Barmakokinetikasy o‘rganilmagan.
Ishlatilishi. Qoronar qontomirlarning uchala asosiy shoxlariga tarqalgan toraytiruvchi aterosklerozdan kelib chiqqan stenokardiyada ishlatiladi. 1 kapsuladan kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Zarur bo‘lganda kapsulalar sonini 6 taga yetkazish mumkin. Piridoksinidglioksilatni boshqa antianginal dorilar bilan birgalikda ishlatish mumkin.
ANABOLIK DORI VOSITALARI
Antianginal modda sifatida yurakning ish qobiliyatini oshirish va bir vaqtda qisman koronar qon oqimini ko‘paytirish maqsadida ishlatiladi. Steroid anabolik dorilardan antianginal modda sifatida asosan retabolil, ozroq nerobol va nerabolil ishlatiladi, chunki ular kam androgen ta’sirga ega. Nosteroid anaboliklardan kaliy orotat ishlatiladi.
Bu moddalarninng farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, ishlatilishi va ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar haqida ma’lumot olish uchun metabolizmga ta’sir qiluvchi moddalar guruhiga qaralsin.
Antibradikinin ta’sirga ega bo‘lgan moddalar
Bu guruhga kiruvchi dorilar qon tomirlarni kengaytiruvchi, betaadrenoretseptorlarni blokada qiluvchi ta’sirlarga ega emas. Ular kinin tizimiga, jumladan, bradikininga ta’sir qiladi.
Parmidin (anginin). Farmakodinamikasi. Parmidin bradikinin tomonidan chaqiriladigan qon tomirlarning torayishi, AB ning ko‘tarilishi, taxikardiya va yurak qisqarishlarining kuchayishi kabi o‘zgarishlarni bradikininga qarshi ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan kamaytiradi. Bundan tashqari, kimyoviy shikastlanish va stress omillari ta’sirida bo‘ladigan qon tomirlar devorlari shishining oldini oladi, qon tomirlar devori o‘tkazuvchashshgini kamaytirish yo‘li bilan ularda mikrotsirkulatsiyani yaxshilaydi. Antibradikinin dorilar trombotsitlar va leykotsitlar yopishqoqlik xususiyatini kamaytiradi, qon tomirlar devorlarida xolesterin o‘tirib qolgan joylarda muskul va lastik tolalarining tiklanishini yaxshilaydi, glikolitik fermentlarni faollashtiradi, ateromatoz bilan shikastlangan qon tomirlarda ATFaza va nukleotidaza faolligini oshiradi. Mayda arteriolalarni fibrinoid degeneratsiyadan saqlaydi.
Farmakokinetikasi. Parmidin oshqozonichak yo‘lla ridan tez so‘riladi. 500 mg dori qabul qilingandansung unyng qon zardobidagi miqdori 31,3—34 mkg/mL gl_6 soat davomida saqlanib turadi, keyin 16—24 soat davomida 10 mkg/ml gacha kamayadi. Asosan siydik orqali (48 soat ichida qabul qilingai miqdorning 30— 51%) chiqadi.
Ishlatilishi. 1—2 donadan kuniga 3—4 mahal ichiladi. Davolash bir necha haftadan 6 oygacha va undan xam ko‘proq davom etadi. Parmidin stenokardiyada, o‘tkinchi oqsoqlik, diabetik retino va angiopatiyalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |