O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 
Адабиётлар: 
1. 
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 25-январдаги “Халқ таълими 
соҳасидаги илмий-тадқиқот фаолиятини қўллаб қувватлаш ҳамда узлуксиз касбий 
ривожлантириш тизимини жорий қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4963-сон 
Қарори. 
2. 
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 25-январдаги “Халқ таълими 
соҳасидаги илмий-тадқиқот фаолиятини қўллаб қувватлаш ҳамда узлуксиз касбий 
ривожлантириш тизимини жорий қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4963-сон 
Қарори. 
3. 
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018-йил 13-декабрдаги “Ўзбекистон 
Республикаси давлат бошқарувига рақамли иқтисодиёт, электрон ҳукумат ҳамда ахборот 
тизимларини жорий этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ-5598-сон 
Фармони. 
4. 
Б.С.Ахраров. Ахборот хавфсизлиги бўйича амалиёт. Ўқув қўлланма. 2009-й. 
5. 
А.Джайлавов. Таълим соҳасида интерактив давлат хизматларидан фойдаланиш 
технологиялари (малака ошириш курслари тингловчилари учун услубий қўлланма) – 
А.Авлоний номидаги ХТХҚТМОМИ, 2016 й. 
6. 
С.Эшқобилов. Таълим муассасаларини бошқаришда ахборот тизимларини жорий 
қилиш. Методик қўлланма, А.Авлоний номидаги ХТТРМХҚТМОИ, 2018-й. 
7. 
https://www.coursera.org,  
8. 
http://www.udacity.com 
9. 
https://www.onlinedu.uz 
 
 


- 180 - 
MASOFAVIY MALAKA OSHIRISHDA O‘QUV-USLUBIY 
TA’MINOTNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
G.V.Yeldasheva – Toshkent shahri XTXQTMOXM, Pedagogika fanlari nomzodi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada malaka oshirish tizimida masofaviy ta’limni 
qo‘llash muammolari hamda masofaviy malaka oshirishda foydalaniladigan o‘quv-
uslubiy ta’minotning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan.
 
Ta’lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni axborotlar oqimining 
ko‘payib ketayotgan hozirgi sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsatishga, muttasil 
ravishda o‘z malakasini oshirib borishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. Ayniqsa, 
hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida masofaviy ta’limni umumiy o‘rta 
ta’limdan boshlab, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’limigacha 
qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Lekin, masofaviy ta’limning mohiyatiga 
ko‘ra, uni kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda qo‘llash juda qo‘l 
keladi. Zero bunda, katta yoshdagi “o‘quvchilar” bo‘lmish o‘qituvchilarni “o‘zini o‘zi 
boshqara oladigan individ sifatida his qilishlari”, “hayotiy va kasbiy tajribaga 
egaliklari”, “o‘qish orqali o‘zining muhim hayotiy muammolarini hal qilishga va 
ma’lum maqsadlarga erishishga intilishlari”, “o‘qish davomida egallagan bilim, 
ko‘nikma 
va 
malakalarini 
kechiktirmasdan 
amaliyotga 
tatbiq 
qilishga 
shaylanganliklari” kabi motiv va omillar masofadan malaka oshirish va qayta 
tayyorlashning samarali bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Malaka oshirish tizimida masofadan o‘qitish kurslari tashkil etilsa, har bir 
o‘qituvchi o‘z ish joyida ehtiyoji bo‘yicha kerakli axborotlarni katta hajmda qabul 
qilib, ularni ta’lim jarayonining samarasini oshirishda qo‘llash imkoniyatiga ega 
bo‘lar edi. 
Masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy masalalaridan biri – bu masofaviy 
malaka oshirish kurslarining o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish masalasidir. 
Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy ta’minoti deganda, o‘quv maqsadlariga 
erishish maqsadida mustaqil ravishda o‘rganish uchun o‘quv-meyoriy hujjatlar va 
zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy vositalar majmuasi 
tushuniladi. 
Masofaviy malaka oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning o‘ziga xos 
xususiyatlari deb quyidagilarni belgilash mumkin: 
1. Mustaqil o‘rganish imkoniyatlarining yaratilishi. Tinglovchiga o‘quv 
materialini mustaqil o‘zlashtirishi uchun turli yo‘riqnomalar va tavsiyalar beriladi. 
Kurs yo‘riqnomasida materialni o‘zlashtirish davomida nimalarga e’tiborni qaratish 
va qanday vazifalarni bajarish kerakligi aniq bayon qilinadi. Bundan tashqari, 
tinglovchiga o‘zlashtirgan materialni amalda qo‘llash bo‘yicha kerakli maslahat va 
tavsiyalar beriladi. 
2. Yetarli darajadagi ma’lumotlarning mavjudligi. O‘quv vositalaridagi 
materiallar imkon darajada to‘liq beriladi va matnda havola etilgan qo‘shimcha 
adabiyotlardan ko‘chirmalar ilovalarda keltiriladi. 


- 181 - 
3. Turli sezgi a’zolari orqali ma’lumotlarning o‘zlashtirilishi. Masofaviy 
ta’limda tinglovchilar o‘quv qo‘llanmalarni o‘qishi va undagi rasm, chizmalarni 
ko‘rishi, multimediali elektron qo‘llanmalar orqali esa o‘qishi, ko‘rishi, eshitishi, 
hattoki bajarib ko‘rishi orqali ma’lumotlarni turli sezgi a’zolari orqali o‘zlashtirish 
imkoniyati yaratiladi. 
4. Yuqori darajada vizuallikning ta’minlanishi. Masofaviy malaka oshirish 
o‘quv-uslubiy ta’minoti vositalarida vizuallik yuqori darajadagi ko‘rinishda bo‘ladi. 
Bunday vositalarda ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda, matnlar turli rasm, 
fotosurat, grafik va chizmalar bilan boyitilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron 
qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayoni, texnologik jarayonlar, ko‘z bilan ko‘rish 
imkoniyati bo‘lmaydigan jarayonlarni ham kuzatish mumkin bo‘ladi. 
5. Interfaollikning ta’minlanishi. Tinglovchi o‘zlashtirish mobaynida o‘quv 
materiali bilan faol muloqotda bo‘lishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratiladi. 
Buning uchun o‘quv materialida tinglovchi o‘z tajribasi orqali ega bo‘lgan, mavzuga 
tegishli bilimni aniqlashga undovchi “Aqliy hujum” metodidan, mavzu yuzasidan 
berilgan muammolarni yechish bo‘yicha “Muammoli vaziyat” metodidan va boshqa 
shu kabi interfaol metodlardan unumli foydalaniladi.
6. O‘z-o‘zini nazorat qilish tizimining mavjudligi. Tinglovchi butun o‘zlashtirish 
davrida o‘z-o‘zini nazorat qilib borishi uchun har bir moduldan so‘ng o‘quv 
maqsadlariga muvofiq ravishda nazorat savollari va topshiriqlar berilib boriladi.
7. Axborot va telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanilishi. Axborot va 
telekommunikatsion texnologiyalari asosida masofaviy malaka oshirish o‘quv-
uslubiy ta’minotining elektron vositalarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Masofaviy ta’limga asoslangan malaka oshirish kurslarining o‘quv-metodik 
ta’minoti alohida talablarga javob bergan holda, yuqori darajada sifatli ishlab 
chiqilgan bo‘lishi lozim. Masofaviy malaka oshirish asosida o‘rganish uchun 
o‘qituvchi nafaqat axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi, 
balki, o‘quv-metodik materiallardan unumli foydalanish, ayni paytda mustaqil ta’lim 
olish madaniyatini shakllantira olishi lozim. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling