Predmeti va vazifalari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlilning mazmuni


Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi


Download 155.57 Kb.
bet2/9
Sana25.02.2023
Hajmi155.57 Kb.
#1228037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- mavzu IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, Predmeti va vazifalari

Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi:

  • Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealami rivojlanishini, o‘zgarishini obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) ta'sir etuvchi omillar bilan umumiy bog‘liq holda o‘rganish;

  • 0‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalaming faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xQlisona baho berish;

~ • Ijobiy va salbiy ta'sir etgan omillami aniqlash, raqamlarda ko‘rsatish va hisoblash;

  • Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishni yo‘l- yo‘riqlarini ko‘rsata olish;

  • Ilg‘or g‘oya va tajribalami o‘rganilayotgan jarayonga qo‘llash yo'nalishlarini belgilash.

Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga yoki aksincha o‘rganiladi, hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘la- nishi e'tiborga olinadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalar- ning iqtisodiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillami e'tiborga olib o‘rganadi.
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexaniz- mining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.
Belgilangan rejalaming amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab chiqarishni borishi to‘g‘risida real ahvolni buxgalteriya hisobi yordamida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan ma'lumotlar pirovard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qarorlari esa tahlil ma'lumotlariga asosla- nadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosida obyektdagi o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o‘rganadi hamda baho beradi. Uning yordamida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, obyektni yanada rivojlantirish yo‘llari belgilanadi yoki samarali ishlashni ta’minlaydigan yo‘nalishga o‘tkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini nechog‘lik real qabul qilinishiga asos bo‘ladi.
Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma'lumotlar ham iqtisodiy-tahlil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan tahlilning boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri ekanligi va uning mohiyati yanada yaqqolroq ko‘rinadi.
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi - boshqa- ruvchi subyektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘ta muhim hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondashilib, butun bir tuzilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilinadi. Natijada, boshqaruv obyekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayotgan har bir obyekt har tomonlama chuqur o‘rganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta'minlashda nazorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ulaming nechog‘lik haqqoniyligi- tekshiriladi. Tekshirish jarayonini sifati, ishonchliligi oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar yoziladi.
Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; natijalar va shu kabilami o‘rganadi.
Aytib o‘tilgan barcha boshqamv funksiyalari korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan. Biroq, korxonani faqat- gina iqtisodiy tuzilma deb qarash ham, unga bir tomonlama yondoshishni keltirib chiqaradi. Chunki, uning o‘ziga hos ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud.
Demak, korxona tuzilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlami ham tahlil etish undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalalarini o‘rganadi va ularga ta'sir etadi.
Bulaming natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta'siri bilan aniqlanadi.
Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalami aytish mumkinki iqti- sodiy tahlil korxonani boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir.
Uning yordamida:

  1. boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta'minlanadi;

, b) mulk va mablag‘lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul boigan optimal variantlami tanlaydi;
v) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.

  1. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti

Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ulami boshqarish tizimiga bog‘liqdir. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqaruv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma'lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.
Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta'minlash, modemizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo‘jalik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innavatsion g‘oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantmsh hamda shu asosda xalqimizning farovqnligmi yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalami muvaffaqiyatli bajarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiy tahlil jarayonida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rganadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e'tiborga olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil fani firma va korxonalaming iqtisodiy - ijtimoiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillami e'tiborga olgan holda o‘rganadi.
Fanning predmeti deyilganda, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob berishi lozim bo'ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga keng ma'noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos bo'lib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma'noda tahlil qilinayotgan obyektning xo‘jalik faoliyatidir. Ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menejment» kabi fanlaming ham predmeti keng ma'noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlaming u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Iqtisodiy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim.
Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi'. Ammo, bu jarayonlaming sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, obyektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma'lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statistika» kabi fanlar shug‘ul- lanadi. Shu jarayonlaming natijasi ma'lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tahlilning predme- tiga quyidagicha ta'rif bergan: «Tahlil fanining predmeti, xojalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta'sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami ma'lumotlar manbaida ifodalangan ko‘rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo‘llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir».
Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyidagicha ta’rif berishni lozim deb topdik.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb — turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashmalarda moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy- iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda amal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi».
Boshqacha aytganda tahlil obyektiv va subyektiv omillar ta'siri ostida sodir bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlaming holati va haraktini hamda ulaming natijalarini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi.
Iqtisodiy tahlilning predmetida omillar asosiy o‘rinni egallaydi, chunki korxonalarning xo‘jalik faoliyatida yuzaga kelgan va kelayotgan hodisa va jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, ular qandaydir obyektiv va subyektiv omillar ta'siri ostida yuzaga keladi. Obyektiv va subyektiv omillaming ta'sirmi boshqa fanlar o‘rganmaydi, faqat bulaming ta'siri iqtisodiy tahlilda o‘rganiladi, shuning uchun ham iqtisodiy tahlil fani predmetining negizida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar va ulaming ta'sirini o‘rganish bejiz qayd qilingan emas.
Fanning predmeti ta'rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalaming xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ulaming yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ulami tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamada investitsiya faoliyati, soliq to'lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o'rganiladi.
Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta'sirida yuzaga kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi.
Tahlilning predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan cheklanib qolish mutlaqo etarli bo‘lmas edi. Tahlildan maqsad mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir.
Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan subyektiv omillami ham e'tiborga olib tahlil qilinadi. Subyektiv (ichki) omil deyilganda korxonalaming amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya'ni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan o^ilona foydalanish hisobiga ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o ‘ rganadi.
Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya'ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab va taklifhing o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va hokazolar.
Iqtisodiy manbaalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgalteriya, statistik, tezkor hisob ma'lumotlaridan foydalangan holda korxona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umumlashtiriladi. Chunki, iqtisodiy manbaalar korxonalarda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlami aniq o‘lchaydi, aks ettiradi va baho beradi.
Har qanday fanning obyekti bo‘lishi lozim. Ammo, «Iqtisodiy tahlil» fanining nazariyasiga bag‘ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu masalaga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti bilan obyektini ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa o‘z navbatida nazariy jihatdan asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi mumkin.
Har qanday fanning obyekti uning predmeti qayerlarda amalga oshishini ko‘rsatib beradi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti hozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslaming xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining obyektiga davlat, jamiyat tashkilotlari, uyushmalar, trestlar, biija- lar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt- laming xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyektlar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan obyektlarga bo‘linadi.
0‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos va mos iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bu mustaqil yo‘l bilan hamma sohada, xususan, milliy hisoblar tizimida ham jahon andozalariga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida, mulk shaklidan qat'i nazar, tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo qiladi.
Obyektning va davming qanday bo‘lishidan qat’i nazar ushbu fan predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, obyekt esa tahlilning qaysi makonda o'tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning predmeti obyektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning subyektlari bo‘lib, tahlil obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya'ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyekt- lar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar.
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga korxona (firma), tashkilot va uyushmalaming oddiy xodimidan rahbar xodimigacha bo‘lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idorlarari xodimlari, auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari, mehnat birjasi xodimlari, atrofhi muhofaza qilish tashkiloti xodimlari, marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kabilar kiradi.

  1. Iqtisodiy tahlil fanining vazifalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalami boshqarishda iqtisodiy tahlilning roli keskin oshmoqda, chunki, boshqaruv tizimida oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Rejali iqtisodiyotda tahlil asosan reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida esa har bir xojalik subyekti, mulk shaklidan qat’iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan buyruqni bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o‘zining iqtisodiy qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo‘lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ulami amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. ‘
Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart sharoitga qarab belgilanib boriladi, lekin u oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq va keng hal etish uchun qator uslublami qo'llaydi.

Download 155.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling