Salbiy ta’sirlari. Qatapressan ishlatilganda ko‘pincha uning miqdoriga bog‘liq bo‘lgan salbiy ta’sirlari ham kuzatiladi. 80 foiz bemorlar quloq oldi va jag‘ osti so‘lak bezlarining sekretsiyasi susayishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz qurishidan shikoyat qiladilar. Shuningdek, oshqozon shirasi va xlorid kislota ishlab chiqishi ham pasayadi. Bunday hollarda askorbin kislotasi yaxshi naf beradi. Qabziyat keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holda ichni yumshatuvchi dorilar va mevalardan tayyorlangan ichimliklar yaxshi yordam beradi va ular bir vaqtning o‘zida yo‘qotilgan kaliy miqdorining o‘rnini ham to‘ldiradi. 60 foiz bemorlarda uyqu bosishi, bo‘shashish kuzatiladi, ertalab yoki katapressan qabul qilingandan 2—3 soat o‘tgach, bu belgilar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Jinsiy zaiflik, ruhiy tushkunlik juda kam uchraydi, ammo ruhiy tushkunlikka tushgan bemorlarga katapressanni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Katapressan alkogol, barbituratlar, tinchlantiruvchi moddalarning susaytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi.
Katapressan bilan davolash birdaniga to‘xtatib qo‘yilganda bezovtalanish, asabiylanish, uyqusizlik, qo‘llarning qaltirashi, yurak urishining tezlashishi kabi belgilar kuzatiladi. Keyinroq, bosh og‘rig‘i, so‘lak ko‘payishi, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi kabi belgilar ham paydo bo‘ladi. Kamdankam hollarda esa arterial bosim yuqori raqamlargacha ko‘tarilib ketadi («sapchib ketish» fenomeni). Bu holat feoxromotsitomadagi gipertenziya xurujini eslatadi. Shu sababli katapressan bilan davolashni sekinasta, dori miqdorini kamaytirib borish bilan to‘xtatish tavsiya etiladi.
2.2. Periferik ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalari (simpatolitiklar)
Guanetidin (ismelin, izobarin, oktadin, sanoten zin). Uning gipotenziv ta’siri periferik simpatolik ta’yyrdan iborat bulib, vena Qoy tomyrly^igy yuborilganda ikki fazadan iborat bo‘ladi. Davomiyligi YU—15 daqiqa bo‘lgan birinchi fazada qon bosimi ko‘tariladi. Ikkinchi faza guanetidin postsinaptik asab oxirlarida noradrenalinning granulalardan ajralib chiqishini to‘xtatishi hisobiga qon bosimini uzoq muddatga pasaytiradi. Buyrak usti bezining miya qismidan ajralayotgan katexolaminlar sinteziga ta’sir qilmaydi. Shu sababli qon zardobidagi noradrenalin miqdori va uning siydik bilan ajralib chiqishi o‘zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |