Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
Nazorat savollari 
1. Tuproqlarning sho‘rlanish sabablari. 2. Birlamchi sho‘rlanish. 3. Ikkilamchi 
sho‘rlanish. 4. Ortiqcha namlik va tuzlarning o‘simlik rivojiga ta’siri. 5. Yerlarning 
sho‘rlanish turi va darajasi. 6. Kritik chuqurlik tushunchasi. 7. Quritish me’yori 
tushunchasi va qiymatlari. 


117
8. YERLARNING SHO‘RLANISHIGA QARSHI 
MELIORATIV TADBIRLAR 
 
8.1. Yerlarning sho‘rlanishiga qarshi kurash 
Sizot suvlarining to‘planishi va chiqib keta olmasligi tuproqning sho‘rlanishiga 
yoki botqoqlanishiga sabab bo‘ladi. Sho‘rlanib qolgan ba’zi yerlar esa qishloq 
xo‘jaligi oborotidan chiqib ketadi. 
Bunday yerlar Rossiya, XXR, Pokiston va O‘zbekistonda ham uchraydi. 
Jumladan, Rossiyada 12 mln. ga, Pokiston va XXR da 6 mln.ga dan, O‘zbekistonda 
2,8 mln.ga dan ortiq maydonlar sho‘rlangandir. Qadimda bunday yerlarni tashlandiq 
(partov) yerlar deb atashgan. Agar bu yerlarda ma’lum bir meliorativ tadbirlar amalga 
oshirilsa, sizot suvlar rejimi yaxshilanib, yer sho‘rsizlanadi va qishloq xo‘jaligi 
ekinlaridan olinadigan hosil ko‘payadi. 
Bu tadbirlarni 2 guruhga ajratish mumkin: 
1. Yer sho‘rlanishining va botqoqlanishining oldini olish. 
2. Sho‘rlangan va botqoqlangan yerlarni tubdan yaxshilash. 
Bu tadbirlar quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: 
a) sug‘orish tarmoqlaridan va sug‘orish dalalaridan bo‘ladigan suv 
isrofgarchiligini keskin kamaytirish; 
b) tuproq namligining bug‘lanishini kamaytirish; 
d) sizot suvlar sathini pasaytirish; 
e) faol qatlamdan o‘simlik hayoti uchun zararli tuzlarni yo‘qotish. 
Bu usullar suv xo‘jalik, agrotexnik, fizik, kimyoviy, biologik, elektrotexnik va 
gidrotexnik tadbirlar yordamida amalga oshiriladi. 
Suv xo‘jalik tadbirlari.
Bu tadbirlar, asosan, sug‘orish tarmoqlari tizimining FIK 
qiymatlarini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi: 
1. Sug‘orish suvidan rejali foydalanish – suvni to‘g‘ri taqsimlash, ekin 
maydonlarini oldindan sug‘orishga tayyorlash, dalalarni sug‘orishda sug‘orish 
rejimiga amal qilish, suvni tashlab yubormaslik. 


118
2. Sug‘orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligiga qarshi – suvdan foydalanish 
tadbirlari (suv navbatini qo‘llash, kanal o‘zanlarini tozalash va h.k.), qurilish 
tadbirlari (sug‘orish tarmoqlari o‘zanining suv shimuvchanlik xususiyatlarini 
kamaytirish, har xil suv o‘tkazmaydigan ekranlar, qoplamalar qo‘llash va h.k.) va 
konstruktiv tadbirlar (nov va yopiq sug‘orish tarmoqlaridan foydalanish)ni qo‘llash. 
3. Ilmiy asoslangan sug‘orish usuli va texnikasini joriy qilish. 
Agromeliorativ tadbirlar.
Bu tadbirlar natijasida sho‘r yerlardan foydalanish, 
sizot suvlari sathini gidrotexnik tadbirlarsiz pasaytirish, tuproq namligining 
bug‘lanish qiymatini pasaytirish ishlarini amalga oshirish mumkin.
Bular quyidagilardir: 
1. Sho‘rlangan tuproqning ustki qatlamini (eng ko‘p tuz to‘plangan qismi) 
chorak arshin (16,8 sm) kesib olib bir yerga uyish, 2-3 yil o‘tgandan so‘ng tuproq 
sho‘ri yomg‘ir-qor suvlari yordamida yuvilgach bu tuproqni go‘ng, qum va eski 
devor kesaklari bilan aralashtirib, kesib olingan joyga qayta to‘shash. 
2. Ariq va zovurlarni qazish va tozalash davomida chiqadigan (rosh) tuproq 
hamda buzilgan, qulagan eski devor va uylardan chiqqan tuproqlarni mahalliy va 
mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirib, yerga yoyish. 
3. Almashlab ekish, tuproq unumdorligini qayta tiklash, tuproq strukturasini 
yaxshilash.
4. Daraxtlar ekish. 
5. Yaxob suvi berish. 
6. «Qoqlama» dehqonchilik agrotexnikasini qo‘llash. 
Bunda sho‘r yerlar ikki marotaba (iyul va avgust oylarida) haydalib, sentabr 
oyida ekin (arpa, bug‘doy) ekilib, yerga 2-3 marotaba mola bosiladi. Qishki va 
bahorgi yog‘in-sochin natijasida bu yerlardan yuqori hosil olsa bo‘ladi. 
7. Sho‘rga chidamli ekinlar ekish. Oq jo‘xori, yetmak, sho‘ra, qo‘ymiya ekinlari 
natriy karbonat – 
3
2
CO
Na
ni o‘zlashtira oladi. Yetmak tuproqqa yaxshi soya berib, 
yer yuzasini qizishdan saqlaydi, oqibatda, tuproq orqali bug‘lanish kamayib, yer 
yuzasiga tuz to‘planish jarayoni sustlashadi. 


119
8. Sug‘orishdan oldin sho‘r yer yuzasiga g‘ovak mato (qanor) yopish. Bunda, 1 
ga maydonga 100-150 m
3
suv sarflanadi. Sug‘orish tugab, yer qurigach o‘ziga tuzni 
shimigan quruq g‘ovak mato yer yuzasidan olinib, sho‘r yerga qayta to‘shash uchun 
yuviladi. Natijada, har bir ga maydondan 4500 kg gacha tuz olib chiqib ketish 
mumkin. 
9. Yerlarni tekislash. 
Fizik tadbirlar 
– yerni chuqur haydash va yumshatish, ho‘llash, 1 ga maydonga 
200-500 t qum solish, so‘ngra sho‘r yuvish. Bu tadbirlar tuproq qatlamini havo va suv 
o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi. 
Sho‘r maydonlarda elektr tokini qo‘llashdan so‘ng sho‘r yuvish juda yaxshi 
natija beradi. 
Biologik tadbirlar
– organik o‘g‘itlar kiritish, sholi, beda, qashqar beda, tuya 
yo‘ng‘ichqa ekish orqali pastki qatlamga yuvilgan ozuqa elementlarini yuqoriga 
ko‘tarish. 
Kimyoviy tadbirlar 
– tuproqdagi erkin sodaning ta’sirini yo‘qotish (neytrallash) 
va yutuvchi natriyni kalsiy ionlari bilan almashtirish. Buning uchun kimyoviy 
meliorant sifatida gips (
4
CaSO
), ohak (
3
CaCO
), va kislotali moddalar (oltingugurt 
kislotasi (
4
2
SO
H
), oltingugurt (
S
), temir sulfat (
4
FeSO
) lardan) foydalanish. Bu 
moddalar neft va bo‘yoq zavodlarining ishlab chiqarish chiqindilari tarkibida mavjud 
bo‘lganda ularni tuproqqa aralashtirish bu moddalarni tuproq karbonatlari bilan 
kimyoviy jarayonga kirishishiga va eruvchan kalsiy manbai bo‘lmish gipsning hosil 
bo‘lishiga olib keladi. 
Sho‘rtob yerlarni melioratsiya qilishda ko‘pincha, gipsdan foydalanishadi. 
Gipslashning nazariy asosidan ko‘rinib turibdiki, sho‘rtob tuproqlarning fizikaviy va 
mexanik aks ta’siri keskin susayadi. 
Gidrotexnik tadbirlar.
Bu tadbirlar sizot suvlarining bug‘lanishini kamaytirish, 
ularning sathini pasaytirish va faol qatlamdan tuzni sun’iy zovurlar yordamida olib 
chiqib ketishdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir: 
1. Yer osti suvlaridan qishloq xo‘jaligida foydalanish. 


120
2. Sug‘oriladigan maydonlarning yerdan foydalanish koeffitsienti (YFK) 
qiymatini 
oshirish 
(
92
,
0
88
,
0
k

=
ω
). 
Sug‘oriladigan 
yerlar 
orasida 
sug‘orilmaydigan yerlarning bo‘lishi, sho‘r yuvish yoki sug‘orish jarayonida, sizot 
suvlarining sug‘oriladigan yerlardan sug‘orilmaydigan yerlarga oqib borishiga va u 
yerlardan bug‘lanishiga (quruq zovur) sabab bo‘ladi.
Quruq zovur maqsadida yerlarning bir qismidan foydalanilmaslik, bu yerlarni 
minerallashgan sizot suvlarining bug‘lanish havzasiga aylanib qolishiga va kelajakda 
butkul ishga yaroqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. 
3. Sun’iy zovurlar qazish va sho‘r yuvish ishlarini amalga oshirish. Yerlarning 
sho‘rlanishiga qarshi kurashishda yerlarning meliorativ holatini chuqur tahlil qilgan 
holda, yuqorida zikr etilgan tadbirlar bilan birga olib borilsa, ko‘zlangan maqsadga 
erishiladi. 
Sho‘rlangan yerlarni chuchuklashtirish, ayniqsa, sug‘orish maydonlarida, sho‘r 
yuvish ishlarisiz hozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin emas. Ayni paytda sho‘r 
yerlarning sho‘rini yuvishdan hosil bo‘lgan suvlarni zovurlar yordamida maydon 
tashqarisiga olib chiqib ketish ham kerak, buning uchun sun’iy zovurlar hosil 
qilinadi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling