Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi Reja


Betaadrenofalajlovchilar samaradorligini va xavfsizligini nazorat qilish


Download 139.5 Kb.
bet9/10
Sana07.01.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1082699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi

Betaadrenofalajlovchilar samaradorligini va xavfsizligini nazorat qilish.
1. Laboratoriya usullari. Qonda dori miqdorini aniqlash amaliy ahamiyatga ega emas, chunki individual sezuvchanlik bunga imkon bermaydi.
Erishilgan samara va profilaktik maqsadlardagi dori miqdorini aniqlashda quyidagi testdan foydalaniladi: o‘tirib turish yoki veloergometriya bilan zo‘riqish berilganda yurak urishlar soni 100—120 tadan (daqiqa davomida) bemor olayotgan dori miqdori qonda adekvat deb hisoblanadi.
Qonda qand va aterogen lipoproteidlar, siydikda qand miqdorini aniqlash.
2. Paraklinik usullar. EQGda R—Q oralig‘i 25%dan ortsa, bu xavfli hisoblanadi.
3. Klinik belgilar. Bradikardiya (15—30% holatlarda); arterial qon bosimini o‘lchash, yurak yetishmovchiligi belgilarinvng paydo bo‘lishi.
Ishlatilishi.
1. Psixoemotsional jismoniy zo‘riqishlar, feoxromotsitoma, tireotoksikoz, YUIK natijasida kuchayadigan bo‘lmachalar aritmiyasi va ekstrasistoliyalarning oldini olish va davolash uchun. Dorilarning bu samyarasi membranalarni mustahkamlovchi va ichak simpatomimetik ta’siri bo‘lmagan dorilarda yaxshi natija beradi (propranolol).
2. Essensial va simptomatik xafaqon kasalligyada. Gipotenziya samarasi ko‘proq 15—30 kundan keyin aniq kuzatiladi. Giperkinetik tip reaksiya beradigan (sistolik bosim yuqori bo‘lganda, ortiqcha yurak urishlar soni ortganda) bemorlarda yaxshi samara kuzatiladi. Bu paytda bu dorilar qon bosimini pasaytiruvchi boshqa dorilar bilan birga beriladi. Ko‘proq xafaqon kasalligida talinolol, atsebutanol (ichki simpatomimetik ta’sirga ega bo‘lgan) dorilardan foydalanilgan ma’qul.
3. Nitritlarda, arterial qon bosimini va yurak urishi sonining ortishi bilan kechayotgan stenokardiya.
Selektiv betaadrenofalajlovchilar tavsyya qyLinaDy va boshqa dorilar bilan qo‘shib beriladi.
Pulsi kam, yurak urishlar soni kamayishi bilan kechayotgan, yurak yetishmovchiligi belgilari bor bemorlarga ichki simpatomimetik ta’sirga ega bo‘lgan dorilar. tavsiya qilinadi.
Qon bosimini pasaytiruvchi, yurak og‘rig‘ini qoldiruvchi miqdori antiaritmik miqdoridan yuqori bo‘ladi:
4. Gipertrofik kardiomiopatiya yurak mushakla^ ri va yurak qorinchalari tarangliginy kamaytirish uchun, bu o‘z navbatida yurakni bir martalik va daqiqalik xajmini ko‘paytiradi va gemodinamikani yaxshilaydi.
5. Turli ekstragenital kasalliklari bor homiladorlarda tug‘ishni rag‘batlantirish uchun, og‘ir xafaqonlik bilan kechayotgan toksikozda, xomiladorlarda qog‘anoq suyuqligi barvaqt ketganda. Bu maqsadlar uchun noselektiv betaadrenoqurilmalarni falajlovchilar tavsiya etiladi.
6. Merkazolilga allergiya bo‘lganda tireotoksikozda. Tireotoksikozda strumektomiya o‘tkaziladigan bemorni tayyorlovchi vosita hisoblanadi, chunki bular tiroksinni fiziologik faol triyodtironinga o‘tishini buzish yo‘li bilan adrenoqurilmalarni katexolaminlar ta’siridan saqlaydi.
7. Qo‘rquv, hayajon bilan kechayotgan ruhiy buzilishlarda hamda Parkinson kasalligida. Bunday bemorlarga moyda eruvchan, ya’ni markaziy asab tizilmasida yaxshi to‘planadigan Dorilar tavsiya etiladi.
Shunday qilib, betaadrenoqurilmalarni falajlovchilar (propranolol, nadalol, alprenolol, pindalol, anenolol, taninolol, atsebutalol) yuqori samarali dori vositalaridir. Biroq bular moy, uglevod almashinuvini buzish hisobiga (ayniqsa uzoq ishlatilganda) bemorlar umrini qisqartirishi mumkin.

Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling