Pensiya ishi


 Xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana17.04.2020
Hajmi1.58 Mb.
#99846
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Davlat xaridi umk[1]


3. Xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi 
Tender  savdolarini  boshqarishda  baholar  monitoringini  amalga  oshirish 
tartibi, quyidagi sohalar misolida ko’rib chiqiladi: 

  byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini  sotib 
olish jaraenida; 

  buyurtmachilar tomonidan kapital qurilish (rekonstruktsiya va ta’mirlash) 
bo’yicha xarajatlarni amalsha oshirish jarayonida. 
Bunda  g’aznachilikning  hududiy  bo’linmalari  tomonidan,  byudjetdan 
mablag’  oluvchilar  tomonidan  xarid  qilinadigan  oziq-ovqat  mahsulotlari 
baholarining  monitoringini  amalga  oshirish,  O’zbekiston  Respublikasining 
demonopolizatsiya,  raqobat  va  tadbirkorlikni  qo’llab-quvvatlash  Davlat  qo’mitasi 
(keyingi  o’rinlarda  -  Antimonopoliya  qo’mitasi)tomonidan  taqdim  etiladigan,  
respublika hududlari bo’yicha oziq-ovqat mahsulotlarining o’rtacha oylik baholari 
to’g’risidagi  ma’lumotlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Byudjetdan  mablag’ 
oluvchilar  tomonidan  oziq-ovqat  mahsulotlarini  xarid  qilish  bo’yicha  tuzilgan 
shartnomalarni  ro’yxatdan  o’tkazish  jarayonida  Antimonopoliya  qo’mitasi 
tomonidan  taqdim  qilingan  ma’lumotda  ko’rsatilgan  baholardan  ortiq  bo’lgan 
baholarda tuzilgan shartnomalar g’aznachilikning hududiy bo’linmalari tomonidan 

ro’yxatga  olinmaydi.  Antimonopoliya  qo’mitasi  tomonidan  ma’lum  hudud 
bo’yicha(tuman,  shahar),  ma’lum  vaqt  oralig’ida  taqdim  etilgan  oziq-ovqat 
maxsulotlari bo’yicha baholar(xxxx)  jadvalini misol tariqasida ko’rsatish mumkin: 
 
Mahsulot nomi
34
 
Bahosi (sum) 
Un 
xxxx 
O’simlik yog’i 
xxxx 
Sariyog 
xxxx 
Non 
xxxx 
Kartoshka 
xxxx 
Piyoz 
xxxx 
Sabzi 
xxxx 
Guruch 
xxxx 
Go’sht 
xxxx 
 
 
Ushbu yuqorida belgilangan o’rtacha baholarni hisobga olingan holda tuman 
g’aznachilik bo’linmasida hisob ishlari olib boriladi. Ya’ni, shartnomalar o’rtacha 
baholar  asosida  tuzilib,  hisobvaraq-fakturalar  ham  ushbu  baholar  doirasida  qabul 
qilinadi.  Mazkur  9  xil  oziq-ovqat  maxsulotlaridan  tashqari  barcha  boshqa  oziq-
ovqat maxsulotlarga esa, hududiy bozor o’rtacha baholari orqali belgilanadi.  
Baholar  monitoringining  ahamiyati  debitor  va  kreditor  qarzdorlikka  chek 
qo’yish,  hisobotlarni  soddalashtirish,  byudjet  tashkilotlari  xarajatlar  smetasida 
tasdiqlangan  xarajatlarini  byudjet  tasnifi  buyicha  xarajat  kilinishi  nazorat  kilish, 
byudjet  tashkilotlari  uchun    olinadigan  yoki  ko’rsatiladigan  xizmatlar  uchun 
tuziladigan shartnomalarni qonuniy tuzilishi, tovarlar yoki xizmatlar sifatli bo’lishi 
uchun  tenderlar  va  tanlovlar  orqali  shartnomalar  tuzish,    byudjet  mablag’ini  anik 
maksadlar sarflanishini nazorat qilishlilik yuqori samara berishidan dalolatdir. 
Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  tomonidan  xarid  etiladigan  boshqa  turdagi 
mahsulotlar  baholarini  nazorati  2009  yil  16  sentyabrda  ro’yxatgan  olingan  2007-
sonli  “Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  qoidalari”ga  binoan  hamda  boshqa 
manbalardan  olingan  o’rtacha  bozor  baholari
35
  bilan  solishtirish  orqali  amalga 
oshiriladi. 
Baholar  manitoringini  o’tkazishdan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  -  bu, 
asoslanmagan  debitorlik  va  kreditorlik  qarzdorligining  yuzaga  kelishini  oldini 
                                           
34
 Ushbu mahsulotlar soni xarid baholari nazorat etish uchun  yangidan kiritiladigan mahsulotlar hisobiga ortishi 
(kamayishi) mumkin. 
35
 Amaliyotda turli xildagi mahsulotlarning o’rtacha bahosi ixtisoslashtirilgan axborot manbalari (reklama jurnallari, 
gazeta  va  boshqalar),  shuningdek,    mas’uliyatli  manbalar  (mahalliy  hokimiyatlarning  iqtisodiyot  bo’linmalarining 
ma’lumotlari, o’xshash mahsulotlarning bozor baholari haqidagi mahalliy bozorlar ma’muriyati tomonidan taqdim 
etiladigan ma’lumotlar va boshqalar) asosida aniqlanadi. 

olish,  byudjet  mablag’laridan  maqsadli  foydalanishni  (tasdiqlangan  smetalar 
asosida, byudjet klassifikatsiyasi moddalariga mos ravishda) ta’minlashdan iborat. 
Mahsulotlar(xizmatlar,  ishlar)ni  xarid  etish  bo’yicha  shartnomalar  tender 
yoki  konkurs  (tanlov)  savdolari  orqali  amalga  oshiriladi  va  bundan  ko’zlangan 
asosiy  maqsad  optimal  baholardan  sifatli  mahsulotlarni  xarid  etishdan  iboratdir. 
Baholar  optimalligi  va  byudjet  mablag’laridan  maqsadli  foydalanishni  nazorat 
etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori samarasini ta’minlovchi muhim omil 
hisoblanadi.  
Tadqiqotlar  natijasida  baholar  monitoringi  tizimidagi  mavjud  muammolar 
sifatida quyidagilar aniqlandi: 

  tovarlar  va  xizmatlar  bahosi  to’g’risida  tizimlashgan  tarzda  axborot 
olishning etishmasligi (ayniqsa respublika hududlari bo’yicha); 

  mavjud  baholar  monitoringi  tovarlarning  assortimenti  (sifati,  texnik  va 
boshqa muhim tavsiflari)ni hisobga olmaydi; 

  baholar  monitoringi  amalga  oshirishda  transport  xarajatlarini  hisobga 
olishni tartibga soluvchi mexanizm etishmaydi; 

  ayrim  oziq-ovqat  mahsulotlari  bo’yicha  Antimonopoliya  qo’mitasi 
tomonidan  taqdim  etilgan  baholar,  joylarda  o’rnatiladigan  baholar  bilan  keskin 
farqlanadi. 
Kapital  qurilish  sohasida  davlat  xaridini  tashkil  etishda  baholar  monitoringi 
O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Makroiqtisodstat  vazirligi  va 
Davarxitektqurilish  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Buyurtmachilar  va  pudrat 
tashkilotlari  tomonidan  davlat  byudjeti  mablag’lari  va  hukumat  kafolati  ostidagi 
kreditlar  hisobiga  moliyalanadigan  qurilish  ob’ektlari  uchun  xarid  qilinadigan 
uskunalar,  binokorlik  materiallari  va  konstruktsiyalarining  eng  yuqori  baholarini 
belgilash tartibi to’g’risida”gi Nizomi bilan tartibga solinadi. 
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 
5  avgustdagi  305-son  qaroriga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  va  buyurtmachilar  va 
pudrat  tashkilotlari  tomonidan  davlat  byudjeti  mablag’lari  va  hukumat  kafolati 
ostidagi  kreditlar  hisobiga  moliyalanadigan  qurilish  ob’ektlari  uchun  xarid 
qilinadigan  uskunalar,  binokorlik  materiallari  va  konstruktsiyalarining  eng  yuqori 
narxlarini belgilash tartibini nazarda tutadi (bundan keyin  binokorlik materiallari). 
Nizom qurilishi tender savdolarisiz o’tadigan hamda davlat byudjeti mablag’lari va 
hukumat  kafolatlari  ostidagi  kreditlar  hisobiga  moliyalashtiriladigan  o’tuvchi 
ob’ektlar  bo’yicha  barcha  buyurtmachilar  va  pudrat  tashkilotlari  tomonidan 
qo’llanilishi  kerak.  Binokorlik  materiallarining  eng  yuqori  narxi  Vazirlar 
Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 305-son qaroriga muvofiq ishlab chiqargan 
korxonaning  ulgurji  sotish  narxi  (yoki  import  mahsulotining  xarid    qiymati)dan 
kelib  chiqib,  transport  xarajatlarini  hamda  ularga  nisbatan  qo’llaniladigan  eng 

yuqori  tayyorlash-ombor  va  vositachilik  ustamalarini  hisobga  olgan  holda, 
vositachilar  sonidan  qat’i  nazar,  20  foizdan  yuqori  bo’lmagan  miqdorda 
shakllantiriladi.  Import  mahsulotining  xarid  qiymati  O’zbekiston  Respublikasi 
Moliya  vazirligi,  Markaziy  banki,  Makroiqtisodiyot  va  statistika  vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan 
kelishilgan  Buxgalteriya  hisobi,  statistika  va  boshqa  hisobotlarda  xorijiy 
valyutadagi  operatsiyalarni  aks  ettirish  tartibining  (3.06.2000  yil,  ro’yxatga  olish 
raqami 931) 3.9-bandiga muvofiq belgilanadi. 
Binokorlik  materiallariga  hisob-kitob  hujjatlari  (yukxatlar,  hisobvaraq-
fakturalar 
va 
boshqalar)ni 
rasmiylashtirayotganda 
vositachilar 
quyidagi 
qo’shimcha ma’lumotlarni ko’rsatishlari shart: 

  transport  xarajatlarini  hisobga  olib,  ishlab  chiqargan  korxonaning  ulgurji 
sotish narxi yoki import mahsulotining xarid qiymati; 

  respublikada  tayyorlangan  binokorlik  materiallarini  ishlab  chiqaradigan 
korxona yoki import mahsulotlarini bojxonadan o’tkazish punktining nomi; 

  respublikada  tayyorlangan  binokorlik  materiallarini  ishlab  chiqaradigan 
korxonaning ularni chiqarish sanasi yoki import mahsulotini bojxonadan o’tkazish 
sanasi; 

 
qo’llaniladigan savdo ustamasi (qo’shimcha haq) miqdori. 
Vositachi  tomonidan  respublika  hududidagi  boshqa  vositachilardan 
binokorlik  materiallari  xarid  qilinganida,  ularning  nomi  va  savdo  ustamasi 
(qo’shimcha haq) ko’rsatiladi. 
Ishlab  chiqargan  zavodning  ulgurji  sotish  narxi  oshgan  va  buyurtmachilar 
hamda  pudrat  tashkilotlari  tomonidan  vositachilarga  bo’nak  to’lovlari  amalga 
oshirilmagan bo’lsa, ularni sotish  chog’ida  binokorlik  materiallarining eng  yuqori 
narxi vositachilar tomonidan ularni ishlab chiqargan zavodning ulgurji sotish narxi 
darajasiga etkazilishi mumkin. Mazkur Nizomga rioya etilmaganda, buning uchun 
javobgarlik  qonunda  belgilangan  tartibda  buyurtmachilar  va  pudratchilarning 
birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Istiqbolda, baholar monitoringini amalga 
oshirish  sifatini  oshirish  maqsadida,  G’aznachilikning  dasturlar  kompleksi  bilan 
tovarlar  va  xizmatlar  bo’yicha  ma’lumotlar  to’plovchi  vakolatli  tashkilotlarning 
(idora,  agentlik)  axborot  bazalari,  hamda  tovarlar  va  xizmatlar  bahosi  to’g’risida 
ma’lumotlarga  ega  mas’ul  tashkilotlar  axbortlar  (birjalar,  elektron  axborotlar) 
bazasini integratsiyalash imkoniyalari ko’rib chiqilmoqda.  
 
Nazorat uchun savollar 
 
1.  Tender savdolarining mohiyatini tushuntiring. 
2.  Tender savdolarining qanday turlari mavjud? 

3.  Tender komissiyalarining funksiyalari nimalardan iborat? 
4.  Tender yakunlari bo’yicha shartnomalarni tuzish mexanizmi nimalardan iborat? 
5.  Tender yakunlari bo’yicha shartnomalarni ijro etish qanday tartibda amalga oshiriladi? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
 
55. Burxonov U.A. “Davlat xaridi”   O’quv qo’llanma. Infa com.uz MChJ-2010 yil.  
56. Burxonov U.A., Atamuradov T.T. “Davlat xaridi”   O’quv qo’llanma. Fan va texnologiya -2012 
yil.  
57. Vahobov A., Malikov T. Moliya. Darslik. Toshkent, “Noshir”, 2011 y. 712 b. 
58. Po'latov D., Nurmuxamedova B. G ‘aznachilik. Darslik. T. Sano-standart, 2014. - 272 b. 
59. Алешин В.А., Зотова А.И..Финанси: учебник. - Ростов н/ Д: Феникс,  2009 
г. – 346 стр. 
60. Барулин С.В. Финанси. – М.: КНОРУС , 2011 г. – 640 стр. 
61. Василева М.В. Финансовая политика: учеб. Пособие – Ростов н/Д: Феникс, 
2008 г. 220 стр. 
62. Гарольд  Льюис.  Конкурсы,  тендеры  и  предложения.  Выигрывайте, 
используя лучший опыт. – М.: ИД «Баланс Бизнес Букс», 2007. – 314 с.  
63. Госзаказ.  Строительство.  Проектирование.  Ремонт  /  [А.А.  Храмкин,  О.М. 
Воробьева,  А.Н.  Евсташенков  и  др.].  -  2е  изд.  испр.  и  доп.;  под  общ.  ред. 
А.А. Храмкина. - М.: ИД «Юриспруденция», 2011. - 728 с.  
64. Кузнецов  К.  В.  Конкурентные  закупки:  торги,  тендеры,  конкурсы: 
Издательство: Питер: 2005. - 228 с. 
65. Контрактная система в сфере закупок товаров, работ, услуг для обеспечения 
государственных и муниципальных нужд. Сборник нормативных правовых 
актов / [А.А. Храмкин, О.М. Воробьева,П.Н. Корнилов и др.]. - 2-е изд. - М.: 
«Юриспруденция», 2014. - 520 с.  
66. Максимов  Н.  Факторитсени  и  качества  в  международной  практике 
тендерних торгов. 
67. Настольная  книга  госзаказчика  /  А.А.  Храмкин,  О.М.  Воробьева,  В.В. 
Кошелева  [и  др.];  под  ред.  А.А.  Храмкина.  –  9-е  издание,  дополненное.  – 
М.: ИД «Юриспруденция», 2013. – 472 с.  
68. 
Противодействие коррупции в госзакупках: / А.А. Храмкин. - 2-е изд., доп. - 
М.: ИД «Юриспруденция», 2011. - 152 с. 
 
 
 
 

7-MAVZU. DAVLAT XARIDI TIZIMINI BOSHQARISH ORQALI 
KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINING RIVOJLANISHIGA TA’SIR 
ETISH 
REJA: 
 
1.  Kichik biznesning mohiyati, O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati 
2.  Davlat xaridi tizimida kichik biznes sub’ektlari ishtirokini qo’llab quvvatlash 
 
Tayanch so’z va iboralar 
 
Davlat  xaridi  orqali  ijtomoiy-iqtisodiy  rivojlanishga  ta’sir  etish,  xaridni 
rejalashtirish  va  uning  iqtisodiyotga  ta’sirini  baholash,  kichik  biznes  sub’ektlarini 
davlat xaridi tizimi orqali qo’llab-quvvatlash,  O’zbekiston Prezidentining 2011 yil 
7 fevralidagi PQ-1475 sonli “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga 
kichik  biznes  sub’ektlarini  jalb  qilishni  kengaytirish  to’g’risida”gi  Qarorining 
mazmuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat xaridlari 
bo’yicha Hukumat komissiyasi, Hukumat komissiyasining asosiy  vazifalari 
 
1. Kichik biznesning mohiyati, O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni va 
ahamiyati 
 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  asosiy 
omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 
Taniqli  olimlarning  olib  borgan  tadqiqotlari  shuni  ko’rsatadiki, 
tadbirkorning o’z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko’p qirralidir. Bu bozor 
siyosatining  o’zgarishi  bilan  yoki  korxonaning  ichki  va  tashqi  omillari  ta’sirida 
aniqlanadi.  Lekin  tadbirkorning  asosiy  maqsadi  manfaat  (foyda)  ko’rish  bilan  bir 
qatorda,  bozorda  samarali  faoliyat  yuritishni  ta’minlaydigan  ishlarni  amalga 
oshirishdir.  Buning  uchun  tadbirkorlikni  boshqarish  va  unga  ko’mak  beruvchi 
zamonaviy  menejment  usullariga  asoslangan  mexanizmni  yaratish  va  undan 
unumli  foydalanishni  ta’minlash  zarurdir.  Bozor  sharoitida  tadbirkorlikni 
boshqarishda uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish kerak: 
-  tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e’tiborga olib ish ko’radi; 
-  tadbirkor  samaradorlikni  ta’minlovchi  sa’y-harakatlar  qilib,  ishlab 
chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo’llarini qidiradi; 
-  biznesning  pirovard  natijalariga  javob  beradigan  shaxslar,  oz  biznesini 
erkin shart-sharoitlarda olib borishlariga etarli imkoniyatlar yaratishadi
-  kichik  korxonaning  pirovard  natijalari,  ya’ni  uning  ola-digan  foyda  yoki 
zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma’lum bo’ladi; 
-  kichik  biznes  bilan  shug’ullanuvchi  tadbirkor  o’z  mablag’larini  harakatga 
solib,  bozorda  qanday  xavf-xatarga  duch  kelishi  yoki  yakuniy  natija  qanday 

bo’lishini aniq bilmaydi. 
Shunday  qilib,  tadbirkorlik  –  bu  iqtisodiy  faoliyatning  alohida  turi  bo’lib, 
uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g’oyasiga asoslangan, 
foyda olishga yo’naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni umumlashtirgan holda , kichik biznes va 
tadbirkorlikning  milliy  iqtisodiyotdagi  quyidagi  afzalliklari  bilan  ifodalash 
mumkin: (1-rasm) 
1 – rasm  
Kichik biznesning afzalliklari 
 
 
 
Kichik  biznes  sub’ektlari  va  tadbirkorlar  harakatining  mustaqilligi  – 
tadbirkor o’ziga o’zi ho’jayindir. Juda ko’p kichik biznes tashkilotlarida boshqaruv 
ierarxiyasiga  bo’ysinish  kuzatilmaydi,  bu  esa  tashabbuskor  tadbirkorga  mustaqil 
faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi. 
Tezkor  va  o’zgaruvchan  qarorlarning  qabul  qilish  imkoniyati  –  katta 
tashkilotlar  bilan  solishtirganda,  kichik  korxonalarda  boshqaruv  qarorlarini  qabul 
qilish  tizimi  juda  ham  soddalashtirilgan,  bu  esa  bozordagi  turli  o’zgarishlar  va 
kutilmagan vaziyatlarpga tez moslashish imkonityaini beradi. 
Mahalliy  sharoitlarga  moslasha  olishi  –  kichik  korxonalar  mahalliy 
bozorning  talabi,  hohish  va  istaklari,  urf-odatlarini  o’rganish  va  shunga  qarab 
faoliyat  olib  borish  imkoniyatiga  egadirlar.  AQShning    milliy  bozorda  omadli 
faoliyat  olib  borayotgan  bir  nechta  yirik  korxonalar  ayrim  mahalliy  bozorlarda 
kichik korxonalar bilan raqobatlasha olmaganliklari haqida bir nechta misollar bor, 
chunki kichik korxonalar o’sha hududlarning talablarini yaxshiroq qondiradi 
Biznes  operatsiyalariga  ketadigan  harajatlarning  nisbatan  kamligi  –  katta 
korxonalar bilan solishtirganda, kichik biznes korxonalari o’zlarining faoliyat olib 
borishlarini ta’minlash uchun kam xarajat sarflashadi, ish haqi fondining nisbatan 
kamligi,  asbob-uskunalarga  ketadigan  kichik  investitsiyalar  va  nisbatan  kam 
KICHIK BIZNES VA 
XUSUSIY 
TADBIRKORLIKNIN
AFZALLIKLARI 
Mustaqillik 
Tezkorlik 
Moslashuvchanlik 
Aholi ishonchi 
Bir necha yo’nalishni 
birlashtirish imkoniyati 
Kam harajat 
Uzoq va qisqa muddatda 
foyda olish imkoniyatlari 

boshqaruv harajatlari bunga misol bo’la oladi. 
Tezkor moddiy foydaga bo’lgan imkoniyatlar – yani tadbirkor oylik bilan bir 
qatorda biznesdan tushadigan barcha foydaning egasi hisoblanadi. 
Uzoq 
muddatda  foyda  olish  imkoniyati  kattaligi  -    ya’ni  tadbirkor  o’zining  firmasiga 
investitsiyalarni kiritishi bilan, ushbu firmaning yanada rivojlanishi va kerak bo’lib 
qolgan holda esa bu biznesni osonlikcha katta foydaga sotish imkoniyati borligini 
his  qiladi.  Bu  faktor  esa  ko’p  tadbirkorlarni  o’ziga  jalb  qilib  kichik  biznse  bilan 
shug’ullanishga undaydi.  
O’zbekistonda  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  barpo  etishning 
asosiy  maqsadlaridan  biri  mamlakatda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 
shakllarini  ustuvor    rivojlantirishdan  iborat.  Bu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun 
iqtisodiy  islohotlar  o’tkazildi,  uning  rolini  oshirish  uchun  yirik  institutsional 
asoslar  yaratildi.  Tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etish  va  uni  kafolatlovchi 
huquqiy-me’yoriy  hujjatlar,  tadbirkorlarga  ko’maklashuvchi  nodavlat  tashkilotlar, 
korxonalar  shular  jumlasiga  kiradi.  O’zbekistonda  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik 
biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda.  
Kichik  biznes  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  korxonalar  davlatga  bog’liq 
bo’lmagan  holda,  ya’ni  katta  kapital  mablag’larsiz  o’zlari  ish  joylarini  joriy 
etishlari,  hozirgi  davrda  bizda  vaqtinchalik  mavjud  bo’lgan  tovarlar  tanqisligini 
kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Hozirgi 
jamiyatimizda  kichik  korxonalar  faoliyatini  ayrim  kishilarning  extiyojlarini 
qondirish  sari  yo’naltirish  zarur.  Bu  narsa  maishiy  xizmat  ko’rsatish  hamda  xalq 
iste’moli  tovarlari  ishlab  chiqarish  sohalarida  yaqqol  ko’rinmoqda.  Kichik 
korxonalar  texnologiya  yangiliklarini  joriy  etishda  ham  g’oyat  katta  ahamiyatga 
ega. 
Kam  xarajat  hisobiga  yangi  ish  o’rinlari  yaratish  imkoniyati,    yirik  biznes 
kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat 
ko’rsatish  sohasida  va    uncha  katta  bo’lmagan  mahalliy  resurs  bazalarini 
o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning 
ahamiyati  beqiyosligini  ko’rsatadi.    Shu  sababli  ham  kichik  biznesni  jadal 
rivojlantirish  masalasi  mahsulot  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish,  xizmat 
ko’rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini 
oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan. 
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashuvida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida ahamiyatga egadir.  
Mamlakatimizda  kichik  biznes  korxonalarini  davlat  tomonidan  qo’llab-
quvvatlanishi  natajasi  o’laroq,  YaIM  tarkibida  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlikning ulushi yildan yilga oshib bormoqda.  (2-rasm) 
2-rasm 

YaIM tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi
36
 
 
 
 
Amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  kichik  biznes  sub’ektlarining 
yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  bugungi  kunga  kelib    54  foizdan  oshdi.  Holbuki, 
2000  yilda  bu  ko’rsatkich  30  foizni  tashkil  etgan  edi.  2005  yilda  kichik  biznes 
sub’ektlarining  yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38,2 %ni tshkil etgan bo’lsa, 2006 
yilda 42,1 %ni, 2007 yilda 45,5 %ni  2008 yilda 48,2 %ni va 2009 yilda50,1 % ni 
tashkil  etdi.  2010  yilga  kelib  kichik  biznes  sub’ektlari  yalpi  ichki  mahsulotdagi 
ulushi 52.5  % ni tashkil etdi. 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” 
da esa bu ko’rsatkich 54 % ni tashkil etdi. O’tgan 2014 yilda esa bu ko’rsatkich 56 
%  ni  tashkil  etdi.  Bunday  natija  birinchi  navbatda  kichik  biznes  va  xususiy 
tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir.  
Respublikamizda  kichik  biznes  korxonalari  sonining  izchillik  bilan  ortishi, 
iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumladan, transport, aloqa, sog’liqni saqlash va 
boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda. 
Mustaqillik    yillarida  kichik  biznes  sub’ektlarining  mamlakatimizda  yangi 
ish  o’rinlarini  tashkil  qilish,  aholining  daromadlari  va  farovonligini  oshirishning 
muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda. 
Ta’kidlash joizki, otgan 2012 yilda yangi ish o’rinlarining 64 foizdan ortig’i 
kichik  biznes,  xususiy  tadbirkorlik  va  fermerlik  rivojini  rag’batlantirishni  yanada 
kuchaytirish,  xususan  ularga  yangi  imtiyoz  va  preferentsiyalar  berish,  28  foizdan 
ziyodi  esa  yangi  korxonalar  tashkil  etish,  kasanachilikning  turli  shakllarini 
kengaytirish hisobidan yaratildi.  
2014 
yilda 
kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tadbirkorlik 
 
sohasida 
mamlakatimizning iqtisodiyotida  band  bo’lgan jami aholining 76,5 foizi faoliyat 
ko’rsatdi(3-rasm).  
3-rasm 
                                           
36
 www.stat. uz sayti ma’lumotlari asosida mustaqil tuzilgan 
31 
33,8  34,6  35  35,6 
38,2 
42,1 
45,5 
48,2  50,1 
52,5  54  54,6 
55,8  56  56,5 

10 
20 
30 
40 
50 
60 
2000  2001  2002  2003  2004  2005  2006  2007  2008  2009  2010  2011  2012  2013  2014  2015 
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling