Qoraqalpog`iston geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
#9791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

 

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi 

 

 

 



 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

 

 

 



 

 

 



Qoraqalpog`iston  geografiyasi 

(ma`ruza matnlari) 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

Nukus-2013 

 

 


 



KIRISh 

 

Bozor  munosabatlariga  o`tish  davrida  ijtimoiy-iqtisodiy  yangilanishning  hududiy  taraflarini 



hisobga  olishning  muhimligini  ko`rsatib  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov 

iqtisodning  tarmoqlararo  maqsadlarini  ko`zlab  qayta  qurishda  mahalliy  sharoitlarni  to`la  va  to`g`ri 

hisobga olishning muhimligini belgilab "Struktura siyosatini amalga oshirishda uning hududiy jihati 

ham  muhimdir.  Chunki,  iqtisodiy  jihatdan  uncha  rivojlanmagan  mintaqalarda  ishlab  chiqarish  va 

ijtimoiy  tuzilmani  eng  maqbul    tarzda    joylashtirish  yo`li  bilangina  ularga  qo`shimcha  sarmoyalar 

jalb  etish  imkoni  yaratiladi.  Shundagina  odamlar  turmush  darajasida  vujudga  kelgan  hududiy 

nomutanosiblikni  bartaraf  etish,  resurslar  va  ishlab  chiqarish  imkoniyatlaridan  har  tomonlama  va 

samarali foydalanishni  ta`minlash mumkin" degan edi

1



Bu ko`rsatmalar hozirgi kun talablari va  strategik  vaziyatga mos  ishlab chiqarish kuchlarini 



hududiy  tashkillashtirishning  mintaqaviy  muammolarini  tadqiq  etishning  nazariy  jihatdan 

dolzarbligini  va  amaliy  tomondan  muhimligini  isbotlaydi.  Xaqiqatdan  ham,  bozor  islohotlarini 

chuqurlashtirish  iqtisodni  erkinlashtirish  va  xalqimizning  bir  tomonlama  rivojlanishi  ko`pchilik 

hollarda  mintaqalarning  yangicha  sharoitlarga  ko`nikishi  va  faollashuvi,  shuningdek,  iqtisodiy 

muhitning  qulayliklaridan  keng  foydalangan  holda  ishlab  chiqarishning  hududiy  tarkibini 

yuksaltirish hududning mahalliy ishlab chiqarish tabiiy mineral hom ashyo va boshqa sharoitlariga 

bevosita  bog`liq.  Shunga  asoslanib  xalqimizning  mikroiqtisodiy  maqsadlarini  mintaqalarning 

haqiqiy  talablari  va  imkoniyatlariga  mos  o`zlashtirish,  eng  dolzarb  muammolardan  hisoblanadi. 

O`zbekistonning  boshqa  mintaqalariga  o`xshab  Qoraqalpog`iston  respublikasi  hududiy  xo`jalik 

uyushmalarining sifat jihatidan yangicha shakli hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish ob`ektlarining bir-

biri  bilan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  bog`lanishi  tomonidan  tutashgan  o`z-o`zini  boshqarish  ijtimoiy 

geografiyaning  "tabiatdan  foydalanish"  va  "mintaqaviy  iqtisod"  fanlarining  yaqinlashuvidan  kelib 

chiqadigan  muammo sifatida tahlil qilinadi.  

O`zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi  hozirgi  bosqichda  

mintaqalar,    shu    jumladan    Qoraqalpog`iston  Respublikasida  ijtimoiy-iqtisodiy ri-vojlanishida har 

xil  ishlab  chiqarish  sohalarini  joylashtirish,  mehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanish,    qulay 

ekologik  muvozanatning  saqlanishida    bir    qancha  muammolarni  paydo  qilmoqda.  Bu,  ayniqsa, 

mehnatning  hududiy  taqsimlanishidagi  ko`zda  tutilgan  vazifalarning  bajarilishida,  shuningdek 

ishlab  chiqarishning  asosiy  fondlaridan  intensiv  foydalanish  va  malakali  mutaxassislar  bilan 

ta`minlash  kabi  muammolar  bugungi  kunda  dolzarb  vazifalarning  biri  bo`lib  qolmoqda.  Shunga 

kura Qoraqalpog`iston Respublikasi miqyosida ishlab chiqarish kuchlarini mintaqaviy joylashtirish, 

hududiy  ishlab  chiqarish  majmualarining  shakllanishi,  rivojlanishi  va  demografik  aspektdagi  ilmiy 

ishlar  respublika  iqtisodchi  geograflarining diqqat markazidagi asosiy muammolardan hisoblanadi. 

Biroq,  hozir  O`zbekiston  Respublikasining  iqtisodiyoti  bozor  munosabatlari  sharoitida    tarkibiy  

tomondan    o`zgarishga    uchrayotgan  vaqtda,    umumiy  yo`nalishdagi  ilmiy  ishlar  bilan  bir  qatorda 

mintaqaviy  tavsifdagi  masalalarni  hal  qilishga,  ayniqsa,  O`zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy 

rayonlari miqyosida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashishini va ijtimoiy sohalarini keng 

rivojlantirish kabi masalalarni zudlik bilan echishni talab etmoqda. Bu ayniqsa xo`jalik masalalarini 

yuritishning  hozirgi  yangi  bosqichida  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirishga  bog`liq  yangi 

kontseptsiyalarini  va  bozor  munosabatlari  talablaridan  kelib  chiqadigan  "geografik  landshaft" 

tizimini  takomillashtirishni  talab  qiladi.  Bu  yana  boshqa  mintaqaviy  yo`nalishdagi    masalalarning 

bir qator aspektlari kam o`rganilgan va bu masalalar bo`yicha o`z echimini topgan ishlar ham ko`p 

emas.  Shuning  uchun  hozirgi  kunning  asosiy  talablariga  muvofiq  ishlab  chiqarish  kuchlarining 

joylashishi  va  rivojlanishini  hududiy tashkil qilinishini takomillashtirish  masalalariga  xos  ilmiy-

tadqiqot  ishlarini  jadallashtirish  bozor  munosabatlari  talablariga  ham  javob  beradi.  Shu  boys,  bu 

ilmiy-amaliy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish uchun O`zbekiston Respublikasida va qo`shni 

davlatlarda tayyorlangan ko`rsatmalar bilan bir qatorda  chet el tajribalaridan ham keng foydalanish 

                                                           

1

 

К а р и м о в   И.А .  Ўзбекистон иқтисодий ислохатларни чуқурлаштириш йўлида. Тошкент, "Ўзбекистон", 1995-йил. 



222-223 б.

 

 



 

maqsadga muvofiq keladi. Bu  masalada, ayniqsa ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi 



va  rivojlanishi  xaqidagi  mezonlarini  bizning  sharoitimizga  moslab    qayta  ishlab    chiqishda  nemis 

iqtisodchi-geografi  A.  Lyosh,  shvetsiyalik  iqtisodchi  T.  Palander,  amerikalik    iqtisodchi-geograf  

Mak Karti  va boshqa olimlarning ilmiy kontseptsiyalarini uslubiy jihatdan tanqidiy o`rganish katta 

ahamiyatga ega. Sababi yuqorida nomi keltirilgan olimlarning ba`zi birlari sanoat, qishloq xo`jaligi,  

transport va shahar xo`jaligiga tegishli korxonalarni hududiy tamoyilda joylashtirish muammolarini 

bozor  munosabatlari  sharoitiga  moslab  o`rgana  boshlagan  va  unda  ishlab  chiqarish  sarf-xarajatlari 

bilan  tayyor  mahsulotni  sotish  uchun  xaridorlarning  talablarini  hisobga  olishni  bosh  omil  sifatida 

qarashni    lozim    topgan.  A.  Lyosh-Veber    yoki    T.  Palanderga  nisbatan  bu  masalada  bir  qancha 

ustun bo`lib ishlab chiqarishni joylashtirish haqidagi kontseptsiyalarni ishlab chiqqanda u faqat sarf-

xarajatni  hisoblab  qo`ymasdan,  balki  "...tayyor  mahsulotni  bozorga  sotishgacha  sarf  qilinadigan 

xarajatlar    hajmini    hisobga    olish  va  shu  asosda  maksimal  foyda  olish  uchun  sanoatni 

joylashtirishdagi  "o`rin"    taklifiga    alohida    e`tibor  bergan.  Shunday    qilib,  A.  Lyosh  rayon 

yaratuvchi  omil  sifatida  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashish  darajasi  bilan  birga  tayyor    mahsulotni  

bozor doirasida sotish usulini birinchi o`ringa qo`ydi yoki iqtisodiy rayon yaratuvchi omil bo`lmasa 

"iqtisodiy  landshaftning"  asosida  bozor  iqtisodiyotining  turlarini  tashkil  qilishi  kerak...".

2

  Bizning 



fikrimizcha,    ishlab    chiqarishning    hududiy  joylashishi  va  rivojlanishi  haqida  gapirganda  xalq 

xo`jaligi sohalarini maksimal darajada foyda to`plash asosida tashkil qilish  hozirgi kunning  asosiy  

vazifalaridan  biri  hisoblanadi. Bu o`z navbatida mintaqani bir butun ijtimoiy-iqtisodiy tushunchani 

bildiradigan bozor  sharoitidagi  hududiy  ishlab chiqarish majmualarning "gavdasi" deb qarashni va 

shu  asosida  uni  ishlab  chiqarish  kuchlarining    hududiy  mosligini    ta`minlaydigan  bosh  kategoriya 

sifatida  hisobga  olish  zarur.  Xulosa  shuki,  hozirgi  kun  talablariga  mos  ishlab  chiqarishni  hududiy 

tashkil    qilishni  jadallashtirishga  bog`liq  masalalarni  muvaffaqiyatli  hal  qilish  uchun  xo`jalikning  

mintaqaviy  tarkibini  hisobga  olgan  holda  ijtimoiy  infratuzilmalarni  rivojlantirishga  alohida  e`tibor 

qaratmoq zarur. Bu o`z navbatida ekologik muammolarni  hal  qilishga  va Orol inqirozi sharoitida 

paydo  bo`lgan  xalq  xo`jaligi  tarmoqlaridagi  "zaif  bo`g`in"lardan  xalos  bo`lishga,  shu  bilan  birga 

ishlab chiqarishning  o`sish  darajasini ta`minlab, xo`jalik mexanizmini yaxshilashga yo`naltirilgan 

rejalarni amalga oshirishga yo`l ochadi.  

 

                                                           



2

 

А. Лёш Географическое размешение хозяйство М. ИЛ. 1959.г. ст. 247



 

 



 



I-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASINING TABIIY ShAROITI VA 

TABIIY ReSURSLARI. 

Qoraqalpog`istonning tabiiy  resurs  salohiyati va uning ishlab    chiqarishning 

rivojlanishi va joylashishiga ta`siri. 

Qoraqalpog`iston  O`zbekistonning  shimoliy-g`arbida  joylashgan,  er  yuzasi  tekislikdan  iborat, 

Lekin,  shunga  qaramasdan  tabiiy  majmuali  xususiyatlari  bo`yicha    bir-biridan  farqlanadigan  turtta 

tabiiy  rayondan  iborat: a) Amudaryo del`tasi; b) Qoraqal-pog`iston Ustyurti; v) Qoraqalpog`iston 

Qizilqumi; g) Orol raioni. 

a)  Amudaryo  del`tasi-O`rta  Osiyodagi  eng  katta  cho`llardan    Qoraqum  va    Qizilqumning  

tutashgan  joyida  joylashgan.  U  shimoliy  kenglikning  41

°

  hamda  44



°

  va  sharqiy  uzunlikning  57

°

 

hamda  62



°

  oralig`ini    egallaydi.  Amudaryo    del`tasi  Tuyamo`yin  bo`g`inidan boshlanib,  shimolga 

qarab  kengayadi  va  Orol  dengizigacha  davom    etadi.  er    yuzasi    tekislik    bo`lib  uning    Orol 

dengiziga  qarab  pasayib  borishi  o`rtacha  1  kilometrga  14  santimetrni  tashkil  qiladi.  Del`ta 

hududining  er  yuzasi    maydoni    va  balandligi  har  xil  bo`lgan  kichik  qoldiq  tog`lar  bilan  almashib 

boradi. 


b) Orol buyi va dengiz akvatoriyasidan quruqlikga aylangan mintaqalar. 

v) Ustyurt-Amudaryo del`tasining g`arbiy qismida joylashgan. Amudaryo del`tasidan Ustyurtga 

o`tish joyi tik jar shakliga ega bo`lib, uni mahalliy xalqlar shin(chink)deb ataydi.Ustyurt shimoliy-

sharqida  joylashgan  Orol  dengizi  va  janubidagi  Sariqamish  ko`lidan  chink    chizig`i  orqali    ajralib 

turadi. Ustyurtning Qoraqalpog`istonga tegishli qismi 70 ming kilometr kv maydonni tashkil qilib, 

er  yuzasining  tuzilishi bo`yicha qirlar va botiqlari bilan ajralib turadi. 

g)  Qizilqum  cho`li-Amudaryo  del`tasining  janubi-sharqida  joylashib,  shundan  yaylovlar  3,3 

mln  gektarni  tashkil  qiladi.  Utloqlarning    yillik    zahirasi    6-7  mln  tsentnerni  tashkil  qiladi. 

Qizilqumning  Qoraqalpog`istondagi  qismi  g`arbda  Amudaryo  del`tasining  allyuvial`  tekisligi bilan 

sharq  va  janubda    Markaziy    Qizilqum  bilan,  shimoliy-g`arbda  Orol  dengizi  bilan  chegaradosh. 

Qoraqalpog`iston  Qizilqumining  shimoliy  qismi  tik  va  jar,  soylar  bilan  o`yilgan  er  yuzasi 

to`lqinsimon tekislik qumlardan iborat. 



Mineral  resurslari.  Qoraqalpog`iston  hududida  bundan  ko`p    yillar  oldin  sanoat  ahamiyatiga 

ega  bo`lgan  temir  rudasi,  rangli  metallar,  fosforit,  osh  tuzi,  merabilit,  qo`ng`ir  ko`mir    zahiralari  

aniqlangan.  Keyingi  yillarda  O`zbekiston    Fanlar  Akademiyasining  geologiya  instituti  ham 

Qoraqalpog`iston  bo`limi  geologiya  sektori  olimlari  ishtirokida  (J.Samanov,  A.Palibekov, 

K.Qo`rboniyozov v.b.) tabiiy gaz, ko`p qator fosforit konlari, qurilish materiallari, ayniqsa  marmar, 

ohaktosh, koalin loyining zahiralari topildi. Shunday qilib, bugungi ko`nga kelib, o`lkamizda sanoat 

uchun  zarur  bo`lgan  mineral  xom  ashyo  resurslarining  zahiralari  ma`lum  bo`la  boshladi.  Bularni 

xalq  xo`jaligidagi  ahamiyati  va  foydalanishi    bo`yicha    quyidagi  guruhlarga  ajratish  mumkin:  1) 

Yoqilg`i-energetika xom ashyo resurslari; 2) Metallurgiya xom ashyo resurslari;  3) Kimyoviy  xom 

ashyo  resurslari;  4)  Qurilish  materiallari  resurslari;  5)  Oziq-ovqat  uchun    foydalanadigan    mineral  

resurslar. 

Yuqorida ko`rsatilgan yoqilg`i energetika resurslaridan tabiiy gaz va neftni alohida aytib o`tish  

zarur.  Tabiiy    gaz    Qoraqalpog`istonning  Ustyurt    bo`limidagi    Shoxpaxti,  Quanish  konlaridan 

topildi. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, bunda gazning umumiy  zahirasi 195  mlrd kub metrga 

teng.  Shundan  Shoxpaxti  gaz  konining  zahirasi  46,5  mlrd  m  tashkil  qilib,  so`nggi  yillarda 

Respublika  gaz    quvuriga  tutashtirilgan    edi.  Qo`ng`ir  ko`mir  zahiralari  quyi  va  o`rta  yura 

yotqiziqlarida  uchraydi,  bular  Tugarkir,  Ko`lonlida  150-1500    metr    chuqurlikda    joylashgan  va 

ahamiyatli  boyliklardan  biri  hisoblanadi  Neft`  zahirasi  Borsakelmas  rayonsidan  topildi  (1-karta  -

sxema,  55

a

betda).  Yuqorida  zikr  etilgan  mineral  xom  ashyolardan  sanoatda  foydalanish  birinchi 



navbatda  Qoraqalpog`istonning  yoqilg`i-energetika    bazasini    tashkil    qilish  hamda    gaz,  neft`,  

kimyo    sanoati    rivojiga    keng    yo`l  ochishi  shubhasiz.  Mustahkam  yoqilg`i-energetika  bazasini 

yaratish  hozirgi  xalq  xo`jaligi  tarmoq-larining  energiyaga  talabini  ta`minlash  va  sanoat 

majmualarini  tashkil  qilish  hamda  foydalaniladigan  mineral  xom  ashyo  resurslari    tarkibidagi  

boshqa  jinslarini  ajratish  imkonini  tug`diradi.  Qoraqalpog`istonda  metallurgiya  xom  ashyo 


 

resurslaridan temir rudasi, mis, rux, nikel`, qalayi  va boshqa boyliklar mavjud. Geologik tadqiqotlar 



natijasida    Sulton    Uvays    tog`idan    temir    rudasi  (zahirasi  15  mlrd  t.)  mis,  qo`rg`oshin,  rux  va 

boshqa  boyliklar  konlari  topildi.  Bu  erdan  topilgan  nikel`  avtomobil`,  traktor,  mashina  sanoati 

uchun  zarur    uskunalar  tayyorlashga,  tibbiy  asboblar,  akkumulyator  uchun  elektrod  tayyorlash  va 

tanga  pullarga  naqsh  berish  uchun foydalanilish  mumkin. Kimyoviy  va  oziq-ovqat  resurslardan 

fosforit, mirabilit, osh tuzi va shifobaxsh er osti suvlari mavjud. 

Fosforit  zahiralari    Ustyurt,  Beshtepa,  Xo`jako`lda  mavjud.  Mirabilit  zahirasi  Qushqonatovda 

mavjud  bo`lib,    miqdori  1,1  mlrd.  t    ga  teng.  Qog`oz,  to`qimachilik    sanoati,  shisha    ishlash    va 

formatsevtika  uchun  foydalansa  bo`ladi.  Osh  tuzining    zahiralari    Urazimbetqum,  Borsakelmas, 

Oqtuba, Sariko`l rayonlarida joylashgan. Shundan faqat Borsakelmas konidagi osh tuzining zahirasi 

17  mlrd  t.dan  ortiq.  Qoraqalpog`iston  hududida    xalq  xo`jaligida  foydalanishga  yaroqli  er  osti 

suvlarining  zahiralari  mavjud.  Gidrogeologik  ekspeditsiya    ma`lumoti    bo`yicha    bu  suvlardan  

shifoxonalarda    va  mineral  suv  sifatida  foydalanish  mumkin.  Qurilish    sanoati    uchun    yaroqli  

asbest, dala shpati, tal`k, marmar, ohak, granit va boshqa zahiralar ko`p uchraydi. Shundan tal`kning  

zahirasi  820  mln.    m

3

    ga    teng  bo`lib,  undan  qog`oz,  kabel`,  rezina    ishlab    chiqarishda,  bezash  



uchun    plitalar  yasashda  va  yuqori  sifatli  izolyatorlar  ishlab  chiqarishda    foydalanish  mumkin. 

Granit    esa  kesish,  yo`nish  dastgohlarini  tayyorlashda  qo`l  keladi.  Hozir  o`lkamizda  qurilish 

materiallaridan    marmar    keng    tarqalgan.  Sulton  Uvays  tog`i  marmar  zahirasi  asosida  Nukus 

marmar-granit zavodi ishga tushgan. 

Shunday  qilib,  Qoraqalpog`istonning  mineral  xom  ashyo  resurslarini  tahlil  qilish  natijasida 

o`lkamizda  mineral  boyliklarning  potentsial  zahiralari  mavjudligining  guvohi  bo`lamiz.  Bu  yirik 

hajmli  resurslardan  foydalanish  Qoraqalpog`istonda  yirik  sanoat  majmualarini  tashkil  qilish 

imkonini  beradi,  bu  esa  o`z  navbatida  o`lkamizning  agrar  statusini  o`zgartiribgina  qolmasdan, 

xalqimizning milliy iqtisodiyotining o`sishiga garov bo`lishi shubhasiz. 

Xulosa  shuki,  Qoraqalpog`iston  respublikasi  hududida  og`ir  sanoat  tarmoqlari,  ayniqsa  tog`-

kon sanoati va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish uchun mineral xom ashyo resurslarining 

bir  necha    turlari  mavjud.  Masalan:  Tebinbuloq  titan-magnitli  koni  istiqbolli  kon  hisoblanadi. 

Sul`fatli magneziyali tuz koni asosida  natriy sul`fat, osh tuzi va metall magnezitini olish mumkin. 

Bu  esa  kimyo,  metallurgiya  sanoatini  rivojlantirishga  keng    yo`l    ochadi.  Respublikada  qurilish 

materiallarini ko`plab ishlab chiqarish uchun ham mineral boyliklar zahiralari etarli. Hozirgi kunda 

Ustyurt  va    shimoliy  Urgada  gaz  va  neftning bir necha konlari tadqiq qilindi. O`lkamizda qazilma 

boyliklar manbalarining aniqlanishi Qoraqalpog`iston sanoatini ancha kengaytirish imkonini berdi. 

Agroiqlim resurslari. Qoraqalpog`istonning iqlimi keskin kontinentalligi  va haddan tashqari 

qurg`oqchiligi  bilan  ajralib  turadi.  Iqlim  sharoitining  bunday  bo`lishiga  uning  materik    ichkarisida  

joylashganligi,  okean    va    dengizlardan    uzoqda  bo`lishi  va  Arktikadan  keladigan  sovuq  havo 

oqimiga qarshi to`sqinlik yo`qligi sabab bo`lgan. 

Qoraqalpog`iston  Respublikasining  iqlimi  kontinental  ekanligi  meteorologik  elementlarning 

sutkalik  va  yillik  hisobidagi    keskin  o`zgarishlardan    ham    seziladi.  Masalan,  Qoraqalpog`iston 

hududida  yil  bo`yi  kuzatiladigan  havoning  eng  yuqori  va  eng  past  harorat  darajalarini    bir-biriga 

taqqoslaganda  ularda  katta  tafovut  borligi  ko`rinadi.  U  Nukusda  78

0

,  Taxiatoshda  79



0

,  Yoshlikda 

81

0

,  Qoraqalpog`iston  va  Shabanqozg`onda  84



0

  ga  teng.  Yoz  oylarida  sutka  davomidagi  eng  past 

harorat  ko`pincha    ertalab  soat  4

0

-5



0

  ga,  juda  yuqori  harorat  esa  14

0

-16


0

  oralig`iga  to`g`ri  keladi. 

Qish  oylarida  sutkadagi  havoning  eng  past  harorati  ertalab  soat  6

0

-7



0

  larda  kuzatilsa,  eng  yuqori 

harorat 14

0

-15



0

 larga to`g`ri keladi. Iyul` oyidagi eng yuqori harorat +32,8

0

 S bo`lsa, yanvardagi eng 



past harorat -11

0

-16



0

 S ga teng. 

Respublikaning  tabiiy-iqtisodiy  mintaqalari  bo`yicha  yoz  va  qish  oylarining  o`rtacha  harorati 

o`rtasida  katta  tafovutlar  mavjud.  Masalan,  iyulning  o`rtacha  harorati  janubdagi    sug`oriladigan 

mintaqada +33,1

0

-+35,2



0

S bo`lsa Qizilqumda +38,2

0

 -41,6


0

S gacha boradi. Yanvar` oyida eng past 

harorat Orolning janubiy qismida -28

0

S bo`lsa, Ustyurt va Qizilqumda -36



0

S gacha pasayadi. Ba`zi 

yillarda  iyuldagi  mutlaq  maksimum  harorat  sug`oriladigan  rayonda  +42

0

-+46



0

S,  Qizilqumda  esa 

+47

0

-+49



0

S gacha ko`tariladi.  



 

Shimoliy tumanlarda  paxtaning tezpishar navlarini hududiylashtirish orqali termik resurslardan 



samarali  foydalanish  mumkin,  janubiy  tumanlarda  esa  vegetatsiya  davridagi  harorat  yig`indisi 

issiqni talab qiladigan qishloq  xo`jaligi ekinlarining o`sishi uchun etarli miqdorda mavjud. 

Qoraqalpog`iston  yurtimizning  cho`l  rayonsida  joylashgan  eng  issiq  hududlar  qatoriga  kiradi 

hamda  havo  namligi  nihoyatda  past.  Yanvar`  oylarida  havoning  mutlaq  namligi  Qo`ng`irot  va 

Chimboyda  3,1    millibarga,  To`rtko`lda  esa  3,3  millibarga  teng.  Ko`p  yillik  ma`lumotlarga 

qaraganda  yog`in-sochinning  yillik    miqdori  o`rtacha    80-100    mm.dan  oshmaydi,    yillik  yog`in-

sochinning asosiy qismi qish, bahor oylariga to`g`ri keladi. 

Yoz  oylari  hisoblangan  iyun`,  iyul`,  avgustda  yillik  yog`in-sochinning  8-13%i  gina  bo`ladi. 

Masalan, bu ko`rsatkich Shabanqozg`onda 10%, Qo`ng`irotda 15%, Chimboyda  11%, To`rtko`lda 

7%  dan  oshmaydi.  Yog`ingarchiligi  ko`p  hisoblangan  Ustyurtda  "Karakalpakiya"  va  "Jaslik" 

meteostantsiyalarining ma`lumotlariga qaraganda yozgi yog`in-sochin uning yillik miqdorining 22-

23% ni tashkil qiladi. 

Shunday  qilib,  xulosa  qilib  aytish  kerakki,  Qoraqalpog`iston  hududida  tabiiy  namlanish 

jarayoni  juda  oz,  bu  sun`iy    sug`orish    orqali  ekinlarning  namlikka  talabini  qondirish  va  termik 

resurslardan  to`liq  va  oqilona  foydalanish  zarurligini  ko`rsatadi.  Sababi,  yillik  issiq    kunlarning  

soni, havo harorati va namligi, foydali haroratlar yig`indisi, yog`in-sochin miqdori, shamol kuchi va 

yo`nalishi  va  boshqa    tabiiy  omillar    madaniy    o`simliklarning  o`sishi,  rivojlanishi  uchun, 

shuningdek, qishloq xo`jaligi ishlarini o`z vaqtida  sifatli  olib  borish uchun ahamiyatli. 



Suv  resurslari.  O`rta  Osiyoning  boshqa  hududlari  kabi  Qoraqalpog`iston  ham  berk  havzada 

joylashgan  va  uning  keskin  kontinental  iqlim  sharoiti  er  osti,    er  usti  suvlarining  paydo  bo`lishi,  

ko`payishi va  hudud bo`yicha tarqalishiga kuchli ta`sir qiladi. Hozir Qoraqalpog`istondagi eng katta 

va yagona suv manbai Amudaryo hisoblanadi. Amudaryo mintaqasidagi barcha suvlarning rejimini 

o`z  ta`sirida  saqlaydi  va  respublikaning  xalq  xo`jaligi  majmuasining  rivojlanish    darajasini  

aniqlaydi. Amudaryo  O`rta  Osiyodagi  eng katta daryo. Amudaryo Hindikush tog`larining shimoliy 

yonbag`rida 4950m balandlikda  joylashgan Vrevskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. U 

cho`l  rayonsida  joylashganiga  qaramasdan  sersuv  daryo  hisoblanadi. Amudaryo Orol dengizigacha 

keng  hududga  ega  bo`lib,    u  engil  allyuvial`  yotqiziqlar  bilan    qoplangan    hududlar  orqali  o`tadi,  

cho`kindi  jinslarni  oqizib  ko`p  miqdordagi  loyqalarni  olib  keladi.  Uning  har  bir  kub  metr  oqqan 

suvida  o`rtacha  hisob  bilan  5  kg  dan  10  kg  gacha  loyqa  mavjud.  Yil  davomida  Amudaryo  orqali 

oqadigan  suvning  ko`p  miqdori  dehqonchilikda  foydalaniladi.  Dehqonchilikda  foydalanila-digan 

Amudaryo  suvi  Qoraqalpog`iston  hududida  asosan  yirik  to`rt  irrigatsiya  tizimlari:  Paxtaarna,  

Nazarxon-Qipchoq,  Suvenli  va  Qizkyotgan  kanallari  orqali  etkazib  beriladi.    Ularning  har  biri 

Amudaryodan  alohida  suv  oladigan,  ekin  maydonlarini  nasos  yordamida  sug`oradigan  magistral 

kanallarini  o`ziga  biriktiradi.  Respublikaning  eng  janubidan  birinchi  bo`lib  Paxtaarna  irrigatsiya 

tizimi  boshlanadi.  Bu  tizimda  Paxtaarna,  Nayman,  Beshtom  nasos  kanali  bilan  biriktirilgan.  Ular 

To`rtko`l,  Ellikqal`a  va  Beruniy  tuman-larining  shirkatlar  uyushmasi  va  dehqon  fermerlar 

uyushmasi    xo`jaliklarini  suv    bilan    ta`minlaydi.    Paxtaarna  kanali  daryoning  o`ng  tomonida 

joylashgan  Tuyamo`yindan  boshlanadi.  To`rtko`l  va  Ellikqal`a  tumanlarining  ekin  maydonlari 

Paxtaarna  magistral  kanalidan,    Beruniy  tumanining  bir  oz  qismi  o`rtacha  kattalikdagi  uch  kanal-

Nayman, Beshtom, Bo`zyopdan va Nayman-Beshtom nasos stantsiyasidan suv ichadi. 

Nazarxon-Qipchoq  irrigatsiya  tizimi  Jumurtov-Qoratov    oralig`ida  joylashgan  bo`lib,  u 

daryoning o`ng tomonida joylashgan. Nazarxon kanali ham daryoning chap qirg`og`ida  joylashgan 

Qipchoq-Nazarxon    nasos  kanalidan  iborat.  Ushbu  irrigatsiya  tizimi  faqat  Amudaryo  tumani  va 

Berdaq  shirkatlar  uyushmasi  ekin    maydonlarini  suv  bilan  ta`minlaydi.  Suvenli  irrigatsiya  tizimi 

Qoraqalpog`istondagi  eng  yirik  tizimdan  biridir.  Bu  tizim  Taxiatosh  gidrouzeliga    tutashgan  va  u 

Suvenli  magistral  kanaldan,  unga  yordamchi  parallel  kanaldan,    shuningdek  kichikroq  ikki 

kanaldan:  Keneges  va  Suvenli  kanallaridan  iborat.  Suvenli  irrigatsiya  tizimining  ta`sir  qiluvchi 

rayonida,    Taxiatosh  gidrouzelidan  quyida,    100  km    uzoqlikda    "Ravshan"  kanali  joylashgan.  Bu 

kanalni  kelajakda.  Suvenli  magistral  kanalining  oxirgi  qismiga  tutashtirish  ko`zda  tutilmoqda. 

Suvenli  irrigatsiya  tizimi-Xo`jayli,  Shumanoy,  Qangliko`l  va  Qo`ng`irot  tumanlarining  ekin 

maydonlarini suv bilan ta`minlaydi. 


 

Qizketgan  kanali  Qoraqalpog`istondagi  eng  yirik  irrigatsiya  tizimi  hisoblanadi.  U 



Qoraqalpog`istonning  shimoliy    rayon-idagi    daryoning  o`ng  qirg`og`ida  joylashgan  va  u  Nukus,  

Kegeyli,  Chimboy,  Qorao`zak,  Taxtako`pir,  Bo`zatov  tumanlari  suv  bilan  ta`minlaydi.    Qizketgan  

irrigatsiya    tizimi  suv  oladigan  bo`limi  Taxiatosh  gidrouzelida  joylashgan  bo`lib,    injenerlik  tipda 

qurilgan  bosh  tarnovlarga  ega.  Daryodan  oladigan  suvining  miqdori  sekundiga  200,8  m

3

,    yillik 



oladigan suv hajmi 3,8-4 mlrd m

3

 ni tashkil qiladi. 



Yuqorida  aytib  o`tilgan  irrigatsiya  tizimlari  Qoraqalpog`i-stonning  hamma  sug`oriladigan 

rayonsini  o`z  ichiga    olib,    daryoda    suv  etarli  bo`lsa  dehqonchilikning  talabini  qondira  oladi. 

Qoraqalpog`iston  irrigatsiya  tizimlarining  asosiy  ko`rsatkich-larini  quyidagi  jadval  ma`lumotlarida 

ko`rish mumkin.     

Shunday  qilib,  Qoraqalpog`istonning  sug`orish    tarmoqlari    asosan  to`rt    sug`orish  tizimiga 

Tuyamo`yindan boshlanadigan Paxtaarna kanali, Taxiatosh gidrouzelidan boshlanadigan Suvenli va 

Qizkyotgan  kanallariga    birlashtirilgan.  Ularning    hammasining    daryodan    oladigan  suv  miqdori 

yiliga  8.6-9  mlrd  m  kub  ga  yaqin.  Bu  hozirgi  sug`orib  ekiladigan    dehqonchilik    tarmoqlarini  

ta`minlash uchun etarli va qishloq xo`jaligi unumdorligini oshirishga  imkon yaratadi. 

Qoraqalpog`istonning  Amudaryodan  keyingi  suv  manbalaridan  biri  Orol  dengizi  (ko`li) 

hisoblanadi.  Maydoni  66,1  ming  km

2

,  uning    janubiy-g`arbiy    qismi  Qoraqalpog`istonga  qarashli. 



Orol  hamdo`stlik  mamlakatlari  tarkibida  maydonining  kattaligi  jihatidan  Kaspiydan  keyingi    2-

o`rinni  egallaydi.  Okean  sathidan  53  metr  balandda  joylashgan  o`rtacha  chuqurligi  16,1  metr  

Orolning  janubi-sharqi  juda  sayoz, uning eng chuqur joyi g`arbiy qismida joylashgan. 

Orol  dengizining  qirg`oqlari,  ayniqsa  sharqiy  qismi  buxta  tipida  shakllangan.  Akademik  

L.S.Berg    Orol  dengizining  sharqiy  qismini  o`rganib,  uni  Orol  tipi  yoki  buxtali  qirg`oq  tipi  deb 

ta`riflagan.  Orol  dengizida  kichik  orollar  juda  ko`p.  Bularga:  Ko`korol,  Borsakelmas,  Vozrojdenie 

orollarini  kiritish  mumkin.  Orol  dengizi  issiq  iqlim  sharoitida    joylashgan  berk  havzadagi  suv 

ombori bo`lib, bug`lanish juda yuqori darajada.                                              

So`nggi  yillarda  Orol  dengiziga    Amudaryo,  Sirdaryo    orqali  keladigan  suv    miqdorining 

kamayganligi  sababli  teniz  maydoni1|3  qismi  quruqlikka  qo`shildi,  suv  tarkibida  tuz    miqdori  

ko`paydi.  Agar bu ikki daryodan 1960-1970 yillarda  Orolga  quyadigan  suv miqdori  yiliga 30-45 

km



bo`lsa,  1975  yili  10,6  km

3

,  1990  yili  1,6  km



3

  suv  qo`yildi.  So`nggi  yillarda  Amudaryo    va  

Sirdaryo  orqali  Orolga  qo`yilishi  lozim  bo`lgan  suvning  ko`p  miqdori  dengiz  qirg`oqlaridagi 

ko`llarni to`ldirish uchun  sarflanmoqda.  Natijada  Orolning  suv sathi 19-22 m ga pasayib,moydoni 

35-40ming kv km ga kiskardi. Orolning  eng  chuqur joyi 54.5 metrni tashkil etib, Orolda 162 kub 

km  atrofida  suv  qolishi  mumkin  degan  fikrlar  ham  bor.  Bunday  holatda  Orol  dengizidan 

chorvachilik  va  dexkonchilik    bilan    shug`ullanadigan    mintaqalarga    shamol  ta`sirida  tuz  aralash  

tuproq tarqalishi shubhasiz. Shu sababli hozirdan Orolga tushadigan suv manbalarini izlab topish va 

qo`shni  Xorazm  viloyati,  Turkmanistonning  Toshhovuz    viloyatlari    dehqonchilik  tumanlaridan  

bo`shagan    ortiqcha  suvlarni  va  zovur  suvlarini  Orolga  quyish,  er  osti  suvlaridan  dengiz 

qirg`og`idagi  yaylovlarni    sug`orishda  foydalanish  zarur.  Bu  birinchidan,  tabiiy  muhitni  saqlashga 

imkon  bersa,  ikkinchidan:  Orol  dengizining  suv  sathini  hozirgi  holatida    saqlashga    va    aholining  

oziq-ovqat  mahsulotlariga  talabini  qondirish  maqsadida  baliqchilikni  qayta  tiklashga  imkon  

yaratadi.  

Qoraqalpog`iston  er  osti    suv    zahiralariga    ham    boy.    Biroq  ularning  geografik  tarqalishi  va 

zahiralari  bir  xil  emas.  Masalan,  sug`oriladigan  erlarda  er  osti  suvlari  1-4,5  metrgacha  oraliqda 

uchrasa,    Ustyurtda  7-16  metr  chuqurlikda  uchraydi.    Qizilqumda  er  osti  suvlari  quyi  qatlamlar 

oralig`ida  to`planib,  u  artezian  suvlari  deb  ataladi.    Bu  suvlar  yaylovlarni  sug`orishda  ishlatiladi. 

Shu sabab Qoraqalpog`istonning xalq xo`jalik  majmuasini  rivojlantirishda  Orol dengizining  rolini 

kuchaytirish  va  er  osti  suvlaridan  oqilona  foydalanish  zarur.  Biroq,  keyingi  yillarda  ekin 

maydonining  kengayishi  Amudaryo    suvining  katta  qismi  Qoraqum  kanali,  Amu-Qarshi  va  Amu 

Buxoro  kanallari  orqali  dehqonchilikka    ko`p    sarf    qilinishi    tufayli  Orol    dengizi  sathining 

pasayishi va sug`oriladigan hududlarda sho`rlanish jarayonining keng tarqalishiga sabab bo`lmoqda. 

Shunga  ko`ra  O`zbekiston    hukumat-ining  Qoraqalpog`iston  respublikasi  ijtimoiy  iqtisodiy 

rivojlanishini  jadallashtirishga  qaratilgan  qarorlarini  inobatga  olgan  holda,  Orol  havzasida  yuz 

bergan  ekologik  muammolarni  butunlay  bartaraf  qilish  katta  ahamiyatga  ega.    Bu  



 

Qoraqalpog`istonda  ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholining ijtimoiy turmushini yaxshilashga 



imkon beradi. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling