Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3-§. Yumshatilgan tog‘ jinslarining fiziko – texnik parametrlari.
Nazorat savollari. 1. Bog‘langan portlatilgan jinslar deb nimaga aytiladi? 2. Katta bo‘lakli portlatilgan jinslar deb nimaga aytiladi? 3. Mayda bo‘lakli portlatilgan jinslar deb nimaga aytiladi? 4. Yumshatilgan yumshoq jinslar deb nimaga aytiladi? 5. Solishtirma yuza deb nimaga aytiladi? 118 3.3-§. Yumshatilgan tog‘ jinslarining fiziko – texnik parametrlari. Yumshatilgan tog‘ jinslari alohida tuzilishga ega bo‘lganligi uchun qattiq jinslar bo‘laklaridan barcha fizik parametrlari keskin farq qiladi. Tog‘ jinslari yumshatilganligi uchun hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichini qo‘llash mumkin bo‘lmaydi, uning o‘rniga to‘kma zichlik í qo‘llaniladi. To‘kma zichlik yumshatilgan tog‘ jinsini hajm birligidagi massasi bo‘lib, p í V m / . To‘kma zichlik hajmiy og‘irlikdan doimo kichik bo‘lib, p í K / . Tabiiy qiyalik burchagi o - faqat yumshatilgan jinslarga xos bo‘lib. Ularning erkin yuzasi bilan gorizontal tekislik orasidagi burchakka teng bo‘ladi. o - burchagi yumshoq jinslarning go‘yoki ichki ishqalanish burchagi ning chegaraviy qiymatiga teng bo‘ladi. Ulardan yumshatilgan tog‘ jinslari uchun (Moor nazariyasi bo‘yicha) mustahkamlik pasportini tuzadigan bo‘lsak, koordinata boshidan chiqadigan too‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi (bunda 0 ð ва С=0 bo‘ladi) va tg Ñ formuladan tg bo‘ladi. Bundan o bo‘lib, ichki ishqalanish burchagi tabiiy qiyalik burchagiga teng bo‘ladi. Tabiiy qiyalik burchagi ishqalanish koeffitsiyentiga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida tog‘ jinslarining zarrachalarining ko‘rinishiga, g‘adir – budurligiga granulometrik tarkibiga, namlik darajasiga va zichligiga bog‘liqdir. Qumlarning tabiiy qiyalik burchagi 19-37 о , oquvchan botqoq tuprog‘i suvlik lyoss 3-5 о ni tashkil qiladi. Yumshatilgan tog‘ jinslarining o‘rtacha tabiiy qiyalik burchagi quruq jinslar uchun 32-45 о , nam jinslar uchun 25-40 о va suvga to‘yingan jinslar uchun 10-25 о ni tashkil etadi. Yumshatilgan tog‘ jinslarni siljishga bo‘lgan qarshiligi nihoyatda kam bo‘lganligi uchun, ularda asosan bo‘ylama to‘lqinlar tarqaladi va ushbu to‘lqinlarning tarqalish tezligi kam bo‘lib, havodagi to‘lqin tezligiga yaqin keladi (330 m/s). Yumshatilgan jinslarda asosan mayda dispers jinslarda plastik va reologik xususiyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Yumshoq jinslarning zichlashishi boshlang‘ich hajmining bir necha 10% gacha borishi mumkin va bu kompression egri chiziqlar 119 bilan tavsiflanadi. Yumshatilgan tog‘ jinslari va tuproqlar namlik ta’sirida asboblar va uskunalar yuzasiga yopishish xususiyati bo‘lib, ularning yopishqoqligi deyiladi (lipkost). Yuqori darajadagi maydalangan (dispers) jinslarda agrigatsiya (yopishish, bo‘laklar hosil bo‘lish) hodisasi kuzatiladi. Yanchilgan jinslar zarrachalarining o‘lchamlari 0,15 mkm dan kichik bo‘lganda agrigatsiya hodisasi kuchayadi. Yumshoq tog‘ jinslarning zichlashishi issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti oshishiga olib keladi. Ayniqsa yumshatilgan jinslarda namlik ta’sirida issiqlik uzatish, konvetsiya, suyuqlik o‘tkazish ta’sirida kuchayadi. Elektr o‘tkazuvchanlik yumshatilgan jinslarning quruq holatida ularning kontaktlarining o‘tkazishiga zarrachalarning kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Yumshoq jinslar massivlarda ko‘pincha qattiq jinslar bilan birgalikda turli nisbatda uchraydi va bu masivlar turlicha aralash massivlar deyiladi. Aralash jinslar massivida tog‘ jinslari zich yumshoq yoki sochiluvchan bo‘lib, qattiq jinslar gravitatsion katta bo‘laklar (valunlar) konglomerat, ohaktosh tomirlari va linzalari shaklida bo‘lib, asosiy tog‘ jinslari bilan aralash – quralash joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda massiv yumshoq qismi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Ko‘pincha yumshatilgan va yemirilgan jinslar turli yuklamalarni qabul qiluvchi element shaklida ishlatiladi. Masalan, og‘darmalar hosil qilishda yumshatilgan jinslar o‘zidan yuqoridagi qatlamlar yuklamalarini va shuningda ularning yuzasida ishlatilayotgan ekskvatorlar, transport vositalarini, buldozerlar, skreperlar va boshqa texnikalarni ko‘tarib turish kerak. Klassik tushuncha bo‘yicha qattiq jinslar yemirilgandan so‘ng tashqi yuklamalar qarshilikni yo‘qotadi. Tajribalar bunday emasligini ko‘rsatadi. Yemirilgandan so‘ng tog‘ jinslari ma’lum bir qoldiq mustahkamlikka îñò ega bo‘ladi. ñæ îñò / * nisbat tog‘ jinslarining yuklamalrini ko‘tarish darajasining tavsiflaydi. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling