Predmeti va vazifalari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlilning mazmuni


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari boHib quyidagilar hisoblanadi


Download 155.57 Kb.
bet3/9
Sana25.02.2023
Hajmi155.57 Kb.
#1228037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- mavzu IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, Predmeti va vazifalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari boHib quyidagilar hisoblanadi:

  • 0‘rganilayotgan obyektga (hodisaga) to'g'ri va xolisona baho berish;

  • Korxonaning biznes rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan ta ’minlash;

  • Tuzilgan biznes rejalaming to‘g‘ri va ilmiy asoslan- ganligiga baho berish;

  • Har bir yo ‘nalishga ta ’sir etuvchi omillarni aniqlash, ulaming ta'sirini hisoblash va shu omillaimi ishning samara- dorligini oshirishga safarbar qilish;

  • Biznes rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy barqarorligini ta 'minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har bir xojalik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud ichki va tashqi imkoniyatlami o ‘rganish;

  • Moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona foydalanganlikka baho berish;

  • Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to ‘lovga qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chopa-tadbirlarm qo ‘llash yo ‘llarini ishlab chiqish;

  • Xojalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni muntazam tekshirib turish;

  • Korxonalarda mavjud bo'lgan samaradorlikni oshirish yo ‘lida ulaming imkoniyatlarini aniqlash;

  • Korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng jamoatchilikka ko ‘rsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini yaxshilashga jalb qilish;

  • Korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, ilg'or g'oya va tajribalarni o ‘rganilayotgan hodisaga qo Hash yo ‘l-yo ‘riqlarini ko ‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbaini yetkazib berish;

  • Eng to‘g‘ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalami boshqarish bo ‘yicha xulosalar berish;

  • Korxonalaimi rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko ‘rsatkichlar asosini aniqlash;

  • Rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bogliq bo‘lgan va bog'liq bo'lmagan omillar va sabablami bir-biridan ajratgan holda aniqlash;

  • Korxonalarning xojalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo jgan natijalaimi oldindan aniqlash;

  • Korxonalami rivojlantirishga asos bo ‘ladigan innavatsion g ‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash;

  • Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko ‘rsatkichlar asosini aniqlash;

Qabul qilingan boshqaruv qarorlarini maqbulligini o ‘rganish (Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo 'yicha).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlibming vazifasi ushbu yuqorida ta'kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa shu kabi vazifalaming ayrimlarini sanab o‘tdik xolos.
Endi esa, yuqoridagi tahlil vazifalarining ayrimlariga chuqurroq nazar tashlasak. Ya'ni iqtisodiy tahlilning eng asosiy vazifalaridan biri uning biznes-reja bilan bog‘liqligidan kelib chiqadi. Tahhl jarayonida birinchi tomondan biznes-rejani amalga oshganligini o‘rgansa, ikkinchidan, xo‘jalik faoliyatini batafsil o‘rganib, kelgusi davr uchun biznes-rejani tuzishda tegishli axborotlami to‘plab boradi. Rejali iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari davlat tomonidan belgilangan va shu sababli tahlil ishlarini ham yuqori davlat tashkilotlari amalga oshirgan. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida esa har bir korxona o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil belgilaydi, o‘zi biznes-reja tuzadi, uning natijalarini hisobotlarda aks ettiradi va nazorat qiladi. Shu tufayli ham tahlilning roli va vazifiasi kundan-kunga oshib bormoqda. Chunki, biznes-rejaning har bir ko‘rsatkichi iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim. Bu esa tahlil orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda biznes-rejani tuzish, unga kiritiladigan ko'rsatkichlar bo‘yicha qat'iy belgilangan andoza yo‘q. fiunga zaruriyat ham bo‘lmasa kerak. Chunki, bir qancha korxona bir soha bilan shug‘ullansa ham, ulaming ish uslubi har xil, o‘ziga xos bo‘lishi tabiiy. Ammo, umumiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi bir-biriga o‘xshash va bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu tufayli tahlil jarayonida biznes-rejaning bajarilishi darajasini chuqur o‘rganish, shu orqali uning faoliyatiga obyektiv baho berishdek muhim vazifa ham ushbu fan zimmasiga yuklatilgan.
Biznes-rejani bajarish jarayonida ma'lum qonuniyatga ega omillar bilan birga ko‘zda tutilmagan tasodifiy omillar ta'sir qilishi ham mumkin.
Iqtisodiy tahlilning navbatdagi vazifalaridan biri shu omillami aniqlash va har birining ta'sirini hisoblashdan iboratdir. Bu esa bozor munosabatlarining shakllanishi jarayonida vujudga kelgan ko‘pgina yangi ko‘rsatkichlar va omillar ta'sirini aniqlaydigan tahlil usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Omilli tahlil natija ko‘rsatkichiga ta'sir etuvchi omillami hisoblash yo‘li bilan tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichni yaxshilashning ichki va tashqi imkoniyatlarini aniqlash va uni kelgusi davr uchun safarbar qilish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hozirgi turli mulk shaklidagi ishlab chiqarish korxonalarini davlat tomonidan moliyalashtirish butunlay barham topgan bir paytda, ichki imkoniyatlami axtarib topish va uni xo‘jalik faoliyatiga safarbar qilish muhim omillami aniqlash va ular ta'sirini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida tahlilning asosiy vazifalaridan biri natijaga ta'sir etuvchi omillami chuqur o‘rganish, ichki imkoniyatlami axtarib topish va ulami xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishga safarbar qilishdan iboratdir.
Tahlilning navbatdagi muhim vazifalaridan biri iqtisodiy jarayonlaming dialektik bog‘liqligidan kelib chiqadi. Qaysi soha bo'lmasin, iqtisodiy jarayon sodir bo‘lishi uchun mehnat vositasi, mehnat predmeti va jonli mehnatning mujassamligi lozim boMadi. Iqtisodiyotning bu elementlari samaradorligini oshirmay turib boshqa ko‘rsatkichlar miqdorining yuqori bo‘lishiga erishib bo‘lmaydi. Shu tufayli tahlil jarayonida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bunda moddiy-texnika bazasining boshqa elementlarga to‘g‘ri kelishini ta'minlashga katta e'tibor bermoq lozim. Masalan, yuqori mehnat unumdorligiga ega bo‘lgan, ilg‘or texnologiyaga asoslangan uskuna mavjud. Lekin shu uskunani ishlata oladigan, shunga malakasi yetarli bo'lgan mutaxassis kerak bo‘ladi. Agar korxonaga reja bo‘yicha 100 nafar xodim kerak bo‘lsa, uning shtatida shuncha xodim band bo‘lsa, ammo, tegishli mutaxassis bo‘lmasa bunday holatda korxonaning moddiy-texnika bazasi ham, mehnat resurslari ham samarasiz bo‘ladi.
Texnika va texnologiya takomillashdimi, demak xodimlaming malakasi ham shunga mos ravishda oshib borishi lozim. Shundagina tegishli, ko‘zda tutilgan natijaga erishish mumkin. Aks holda, qilingan tadbirlar, sarflangan xarajatlar tegishli samara bermasligi tabiiy. Bu holatlaming hammasi tahlil orqali aniqlanadi va aniqlangan vaziyatdan tegishli xulosa qilinadi.
Tahlil jarayonida barcha kamchiliklar aniqlanadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda esa aniqlangan kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Shu tariqa kamchiliklar brtraf qilinib, xo‘jalik faoliyatining uzluksiz ravishda takomillashuvi va samaradorligi oshib borishi ta'minlanadi.
Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning vazifasi bozor muno- sabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

  1. Iqtisodiy tahlil fanining fanlar tizimida tutgan
    o‘rni va ular bilan bog‘liqligi


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining boshqaruvdagi o‘mi ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar zamirida vujudga keldi va ko‘pgina fanlarga nisbatan yangidir. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlanmoqda.
Shunga qaramay, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy tahlil fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o‘zgardi. Rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari iqtisodiy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta'sir etuvchi omillami aniqlash, yuqoridan ko‘r-ko‘rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo‘ldi. Oldinlari korxonalaming xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va davlat nuqtai-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtai-nazaridan tahlil qilinadigan bo‘ldi. Biroq, barcha holda ham davlatning manfaati hisobga olinadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlardagi obyektiv zarurat talabidan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi. Ya'ni, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir. Chunki, obyektlami iqtisodiy tahlil qilish umum iqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umum qabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umum iqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalaming mohiyati hamda mazmunini ochib beriladigan bo‘Isa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va atamalar farming usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasini oladigan bo‘lsak, umum iqtisodiy nazariya fanida ushbu kategoriyani mohiyati va mazmunni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqlanishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtisodiy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichini davrlar, ulaming tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta'sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.
Tabiat, jamiyat va tafakkumi rivojlanishi haqidagi falsafiy ta'limotlar ham tahlilda foydalaniladi, ya'ni umumiy rivojlanish, o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar.

Download 155.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling