Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi Reja
Download 139.5 Kb.
|
Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farmakokinetikasi.
farmakodinamikasi. Guanetdinni qon bosimini tushirish ta’siri quyidagi qator omillarga bog‘liq: venalar tarangligining kamayishi, ular hajmining ko‘payishi, arteriolalarning kengayishi, bradikardiya va yurak muskullari qisqarish kuchining kamayishi hisobiga. Bularning ichida eng asosiysi •— venalarning kengayishi, yurakka oqib kelayotgan vena qon oqimining kamayishi va buning natijasida yurakning daqiqalik hajmining kamayishiga bog‘liq bo‘ladi.
Guanetidinni qon bosimini pasaytirish ta’siri tik holatga o‘tilganda kuchayadi, ya’ni jismoniy zo‘riqish, tashqi muhit harorati ko‘tarilganda ortostatnk gipotoniya paydo bo‘lishi mumkin. Hushni yo‘qotish, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, rangning oqarishi, ter bosishi, ko‘rishning susayishi bilan kechadigan kollaps 34—45% bemorlarda kuzatiladi. Tanada suvning yo‘qolishi guanetidinningg gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi, suvning to‘planib qolishi esa (masalan, butadion, indometatsin ta’sirida) dorining arterial bosimni pasaytirish qobiliyatini 60—70% ga kamaytiradi. Guanetidin uzoq ishlatilganda uning gipotenziv ta’siri asosan qon tomirlarining umumiy qarshiligi kamayishiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin yurakning qon haydashi ham kamayadi. Bu esa mahalliy qon aylanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yurak, buyraklar, jigar, bosh miyada qon aylanishini susaytiradi. Bemor tik holatga o‘tganda qon oqimi va koptokchalar filtratsiyasining tezligi ham kamayadi. Guanetidinning gipotenziv ta’siri 4—7 kundan keyin to‘liq namoyon bo‘laDi. Guanetidin organizmda to‘planib qolganligi sababli, uni qabul qilishni to‘xtatib qo‘yilgandan keyin ham guanetidinning gipotenziv ta’siri 1—2 hafta davom etishi mumkin. Farmakokinetikasi. Guanetidin ichakdan faqat 50% so‘riladi va umumiy qon aylanishiga tushgunga qadar Qysman metabolizmga o‘chraydi. Yarim chyqib* ketish Da"vri 5 kunga teng. Guanetidinning taxminan yarmi o‘zgarmagas holda (asosan buyrak orqali), qolgan qismi esa metabolitlar ko‘rinishida chiqib ketadi. Guanetidinning zardobdagi turg‘un miqdorini olish uchun o‘rtacha 15 kun kerak, chunki dori organizmda sekinasta to‘planadi. Ishlatilishi. Guanetidinning farmakokinetik xususiyatlari, ayniqsa uning tanadan sekinasta chiqib ketishi uning miqdorini sekinasta ko‘paytirishni taqozo etadi: kasalxona sharoitida har. 3—4 kunda, uy sharoitida esa har 6—7 kunda qabul qilish lozim. Miqdorini ko‘paytirishga zaruriyat tug‘ilsa, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlarda dorining sutkalik miqdori 12,5 mg gacha ko‘paytiriladi. Ko‘pincha 2—3 tabletka kifoya qiladi, ya’ni 50—75 mg, ertalab 1 marta ovqatdan keyin qabul qilinadi. Qon bosimini quvvatlab turuvchi miqdorgacha kamaytirish mumkin. Salbiy ta’sirlari. Guanetidin qon bosimini tez tushiruvchi dori, ta’siri jihatidan aldomet, katapressan va boshqa ko‘pgina dorilardan kuchli. Uni bir kunda bir. marta qabul qilish lozim. Bemorlarda tushkunlik holatini keltirib chiqarmasligi, uyqu bosish holatining yuz bermasligi va intedlektni pasaytirmaslik kabi holatlar uning zng afzal belgilaridandir. Guanetidin bilan davolashda 30—45 foiz hollarda, ayyaiqsa ertalab ortostatik gipotenziya kuzatiladi. Guanetidinning boshqa salbiy ta’sirlari ichida ko‘proq impotensiya (mijoz sustligi) saqlanib qolgan holda eyakulyatsiyaning buzilishi, ich ketishi, quloq oldi bezi sohasida og‘riq, ertalab mushaklarning quvvatsizlanishi, bradikardiya, oyoq venalarining kengayishi va shishi kuzatiladi. Ich ketish odatda atropin, beladonna dorilari tavsiya etilganda tezda bartaraf etiladi. Boldir venalari kengayganda va shishganda elastik paypoq, shuningdek venalar tarangligini kuchaytiruvchn dorilar, ayniqsa digidroergotoksinning 0,1% li eritmasi kuniga bir mahal 10 tomchidan, astasekin 20 tomchigacha ko‘paytirilganda yaxshi yordam beradi. Tanada natriy, suv va qon hajmini ko‘paytirish, ba’zan shishlar paydo bo‘liri aldomet va katapressanga nisbatan ko‘proq guanetidinga xosdir. Natriy va suvning to‘planishi guanetidin gipotenziv ta’sirining kamayishiga olib keladi. Dorining bu xususiyatini siydik haydovchi dorilar bilan yo‘qotib tiklash mum g.7.1. Yurak toj tomirlarini kengaytiruvchi dory vositalari Bu guruhga kiruvchi dorilar ta’sir mexanizmlari va samaradorligi jihatidan har xildir. Bularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Nitroglitserin. 2. Uzoq ta’sir qiluvchi nitratlar (nitroglitserindan tashqari). 3. Purin hosilalari. 4. Izoxinolin hosilalari. 5. Fenilalkilamin hosilalari. 6. Fenotiazin hosilalari. 7. Pirimidin hosilalari. Xromen hosilalari; 9. Geksobendin hosilalari. 10. Xromenflavinlar va boshqalar. Bu guruhdagi dorilarning bitta guruhga birlashiSHyga asosiy . sabab ularning yurak toj tomirlarida qon oqimini ko‘paytirish xususiyatidir. Shu sababli ham ularni ko‘pincha koronar aktiv yoki antianginal moddalar deb ataladi. Nitroglitserin. Farmakodinamikasi. Nitroglitserin qon tomirlar devorining silliq muskul qavatiga spazmolitik (miotrop) ta’sir ko‘rsatadi. Nitroglitserin yurak toj tomirlar qarshiligini kamaytiradi va ularda qon oqimini ko‘paytiradi. Ammo bu ta’siri turg‘un emas. Qoronar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda miokardning kuchli gipertrofiyasi bo‘lgani holda ikki fazadagi ta’siri kuzatilishi mumkin; 2 daqiqacha davom etadigan qon bosimining ko‘tarilishidan (3—13% gacha) so‘ng toj tomirlardagi qon oqimi pasayadi. Venaga kiritilgan nitroglitserin toj tomirlar retseptorlarida o‘rnashadi va toj tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Toj tomirlar ateroskleroz bilan shikastlanganda nitroglitserin ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki bu holDa toj tomirlar kengaygan holatda bo‘ladi. Nitroglitserin kollaterallarga bevosita, nisbatan turrun ta’sir ko‘rsatadi va retrograd oqimni kuchaytiradi. Nitroglitserinning kollaterallarga bevosita ta’siri esa, yurak qorinchalari ichidagi bosimning kamayishi hisobiga bo‘ladi. Bu miokard devorlarining tarangligini kamaytirib, kollaterallardagi qon oqimiga Qarshilikning kamayishi hisobiga bo‘ladi. Nitroglitserin muhim xususiyatga ega, u toj tomirlardati oqimni miokard ishemiyasi bo‘lgan qismlarga yo‘naltiradi, jumladan, so‘bendokardial bo‘limlarga yuboradi. Mitroglyserin venaga yuborilganda, umumiy koronar qon oqimining kamaytirishiga qaramay, stenokardiya xurujini yo‘qotadi. Bu miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish hisobiga bo‘lsa kerak, degan taxminlar bor. Markaziy gemodinamika quyidagicha o‘zgaradi: yurak va bo‘lmalari qisqaradi, jumladan, chap qorincha (so‘nggi sistolik va diastolik bosimning kamayishi hisobiga). Buning natijasida yurakning zarbli hajmi va qonni haydash davri qisqaradi. Har xil darajadagi yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda arterial sistema qarshiligining kamayishi hisobiga yurakning qon haydash faoliyati 18% ga, hatto 25% gacha kompensator ravishda ko‘payadi. Biroq, yurak yetishmovchiligi bo‘lmagan hollarda esa yurakning qonni haydash qobiliyati 9% gacha kamayadi. AB pasayadi, yurak urishlar soni ko‘payadi. Miokardning qisqaruvchanligi ortadi. Arteriyalar va venalarning kengayishi yurakka kelayotgan vena qon oqimining kamayishiga sabab bo‘ladi, bu esa qorinchalar bo‘shlig‘ida bosimning kamayishiga olib keladi. Buning natijasida qorinchalar oson qisqaradi va ularga bo‘lgan gemodinamik zo‘riqishning kamayishi miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining susayishiga olib keladi. Nitroglitserin ta’sirida boshqa qon tomirlaridagi o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ladi: bosh miya qon tomirlari kengayadi, ichki a’zolarniki torayadi, buyraklarda qon oqimi kamayadi, o‘pkalarda AB pasayadi. Farmakokinetikasi. Til ostiga qabul qilingan dori bir necha soniya ichida shilliq pardadan qonga o‘tadi va farmakodinamik ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Nitro glitserin shunday yo‘l bilan qabul qshshnganda uning ko‘p bo‘lmagan qismi jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Og‘iz orqali qabul qilinganda juda katta tezlik bilan so‘riladi, lekin shunga qaramay, dori birinchi marta jigardan o‘tish vaqtida tezlik bilan biotransformatsiyaga uchraydi va mononitratlarga aylanadi. Til ostiga qabul qilingan nitroglitserinning yarim chiqish davri bir necha daqiqani tashkil qiladi (o‘rtacha 5 daqiqadan kamroq), metabolitlarining yarim chiqish davri o‘rtacha 4 soat. Ayni vaqtda barbituratlar bilan ishlatilganda nitroglitserin saqlovchi dorilar metabolizmi kuchayadi bu esa ularning samaradorligini kamaytirishi mumkin. Metabolitlari kam faollikka ega bo‘lgan moddalar asosan buyrak orqaly va kamroq qismi (25%) — o‘pkalar oraliq chiqib ketadi. Ishlatilishi. Nitroglitserin, asosan, stenokardiya xurujini davolashda ishlatiladi. Ko‘pchilik bemorlarda stenokardiya xurujini yo‘qotish uchun nitroglitserinning 1 donasi (0,5 mg) til ostiga qo‘yish uchun beriladi. Ba’zan bemorlar bir vaqtda yoki birdaniga 2—3 tabletkani qabul qiladilar. Nitroglitseriini ko‘tara olmaydigan bemorlarga uning kichik miqdorlarini (0,5 tabl.) tavsiya etish zarur, yoki uning eritmalarini qandga (1—2 tomchidan) tomizib tavsiya etish mumkin. Nitroglitserin til ostiga qabul qilinganda uning ta’sir davomiyligi bir necha daqiqadan 0,5 soatgacha davom etib, o‘rtacha 10—15 daqiqani tashkil qiladi. Salbiy ta’sirlari. Nitroglitserinning salbiy ta’yeirlari AB past bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatiladi va u kuchli bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin va bosh aylanishi singari ko‘rinishlarda bo‘ladi. Ba’zan nitroglitserin kollapsga o‘xshash holat va hatto EKG da infarktga o‘xshash o‘zgarishlarni chaqirishi mumkin. Nitroglitserinvi ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlar. Nitroglitserinni ko‘tara olmaydigan bemorlao: gipotoniya, bosh og‘rig‘i, yurak o‘ynashi, gipotoniya va kollaps bilan kechadigan miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi, bosh miya bosimining ko‘tarilishi, glaukoma bilan kasallanganlar hisoblanadi. Nitroglitserinning 1% li spirtli eritmasi. Uning 2—4 tomchisi 1 dona nitroglitserin tabletkasi samarasiga to‘g‘ri keladi. Qand bo‘lagiga 2—4 tomchidan tomizilib til ostiga qo‘yiladi, yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri til ostiga 2—4 tomchidan tomiziladi. Nitroglitserinni «Votchal tomchisi» ko‘rinishida ham ishlatiladi, bu tomchi mentol, bangidevona (beladonna) aralashmalaridan iborat. Bunday aralashma nitrogliTSeringa xos bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kabi salbiy ta’sirlarni chaqirmaydi. Nitrong sustak singari mikrokapsula usulida tayyorlangan, 6,5 va 2,6 mg nitroglitserin saqlovchi tabletkalar holida chiqariladi. 6,5 mg nitroglitserin saqlovchi nitrong tabletkasi ta’sirining davomiyligi 2,4 mg sustakka nisbatan 2—3 soat uzoqroq. Trinitrolong kapsula va polimer plastinkalari shaklida chiqariladi. Qapsulalar 3—12 mg, plastinkalar esa 1,2 va 3 mg nitroglitserin tutadi. Stenokardiya xurujining oldini olish maqsadida 3— 6 yoki 12 mg nitroglyserin tutuvchya kapsuLalar oryz orqali oz miqdorda suv bilan qabul qilinadi. Bunda uning ta’siri birinchi soat oxirlarida kuzatiladi. Agar kapsulani biroz og‘izda ushlab, keyinchalik yutilsa, uning ta’siri 20—30 daqiqadan so‘ng boshlanadi. Ta’sir davomiyligi 4 soat va undan ko‘proq. Kapsulani bir kunda 3—4 mahal qabul qilish mumkin. Eng yuqori miqdori 36 mg. Stenokardiya xurujlarining oldini olish maqsadida trinitrolong polimer plastinkalari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga, it tishlari yoki kichik oziq tishlari milkiga yopishtiriladi. Stenokardiya xurujlari(ni davolash maqsadida ham polimer plastinkalar ishlatiladi. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling