bu  bilan 

hujayra 

sitoplazmasining 

harakati  turgor  holat  va 

xlorofill 

donachasi 

kuzatiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

18 


6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar 

 

1.Topshiriq:  hujayraning  turgor,  plazmoliz  va  deplazmoliz  xolatini  kuzatish, 

plastidlarni aniqlash. 

 

Ob'ektlar: valisneriya, pamidor, marjon daraxtining bargi 



 

1-  tajriba:  Turgor  va  plazmoliz  holatini  kuzatish  uchun  valisneriya 

o‘simligidan preparat tayyorlash. 

2-  tajriba:  Xromoplastni  aniqlash  uchun  buyum  oynasiga  pamidorni 

yumshoq  etidan  ozgina  solib  suv  tomizib,  qoplag‘ich  oyna    bilan  yopib 

kuzating. 

3  -  tajriba:    Marjon  daraxtining  bargini  epidermisi  shilinib,  mikroskopning 

katta ob'ektivida kuzatilganda - leykoplastlar yadro atrofida yaltillab ko‘rinadi. 

  

Topshiriq:  Hujayradagi  turgor  va  plazmoliz  xolati,  plastidalarning  xilllari  



rasmini chizib nomini yozing. 

 

 



 

7. Kutiladigan natijalar 

 

       O‘qituvchi 



a) Mavzu bo‘yicha maqsadni 

  tushuntirish 

b) Talabalarda qiziqish 

 uyg‘otish 

v) Yangi texnologik usullarni 

 qo‘llash 

 

Talaba 


a) Mavzu bo‘yicha to‘la malumot 

olishi 


b) Talabalar bilimini shakllantirishi 

v) Talabalar qiziqish bilan qabul 

qilishi 

 

 



 

 

8. Kelgusi rejalar 



 

a) Talaba ushbu materiallarni 

o‘zlashtirish, konspekt yozish

mustaqil ishlashi 

b) Adabiyotlar bilan ishlashi 

v) Yangi texnologiyaga yondashuvi 

 

 

 



a) O‘qituvchi internetdan yangi 

material olish uchun foydalanishni 

mukammallashtirish 

b) Yangilash va joriy etish 

v) Kasbiy tayyorgarlikni 

insonparvarlashtirish 

 

 

 


 

19 


Laboratoriya mashg‘ulot—3 

 

Mavzu: Xujayradagi zahira oziq moddalar. 

 

1.Darsning mazmuni: 

 

Xujayradagi zahira moddalar. 



Hujayrada  o‘simlikning  rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  organik 

moddalar zahira vujudga kelib turadi. Bunday zahira moddalar o‘simlik ildizi, 

ildizpoyasi, kartoshkasi, piyozi, mevasi va urug‘idagi parenxima xujayralarida 

to‘planadi. 

Sitoplazmadagi  zahira  moddalarga:  uglevodlar,  oqsil  va  yog‘lardan 

iborat organik moddalar kiradi. 

Uglevodlar.  Sitoplazmada  kraxmal    shaklida  vujudga  keladi.  Kraxmal 

dumaloq, tuxumsimon shakldagi donachalardan iborat bo‘lib, u assimilyatsion 

yoki  birlamchi  va  zahira  kraxmal  yoki  ikkilamchi  kraxmal  holida  vujudga 

keladi. 


Birlamchi  kraxmal  barglarda  assimilyatsiya  tufayli  hosil  bo‘ladi.  U 

diastaza  fermenti  ta'sirida  shakarga  aylanadi.  Shakar  suvda  yaxshi  erib, 

o‘simlik  tanasi  bo‘ylab  harakat  qilib  urug‘,  ildiz,  tuganakga  borib  amilaza 

fermenti ta'sirida ikkilamchi kraxmalga aylanadi. 

Kraxmal donachalari tuzilishi jihatidan oddiy va murakkab bo‘ladi. 

Oddiy  donachalarni  hosil  etuvchi  markaz  bitta  bo‘ladi.  Oddiy 

kraxmallarni  hosil  qiluvchi  markaz  hujayraning  o‘rtasida  bo‘lsa  kontsentrik, 

chekkasida bo‘lsa ekstsentrik kraxmal deyiladi. 

Murakkab  kraxmal  donachalarning  har  biri  bir  necha  donachalardan 

iborat bo‘lib, o‘zaro zich qo‘shilgan, ammo bir - biridan osongina ajraladigan 

bo‘ladi. 

Yarim  murakkab  donachalarda  -  kraxmal  donachasining  hosil  etish 

markazi bir nechta bo‘lib, ular o‘ziga xos umumiy qavat bilan o‘ralgan bo‘ladi. 

Oksillar. 

Oqsillar oziqa moddalar sifatida o‘simliklar urug‘ida oddiy va murakkab 

aleyron yoki protein donachasi holida to‘planadi. 

Aleyron  donachalar  yumaloq  yoki  oval  shaklida  bo‘lib,  hujayra 

shirasining qurib quyuqlashishidan xosil bo‘ladi. 

Mayda  aleyron  donachalari  oddiy  aleyron  donachalari  deyilib,  uning 

tarkibida boshqa qo‘shilmalar bo‘lmaydi. 

Murakkab  aleyron  donachalar  yirik  va  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lib 

ularning tarkibida glaboid va kristalloidlar mavjud bo‘ladi. 

Yog‘lar. 

Yog‘ yumaloq, tiniq tomchi shaklida bo‘lib, o‘simliklarning mevasi va 

urug‘ida  to‘planadi.  Suvda  erimaydi,  ammo  efir  va  benzin  kabi  organik 

erituvchilarda eriydi. 



 

 

 

20 


2.Darsning vazifasi: 

 

Hujayralardagi zahira oziqli moddalar va ularni aniqlash reaktsiyalarini 



o‘rganish. 

 

3.O‘quv jarayonining mazmuni

 

1. Zahira oziq moddalarning ahamiyati 



2. Zahira oziq moddalarning turlari 

3. Oqsillar - tuzilishi, uchraydigan joyi 

4. Yog‘lar - tuzilishi, uchraydigan joyi 

5. Uglevodlar - tuzilishi, uchraydigan joyi 

6. Oziqli moddalarni mikroreaktsiyalar bilan aniqlash usullari 

 

 



4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), 

vosita,usul, nazorat, baxolash). 

 

a) Darsning turi - suhbat 

b) Metod: - Bumerang vertushka 

v) Forma (shakl) - guruh 

g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat, 

 mikroskop 

d) Usul - nutqli 

e) Nazorat — kuzatish (ko‘rish) 

j) Baxolash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash 

 

 



5. Metod - Bumerang, Vertushka, Baliq skeleti. 

 

Bumerang treningi 



 

Talabalar  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  vazifa  yozilgan  material 

tarqatiladi.  Har  1  ta  guruh  o‘z  fikrini  bayon  qiladi  va  guruhlar  orasida 

savol-javob ketadi. 

 

        1 - guruhga beriladigan vazifa 



 

1.  Zahira oziq moddalar o‘simlikning qaysi organidagi hujayralarida 

to‘planadi 

2.  Zahira oziq moddalarning vazifasi 

3.  Zahira oziq moddalarning xillari 

 

 



 

 

21 


2 - guruhga beriladigan vazifa 

 

1.  Uglevodlarning tuzilishi va ularni aniqlash usuli 



2.  Oqsillarning tuzilishi va ularni aniqlash usuli 

3.  Yog‘larning tuzilishi va ularni aniqlash usuli 

 

 

Vertushka metodi. 



 

Bu  treningda  guruhlarga  material  tarqatiladi  va  har  bir  guruh  yakka 

xolda to‘g‘ri  javobni  belgilaydi.  Keyin  bu  materiallar  guruhlarga  aralashtirib 

beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar soniga qarab aylangandan keyin o‘qituvchi 

va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob belgilaniladi. 

 

№ 



Hujayradagi   

zapas oziq 

moddalar va 

plastidalar 

Sudan 

III 


Lyugol 

Yashil 


Sariq 

Oq 


(rangsiz) 

1. 


 

 

 



 

2. 


 

 

 



3. 

 

 



 

4. 


 

5. 


6. 

Kraxmal 


donachalari 

ko‘kimtir binafsha 

rangga bo‘yaladi. 

  

Yog‘ tomchisi 



qizil rangga 

bo‘yaladi 

 

Oqsil donachalari 



tilla sariq rangga 

bo‘yaladi. 

 

Xloroplast 



  

Leykoplast 

Xromoplast 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

22 


―Baliq skeleti‖ chizmasi  

 

 

―Baliq  skeleti‖  chizmasi  bir  qator  muammolarni  tasvirlash  va  uni  echish  imkonini  beradi.  Tizimli  fikrlash,  tuzilmaga 



keltirish,  tahlil  qilish  ko‗nikmalarini  rivojlantiradi.  Talabalar  chizmani  chizish  qoidasi  bilan  tanishadilar.  Alohida/kichik 

guruhlarda yuqori ―suyagida‖ kichik muammoni, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi. 

Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‗zlarini chizmalarini to‗ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalarini 

taqdimoti.  

 

 

                                      



           

 

                                                                                             



 

 

 



 

 

 



 

 

Hujayradagi 

zahira oziq 

moddalarni va 

plastidalarni 

aniqlash 

 

23 


6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar 

 

Topshiriq: Hujayradagi zahira oziq moddalarni aniqlash.  

 

Ob'ektlar: kanakunjut urug‘i, kartoshka tuganagi. 



 

1-  tajriba:  -  Kartoshka  tuganagidan  ozroq  qirib  olib  buyum  oynasiga 

qo‘yiladi va uning ustiga Lyugol eritmasi tomizib, qoplag‘ich oyna bilan yopib 

mikroskopda ko‘riladi. Bunda kraxmal donachalari ko‘kimtir binafsha rangga 

bo‘yalgani kuzatiladi. 

 

2-tajriba:  -  Kanakunjut  urug‘ining  qattiq  po‘sti  olib  tashlanib,  mag‘izi 



buyum  oynasiga  surtiladi.  Uning  ustiga  Sudan  III  eritmasi  tomizib 

qizdiriladi.  So‘ng  bir  tomchi  suv  tomizib,  qoplag‘ich  oyna  bilan  yopib 

mikroskopda ko‘riladi. Bunda yog‘ tomchilarining qizil rangga bo‘yalganligi 

kuzatiladi. 

 

3-tajriba:  -  Yana  kanakunjut  urug‘ining  mag‘izi  buyum  oynasiga  surtiladi. 



Uning  ustiga  Lyugol  eritmasidan  tomizilib  qoplag‘ich  oyna  bilan  yopib 

mikroskopda  ko‘riladi.  Bunda  oqsil  donachalari  tilla  sariq  rangga  buyalgani 

kuzatiladi. 

 

Topshiriq: Hujayradagi  kraxmal, oqsil va yog‘ tomchilarining rasmini chizib 



nomini yozing. 

 

                       7. Kutiladigan natijalar 



 

O‘qituvchi 

a) Mavzu bo‘yicha maqsadni 

    tushuntirish 

b) Talabalarda qiziqish 

     uyg‘otish 

v) Yangi texnologik usullarni 

     qo‘llash 

 

Talaba 


a) Mavzu bo‘yicha to‘la ma'lumot 

   olishi 

b) Talabalar bilimini                 

shakllantirishi 

v) Talabalar qiziqish bilan   qabul 

qilishi 


8. Kelgusi rejalar 

 

a) Talaba ushbu materiallarni 



    o‘zlashtirish, konspekt yozish, 

    mustaqil ishlashi 

b) Adabiyotlar bilan ishlashi 

v) Yangi texnologiyaga yondashuvi 

 

 

a) O‘qituvchi internetdan yangi 



material olish uchun foydalanishni 

mukammallashtirishi 

b) Yangilash va joriy etish 

v) Kasbiy tayyorgarlikni 

insonparvarlashtirish 

 

 



 

24 


Laboratoriya mashg‘ulot — 4 

 

Mavzu: Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, xujayra po‘sti va ularni 

aniqlash reaksiyalari.  

 

1.  Darsning mazmuni: 

Hujayraning  markaziy  qismida  vakuolalar  deb  ataladigan  pufakchalar 

yoki bo‘shliqlar bo‘ladi. Yoshroq hujayralarda vakuolalar hujayra sitoplazmasi 

orasida  tarqoq  xolda  joylashgan  bo‘lib,  hujayra  voyaga  etishi  bilan  ular 

kattalashib  boradi.  Vakuolalar  turli  organik  va  mineral  moddalarning  suvli 

eritmasi bo‘lgan hujayra bo‘ladi. 

Hujayra  shirasi  -  yopishqoq  suyuqlik  bo‘lib,  tarkibida  shakar,  har  xil 

organik  kislotalar,  inulin,  oshlovchi  moddalar,  alkaloidlar,  glyukozalar,  efir 

moylari va boshqa moddalar ham uchraydi. 

Hujayra  shirasida  ikki  xil  pigment  (bo‘yovchi  modda):  antotsian  va 

antoxlor  bo‘ladi.  Hujayra  shirasining  muxiti  ishqoriy  va  nordon  bo‘lishi 

mumkin. Hujayra shirasi nordon reaktsiyada bo‘lsa, antotsian uni qizartiradi. 

Ishqoriy bo‘lsa - moviy tusga kiritadi. Antoxlor gul va mevalarni sariq tusga 

kiritadi. Shu pigmentlar tufayli gullar rang- barang bo‘lib, xashoratlarni o‘ziga 

jalb etadi. 

Hujayra  shirasidagi  erigan  moddalarning  ayrimlari  zahira  holda 

to‘plansa, boshqalari chiqindi moddalar bo‘lib, ular hujayra hayotida muhim 

ahamiyatga ega.  

Chiqindi moddalar. 

O‘simliklarning  hujayra  shirasida  ko‘pincha  chiqindi  moddalar  hosil 

bo‘ladi. 

Chiqindi  moddalar  kristallar  holida  uchraydi.  Bu  kristallar  oksalat 

kislotaning kaltsiy tuzidan iborat bo‘lib, o‘simlikni xayvon va hashoratlarning 

yoyishidan saqlaydi. 

O‘simlik hujayrasida uch xil kristallar ko‘proq uchraydi  

1.  Yakka  kristallar  -  uch  burchak,  to‘rt  burchak,  kubik,  prizma,  romb 

shakllarida bo‘ladi. Yakka kristallar piyoz qobig‘ida to‘planadi.  

2. 


Druzlar 

yulduz 



shaklidagi 

qirrali 


kristallar 

bo‘lib, 


bangidevona,g‘o‘za kabi o‘simliklarda to‘planadi. 

3.  Rafidlar    -    ignasimon,    ikki    uchi      o‘tkir    kristallardir.    Ular 

marvaridgulda uchraydi. 

Ba'zi o‘simliklarda qumli xaltachalar, shingil shaklidagi-sistolitlar, fikus, 

gazanda o‘t  bargida to‘planadi. 

 

Hujayra po‘sti. 

Hujayra  po‘sti  protoplastning  mahsuli  hisoblanadi.  Hujayra  po‘sti 

xujayralarni  bir  biridan  ajratib,  ularni  ma'lum  shaklga  kiritib,  protoplastni 

tashqi noqulay ta'sirotlardan saqlaydi. 

Hujayra po‘stida teshikchalar bo‘lib, shu teshikchalar orqali hujayralar 

o‘zaro  munosabatda  bo‘ladi;  bunda  yonma  -  yon  joylashgan  ikkita  hujayra 


 

25 


teshikchalari bir - biriga qaragan bo‘ladi. 

Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibi o‘simlik turiga qarab har xil bo‘ladi. 

U asosan sellyuloza, gemitsellyuloza va pektindan iborat bo‘ladi. 

Zamburug‘  va  bakteriyaning  xujayra  po‘sti  azot  va  xitin  moddasidan 

tuzilgan. 

Ko‘k yashil suv o‘tlarida esa pektin moddalaridan tarkib topgan. 

Gemitsellyuloza  sellyulozadan  tarkibi  va  mustahkam  emasligi  bilan 

farqlanadi. Hujayra po‘sti sellyulozadan tarkib topgan bo‘lsa, u o‘zidan suv va 

havoni osongina o‘tkazib tura oladi. 

Hujayra  po‘stining  kimyoviy  tarkibi  yoshiga  qarab  o‘zgarib  turadi. 

Chunki ularning devori xossalarini o‘zgartirib yuboradigan organik va mineral 

moddalarni  shimib  oladi.  Bu  o‘zgarishlar  asosan  bir  necha  protsesslardan: 

yog‘ochlanish,  po‘kaklanish,  shilimshiqlanish  va  minerallanish  kabilardan 

iborat.  

Hujayra  po‘sti  organik  modda  lignin  bilan  to‘yinsa  –  yog‘ochlanadi, 

suberin  bilan  to‘yinsa  po‘kaklanadi,  kutinlashganda  mumsimon  (moysimon) 

modda bilan to‘yingan bo‘ladi. 

Suberin  va  kutin  tirik  hujayralarda  hosil  bo‘ladi  va  to‘planadi,  chunki 

ular sitoplazmaning mahsulidir. 

Shilimshiqlanish suv o‘tlarida, zamburug‘larda, behi urug‘ida bo‘ladi, 

shilliq modda namni saqlab hujayrani qurib qolishdan asraydi. 

 

 



2.  Darsning vazifasn. 

 

Hujayrada  to‘planadigan  chiqindi  moddalar,  hujayra  shirasi  va  hujayra 

po‘stining  holatlari,  vazifalari,  kimyoviy  o‘zgarishlari  va  ularni  aniqlash 

usullari o‘rganiladi. 

 

3.  O‘quv jarayonining mazmuni. 

 

1.  Chiqindi moddalar qanday holatda bo‘lishi 

2.  Kristallar hujayraning qaysi qismida to‘planishi 

3.  Kristallarning kimyoviy tarkibi va shakllari 

4.  Hujayra shirasining hosil bo‘lishi 

5.  Hujayra vakuolasidagi moddalar va ularni aniqlash usullari 

6.  Hujayra po‘stining vazifasi 

7.  Hujayra po‘stida kechadigan kimyoviy o‘zgarishlar 

8.  Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibini aniqlash usullari 

 

4.O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma 



(shakl), vosita, usul, nazorat, baxolash). 

 

a) Darsning turi - suhbat  

b) Metod: - Bumerang, Vertushka 

v) Forma (shakl) – guruh 



 

26 


g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat, mikroskop 

d) Usul - nutqli 

e) Nazorat - kuzatish (ko‘rish) 

j) Baxolash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash 



 

5. Metod - Bumerang, Vertushka 

 

 



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling