Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi Reja


BETAADRENOQURILMALARNI FALAJLOVCHILAR


Download 139.5 Kb.
bet8/10
Sana07.01.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1082699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi

9. BETAADRENOQURILMALARNI FALAJLOVCHILAR

Bu guruhdagi dorilardan quyidagilar: propranolol (anapirin, obzidan, inderal), nadolol (kargard), alprenalol, oksprenolol (trazilar), pindalol (visken), atenolol (tenormin, tenoblok), metoprolol (betalok), talinolol (kordanum), atsebutalol (sektral) ko‘proq amaliy ahamiyatga ega.


Farmakodinamikasi. Betaadrenoqurilmalarni falajlovchilar, beta,adrenoqurilmalarni (yurak mushagida, o‘tkazuvchi tizilmasida buyrakni yukstaglo qurilmalarida) va betaadrenoqurilmalarni (bronx muskullarida, bachadonda, skelet mushaklarida, jigar va boshqa a’zolarda topilgan) falajlaydi.
Selektiv (tanlab) ta’sir qiluvchi adrenolitiklar topilgan, masalan, betaadrenoqurilmalarni falajlovchilar: metoprolol, atenolol, talinolol va atsebutalol. Biroq, bu dorilar yuqori miqdorlarda beta va beta adrenoqurilmalarni ham falajlaydi, shuning uchun bularni to‘g‘ri miqdorlashning katta ahamiyati bor.
Bular yana ichki simpatomimetik va hujayra membranasini mustahkamlash xususiyatiga ham ega.
Pindolol, oksfenalol, simprenolol, kamroq daraada atsebutalol va talinolollar ichki simpatomimetik faollikka ega. Bularning kimyoviy tuzilishida o‘ziga xoslik, ya’ni aromatik halqasida amin yoki idroksil guruhlarining bo‘lishi, bularga adrenoqulmalarni falajlash bilan birga, adrenoqurilmardagi faol markazlar bilan birikib ularni fizi
ologik faollik darajasida qo‘zg‘atish xususiyatini bedi. Shu sababli yurak urishlar soni va qisqarishati o‘zgarmaydi, ularning adrenoqurilmalarni fachi faolligi fizik va emotsional zo‘riqish, ya’ni katexolaminlar miqdori ortganda namoyon bo‘ladi, Mem.branalarni mustahkamlovchi faollik propranolol, oksprenalol, atsebutalol, kam darajada sa. dolol, alprenalol, pindalol va metaprolollarga xos Bularning bu faolligi adrenoqurshshalarni falajlamasdan hujayra membranasining kaliy va natriy ionlarini o‘tkazuvchanligini susaytiradi.
Farmakologik ta’sirlari. Sinus tugunida va turli getsrotrop o‘choqlarda o‘tkazuvchanlikni falajlaydimiokard qisqaruvchanligini kamaytiradi; qon tomirlari tonusini susaytiradi.
Bu dori vositalari markaziy asab markazlari ishini kamaytiradi; presinaptik asab oxirlarida noradrenalin chiqishini kamaytiradi va yukstaglomerulyar qurilmalardan repin ajralib chiqishini kamaytiradi.
Miokard va qon zardobida sof holdagi moy kislotalarining hosil bo‘lishini kamaytiradi (lipolizni kamaytirish hisobiga). Bu esa ularning parchalanishi uchun sarf bo‘ladigan kislorod, ya’ni energiyani kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida yurak ishini kamaytiradi; insulin chiqishini kamaytiradi; bronx silliq mushaklari tarangligini oshiradi.
Oxirgi 2 ta faollik selektiv betagadrenofalajlovchilar uchun xos emas.
Farmakokinetikasi. Bu dorilar parenteral yo‘l bilan va og‘iz orqadi yuboriladi. Ko‘pchilik dorilar 70— 90%) yaxshi so‘riladi, ammo jigarda birlamchi o‘tayotganda ularning biologik o‘zlashtirilishi (propranolol, oksprenolol, alprenolol, metaprolol va atsebutalollar) 50% gacha kamayadi. Boshqalarinshg biologik o‘zlashtirilishi so‘rilishi darajasiga (masalan, pindolol — 90%, atenolol va talinolol 60—65%) to‘g‘ri keladi. Biotransformatskya darajasi individlarda o‘ziga xos ko‘rsatkichga ega, bu o‘z navbatkda dorini (ichilganda) miqdorlashni qiyinlashtiradi.
Betaadrenofalajlovchilarning oqsil bilan bog‘lanish darajasi ham o‘ziga xos. Masalan, propranolol, oksprenalol, atsebutalollar uchun bu ko‘rsatkich 80— 90% gacha, atenolol, metopronolol, talinolol va nadolollar uchun esa 5% dan 25% gacha bo‘lishi mumkin.
Moyda eruvchi dorilar (propranolol, oksprenalol, pindalol, alprenalol, metopronolol, atsebutalol)larning tarqalish hajmi 3—4 l/kg ga teng, bular to‘qimalarga va markaziy asab tizilmasiga ham yaxshi kiradi.
Ko‘pchilik dorilarning ta’sir davomiyligi 8soatgacha, shuning uchun bular sutka davomida 3 mahal beriladi. MetopronoloLnyky esa — 12 soat (2 marta beriladi), atenol va nadololniki esa 24 soat (bir marta beriladi).
Bu guruhdagi dorilar asosan jigarda tezlik bilan biotransformatsiyaga uchraydi (75—90% gacha), moyda yomon eruvchilari atenolol (95%), nadolol (70%), talinalol (50%), pindolol (40%) buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqib ketadi.
Qondan yarim chiqib ketish vaqti o‘rta xisobda 3 soatni tashkil qiladi. Nadololniki (20 soat), atenolol va propranololniki esa 6 soatga teng.
Uzoq ishlatilganda ularning jigardagi biotransformatsiyasi kamaya boradi, shuning uchun ularning miqdorini kamaytirishga to‘g‘ri keladi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri. Bularni alfaadrenolitiklar, uzoq ta’sir qiluvchi nitritlar, diuretiklar, xinidin, novokainamid, IAPF, angiotenzin Plitiklar, kalsiy kanallarini bloklovlovchi (nifedipin guruhi) bilan qo‘shib berish yaxshi natija beradi.
Bularni simpatolitiklar (rezerpin), xolinolitiklar (pilokarpin, prozerin va boshqalar) bilan birga berib bo‘lmaydi.
Veropamil bilan berilganda bradikardiya, arterial gipotoniya, chap yurak qorinchasi yetishmovchiligi xavfi ortadi; betaadrenoqurilmalarni qo‘zratuvchilar, gistaminga qarshi va kortikosteroidlar bilan berilganda samarasi kamayadi; antidepressantlar (imiprilin va boshqalar) bilan berilganda yurakqon tomirlariga salbiy ta’sir qilish xavfi ortadi; teofillin (jigarda parchalanishi kamayadi va to‘planib qolishi mumkin); insulin va sintetik qandni kamaytiruvchi dorilar bilan berilganda gipoglikemiya kuzatiladi.
Salbiy ta’sirlari. 1. Yurak urishlar sonining kamayishi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishi, yurak yetishmovchiligi, gipotoniya. 2. Aterogen lipoproteidlarning ko‘payishi. 3. Bronxlar spazmi. 4. Charchash, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi, Qo‘zraluvchanlik yoki depressiya, skelet mushaklarining tirishishi, impotensiya. Bu salbiy ta’sirlar moyda eruvchi betaadrenofalajlovchilarga xos, chunki bular markaziy asab tizilmasiga yaxshi o‘tadi. 4. Utib ketaDigan giperglikemiya. Shu sababli qand kasalliklariDa bular tavsiya etilmaydi. 6. Oyoqlar qon tomirlariNing tor.ayishi. 7. Homiladorlarda bachadon tonusining ortishi, homila yurak urishlari sonining kamayishi.
To‘xtatysh syndromi dori berish to‘xtatilgach kuproq 1—2 sutka davomida yuz beradi. Shuning uchun bularning miqdorini astasekin kamaytirish bilan to‘xtatish tavsiya qilinadi. 9. Dispeptik holat (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish). 10. Kamdankam allergik reaksiyalar ro‘y beradi.

Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling