O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


Download 284.5 Kb.
bet161/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

44-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
383-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddati
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning hal qiluv qarori ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida apellatsiya tartibida shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin.
Ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan shikoyat (protest) shikoyat (protest) bergan shaxsga qaytariladi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 155-moddasi qoidalari asosida hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi, 151, 373-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 28.12.1998-yildagi 31-sonli “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2, 3-bandlari.
384-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadigan sudlar
Quyidagilar:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari — tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining 02.09.1993-yildagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi birinchi, ikkinchi xatboshlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling