O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qonunning hal qiluv qarorini bekor qilishga asos bo‘lmaydigan darajada buzilganligini ko‘rsatish


Download 284.5 Kb.
bet160/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

379-modda. Qonunning hal qiluv qarorini bekor qilishga asos bo‘lmaydigan darajada buzilganligini ko‘rsatish
Apellatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyasi sudlari ishni ko‘rgan sud tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunni buzish hollari hal qiluv qarorini bekor qilishga, o‘zgartirishga yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarishga asos bo‘lmaydi deb topsa, bu haqda ajrimda, qarorda yoki xususiy ajrimda ko‘rsatishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 375 — 378-moddalari.
380-modda. Nazorat instansiyasi sudi ko‘rsatmalarining majburiyligi
Nazorat instansiyasi sudining ajrimda yoki qarorda bayon qilingan ko‘rsatmalari mazkur ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni nazorat tartibida ko‘rayotgan sud ishni yangidan ko‘rish uchun sudga yuborganda, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi to‘g‘risidagi, bir dalilning boshqasidan ustunligi haqidagi, shuningdek ish yangidan ko‘rilganida qanday qaror chiqarish mumkinligi to‘g‘risidagi masalalarni oldindan belgilab qo‘yishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 378-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 01.06.2001-yildagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarori 11-bandi uchinchi xatboshisi.
381-modda. Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlari ajrimining (qarorining) qonuniy kuchi
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining ajrimi (qarori) chiqarilishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 378-moddasi.
382-modda. Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud ajrimining va qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish
Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, ularga apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining ko‘chirma nusxasi ajrim yoki qaror chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 270, 273, 284, 378-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling