Oziq-ovqat kimyosi


Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar 
Mioglobin oqsili, xlorofil, karotinoid, antotsian, metmioglobin, 
metglobulin.
Takrorlash uchun savollar 
1. Go‘sht mahsulotlariga rang beruvchi moddalarni aytib bering? 
2. O‘simlik mahsulotlariga rang beruvchi moddalarni aytib bering? 
3. Go‘sht mahsulotlari rangining o‘zgarishini izohlab bering? 
4. O‘simlik mahsulotlari rangining o‘zgarishini izohlab bering? 
 


147 
X-BOB. OZUQAVIY BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR 
KIMYOSI 
 
10.1. Ozuqaviy biologik faol qo‘shimchalar, aromizatorlar 
10.1.1. Oziq-ovqat qo‘shimchalar haqida umumiy tushuncha 
 
Ozuqa qo‘shimchalari - tabiiy va sintetik moddalar bo‘lib ozuqaviy 
modda sifatida o‘zlashtirilmaydi. Ular oziq-ovqat mahsulotlar tarkibiga 
qo‘shilishidan maqsad, mahsulotni saqlash muddatini uzaytirish, tashqi 
ko‘rinishini saqlash va organoleptik xususiyatlarini o‘zgartirishga 
qaratilgan. 
Mahsulot tarkibiga ozuqaviy qo‘shimchalar quyidagi maqsad uchun 
qo‘shiladi: 
1. Xomashyolarni qayta ishlashni, 
qadoqlashni, 
saqlashni 
takomillashtirish. 
2. Tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlash. 
3. Organoleptik xususiyatlarni yoki tuzilishini, barqarorligini 
uzaytirish. 
Ozuqaviy qo‘shimchalar bir necha guruhlarga bo‘linadi: 
 ozuqaviy moddalarni tuzilishini yaxshilaydigan moddalar (rang 
beruvchi moddalar, rangni barqarorlashtiruvchi, oqartiruvchi 
moddalar); 
 mahsulot ta’mini boshqaruvchi moddalar (ta’m beruvchi 
moddalar, shirinlashtiruvchi moddalar, kislotalar); 
 mahsulot konsistensiyasini boshqarish va qattiqlikni shaklantirish 
(quyuqlashtiruvchi, gel hosil qiluvchi moddalar, emulgatorlar va 
boshqalar); 
 mahsulotni tabiiyligini va saqlash muddatini uzaytiruvchi 
moddalar (konservantlar, antioksidantlar va boshqalar).
Hozirgi 
kunda 
oziq-ovqat 
mahsulotlariga 
qo‘shiladigan 
qo‘shimchalar 500 dan ortib ketgan.
Raqamli kodlash asosida qo‘shimchalar quyidagicha sinflangan.
 E100- E182 — rang beruvchi moddalar; 
 E200 va 299 — konservantlar;
 E300 va E399 —antioksidantlar; 
 E400 va 499 — quyuqlikni barqarorlashtiruvchi moddalar; 
 E450 va E449, E1000 — emulgatorlar; 
 E500 va 599 — kislotalikni boshqaruvchi moddalar, 
yumshatuvchilar; 
 E600 va 699 — ta’m va xushbo‘ylikni kuchaytiruvchilar; 


148 
 E700—E800 — zaxira indekslari; 
 E900 va keyingilari — nonni yaxshilovchi moddalar. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling