O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 
 
Адабиётлар: 
1.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга 
Мурожаатномаси. 2020 й. 29 декабрь. 
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги ПФ-5712-
сон Фармони. 
3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 сентябрдаги “Халқ таълими 
тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини татбиқ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 
ПҚ–3931-сон қарори 
4.Джураев Р.Х. Непрерывное образование профессиональное развитие педагога. // 
Узлуксиз таълим. Тошкент.2014. №-1. 3-10б. 
5. Зарипов К.З. Ўқитувчи фаолияти ва шахсини педагогик ташхис асосида ўрганиш. // 
Халқ таълими 2002. 3- сон, 83-87б
 
 
 
 
 
 
 


- 47 - 
ZAMONAVIY SINF RAHBARI KOMPETENTLIK DARAJASINI 
RIVOJLANTIRISH ZARURATI 
Muradov Ikrom Turdiboyevich - A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini 
o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi 
Annotatsiya: Ushbu mavzuni yoritish asosida sinf rahbarlarining kompetentlik 
darajasini rivojlantirishning umumiy qoidalari, omillari va vositalari aniqlangan. 
Shuningdek, masalaning mohiyatini yoritilishiga doir ilmiy – amaliy tavsiyalar 
berilgan. 
Sinf rahbari – maktabdagi o‘quv va tarbiya ishlarining bevosita va asosiy 
tashkilotchisidir. U bolaga o‘qituvchilar jamoasi a’zolaridan ko‘ra yaqinroqdir, 
shuning uchun u bolalarning shaxsiy rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. Sinf rahbari – sinf o‘quvchilari jamoasining tashkilotchisi bo‘lishi, 
o‘quvchilarni, ularning yashash sharoitlarini, fe’l-atvor xususiyatlarini, qiziqishlari va 
moyilligini yaxshi bilishi va shularni hisobga olgan holda maktab oldida turgan o‘quv 
vazifalarni hal qilishda sinf bilan ko‘p qirrali ishlarni olib borishi kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish Xalq 
ta’limi vazirining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug‘i ilovasiga muvofiq (sinf 
rahbari nizomi) tashkil etildi. Unga muvofiq sinf rahbarining asosiy vazifalari 
belgilab berildi.
Davlat rahbari sinf rahbarlarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini 
munosib rag‘batlantirish chorasi ko‘rilayotganini, xususan, 2020-yil 1-oktabrdan 
boshlab 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim 
barobar oshirilishini aytib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, mazkur maqsadlar uchun yillik 400 
milliard so‘mdan ziyod qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘qituvchi va murabbiylar 
kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ma’lum qildi:
– Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab 
ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston 
ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni 
qo‘llab-quvvatlaydi[1], - dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida. 
Albatta, hammamiz maktab davrini eslaganimizda, ko‘z oldimizga avvalo, 
talabchan va mehribon sinf rahbarimiz keladi. Nima uchun? Chunki, maktabdagi har 
bir qadamimiz mana shu aziz va olijanob insonlarning doimiy e’tibori va 
g‘amxo‘rligida bo‘lgan. Hayotga ilk yo‘llanmani ham bizga mana shu ustozlarimiz 
bergan. 
Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa 
hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash – tarbiyaning yetakchi maqsadidir. 
Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to‘liq va mukammal 
ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon 
etilgan, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa 
nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. 


- 48 - 
Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar 
jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy 
vazifasi o‘qishdan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o‘qishga 
qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarni 
sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi - 
ularning o‘qishdagi mo‘ljallari ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi 
hisoblanadi. O‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar ro‘y bermasligi uchun jamoaning 
rivojlanish usulini aniqlab olishimiz kerak. Buning eng ishonchli usuli - o‘quvchilarni 
ular bilan darsda, darsdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish jarayonida 
kuzatishdan iboratdir. Maxsus diagnostik usullar, masalan, anketa tarqatish, 
pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirish va boshqalardan ham foydalanish mumkin. 
Lekin, bu usullar guruhini juda ehtiyotkorlik bilan, katta pedagoglik odob bilan 
qo‘llash lozim. O‘quvchilarni o‘rganishning har bir usuli ayni vaqtda tarbiya usuli 
ham ekanligi o‘qituvchilar uchun qonun bo‘lishi kerak. Jamoada shaxsni yakka 
tartibda tarbiyalashda maktab o‘quvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalashga jalb etish, uni 
tegishli malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Zamonaviy 
sinf 
rahbari 
o‘quvchilar yomon xulq-atvorining, past 
o‘zlashtirishning sabablarini puxta o‘rganadi. Bunda o‘quvchining sinfdoshlari bilan 
munosabatlari, bu munosabatlarning ma’naviy asoslari eng muhim masalalardan 
biridir. Sinf rahbari maktabdagi eng universal pedagogik hisoblanib, u bajaradigan 
mehnatning o‘lchovi, chegarasi yo‘q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa 
olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis va ta’masiz 
shaxs bo‘lib, jamoachilik asosida ishlaydi. Shunday qilib, ustoz qanchalik obro‘ 
qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi va aksincha, 
tarbiyachining shaxsi qanchalik past bo‘lsa, uning ta’siri shuncha bo‘sh va 
o‘quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo‘ladi. Yuqorida aytib 
o‘tilgan fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning 
muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi. 
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri – bu o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan 
havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kasb- hunarga bo‘lgan layoqatini, 
yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi hayoti 
rejalarini amalga oshirish, o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. 
Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, vaqtida ularga 
tegishli yordam ko‘rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. 
Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga 
rioya qilish, har bir o‘quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan 
talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, o‘z malakasini 
tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, 
sinf rahbarining o‘zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy g‘oyaga 
mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pligiga asosiy sabab o‘quvchilarning 
oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon 
bo‘lavermasligidadir. 
Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o‘sayotgan insonga 
oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar o‘quvchiga nisbatan 


- 49 - 
xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o‘quvchilik 
faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat. 
Sinf rahbari o‘zining g‘oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga 
bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona idealogiya va yomon 
xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining 
axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi xam bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari 
ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy 
fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi.
Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o‘quvchilarning kundalik hayotini 
uyushtiruvchi hamdir. O‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish, ularni o‘zi bilan yetaklash 
faqat yuksak irodali insonning qo‘lidan keladi. Auditoriya, o‘quvchilar jamoasiga 
pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni o‘tkir, har qanday vaziyatni 
mustaqil yechishga doim tayyor bo‘lishligini talab qiladi. 
Sinf rahbarlarning doimiy tarzda bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, 
ularning kompetentligini yanada oshirish maqsadida sinf rahbarlarini qayta 
tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini ko‘proq tashkil 
etilishi maqsadga muvofiq deb hisoblayman. 
Zero, bugungi kunda jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qaddi, sha’ni 
va g‘ururi tiklanayotgani barchamizni quvontiradi. Ayni vaqtda bu o‘ta muhim 
masala eng dolzarb vazifamiz ekanini alohida ta’kidlab, uni amalga oshirish butun 
jamiyatimizning burchiga aylanishini istardim.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling