Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi Reja


Download 139.5 Kb.
bet1/10
Sana07.01.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1082699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi


Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi
Reja:



  • Periferik asab tizilmasini qitiklovchi dori vositalari

  • Alfa, betaadrenoqurilmalarni qitiqlovchilar

  • Gipstenziv dori vositalarining klinik farmakologiyasi arterial gipertenziya rivojlangan

  • Periferik ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalari (simpatolitiklar)

  • Izoxinolin hosilalari. papaverin. farmakodinamikasi.

  • Antibradikinin ta’sirga ega bo‘lgan moddalar

  • Betaadrenoqurilmalarni falajlovchilar betaadrenofalajlovchilar samaradorligini va xavfsizligini nazorat qilish.

Qon tomirlari tonusiga ta’sir qiluvchi dori vositalari 2 guruhga: 1) qon tomirlari tonusini oshiruvchi (markaziy asab va periferik asab tizilmasini quvvatlovchilar: alfa, betaadrenoqurilmalarni; alfaadrenoqurilmalarni; alfa, beta va dofamin qurilmalarni) va miotrop ta’sirga ega dori vositalariga bo‘linadi.
Markaziy asab tizilmasi orqali ta’sir qiluvchi dori vositalari. Bu guruhdagi dori vositalariga ruhiyatni, nafas markazini jonlantiruvchi (analeptiklar) va boshqa tizilmalar orqali qon bosimini oshiruvchi dori vositalari kiradi. Yuqorida sanalgan dori guruhlarining asosiy farmakologik ta’siri qon tomiri tonusini oshiruvchi bo‘lmaganligi sababli bu guruhdagi dori vositalarining klinik farmakologiyasi bu bobda o‘rganilmaydi.


1. PERIFERIK ASAB TIZILMASINI QITIKLOVCHI
DORI VOSITALARI
1.1. Alfa, betaadrenoqurilmalarni qitiqlovchilar

Adrenalin (epinefrin) alfa va betaadrenoqurilmalarni qitiqlab qon tomiriga simpatik asab ta’sirini kuchaytiradi. Fiziologik miqdorlarda adrenalin skelet mushaklari, bosh miya, koronar arteriya qon tomirlarini kengaytiradi va organizmning kuchli qitiqlagichlarga chidamliligini oshiradi. Ko‘proq miqdorlarda teri, ichki a’zolar arteriolalar va venalarni kuchli toraytirib, sistolik va diastolik bosimni qisqa muddatga oshiradi. Adrenalin betaadrenoqurilmalarini qitiqlab bronx silliq mushaklarini kengaytiradi, yurak urishlar sonini ko‘paytiradi, yurakning qo‘zg‘aluvchi va o‘tkazuvchi tizilmalarini qo‘zg‘atadi, oshqozonichak tizilmasi harakatini susaytiradi. Jigarda va skelet mushaklarida glikogenoliz jarayonini kuchaytiradi, insulin ishlanishini kamaytirib, qonda glukoza miqdorini oshiradi. Adrenalin ta’sirining boshlanishi, yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilishi va davomiyligi yuborilgan miqdoriga va kiritish yo‘liga bog‘liq. Uzoq vaqt va teztez ishlatilganda organizm sezuvchanligi pasayadi (tolerantlik), dori yuborish to‘xtatilgach o‘tib ketadi. Teri ostiga va mushakka yuborilgach 3—10 daqiqadan keyin bronxlar kengayadi, bu ta’siri 20 daqiqa davom etadi, ingalatsiya qilinganda esa 20 dakiqadan keyin boshlanib bir soatgacha davom etadi.


Farmakokinetikasi. Og‘iz orqali yuborilganda tezda parchalanganligi sababli ta’siri yuzaga chiqmaydi. Simpatik nerv oxirlarida, jigarda va boshqa to‘qimalarda sulfatlanish, qisman esa glyukuronlanish yo‘li bilan faolsizlantirilaDi.
Ishlatilishi. Umumiy qon hajmi saqlangan gipotoniya. Efedrin va boshqa simpatomimetiklardan to‘xtamagan bronxlar torayishi; anafilaktik shok, AV o‘tkazuvchanligi buzilishi.
Ishlatilmaydi. Miya, yurak qon tomirlarining organik o‘zgarishlarida, qandli diabet, xafaqon kasalligi, Parkinson kasalligida, gipertireoz.
Salbiy ta’sirlari: bosh aylanishi, yuz qizarishi, ko‘ngil aynishi, qaltirash, uyqu buzilishi, nafasning qiyinlashuvi, holsizlik, terlash belgilari bilan namoyon bo‘ladi.
Uzaro ta’siri. Alfaadrenofalajlovchilar, nitratlar adrenalinning qon tomirlarni toraytiruvchi samarasini kamaytiradi. Umumiy og‘riq qoldiruvchi dori vositalari miokardning adrenalinga sezuvchanligini oshiradi, birga ishlatilganida yurak urishlar soni ortib ketadi. Qandni kamaytiruvchi dorilar ta’sirini kamaytiradi, shu sababli bir vaqtda ishlatilganda ularning miqdorini ko‘paytirish kerak. Tritsiklik antidepressantlar adrenolinning qon bosimini oshirish ta’sirini kuchaytiradi.
Efedrin (efalon) alfa va beta adrenoqurilmalarni bilvosita qo‘zg‘atadi. Farmakologik ta’siri presinaptik simpatik qurilmalarda noradrenalinni siqib chiqarish bilan bog‘liq, qayta so‘rilishining falajlanishi, adrenoqurilmalarning noradrenalin, adrealinga sezuvchanligining ortishi, buyrak usti bezlaRida adrenalin ajralib chiqishi ko‘payishi bilan bog‘liq. Efedrin antigen—antitelo reaksiyasi jarayonida Oz myqdorda atsetilxolin va gistamin chiqishini kamaytiradi.
Farmakodinamikasi. Efedrin alfaadrenoqurilmalarni qo‘zg‘atib adrenalinga nisbatan ozroq, biroq, sistolik qon bosimini uzoqroq oshiradi.
Yuqori miqdorlarda 3—4 kun davomida sutkasiga 40—60 mg/kg yuborilsa, noradrenalin zahirasini tugatish hisobiga efedringa chidamlilik (taxifilaksiya) keltirib chiqaradi.
Oz miqdorlarda (10—20 mg) uzoq muddat ishlatilganda taxifilaksiya kuzatilmaydi, chunki simpatik nerv oxirlarida katexolaminlar to‘planib ulguradi.
Efedrin bronx silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Mushakka yuborilgach bronxlarni bo‘shashtirish ta’siri 10—15 daqiqadan so‘ng kuzatiladi va 3 soatcha davom etadi. Ichilganda esa bu samara kechroq — 40—60 daqiqadan keyin kuzatiladi va 4 soatdan ortiqroq davom etadi. Venaga yuborilganda koronar va qon tomirlarini qisqartiruvchi ta’siri bir soatcha davom etadi. Markaziy asab tizilmasini qo‘zg‘atadi, retikulyar formatsiyaga ta’sir qiladi, ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi, bachadon mushaklari qisqarishini susaytiradi, siydik pufagi sfinktri qisqarishini oshiradi. Qichik qon aylanishi qon tomirlarini qisqartirish hisobiga o‘pkada gaz almashinuvini buzishi mumkin.
Farmakokinetikasi. Efedrin ichilganda, mushakka yuborilganda yaxshi so‘riladi. Monoaminooksidaza (MAO) ta’siriga chidamliroq, jigarda sekinlik bilan parchalanadi, ko‘proq buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqib ketadi, siydikning kislotali muhitda 24 soat davomida yuborilgan miqdorning 90 foizi, ishqoriy muhitda esa 30 foizi chiqib ketadi. Yarim chiqib ketish vaqti 3—6 soat (yuborilgan dori miqdoriga va siydik rNga borliq, masalan, siydik rN = 5 ga teng bo‘lganda bu vaqt 3 soat, rN = 6 ga teng bo‘lganda esa 6 soatga teng).
Ishlatilishi. Bronxial astma xurujining oldini olish va davolash; bronxlar shilliq qavatining shishi bilan kechayotgan bronxlar torayishini to‘xtatish uchun; burun shilliq pardalari shishganda burunga tomizish uchun; gipotoniyaning oldini olish va davolash uchun; yurak AV blokadasida yurak to‘xtab qolishining oldini olish uchun, sinus tuguni sustligi sindromida; kechasi siyib qo‘yish kasalligida; miasteniyani davolash, dismenorreyada og‘riqni kamaytirish uchun; qorachiqni kengaytirish uchun.
Ichish uchun bir martalik miqdori 25—50 mg, sutkalik miqdorini 6—8 qabulga bo‘lib berish mumkin. Mushakka, teri ostiga yuborilganda miqdori 25—50 mg, venaga esa 25 mg dan oshmasligi kerak.
Ishlatilmaydi. Xafaqon kasalligida, miya, yurak qon tomirlari aterosklerozida, yurak ishemik kasalligida, gipertireozda, uyqusizlikda, prostata bezi kattalashganda. Katta yoshli bemorlar efedringa yuqori sezuvchan bo‘ladilar. Efedrin qisman ko‘krak suti bilan ajralib chiqishini homilador ayollarga berishda hisobga olish lozim. Amfetamin va boshqa biogen aminlarga yuqori sezuvchan bemorlar efedringa ham yuqori sezgir bo‘ladi.
Salbiy ta’sirlari bemor yurak urishining tezlashuvi, aritmiya va bemorning besaranjomligi, uyqusizlik, ko‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish; ba’zi bolalarda patologik uyquchanlik; qariyalarda — siydik tutilishi bilan kechadi.
Uzaro ta’siri. Sulfanilamidlar, yod, shirinmiya ildizi qaynatmasi bilan erimaydigan cho‘kmaga tushadi. Adrenalin bilan ishlatilganda bronxlar sillis mushagi tonusi susayishining davomiyligi oshadi. MAO ingibitorlari, rezerpin bilan ishlatilganda qon bosimi birmuncha ko‘tarilishi mumkin; betafalajlovchilar bilan bronxlarni kengaytiruvchi ta’siri kamayadi. Umumiy narkotiklar, og‘riq qoldiruvchilar samarasini kamaytiradi. Alfaadrenofalajlovchilar efedrinning qon bosimini oshirish ta’sirini yo‘qotadi.
1.2. Alfaadrenaqurilmalarni qo‘zg‘atuvchilar Noradrenalin gidrotartrat (levarterenol) — qon tomirlaridagi alfaadrenoqurilmalar va yurakdagi betagadrenoqurilmalarning yengil agonisti. Asosiy farmakologik ta’siri arteriolalar tonusini oshiradi, bu esa periferik qon tomirlari qarshiligini, qon bosimini oshiradi, buyraklar va jigar qon aylanishini yaxshilaydi. Qon bosimini ko‘tarish maqsadida boriladigan noradrenalin miqdori miokardning kislorodga sezuvchanligini deyarli o‘zgartirmaydi, yurak rishlar sonini kamaytiradi. Noradrenalinni boshqa a’sirlari adrenalinnikiga o‘xshaydi.
Ishlatilishi. Jarrohlik, shikastlanish va infekyadan keyingi karaxtliklarda tavsiya etiladi. Gemork karaxtlikda tavsiya etilmaydi, yurak karaxtligida juda ehtiyotkorlik bilan ishlatish mumkin.
Venaga tomchilab 1 mg (0,5 ml) 0,2% eritma ko‘rinishida 200 ml natriy xlorning izotonik eritmasida, arterial bosimni nazorat qilgan holda yuboriladi. Ta’siri tez boshlanadi va dorini yuborish to‘xtashi bilan to‘xtaydi.
Salbiy ta’siri to‘qima jonsizlanishi (nekroz), aritmiya, kamdankam bosh og‘rishi va nafasning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Mezaton (fenilefrin ) alfaadrenoqurilmalarga tanlab ta’sir qiladi, qisman presinaptik sinapslardan noradrenalin chiqishini ko‘paytiradi. Arterial qon bosimini oshiradi, yurak urishlar sonini biroz kamaytiradi. Venaga yuborilganda davomiyligi — 20 daqiqa, teri ostiga yuborilganda 60 daqiqaga teng.
Ishlatilishi. Arterial gipotoniya, shikastlanish, jarrohlik operatsiyalaridan, infeksiyadan kelib chiqqan va kardiogen karaxtlikda. Mezaton teri ostiga yoki venaga 1 ml 1% eritmasi 100—200 ml natriy xlorning izotonik eritmasida yuboriladi. Ta’sir kuchi adrenalin, noradrenalindan kuchsiz, lekin davomliroq.
1.3. Alfa, beta va dofaminqurilmalarini qo‘zg‘atuvchilar
Dofamin (dopamin) alfa, beta va dofaminqurilmalarini qo‘zg‘atadi, bu ta’siri uning kiritilayotgan miqdoriga bog‘liq.
Kam miqdorlarda 0,5—2 mkg/kg/daq. dofaminqurilmalariga ko‘proq ta’sir qilib, buyraklar va ichaklar qon tomirlarini kengaytiradi. 2—10 mkg/kg/daq. miqdorlarda betaadrenoqurilmalarini qo‘zg‘atib yurak ish faoliyatini kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida yurakning qisqaruvchanligini oshiradi. Yurak ishini quvvatlaydi, sistolik va puls arterial qon bosimini oshiradi, diastolik bosim kam o‘zgaradi. Koronar qon aylanishi va miokardning kislorodga talabi kuchayadi.
Dofamin 10 mkg/kg daq. miqdorda alfaadrenoqurilmalarni qo‘zg‘atib, periferik qon tomirlarning umumiy qarshiligini oshiradi, buyraklar qon tomirini toraytiradi, surunkali qon aylanishi bor bemorlarda yurakning bir martalik qon xaydashini kamaytiradi. Yurak qisqarishi saqlangan bemorlarda sistolik va diastolik qon bosimi, yurakning qisqaruvchanligi, bir martalik va daqiqalik hajmi ortadi. Yuqorida ko‘rsatilgan dofamin miqdorlari shartli, chunki yuqoridagi o‘zgarishlar sezuvchi qurilmalar va tizilmalar sezuv» chanligiga bog‘liq. farmakokinetikasi. Dofamin MAO, K.OMT ta’sirida jigarda, buyraklarda va qon zardobida faolsiz birikmalarga parchalanadi. Bir qismi esa to‘qimalarda noradrenalinga aylanadi. Oz qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqib ketadi.
Ishlatilishi. Miokard infarkti, jarohat, septikopiyemiya natijasida kelib chiqqan karaxtlikda, ochiq yurakdagi jarrohlik operatsiyasida, jigar va yurak dimlanishidan kelib chiqqan yurak yetishmovchiligida ishlatiladi.
Dofamin venaga gomeostazni korreksiya qilingach, gemodinamikada ijobiy samara bergan miqdorda yuboriladi.
Infuziya 0,5—1 mg/kg/daq. dan boshlanadi; 2—5 daqiqadan so‘ng gemodinamika bergan samarani monandligi aniqlanadi. Dori ta’siri infuziya to‘xtatilgach 10—15 daqiqadan keyin o‘tib ketadi. 10 mkg/kg/daqiqa yuborilganda gemodinamikada ijobiy samara kuzatilmasa, dofamin yuborish to‘xtatiladi. Feoxromotsitomada ishlatilmaydi.
Salbiy ta’siri. Ko‘krak qafasida og‘riq, nafas qiyinlashuvi, besoranjomlik, yurak urishlar sonining oshishi, bosh og‘rig‘i, qayt qilish ko‘rinishida bo‘ladi. Simpatik aminlarga yuqori sezuvchan bemorlar dofaminga kuchli reaksiya bilan javob beradilar.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri. Umumiy narkoz vositalari bilan ishlatilganda yurak qorinchalari aritmiyasini chakiradi, diuretiklarning samarasini oshiradi, Guanetidin va tritsiklik antidepressantlar dofaminning qon tomirlarini toraytirish samarasini oshirishi mumkin. Alfaadrenoqurilmadarni falajlovchilar dofaminning periferik qon tomirlari umumiy qarshiligini kamaytirvsh ta’sirini susaytiradi.
2. Gipstenziv dori vositalarining klinik farmakologiyasi arterial gipertenziya rivojlangan mamlakatlarning 8—25% aholisida aniqlangan. Arterial gipertoniyaning oldini olishda va davolashda farmakoterapiya asosiy o‘rinda turadi. JSST ma’lumotlariga qaraganda, antigipertenziv dorilarni uzoq muddat va doimiy ravishda qo‘llash arterial bosimni 60—85% holatlarda mo‘tadillashtiradi va bemorlar umrining davomiyligini o‘rtacha 10—12 yilga uzaytiradi. Bu guruhga kiruvchi dorilarning ta’sir mexanizmlarini, farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarini hamda ularning boshqa guruhdagi dorilar bilan o‘zaro munosabatlarini, salbiy ta’sirlarini bilgan holda maqsadga muvofiq tavsiya etish bemorlar umrini yanada uzaytiradi. Shu tufayli bu guruhdagi dorilarni samarali qo‘llash vrachdan ularning klinik farmakologiyasini yaxshi bilishni taqozo etadi.
Zamonaviy qon bosimini tushiruvchi dori vositalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Markaziy ta’sirga ega bo‘lgan dorilar: markaziy asab alfaqurilmalarini kuchaytiruvchilar (alfametildofa); — qon tomirlariga simpatik asab sistemasi ta’sirini susaytiruvchilar (simpatolitiklar); — periferik ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalari; — gangliyalarni falajlovchilar; alfaadrenoqurilmalarni falajlovchilar; — periferik vazodilyatatorlar.
Miotrop ta’sirga ega bo‘lgan dorilar: nitritlar va va nitratlar; tomir silliq muskullarini to‘g‘ridanto‘g‘ri bo‘shashtiruvchilar; angiotenzinni konvertatsiya qiluvchi fermentni falajlovchilar, kalsiy kanallarini «sekin» bloklovchilar.
2.1. Markaziy ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalari Alfametildofa (metildofa, dopegit, aldomet)
Farmakodinamikasi. Aldometning gipotenziv ta’siri uning markaziy asab tizilmasiga bo‘lgan ta’siriga bog‘liq. Metabolizm jarayonida metildofa MNS da avval alfametildofaminga, keyinchalik esa alfametilnoradrenalinga aylanadi. Bu modda soxta mediator hisoblanadi va u adrenergik retseptorlarga ta’sir qiladi. Lekin soxta mediatorning faolligi noradrenalinga nisbatan ancha sust. Shu sababli do‘nglik osti paraventrikulyar yadro depressor ta’sirining kuchayishiga va uzunchoq miyaning postsinaptik alfaadrenoretseptorlari qo‘zg‘alishi natijasida qon bosimning pasayishiga olib keladi.
Aldometni uzoq qo‘llanish natijasida arterial qon bosimi asosan qon tomirlarining umumiy qarshiligining susayishi xisobiga pasayadi. Yurakning daqiqalik hajmi o‘zgarmasligi ham mumkin.
Umuman olganda, aldomet yurakning ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki dori yurak qisqarishlari sonini va yurakning mexanik ishini pasaytiradi. Miokardda organik o‘zgarishlar bo‘lgan bemorlarda dori yurak sohasida og‘riq chaqiradi va yurakning qon haydash vazifasini susaytiradi, shu sababli bunday hollarda aldomet ishlatilmaydi.
Aldometni ko‘p vaqt qabul qilgan bemorlarda buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, buyrakdan qon oqishini ko‘paytiradi va buyrak filtratsiyasini oshiradi. Shuningdek, ko‘p hollarda bosh miya kon aylanishining yaxshilanishi va bosh miyaning elektrik faolligining mo‘tadillanishi kuzatiladi. Aldomet qondagi renin faolligini ham oshiradi.
Aldometni uzoq vaqt ishlatilganda tanada natriy va suvning ushlab qolinishi natijasida qon zardobi hajmining ko‘payishi kuzatiladi, buning natijasida aldometning qon bosimini pasaytirish qobiliyatn susayadi. Ba’zi bir bemorlarda tana og‘irligi 3—4 kg ga oshadi, ba’zilarda esa hatto shishlar ham paydo bo‘ladi. Bu natriyning organizmda ushlanib qolishi, uning buyrak kanalchalarida aldomet ta’sirida qayta so‘rilishi hisobiga bo‘ladi.
Farmakokinetikasi. Aldometni og‘iz orqali qabul qilinganda qon bosimining pasayishi 3—5 soatda, vena orqali yuborilganda esa 2—3 soatda, doriga sezgir bemorlarda esa ancha tezroq kuzatiladi. Dorining gipotenziv ta’siri davomiyligi 6 soatgacha, shuning uchun dorining sutkalik miqdorini 2—3 qismga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Davolash ertalab 250 mg miqdorda qabul qilishdan boshlanadi va har 4—7 kundan keyin dori miqdori 500 mg (250 mg dan ertalab va kunduzi, tushlikda)gacha ko‘paytiriladi. So‘ngra dori miqdori har haftada 250 mg dan oshirib boriladi. Eng yuqori kunduzgi miqdori 1,5—2 g bo‘lishi kerak. Dorining kunlik miqdorini iloji boricha 750—1000 mg dan oshirmaslik kerak. Arterial qon bosimi 2—5 kundan keyin turg‘un pasayadi. Qon zardobi hajmi oshishining oldini olish va aldometning gipotenziv ta’sirini kuchaytirish uchun aldomet odatda davolashning birinchi kunidansq gipotiazid (kuniga 50—100 mg dan) bilan birgalikda ishlatiladi. Aldomet bilan davolash to‘xtatilgandan so‘ng qon bosimi 2—3 kundan keyin o‘zining Dastlabki holatiga qaytadi. Ba’zi bemorlarda aldometni qabul kilishni to‘xtatish qon bosimining tezda ko‘tarilishiga olib keladi, shuning uchun davolashni astasekin to‘xtatish kerak bo‘ladi.
Salbiy ta’sirlari. Bemorlar aldomet qabul qilishni yaxshi ko‘tara olsalar ham u ishlatilganda salbiy ta’sirlari uchrab turadi. Ba’zi bemorlarda aldomet bilan davolashning 7—10 kunlarida uyqu bosish, nafas qisishi, aqliy faollikning pasayishi, shuningdek og‘iz qurish hollari ham kuzatiladi.
Odatda, bu belgilar 3—4 kundan ortiq davom etmaydi. Mabodo bemor uyqu bosishdan shikoyat qilsa, aldometning ko‘proq miqdorini tushlik vaqtiga tavsiya qilish ma’qul. Juda kam hollarda bemorlarda tunda qo‘rqish, jinsiy buzilishlar (libidoning susayishi), amenoreya, burun shilliq qavatining qurishi, ichak diskineziyasi kabi salbiy ta’sirlari ham kuzatiladi. Bunday hsllarda dorining miqdorini kamaytirish yoki aldomet bilan davolashni to‘xtatish kerak bo‘ladi.
Diensefal buzilish (do‘nglik osti sohasi disfunksiyasi) bo‘lgan bemorlar aldometni qabul kilganda o‘zlarini yomon his qiladilar, ularda bezovtalanish kuchayadi, taxikardiya, poliuriya, bo‘shashish bilan kechadigan vegetativ xurujlar tezlashadi. Bunday bemorlarga aldomet bilan rezerpinni qo‘shib ishlatish tavsiya qilinmaydi. Aldometni katta miqdorda qabul qiluvchi, ozg‘in va buyrak ishi buzilgan bemorlar kollapsga moyil bo‘ladilar.
Aldometning boshqa salbiy ta’sirlari allergik tabiatga ega: ba’zan musbat Kumbs testi bilan kuzatiladigan gemolitik kamqonlik, bo‘g‘imlarda (artralgiya), mushaklarda (mialgiya) og‘riq turishi, terida toshmalar paydo bo‘lishi, eozinopeniya bilan kechadigan psevdoseptik isitma va giperbilirubinemiya uchrashi ham mumkin. Aldometni qo‘llashga monelik qiladigan holatlar. Jigardagi faol jarayonlar (gepatitlar, sirroz), bemorlarning immunologik kasalliklarga va tushkunlikka moyilligi kuchli bo‘lsa, parkinsonizm, feoxromotsitoma bo‘lganda aldomet tavsiya etilmaydi.
Katapressan (klonidin, klofellin, gemiton) Farmakodinamikasi. Katapressan organizmga tushgandan so‘ng u gematoensefal to‘siqdan tez o‘tadi va do‘nglik osti paraventrikulyar yadro neyronlarini, miya ustunining (stvolining) pastki qismidagi postsinaptik alfaadrenoretseptorlarni, aytqsa uzunchoq miyani qo‘zg‘atadi, periferiyaga, ya’ni qon tomirlarga, yurakka va buyrakka chiqadigan simpatik impulslarni cheklaydi.
Qatapressan alfaadrenoqurilmalarni qo‘zg‘atuvchilar qatoriga kiradi va shu sababli uning ta’siri ikki fazada kechadi. Qatapressan venaga tez yuborilganda
q 5—2,5 daqiqa davomida qon bosimining 5—15% ga k’utarilishi kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida yurak qisqarishlari soni, yurakning daqiqalik hajmi 10—20% ga kamayadi va vena bosimi o‘zgarmaydi.
Birinchi fazada katapressanning qon bosimini ko‘tarish ta’siri — uning periferik alfaadrenomimetik, ya’ni qon tomirlarini toraytirishi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi fazasi esa qon bosimining sekinasta pasayishi bilan xarakterlanadi, bunda 20—40 daqiqadan so‘ng kon bosimi eng past darajaga tushadi. Katapressan gipotenziv ta’sirining davomiyligi 2—3 soatga teng. Qatapressan og‘iz orqali qabul qilinganda uning faqat gipotenziv ta’siri kuzatiladi.
Katapressan markaziy va orqa miya sohasidagi bir kancha qon tomirlar tonusini boshqaruvchi markazlariga ta’sir qiladi.
Katapressanni venaga yoki og‘iz orqali qabul qilinganda qon bosimini pasaytirish qobiliyati, yurakning daqiqalik hajmining kamayishi bilan bog‘liq. Bu katga venalarning kengayishi natijasida yurakka oqib kelayotgan qon miqdorining kamayishi hamda yurak faoliyatining susayishi natijasidir. Bemor yotgan holatda qon tomirlarining umumiy qarshiligi yurakning daqiqalik hajmi bilan birgalikda kamayadi. Qon bosimi turg‘un ko‘tarilgan bemorlarni katapressan bilan uzoq vaqt davolash qon tomirlari umumiy qarshiligining pasayishiga va yurak urishlari sonining kamayishiga olibkeladi. Baroretseptor refleksi esa saqlanib qoladi.. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorda katapressai koptakchalar filtratsiyasi tezligini kamaytiradi.
Aldometga o‘xshab, katapressanda ham natriy va suvni tutib qolish xususiyati bor. Katapressan bilan davolash vaqtida adrenalin va noradrenalinning siydik orqali ajralib chiqishi kamayadi. Shuningdek, qon zarDobida renin va aldosteron faolligi pasayadi.
Farmakokinetikasi. Katapressan og‘iz orqali ichilgandan so‘tsg yaxshi so‘riladi. Uning zardobdagi yuqori miqdori 3—5 soatdan keyin yuz beradi. Qondan ajralib chiqib ketish davri 12—16 soatga teng. Katapressan yo‘ldosh orqali yaxshi o‘tadi va homilaning yurak urishlarini kamaytiradi.
Ishlatilishi. Qatapressan xafaqon kasalligining davrlarida tavsiya qilinadi. Qatapressan bilan elashni oz miqdorda, ya’ni 0,075 mg dan kuniga 3 yoki 0,1 mg dan 2 mahal (nonushta va tushlik vaqt berishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Miqdori ko‘paytirylganda unyng ko‘proq qysmyny kyochki paytda berish tavsiya qilinadi. Davolashning 1,2davrida uning miqdorini sekinasta ko‘paytirib borishga to‘g‘ri keladi. Uy sharoitida davolanganda dorining miqdori har 3—7 kunda 0,075—0,1 mg dan, kasalxonada esa har 1—2 kunda oshirib boriladi. Uning sutkalik miqdori ko‘proq 0,3—0,45 mg, qon bosimining turg‘un ko‘tarilish hollarida esa 0,6—2,5 mg gacha yetadi. Davolash 1 oydan 1 yilgacha va undan ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin.

Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling