Predmeti va vazifalari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlilning mazmuni


Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir


Download 155.57 Kb.
bet4/9
Sana25.02.2023
Hajmi155.57 Kb.
#1228037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- mavzu IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, Predmeti va vazifalari

Iqtisodiy tahlil fani quyidagi fanlar bilan o‘zaro aloqadordir:

  • Buxgalteriya hisobi va audit;

  • Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;

  • Mikro va makroiqtisod;

  • Rejalashtirish (biznes reja tuzish);

  • Statistika va informatika;

  • Moliya, bank, soliq masalalariga taaluqli fanlar bilan;

  • Iqtisodiy matematika va kompyuter asoslari fani bilan;

  • Huquqiy fanlar bilan;

  • Tabiiy fanlar bilan va hokazolar.

Buxgalteriya hisobi mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar faoliyatini yalpi, uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Tahlilda ushbu tizimda shakllantirilgan ma'lumotlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. Demak, mazkur fan iqtisodiy tahlilni eng asosiy axborot bazasi bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning "Buxgalteriya hisobi" fani bilan ikki tomonlama aloqasi borligi hammaga maTum. Bir tomondan, xo‘jaliklar faoliyatini iqtisodiy tahlili ana shu fanni rivojlanishi natijasida ajralib chiqqanligi va eng muhimi buxgalterlar birinchi bo‘lib iqtisodiy tahlilni qo‘llagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iqtisodiy tahlil jarayonida qo‘llanadigan axborotlaming ko‘pchiligi asosoan buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridir. Buxgalteriya hisobini rivojlantirishda o‘z navbatida iqtisodiy tahlil ham katta yordam ko‘rsatmoqda: buxgalteriya ucheti tizimi, registrlaming shakli va mazmuni, hujjat aylanish tartibi va boshqa shunga o‘xshash masalalar tobora takomillashib bormoqda.
Moliya, bank, soliq, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, birja ishi sohasidagi fanlar bilan iqtisodiy tahlil bevosita bog‘liq. Chunki, korxonalar faoliyati davlat byudjeti bilan majburiy hisob-kitoblar, kredit olish va ulami to‘lash, investitsiyalarni jalb qilish yoki ulami sotish, qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish, biija va bozordagi holatni uzluksiz o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu faoliyatlami iqtisodiy tahlil qilish ulaming o‘ziga xos jihatlarini bilishni talab qiladi. Bu esa, iqtisodiy tahlilning samarali bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. •
Axborot texnologiyalari va informatika fanlari asosida iqtisodiy tahlil ishlari dasturlanib, kompyuter vositalarida ular amalga oshiriladi. Bunda iqtisodiy tahlil fanining usul va uslublari, belgilangan maqsad va vazifalar axborot texnologiyalari va infor- matika fanlari talablari asosida dasturlanadi. Kompyuterlar yordamida amalga oshirilgan tahlil ishlari o‘ta tez va aniq bajariladi hamda mutaxassislar mehnatini yengillashtirib beradi.
Yuqorida qayd etilgan boshqa fanlar ham iqtisodiy tahlil fani bilan bevosita bog‘langan.
Korxonalarning faoliyatini tahlil qilish bevosita yuqori tashkilotlaming vazifasi ham bo‘lib, ular korxonalarning hisobotini tasdiqlaydilar hamda ulaming ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini baholab, tegishli qarorlar qabul qiladilar.

  1. Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar,
    ularning turlari va tavsifi


Iqtisodiyotning ko'zgusi - bu uni ifodalovchi ko‘rsatkich- lardir. Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotda erishilgan yutuqlar, kam- chiliklar, uning yaxshilanayotgani yoki yomonlashayotgani haqida to‘liq malumot beradi. Ushbu ma'lumotlar asosida iqtisodiyot bqshqariladi. Uni yaxshilash yo‘llari ishlab chiqiladi. Ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatkichlar iqtisodiy jarayonlami baholashda, uni o‘rganishda, ayniqsa tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega ekan.




1 ”










/■ ' Z '




\

Foyda-

Ifodala- Umum-

Korxona xo‘-

Shaklla-

lanish

nish lashtirish

jalik faoliya-

nish usuli

doirasi

shakli darajasi

tmingbo‘-

bo'yicha

bo'yicha

bo'yicha bo'yicha

g'inlari










bo'yicha




X z

X ✓ V 7

X. 7 X

7


Mazmuni bo‘yicha



Download 155.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling