Qadimgi yunonistonda davlat va huquq 1
Download 202 Kb.
|
QADIMGI YUNONISTON
Spartaliklar davlatda hukmron sinfni tashkil qilganlar. Ular tovla huquqli fuqarolai^ hisoblangan. Spartaning imtiyozli sinfi (tabaqasi) bovlgan spartaliklar "tenglar jamoasi" deb ataladigan jamoani tashkil etardi. Bu-urugvdoshlik jamiyatidan sinfiy jamiyatga ovtish davri uchun xarakterli boigan harbiy demokratiya qoldig'i edi. Lekin "tenglar jamoasi" Sparta quldorlik davlati sharoitida bo'ysundirilgan xalqlarni tutqunlikda ushlab turish uchun hukmron sinfning (spartaliklar tabaqasining) harbiy-lashtirilgan birlaahmasi edi.
Qadimgi Spartada yer xususiy mulk emas edi. Butun yer "tenglar jamoasi"ga qarashli bo'lib, jamoa о z a'zolariga vaqtincha foydalanish uchun alohida chek yerlar (klerlar) ajratib bergan. Bunday yer uchast-kalariga ilotlar (qullarga aylantirilgan huquqsiz mahalliy aholi) biriktirib qovyilgandi. Spartalikning o4zi va uning oilasi o"z uchastkasida ishlamas edi. Uning uchastkasida unga birkitib qo4yilgan ilotlar ishlab ekin ekardi. Butun yeriar taxminan to'qqiz mingta teng boiinmas va ajralmas klerlarga ajratilgan edi. Ularni sotish, hadya qilish yoki vasiyat qilish mumkin emasdi. Spartaliklar 5ta qishloq birlashmasidan iborat bolib, o'ziga x.os harbiy lagerni eslatadigan shaharlarda yashaganlar. Spartaliklar ilotlardan qovrqardilar, shuning uchun kechasi bitta ham ilot Sparta shahri hududida bo'lmasligi lozim edi. Spartaliklaming turmush tarzi juda qattiq tartibga solingandi. Harbiy majburiyat spartaliklaming asosiy majburiyati hisoblangan. Faqat harbiy ishgina spartalikka munosib mashg'ulot hisoblangan. Spartada kuchli va mustahkam jangchilar tarbiyalab yetishti-rish uchun maxsus tarbiya tizimi mavjud edi. Yangi tug'ilgan har bir chaqaloq, Sparta oliy mahkamasi-gerasiyaga, ya'ni oqsoqollar kengashiga olib borilgan, shundan sovng maxsus komissi-yada chaqaloqni tirik qolirish yoki o'ldirish kerakligi hal qilingan. Agar chaqaloq zaif va dardchil tug4ilgan bo'lsa, uni qoya ustidan pastga ulo-qtirib yuborganlar. Sogvlom va kuchli chaqaloqni tirik qoldirganlar, lekin u yetti yoshgacha ona qovlida tarbiyalangan. Sovngra jarnoat maktabiga borib, to balog4at yoshiga yetguncha, ya'ni 18 yoshgacha shu maktabda yashagan va ta'lim-tarbiya olgan. Maktabda tartib-qoida juda qattiq bo4l-gan. CTg^il bolalar yostiqsiz qattiq bo4yra ustida yotib, ustlariga yengilgina ko4rpa yopib uxlaganlar. Warning bittagina kiyadigan kiyimi plashch (gi-matiy) bo'lgan. Issiqqa ham, sovuqqa ham bab-baravar chidamli bo'lishlari uchun qishin-yozin oyoq yalang va bosh kiyimsiz yurishgan. Sparta ovgvil bolalarini chidamli qilib tarbiyalash uchun ularni och-likka va tashnalikka o'rgatganlar. Ba'zi kunlarda sira suv ichirtirmaganlar. Ularni badanning og"rishiga chidashga ham o'rgatganlar. Shu maqsadda kichik yoshdagi guruhdan katta yoshli gurahga o'tganda yosh spartalik-larni tantanali vaziyatda kaltaklaganlar. Kaltaklash marosimiga kohina ra-hbarlik qilgan. Kaltaklash chogida o"g4il bolaning dodlashi va ingrashi uyat hisoblangan. Maktabda ovgvil bolalar jismoniy mashq va harbiy ish bilan shug4ullanganlar. Tarbiyadan maqsad - kuchli, chiniqqan jangchi yetishti-rish edi. Yunonistonning birdan-bir mamlakati Spartada xotin-qizlarni tarbi-yalashga g'oyatda e'tibor berilgan. Unda ayollar katta hurmatga sazovar boiganlar. Spartaliklar, faqat sog'lom onadan sog'lom bola tug'iladi, deb hisoblaganlar. Shu sababli qizlar uy-ro4zg"or ishi bilan shug'ullanmagan. Bu ishlarni ilot ayollari bajargan. Sparta ayollari esa bolalik chog'idan gimnastika va sport bilan shug4ullanganlar, ular ovg"il bolalar kabi o4qish, yozish va hisoblashni bilganlar. Spartaliklar balog4at yoshiga yetgach, uylanib oila qurganlar, lekin uylangandan keyin ham butun hayoti sof harbiycha tarzda ovtgan. Ular er-tadan kechgacha kun bo'yi maktabda birga o"qigan o4rtoqlari bilan harbiy otradda bo" lishgan, birga harbiy mashqlar qilishgan va birga ovqatlanish-gan. Ular askariy bo4linmalar bo'yicha tushki ovqat qilganlar. Bu Spartada fiditiya deb atalgan, boshqa shaharlardagi yunonlar uni "sissitiya" deb atashgan. Fiditiya a'zolari "tenglar jamoasi"ni tashkil etganlar va hamma si-yosiy huquqlarga ega boigan. Fiditiyaga a'zo bo'lish uchun umumiy tushki ovqatga muayyan miqdorda natura bilan haq to'lash kerak edi. Fiditiya ishtirokchilarining porsiyalari teng bo4lgan. Mansabdor shaxslar faxriy ulush olganlar. Jangchilarning kiyim-kechaqlari, qurol-yarogvlari ham bir xil bcTlgan. Agar spartalik kambag'allashib qolsa va tushki ovqat haqini tolay olmasa, fiditiyadan chiqqan hisoblangan va shu bilan "tenglar jamoasi"dan ham chiqib qolgan, shu tariqa siyosiy huquqlarini ham yo'qotgan. Spartacha tarbiyaning ham, spartaliklarning keying! hayotining butun yo^nalishi ham mamlakatning harbiy quvvatini mustahkamlashga qaratil-gandi. Spartalik eng avval jangchi bo4lishi lozim edi. Spartaliklar 18-20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatni o'tganlar. Kamchilik saylangan fu-qarolar uchyuzta suvoriyning imtiyozli korpusini tashkil etgan. Spartaliklarning birligini ta'minlashga Likurg tomonidan o'rnatilgan zeb-ziynatga qarshi qoida ham kovmaklashgan. Spartaliklarning savdo bilan shug'ullanishi taqiqlab qo'yilgan edi. Savdo-sotiqni qiyinlashtirish uchun atayin temir pul joriy qilingan, kumush pulga ruxsat etilmasdi. Sparta davlati shunday choralar bilan chet ellar ta'siridan saqlanishga va spartaliklarni qanoatlantirib kelayotgan ibtidoiy munosabatlarni saqlab qolishga intiladi, chunki bu munosabatlar ilotlarni ekspluatatsiya qilish asosida moddiy farovonlikning kerakli darajasini ularga ta'minlab berardi. Biroq bunday cheklashlar spartaliklaming birligini va "tengligini" buzuvchi mulkiy darajalanishning rivojlanishini tovxtatib qololmagan. Chunki chek yerlar faqat katta o4gsillarga meros bo4lib o4gan, boshqalar faqat egasiz qolgan yer uchastkalaridan chek yer olganlar. Agar bunday yerlar bovlmasa, ular gipomeyonlar (kambag'allar, qashshoqlar) dara-jasiga o'tib, siyosiy huquqlarini yo'qotganlar, ya'ni xalq yigvinida va fidi-tiyalarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo^lganlar. Gipomeyonlar soni tobora o"sib, spartaliklar soni qisqarib borgan va miloddan avvalgi IV asrning oxiriga kelib ularning soni tovqqiz mingdan to'rt mingga tushib qolgan. Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling