Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi Reja


Qalsiy kanallarini falajlovchilar


Download 139.5 Kb.
bet10/10
Sana07.01.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1082699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi

Qalsiy kanallarini falajlovchilar.
Bu guruhdagi dorilar 3 avlodga:
I avlod dorilari. Digidropiridin unumlari verapamil (izoptin, fenoptin); fenilalkilamin unumlari nifedipin (fenigidin, adalat, korinfar, kordipin, kardipin); benzotiazepin unumlari diltiazem (dilzem) kiradi.
I avlod dorilari: I avlod dorilaridan ta’sirining Davomiyligi, to‘qimalarga selektivligi va salbiy ta’girlarining kamligi bilan farqlanadi.
I avlod. Naftpidil maxsus xususiyatga ega (alfa^Drenoqurilmalarni falajlovchi), emopamil (simpatolitik xususiytga ega) dorylar kiradi. Bularning1 klinikadagi o‘rni o‘rganilmoqda.
Farmakodinamikasi. Qalsiy kanallari murakkab tuzilishdagi transmembran oqsillar bo‘lib, 5 subbirlikdan iborat, hujayra ichiga kalsiy ionlari kirishini ta’minlaydi. Bir soniya davomida har bir kanal 30 mingga qadar kalsiy ionlarini o‘tkazishi mumkin. Bu kanallar orqali hujayraga natriy, kaliy va vodorod ionlari ham tushadi. Potensial va mediatorga bog‘liq kalsiy kanallari farq qilinadi. Qaysi to‘qimalarga joylashuviga qarab I, N, P, L tipidagi potensial bog‘liq kanallar farqlanadi. Kalsiy kanalini bloklovchilar miotsitlarda, yurak o‘tkazuvchi tizilmasida, bronx, qon tomirlari, bachadonda, siydik chiqaruv kanallarida, o‘t pufagida, oshqozonichak tizilmasida, skelet mushaklarida va trombotsitlarda joylashgan Ltipdagi kanallarga ta’sir qiladi.
Hujayrada kalsiy va natriy miqdorining o‘zgarishi hujayrada aktomiozinning tropomiozin depressiyasini chaqiradi, ATFaza faolligini buzadi, qo‘zg‘aluvchanlik va o‘tkazuvchashshk jarayonlarini izdan chiqaradi. Farmakologik ta’siri. Qon tomirlari tonusini susaytirib (arterial bosimni kamaytiradi; yurakka bo‘lgan oxirgi va oldingi zo‘riqishni kamaytiradi; koronar, miya, buyraklar qon aylanishi, oyoqqo‘llarda mikrotsirkulatsiyani yaxshilaydi, kichik qon aylanishida bosimni kamaytiradi) va ichki a’zolar qon tomirlarini kengaytiradi.
Miokardning qisqaruvchanligini kamaytiradi; sinus tugunida Rhujayralar avtomatizmini va bo‘lmachalardagi ektopik o‘choqlarda avtomatizmni kamaytiradi, atrioventrikulyar tugun o‘tkazuvchanligini susaytiradi; trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi.
Bulardan verapamil guruhidagi dorilar qon tomirlar tonusiga nisbatan yurakni atrioventrikulyar o‘tkazuvanligiga kuchliroq, nifedipin guruhi dorilari, aksincha, o‘tkazuvchi tizilmaga nisbatan qon tomirlarni kuchli bo‘shashtiradi; diltiazem guruhidagi dorilar qon tomirlar tonusiga va yurak o‘tkazuvchi tizilmasiga qariyb bir xil faollikda ta’sir ko‘rsatada, ularning bu ta’siri yuqoridagi ikki guruh dorilarga nisbatan sustroq bo‘ladi.
Farmakokinetikasi. Bu guruhdagi dorilar ichilganda yaxshi (90% ko‘prog‘i) so‘riladi, biroq jigardan birlamchi o‘tish davrida ma’lum qismi metabolizmga uchraydi. Qo‘pchiligining biologik o‘zlashtirilishi 35% dan kamroq, nifedipinniki (65%), nitrendipin (70%) va amlodipinniki (65—90%). Shu sabably bular og‘iz orqali yuborilganda (parenteral yuborishga nisbatan)
4__5 marta ortiq miqdorlarda beriladi. Qabul qilin
gandan keyin qondagi eng yuqori miqdori 45—60 daqika (til ostiga qo‘yilganda 5—10 daqiqa)ni tashkil qiladi. Bu guruhdagi dorilar qon oqsillari bilan 90% dan ortiq bog‘lanadi, buni gipolipoproteinemiyada ko‘zda tutish kerak, chunki bu holda dorining qondagi sof miqdori ortib ketishi mumkin. Bular barcha to‘qimalar, markaziy asab tizilmasiga ham yaxshi kiradi (tarqalish hajmi 5—6 l/kg ni tashkil qiladi). I avlodga mansub dorilar ta’sirining davomiyligi
4__6 s (3—4 marta yuboriladi), II avlod dorilariniki
o‘rta hisobda 12 s (1—2 marta yuboriladi).
Bular jigarda faol bo‘lmagan metabolit hosil qilib metabolizmga uchraydi, biroq verapamil metaboliti — norverapamil va diltiazem metaboliti — diatsetildiltiazemlar farmakologik faollikka ega.
Bular asosan buyraklar (80—90%), qisman jigar orqali chiqib ketadi.
Jigar kasalliklarida bularning miqdorini kamaytirish, buyrak yetishmovchiligida esa faqat verapamil va diltiaz.yem miqdorini kamaytirish kerak bo‘ladi.
Boshqa guruhdagi dorilar bilan o‘zaro ta’siri
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar, sulfanilamidlar, lidokain, diazepam, dizopiramid, digitoksin yoki bilvosita ta’sir qiluvchi antikoagulyantlar bilan qo‘shib ishlatilganda kalsiyni bloklovchi preparatlarning qondagi miqdori ancha ortishi mumkin.
Bularni (ayniqsa verapamil va diltiazemni) xinidin, novokainamid va yurak glikozidlari bilan qo‘shib ishlatish xavfli, chunki yurak urishlari soni hadDan tashqari ortib ketishi mumkin.
Diuretiklar, klofelin, apressin, betaadrenoqueilmalarni falajlovchilar, angiotenzinni konvertaTSiya qiluvchi ferment ingibitorlari, angiotenzin Pligiklar bularning sinergistlari hisoblanadi.
Salbiy ta’sirlari
Ko‘p hollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, arterial gipotonnya.
Yuz terisining qizarishi, issiq sezish kayfiyati, kuproq verapamil ichilganda.
3. Oyoklarda shish paydo bo‘lishi.
4. Yurak urishlar sonining kamayishi (verapamilga), ba’zan yurak urishining reflektor tezlashuvi (taxikardiya) nifedshin ishlatilganda uchraydi.
5. Ichning qotishi (verapamil).
6. Qamdankam yurak yetishmovchiligi va parkinsonizm.
Samaradorligini va xavfsizligini nazorat qilish
1. Manfiy xronotrop samarasi (EKG da R—Q oralig‘i 25% dan oshmasligi kerak).
2. I standart kanalda S—T intervali va Ttishining normaga qaytishi.
3. Arterial qon bosimining normagacha pasayishi.
4. To‘sh suyagi orqasidagi va yurak sohasidagi og‘ritsning kamayishi, jismoniy zo‘riqishga chidamlilikning orti.shi.
Ishlatilishi. 1. Essensial va simptomatik xafaqon kasalligida boshqa gipotenziv dorilar bilan birga ishlatiladi. Xafaqon krizlari davrida nifedipin til ostiga qo‘yilganda: 10 daqiqadan keyin qon bosimi 12% ga, 30 daqiqadan keyin esa 22% ga tushadi. 2. Zo‘riqish stenokardiyasida va boshqa ko‘rinishlarda. Agar stenokardiya bo‘lmachalar ritmining buzilishi, taxikardiya bilan kechayotganda diltiazem guruhidan tanlash kerak, bordiyu bradikardiya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishi, qon bosimining ko‘tarilishi bilan kechayotganda nifedipin va uning guruhidagi dorilardan tanlash kerak. 3. Sinusli taxikardiya, taxiaritmiya, ekstrasistoliya, yurak bo‘lmachalarining titrashi va qaltirashida diltiazem guruhidan tanlanadi. 4. Kichik qon aylanishida qon dimlanish, miya qon aylanishining buzilishida migren, Reyno kasalligida nimodipin tavsiya qilinadi. 5. Gipertrofik kardiomiopatiyada II avlod dorilari ishlatiladi. 6. Sovuqdan kelib chiqadigan bronxlar torayishining oldini olish uchun. 7. Trombozlar. Markaziy asab tizilmasi kasalliklarini davolashda boshqa dorilarga qo‘shib beriladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kalsiy kanallarini bloklovchi dorilar guruhi yurak qon tomirlari kasalliklarini davolashda, bemorlar hayoti sifatini oshirishda va umrini uzaytirishda katta amaliy ahamiyatga molnk dorilar hisoblanadi.
Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling