Xarakteristik qovushqoqlikni tajribada o’lchash .
Yuqorida aytilganidek, bu maqsadlar uchun Ostvald yoki Ubbelode viskozimetlari ishlatiladi.
6-rasm.
a) ostvald viskozometri b) Ubbeloue viskozometriya
Ostvalgd visozimetri ishlatilganda, har xil konsentratsiyadagi eritmalar kolbada tayyorlanadi va har safar viskozmetrga qo’yilishi kerak. Bundan farqli o’laroq Ubbelode viskozimetri boshlang’ich konsentratsiyali eritmani viskozimetrning o’zida subltirish imkonini beradi.
Xarakteristik qovushqoqligini o’lchanganda qayta cho’ktirilgan, yaxshi quritilgan polimerlar va haydab tozalangan erituvchilar ishlatilishi kerak. Tajriba paytida ishlatilishi kerak bo’lgan asbob va idishlar (viskozimetr, kolba, pipetka, shprits, rezina naylar) yaxshilab yuvilgan va quritilgan bo’lishi kerak. Tayyorlangan viskozimetr termostatga tik xolatida o’rnatiladi .Termostatda tanlab olingan harorat ± 0,50 S aniqlikda o’lchab turilishi kerak.
Birinchi navbatida viskozmetrda ikki belgi orasida erituvchining oqish vaqti sekundomer yordamida aniqlanadi. Shundan keyin viskozimetr termostatdan olinib undagi erituvchi to’kiladi va viskozimetr quritiladi. Xarakteristik qovushqoqlikni aniqlash uchun viskozimetrga ma’lum konsentratsiyali eritmalarning oqish vaqti aniqlanadi.
Boshqa konsentratsiyali eritmalarning oqish vaqtini aniqlash uchun viskozimetrdagi s konsentratsiyali eritmaga pipetka orqali ma’lum miqdorda erituvchi solinib, C2, C3, C4, konsentratsiyali eritmalarning mos ravishda t2, t3, t4 oqish vaqtlari o’lchanadi.
Suyultirilgan eritmalarning konsentratsiyasi quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
(2.13)
cl– viskozmetrdagi eritma konsentratsiyasi, g/ dl.
c2–viskozimetrdagi c konsentratsiyali eritmaga ma’lum
Miqdorda erituvchi qo’shilgandan keyingi konsentratsiya, g/dl.
Vl- viskozmetrdagi s konsentratsiyali eritmaning miqdori, ml.
V2- qo’shilgan erituvchining miqdori, ml.
Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
2-jadval
Erituvchining oqish vaqti.
t0, sek
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |