Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Baliq konservalarini qadoqlash, joylash va tamg‘alash
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Baliq konservalarini qadoqlash, joylash va tamg‘alash. Baliq konservalari va prezervlari tunuka va shisha bankalarga qadoqlanadi. Tunuki bankalarda albatta tamg‘alari bo‘lishi kerak. Tamg‘a bankaning qopqog‘iga bo‘rttirib ikki qator raqamlar bilan bosiladi. Shartli belgining birinchi qatorida konserva ishlab chiqarilgan zavodning nomeri (2 yoki 3 raqam bilan) va ishlab chiqarilgan yili (oxirgi raqam) ko‘rsatiladi. Shartli belgining ikkinchi qatorida esa konserva ishlab chiqarilgan smena (bir raqam bilan), konserva ishlab chiqarilgan chislo (ikki raqam bilan), konserva ishlab chiqarilgan oy (rus alfavitida A dan N gacha) va konservaning assortimenti (uch raqam bilan) ko‘rsatiladi. Konservalar toza, isitiladigan, yaxshi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi kerak. Omborxonalardagi harorat 0 0 dan 15 0 S gacha, havoning nisbiy namligi esa 70-75% bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shunday sharoitda ularning saqlash muddati konservalarning turi va qanday idishga qadoqlanganligiga qarab 6 oydan 2 yilgacha qilib belgilangan. Prezervlar esa sterilizatsiya qilinmaganligi uchun past haroratda, ya’ni 0 0 S dan -8 0 S gacha bo‘lgan sharoitda saqlanishi tavsiya etiladi. Prezervlarning kafolatlangan saqlash muddati mahsulot jo‘natilgan kundan boshlab 45 kunni tashkil etadi. Saqlanayotgan konservalar va prezervlarning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining qanday o‘zgarib borayotganligi doimiy kuzatib borilishi kerak. Organoleptik usulda ularning ta’mi va hidi qanday o‘zgarayotganligi, bankadagi mahsulotning rangida bo‘ladigan o‘zgarishlar, ularda bombaj belgilari bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Fizik – kimyoviy usulda esa qalay va mis tuzlarining, azotli birikmalarning va boshqa moddalarning miqdori aniqlanib turilishi maqadga muvofiqdir. Takrorlash uchun savollar: 1. Baliq konservalarining sifatini baholashda organoleptik ko‘rsatkichlaridan nimalarga e’tibor qaratiladi? 2. Baliq konservalarining germetik bekitilganligi qanday aniqlanadi? www.sies.uz Page 300 of 306 301 3. Baliq konservalari qadoqlanganlik sifati bo‘yicha qanday talablarga javob berishi kerak? 4. Baliq konservalarining sifatini baholashda qanday fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlanadi? 5. Baliq konservalari turkibida qalay tuzlari qancha miqdorda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi? 6. Baliq konservalarida qanday nuqsonlar uchraydi? 7. Bombaj belgilari ber baliq konservalarini ovqatga ishlatish mumkinmi? 8. Sterilizatsiya jarayonining buzilish natijasida vujudga keladigan nuqsonlarni tushuntirib bering. www.sies.uz Page 301 of 306 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling