Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi Reja
Download 139.5 Kb.
|
Qon tomirlari tarangligiga ta’sir qiluvchidori vositalarining klinik va farmaqologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eufillin.
- Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar.
Purin unumlari. Purin unumlari antianginal dori sifatida extiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Shu jumladan, eufillin maxsus ko‘rsatmalar, ya’ni yurak astmasi, bronxial astma, bronxospazm, bronxoobstruktiv komponenti bo‘lgan surunkali bronxit, o‘pkayurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlargagina tavsiya etiladi. Purin hosilalari miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatini oshiradi, lekin bu holat miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining ko‘payishi bilan kechadi.
Eufillin. farmakodinamikasi va farmakokinetikasi (Bronxlarni kengaytiruvchi dori moddalari klinik farmakologiyaskga qaralsin). Ishlatilishi. Fakat maxsus ko‘rsatmalar bulgandagina ishlatiladi. Ichish uchun 0,1—0,15 g dan tabletka yoki talqon xolida kuniga 2—3 mahaldan ovqatdan so‘ng tavsiya etiladi. Venaga 2,4% li eritmasi 5—10 ml miqdorida glukozaning 20% yoki 40% eritmasida eritilib, juda sekinlik bilan (2—4 minut) yuboriladi. Yaxshisi, glukozaning 250—500 ml 5% li eritmasida tomchilab yuborilgani ma’qul. Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar. Yurak toj tomirlarining aterosklerozi, infarkt. Izoxinolin hosilalari. Papaverin. Farmakodinamikasi. Eufillin singari fosfodiesterazani falajlaydi (susaytiradi) va miokardda va yurak toj tomirlarida SAMF to‘planishiga olib keladi. Dorining samara berish vaqti uning spazmolitik ta’sirining boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Taxminlarga ko‘ra, papaverin miokardda adenozin o‘zlashtirilishini to‘xtatishi mumkin. Yuqori miqdorlari, ayniqsa, tog‘li sharoitda kuchli gipotenziya chaqiradi, miokardga qo‘zg‘atuvchi ta’sir Ishlatilishi. Teri ostiga, muskul orasiga, ayrim hollarda venaga 2% li eritmasi 1—2 ml dan yuboriladi. Ichish uchun 0,04—0,08 g dan 3—4 mahal tavsiya etiladi. Papaverin nitroglitsarin ta’sirida yo‘qolmagan stenokardiya xurujini davolash maqsadida teri ostiga, muskul orasiga va venaga promedol yoki morfin bilan birgalikda yuboriladi. Stenokardiya xurujlarining oldini olish maqsadida ichish uchun tavsiya etiladi. Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar. Atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishida tavsiya etilmaydi. Noshpa. Farmakodinamikasi. Ta’sir mexanizmi papaveringa o‘xshash spazmolotik ta’sir ko‘rsatadi. Lekin papaveringa qaraganda qon tomirlar, ichaklar, o‘t va siydik yo‘llari, bronxlarning silliq muskullariga bir necha baravar kuchliroq, susaytiruvchi ta’sir qiladi. Noshpa AB ni o‘rtacha pasaytiradi, yurakning daqiqalik hajmini oshiradi, chap qorincha ishini kamaytiradi. Koronar qon oqimiga ta’siri bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Ishlatilishi. Nitroglitserin ta’sir qilmagan va cho‘zilib ketgas stenokardiya xurujini davolashda 2% li eritmasidan 2 ml ishlatiladi. Stenokardiya xurujining oldini olish uchun esa 0,04—0,08 g dan kuniga 3 mahal qabul qilish tavsiya etiladi, kerak bo‘lganda tabletkalar soni 8 tagacha yetkazilishi mumkin. Papaverin YUIQ ning boshlang‘ich davrida, yengil gipotoniya bilan kechadigan YUIK, YUIK bilan bir vaqtda kechayotgan o‘t yo‘llari va ichak sanchiqlarida, surunkali gastrit, periferik kon tomirlar aterosklerozi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkinchi oqsoqlik holatlarida ishlatiladi. Ishlatilishi mumkin bo‘lmagai holatlar. Prostata bezining kattalashuvi, glaukomada ishlatilmaydi. Fenilalkilamin unumlari. Bu guruhdagi dorilarning hammasi ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan emas. Qimyoviy tuzilishi bo‘yicha adrenalinga yaqin, lekin tuzilishidagi adrenalinga xos belgilarning modifikatsiyasi kuchli bo‘lgan farmakologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, adrenomimetik va qon tomirlarni toraytiruvchi faolligining yo‘qolishiga va qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’sirining paydo bo‘lishiga olib keladi. Lidoflazin. farmakodinamikasi. Yurak tojqon tomirlarini kengaytiruvchi ta’sir chaqirmaydi. Shu bilan birga uzoq vaqt ishlatilganda kollateral qon oqimini ko‘paytiradi. Lidoflazinninr bunday ta’sirini miokarddagi adenozinga nisbatan «avaylovchi» samarasi bilan va silliq muskullar sezuvchanligini adenozinning bevosita o‘zgarishi bilan bog‘lashadi. Shu bilan adenozinni va ATF ni koronar kollateriallarga bo‘lgan ta’minlanishning avtoregulatsiyasi yaxshilanadi. Lidoflazin miokard metabolizmiga, yurak qisqarishlari quvvatiga va soniga ta’sir qilmaydi. Koronar qon ta’minlanishiga emotsional zo‘riqish ta’sirini kamaytiradi va organizmning zo‘riqishlarga chidamliligini oshiradi. Sezilarli farmakodinamik natijalar lidoflazinni katta miqdorlarda uzoq vaqt davoida (2 oydan ko‘p) qabul qilganda olinadi. Farmakokinetikasi kam o‘rganilgan. Og‘iz orqali 1bul qilinganda uning biologik o‘zlashtirilishi yaxshi ishlatilishi. Lidoflazinni kuniga 240—360 mg iqdorda ichilganda natijaga erishish mumkin. Bu miqdorlar 2—3 ga bo‘lib ichiladi. Davolash uzoq vaqt (2 JA3H kam emas) davom etishi zarur. Lidoflazin yurak qon tomirlarining asosiy shoxlaridan biridagi xalliy stenozda va yetarlii darajada rivojlanma kollateral tizilmasi bo‘lgan, tez takrorlanmay ishlatilishi bilan kechadi. Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar. Koronar arteriyalarining tarqalgan aterosklerozi, o‘tkir miokard infarkti, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishida, shuningdek homilador ayollarga tavsiya etish mumkin emas. Fenotiazin unumlari. Bu guruhdagi dorilaridan xloratsizin salbiy ta’sirining ko‘pligi tufayli antianginal terapiyada o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Nonaxlazin hozirgi vaqtda amaliyotda ishlatilib kelinmoqda. Bu haqda ma’lumot olish uchun betaadrenoaktivatorlar guruxiga qaralsin. Xromen unumlari. Karboxromen (intensain, interkordin). Farmakodinamikasi. Qarboxromen koronar qon oqimini yaxshilaydi. Uzoq vaqt ishlatilganda kollaterallarning rivojlanishiga olib keladi va miokardda mikrotsirkulatsiyani yaxshilaydi. Miokardning metabolizmiga ta’siri fosfodiesterazani falajlaydi va sAMF ning to‘planishi bilan bog‘liq. AB ga, yurak urishlar soniga karboxromen ta’sir qilmaydi. Urtacha musbat inotrop samarasi oqibatida yurakning daqiqalik hajmining biroz ko‘payishi, shuningdek, periferik qon tomirlari qarshiligi kamayishi kuzatiladi. Farmakokinetikasi. Og‘iz orqali qabul qilinganda yoki venaga yuborilganda karboxromen tezda kislotali metabolitlarga gidrolizlanadi. Venaga yuborilganda qon zardobidan matabolitlarning yarim chiqish davri 0,8 soat, karboxromenniki esa — 10 daqiqa. Og‘iz orqali qabul qilinganda metabolitlarining yarim ajralish davri 1,16 soat, biologik o‘zlashtirilishi 28%ni tashkil qiladi. Metabolitning o‘rtacha miqdori 0,06 mkg/ml. Karboxromen organizmda to‘planmaydi. Venaga yuborilganda 68% miqdori siydik orqali, qolganlari esa o‘t suyuqligi orqali chikadi. Og‘iz orqali kabul qilinganda 77% metabolitlari siydik orqali, qolgan qismi esa o‘t suyuqligi orqali chiqadi. Ishlatilishi. 150 mg dan kuniga 3 mahal ovqatdan so‘ng ichiladi. Davolash muddati bir necha haftadan 6 oygacha davom etishi mumkin. Venaga 40 mg dan glukozaning 5% li eritmasida yoki natriy xloridning izotonik eritmasida sekinlik bilan, 3—5 daqiqa davomida yuboriladi. Qarboxromenni yurak glikozidlari, antigipertenziv dorilar va trankvilizatorlar byalan birgalikda ishlatsa bo‘ladi. Karboxromen mahalliy ste.noz bo‘lgan va turg‘un kechadigan stenokardiyada ishlatiladi. Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar. Tarqalgan ataroskleroz tufayli tinchlikda va zo‘riqishda bo‘ladigan stenokardiyada ishlatish mumkin emas. Qarboxromenni sshqozsn yara kasalligida, surunkali tez qaytalanuvchi gastritda, jigar kasalliklarida va buyrak yetishmovchiligida tavsiya etilmaydi. Xromenflavinlar. Molsidomin (karvaton) Farmakodinamikasi. Molsidomin venalarning periferik qarshiligini kamaytirish, katta arterial qon tomirlarining elastikligini oshirish hisobiga chap qorinchaning to‘lish bosimini kamaytirish va miokard devorlarining tarangligini kamaytirib, yurakning ishi zo‘riqishini kamaytiradi. Buning natijasida yurak diametrlari kichrayadi, miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji kamayadi. Molsidomin kollateral qon oqimini yaxshilaydi, trombotsitlar yopishqoqligini susaytiradi. Til ostiga va og‘iz orqali ichilganda antianginal ta’sir ko‘rsatadi va miokardning zo‘riqishlarga chidamligini oshiradi. Til ostiga ko‘yilganda antianginal samarasi 2—10 daqiqadan keyin boshlakadi va 5 soatgacha, ba’zan 7 soatgacha davom etadi. Molsidomin tik holatda (ortostaz) AB ni pasaytirmaydi. Farmakokinetikasi. Oshqozonichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qondagi yuqori miqdori 4,4 mkg/ml, 1 soat davomida hosil bo‘ladi. Yarim chiqarilish davri 3,5 soatga teng. 24 soat davomida qabul qilingan miqdorning 88 foizi siydik orqali chiqib ketadi. Molsidominning metabolitlaridan biri (3morfinsidnonimin) gipotenziya chaqiradi. Ishlatilishi. Og‘iz orqali '/2—1 donadan kuniga 2—• 3 maxal ovqatdan so‘ng ichiladi. Til ostiga '/2—1 tabletkadan qo‘yiladi. Molsidominni betaadrenoblokatorlar bilan ishlatish mumkin. Molsidomin stenokardiya xurujlarining oldini olish va yo‘qotish uchun ishlatiladi. Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan xolatlar. Og‘ir gipotoniya, kardiogen karaxtlik, o‘tkir miokard infarkttida ehtiyot 65’lib ishlatish kerak. 7.2. Kalsiy antagonistlari Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu guruxdagi dorilar kalsiyga xususiy antagonizmga ega va shu sababli miokardning kislorodga bo‘lgan ehtisjini kamaytiradi. Qalsiy ionlarining miofibrillarga kirishiga qarilik ko‘rsatib, ular Sa++aktivlashtiruvchi miofibrillyar ATFazaning faolligipi falajlaydi, Bu miokarddagi oksidlanishqaytarilish jarayonlari darajasshing pasayishiga olib keladi va shu bilan birga energiya mexanik ish uchun kam sarf bo‘ladi. Betaadrenoblokatorlardan farqli o‘laroq, kalsiy antagonistlari yuraktoj qon tomirlari va umumiy tomirlarlarning kengayishiga va miokardning kislorod bilan ta’minlanishining yaxshilanishiga olib keladi. Umumiy arteriyalar qarshiligining kamayishi AB ning pasayishiga olib keladi va miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini bilvosita kamaytiradi. Shunday qilib, bu guruhdagi dorilar uch xil yo‘l bilan ta’sir qiladi: 1. Yurakning mexanik ishini kamaytirish bilan energiya sarfini to‘g‘ridanto‘g‘ri kamaytirish. 2. Yurakning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilash. 3. Yurak ishini kamaytirish yo‘li bilan bilvosita uninr kislorodga bo‘lgan ehtiyojini susaytiradi. Kalsiy antagonistlari, shuningdek antiaritmik ta’sirga ham ega (antiaritmik dorilarga qaralsin). Bu guruhga kiruvchi bir nechta dori moddalari ma’lum: verapamil, nifedipin (korinfar, adalat, fenilgidin) va boshqalar (kalsiy antagonistlariga qaralsin). 7.3. Yurakka adrenergik ta’sirni susaytiruvchilar Miokardning o‘tkazuvchi tizimida katexolaminlar ta’siriga beriluvchi betaadrenoretseptorlardan tashqari, glyukagonning ta’siriga beriluvchi Xretseptorlar borligi taxmin qilinmoqda. Ko‘rib chiqiladigan guruhdagi dorilar (amiodoron va yangi preparat benozilindolizsh) ikkala turdagi retseptorlarini 50% ga blokada qiladi. Betablokatorlar esa faqatgina katexolaminlar ta’siriga qarshilik qiladi, xolos. Shu vaqtning o‘zida Xretseptorlar ularning ta’siridan chetda qoladi. Amiodaronning ta’sir mexanizmi uning katexolaminlarni alfa va beta retseptorlarining qitiqlovchi ta’siriga bo‘lgan qisman antagonistik xususiyati bilan tushuntiriladi. Bu guruhdagi preparatlarnivg yana bir muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ular raqobatdosh bo‘lmagan antiadrenergik ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ular betaadrenoretseptorlarning agonisti izoproterenol miqdori ko‘payganda ularni retseptorlardan siqib chiqara olmaydi. Bulardan farqli o‘laroq, betaadrenoblokatorlar raqobatdosh antagonistlar hisoblanadi. Bularning yana bir muhim xususiyatlaridan biri shundaki, propranalol yuborilishi natijasida erishilgan yukori bradikardiyadan so‘ng tavsiya etilgan bu guruhdagi preparat benzoilindolizin yurak ritmini yana ham kamaytiradi. Amiodaron (kordaron). farmakodinamikasi. Amioparon yurak qisqarishlarini va daqiqalik hajmini o‘zgartirmagan holda yurak ishini kamaytiradi. Bir vaqtning o‘zida koronar arteriyalar qarshiligini kamaytirish hisobiga koronar qon oqimini ko‘paytiradi. Yurak kisqarishlarini kamaytiradi va periferik qon tomirlarining kengayishi bilan bog‘liq bo‘lgan AB ning vaqtinchalik pasayishini keltirib chiqaradi. Bu miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. Amiodaron buyraklar, jigar, qorataloq, ichaklar va qo‘loyoqlarning qon bilan ta’minlanishiga ta’sir qilmaydi. Shu bilan birga miokardda kreatinin fosfat va glikogen miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan uning energetik o‘rnini oshiradi. Amiodaronning yurak o‘tkazuvchanligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha antiaritmik moddalarga qaralsin. Amiodaron EQG da T tishining tekislanishi va kengayishi, u ikki fazali bo‘lib qolishi ham mumkin. Uto‘lqinining paydo bo‘lishi, Q—T oralig‘i o‘zgarmagan holda S—T oralig‘ining uzayishi kabi o‘zgarishlarni chakirishi mumkin. EQG dagi bu o‘zgarishlar miokardning amiodaron bilan to‘yinganini bildiradi va davolashni to‘xtatmasdan uning erishilgan samarasini ushlab turadigan miqdorlarini tavsiya etishni taqozo qiladi. Farmakokinetikasi. Amiodaron qabul qilingandan so‘ng, uning qondagi miqdori 0,5 mkg/ml ni tashkil kiladi. Amiodaronning terapevtik ta’siri uning qondagi miqdori bilangina emas, balki uning retseptorlar bog‘lanishi bilan xam belgilanadi. Amiodaronning metabolizmi jigarda kechadi, bunda amiodaron molekulasidan yod ajralib chiqadi va u yod tuzlari holida siydik orqali chiqib ketadi. Preparat to‘qimalarda to‘planish xususiyatiga ega. Amiodaron asosan oshqozonichak yo‘llari orqali juda kam miqdorda chiqadi. Faqat 5ir necha kundan keyingina dori doimiy ravishda kabul Amiodaron asosan zo‘riqish stenokardyyasida yaxshi samara beradi. Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar. Bradikardiya, sinoaurikulyar va atrioventrikulyar blokadalar bronxial astma, gipertireoidizm, homiladorlik, kollapsda foydalanish tavsiya etilmaydi. Amiodaronni yoshi 70 dan oshgan bemorlarda ehtiyotlik bilan ishlatish kerak. 7.4. Betaadrenoaktivatorlar Betaadrenoaktivatorlar yurakning beta 2adrenoretseptorlariga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadigan va nisbatan yangi antianginal moddalar guruhidir. Ular bizga ma’lum bo‘lgan adrenoaktivatorlar, beta va beta adrenoaktivatorlarni qitiqlovchilar izoprenalin (izadrin)dan farq qilib, YUIQ bo‘lgan bemorlarniig umumiy ahvoliga noxush ta’sir qiluvchi kuchli taxikardiya, aritmiya va yurak qisqarishlarining keskin kuchayib ketishini chgqirmaydi. Oksifedrin (ildamen). Farmakodinamikasi. Oksifedrin musbat inotrop ta’sir ko‘rsatadi. Miokardning kislorodga bo‘lgan extiyoji kamayadi. Oksifedrin yurak toj qon tomirlarini kengaytiradi va koronar qon okimini ko‘paytiradi. Oksifedrin beta2adrenoretseptorlargagina agonist bo‘lib qolmay, balki u qisman alfagadrenoretseptorlarga ham agonistdir, lekin bu deyarli sezilarli emas. Oksifedrinning betaadrenoretseptorlarni qitiqlovchi ta’siri izoprenalin shunday ta’sirining 1/500 qismiga teng, lekin uning ta’siri izoprenalinga nisbatan uzoqroqdir. Klinik sharoitlarda oksifedrin sezilarli taxikardiya chaqirmandi va odatda o‘rtacha AB ni ko‘tarmaydi. Farmakokinetikasi. Og‘iz orqali qabul qilinganda preparat miqdorining 25% oshqozonichak yo‘llaridan so‘riladi. Oksifedrinninr qon zardobidagi terapevtik miqdori 3,5—5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Oksifedrin organizmda faol metabolitlar, norefedrin va metaoksiakrilofenonga aylanadi va uz ta’sirini ko‘rsatadi. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling