Qoraqalpog`iston geografiyasi


-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASIDA AHOLIGA XIZMAT


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
#9791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

 

6-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASIDA AHOLIGA XIZMAT 

KO`RSATISh VA TRANSPORT SOHALARINI HUDUDIY TAShKIL QILISh. 

Noishlab chiqarish tarmoqlari va uning ishlab chiqarish kuchlarini hududiy rivojlanishi 

va  joylashishiga  ta`siri.  O`lkamizda  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rejaga  mos  rivoj-lantirishda 

ko`pgina  omillar  bilan  bir  qatorda    ijtimoiy    omillarning    roli  ham    ancha  yuqori.  Ijtimoiy  omillar 

moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining geografik joylashishiga, o`sish tezligiga, aholining yashash 

sharoitini  yaxshilashga,  fan-texnika  taraqqiyotning  tezligini  jadallashtirishga  kuchli  ta`sir  qiladi. 

Shunga  mos  so`nggi  yillarda    ijtimoiy    sohani  rivojlantirishga    va  xalq  xo`jaligining  boshqa 

tarmoqlari bilan aloqadorligini orttirishga alohida e`tibor  berilmoqda.  Biroq  Shunga qaramasdan  

ijtimoiy  sohalarning  hududiy  tizimi  ularning  mintaqaviy  tafovutlari  to`liq  va  etarli  darajada 

tekshirilmayapti.    Mana  shu  ko`z  qarashdan    iqtisodiy  geografiya  fani  ijtimoiy  tarmog`i  jamiyatda 

tutgan  o`rni  va  rolini  hisobga  olib,  bu  tarmoqda  katta  ilmiy-tekshirish  ishlarini    olib  bormoqda  va 

masalani  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya  fanining  moddiy  tekshirish  ob`ektiga  aylantirdi. 

Haqiqatdan  ham  iqtisodiy  geografiya  fani  noishlab  chiqarish  tarmoqlarining  qonuniyatlarini 

o`rganib,  xalq  xo`jaligi  asosan  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish    sohalaridan    iborat    deb 

o`rgatadi  va  bu  tushunchani  tekshirish  ishlarini  olib  boradi,    sababi  bu  tarmoqlarni  bir-biri  bilan 

to`g`ri va zich bog`lash barcha ishlab chiqarish tarmoqlarining samaradorligini oshirishga imkoniyat 

yaratadi.  

O`zlarining  bajaradigan  funktsiyalari  bo`yicha  ishlab  chiqaruvchi  va  noishlab  chiqarish 

tarmoqlar  bir  xil  emas.  Masalan,  sanoat,  qishloq  xo`jaligi  va  qurilishni  o`z  ichiga  oladigan 

tarmoqlar moddiy narsa shaklida mahsulot ishlab chiqaradi va bu tarmoqlarda mehnat resurslarining 

67,4%  idan  ortig`i  ishlaydi.  Ishlab  chiqarish  shakliga  kirmaydigan  tarmoqlar  moddiy  ishlab 

chiqarishni  tezroq rivojlantirishning asosiy sharti bo`lib hisoblanadi va bu ikki  tarmoq bir-biridan  

etishtiriladigan    mahsulotlarning  belgilari  bilangina  farqlanadi.  Aholiga  xizmat  ko`rsatish  sohalari 

mehnatning  mahsulot  sifatidagina  emas,    balki  xizmat    sifatidagi  qo`llaniladigan  alohida 

foydalanishning  qiymati  bo`lib  hisoblanadi.  Moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlariga    kirmaydigan 

sohalarga aholini turar joy, maishiy xizmat ko`rsatish va savdo tarmoqlari bilan  ta`minlash,  jamiyat 

sifatini  shakllantirish,    madaniyat va fanni rivojlantirish, tibbiyot va sog`liqni saqlashga  ajratilgan  

ko`plab  idoralarning  tarkibini  o`z  ichiga  oladi.  Ayniqsa  xizmat  ko`rsatadigan  tarmoqlarni 

kengaytirish  quyidagi  yo`nalishda  mehnatning  samaradorligini  orttirishga  qatnashadi.  1)  Turar  joy 

muammosini  yaxshilash  yo`li  bilan.  2)  Aholiga  xizmat  ko`rsatadigan  tarmoqlarning  turlarini 

ko`paytirish va sifatini yaxshilash,  3)Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.r. Avtomatlashgan, 

yarim avtomatlashgan mashinalarni, konveyerlarni yana yuqori manevrli liniyalarni kengdan kiritish 

orqali ishlab chiqarishning texnik jihozlanish darajasini yuksaltirish orqali va shu kabilar. Shunday 

qilib, kundalik turmushda insonga nima  kerak  bo`lsa, barchasi bilan ta`minlash xizmat ko`rsatish 

tarmoqlariga umumiy tegishli va uni amalga oshirish bu tarmoqni iloji boricha rivojlantirishni talab 

etadi.  Shu  maqsadda  O`zbekiston  va  Qoraqalpog`iston  respublikasida  keyingi  yillarda  ijtimoiy  

tarmoqlarni  rivojlantirish  bo`yicha    katta  ishlar  amalga  oshirilmoqda.    Bu  yangi  islohotni  amalga 

oshirishda va aholiga xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirishdagi yaxshi boshlamasi safiga kiradi. 

Respublika  hududida  aholining  moddiy  farovonligini  orttirishida    ijtimoiy  iste`mol  fondi,  ijtimoiy 

ta`minot,  aholiga  tibbiy  xizmat  ko`rsatish,  xalq  ta`limi  vazirligi  va  boshqa  tarmoqlar  katta  rol` 

o`ynaydi.  Hozir bu tarmoqlarda Qoraqalpog`istondagi ishchi va xizmatkorlarning 32,6%i ishlaydi. 

Bularning  ichida  xizmatkorlarning  soni  tomonida  1-o`rinni    xalq    ta`limi  tarmog`i,    2-o`rinni 

sog`liqni saqlash, 3-o`rinni savdo, ijtimoiy ovqatlanish va tayyorlash idoralari egallaydi. 


 

38 


         Xalq  ta`limi  sohalari.  Yurtning  ijtimoiy  rivojlanish  darajasi  katta  ahamiyatga  ega.    Bu 

tarmoqga  mo`tahassislar    tayyorlaydigan  o`quv  markazlari,  maktablar,  maktabgacha  tarbiya 

tashkilotlari,  bolalar  o`ylari  va  maktabdan  tashqari  ta`lim-tarbiya  beradigan  tashkilotlar  kiradi.  

Shuning  uchun  nomi  aytilgan  tarmoqlardagi  ishning  samarali  echimlari  va  yutuqlarga  erishishi 

yurtdagi  yosh    avlodlarning    ta`lim-tarbiya    olishga  va  bilim  tarmoqlarining  yuksak  chuqqilariga 

erishishlariga  ham  bog`liq.  2000  yilgi  ma`lumot  bo`yicha,  375  maktab  bo`lib,  ularda  380  ming 

o`quvchi  bilim  oladi,  bundan  tashqari  respublikada  22  o`rta  maxso`s  bilim  yurti  ,  36  kasb  xunar 

bilim yurti va 2 yuqori o`quv maskani ishlab,  ularda 38,3 ming talaba o`qib bilim va ta`lim tarbiya 

olyapti.    Bozor  munosabatlariga  o`tishga  aloqador  o`rta-maxsus  o`quv  yurtlarining  ishlarini 

yangilash,    bilim  va  tarbiya  beradigan  o`quv  maskanlarida  katta  tashkilotchilik  ishlari  olib 

borilmoqda.  Hozir  respublika  hududida  10  litsey,  2  gimnaziya  va  boshqa  o`rta  maxso`s    bilim  

beradigan  maktablar  ishlaydi.    Shu  bilan  bir  qatorda  ziyrak  o`quvchilardan  tuzilgan  114  maktabda  

maxso`s    kengaytirilgan  dastur    asosida    o`quvchilar  ayrim  fanlardan    bilimlarini  oshirmoqda.  

Bularda o`qib bilim oladigan yoshlarning soni 351 mingga etdi. Respublika hududida maktabgacha 

yoshdagi  bolalarga  ta`lim-tarbiya  beradigan  375    bolalar  tashkilotlari  ishlaydi.  Ularda  50  mingdan 

ortiq  bolalar  tarbiyalanmoqda.    Shunga  ko`ra,    faqat  maktabgacha  va  o`rta-bilim  beradigan 

maktablarda  426  ming  yosh  avlod    o`qib    bilim    va  ta`lim    tarbiya  oladi.    Bu  barcha  respublika 

aholining 28,2% i degan so`z. Respublikaning ta`lim tarmoqlarida ijobiy yo`nalish shakllanmoqda. 

Bilim beradigan o`quv yurtlarining soni va unda o`qiyotgan va ta`lim-tarbiya oladigan yoshlarning 

soni  ko`paymoqda.  Masalan,  faqat  maktabgacha  ta`lim-tarbiya  beradigan  tashkilotlarda 

tarbiyalanuvchi o`smirlarning soni 1970-71 o`quv yilidan 2005 o`quv yillar oralig`ida ya`ni keyingi 

35 yil ichida 2,6 hissaga ko`paydi. 



  Maxso`s  o`rta  bilim  beradigan  o`quv  yurtlarida  talabalarning  soni  6,7  hissa,  oliy o`quv yurtlarida 

o`qib  bilim  olayotgan  talabalar  soni  2,7  hissaga  ko`paydi.  Bu  juda  quvonarli  hol  va  yuqori 

ko`rsatkich.  Lekin  bundan  barcha  respublika  hududidagi  yosh  o`smirlari  maktabgacha    tarbiya 

beradigan  o`rinlar  bilan  to`liq  ta`minlandi,  degan  tushuncha  kelib  chiqmaydi.  Birinchi  smenada 

o`qiydigan  o`quvchilarning  soni  faqat  64,3%    tashkil  etadi.  Maktabgacha  tarbiya  beradigan 

o`rinlarda respublikadagi yosh o`smirlarning 16,9% i tarbiyalanadi                                                        

      Bu  kelajakda  respublika  hududida  maktabgacha  tarbiya  beradigan  tashkilotlarni  va  o`rta  bilim 

beradigan maktablarning sonini ancha ko`paytirishni talab qiladi. Shunga bog`liq yaqin yilllar ichida 

bolalar  bog`chalarining  sonini  495  ga  ko`paytirish  va  maxso`s  dasturlar  asosida  bilim  oladigan 

ziyrak o`quvchilarning hisobidan o`rta bilim beradigan maktablarning sonini  ko`paytirish  masalasi  

qo`yilayapti.  

     Hozir  respublika  hududida  yuqori  o`quv  o`rinlarida  36  soha  bo`yicha  mutaxassislar 

tayyorlanmoqda va yil sayin har bir 10  ming  odamga 72-74  yosh xodimlar o`quv yurtlarini bitirib, 

ishlab chiqarishga yo`llanma olmoqda. Bu O`zbekiston bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichdan 4% yuqori, 

kelajakda bilim berishning yangi shakllari, litseylar, qollejlar, gimnaziyalarning soni ortadi.  Bilim  

berishning  2-bosqichi  bakalavrlar, magistraturalar tuzilib,  shularning hisobidan respublikada o`qib 

bilim oladigan yoshlarning soni ancha ko`payadi. 

    Tibbiy  xizmat  ko`rsatish  sohalari  .  Bu    tarmoq    sog`liqni  saqlash,    profilaktika,  sanatoriya-

kurort,  dam  olish,  sud-ekspertiza,  jismoniy  tarbiya  tarmoqlarini  o`z  ichiga  oladi    va  insoniyat  

jamiyatidagi  eng  ahamiyatli  ishlarning  biri  bo`lib  hisoblanadi.  Sababi  inson-jamiyatning  asosiy 

ishlab  chiqaruvchi  kuchi,  jamiyatning    hozirgi    rivojlanish  bosqichida  fizik  tomonidan  sog`lom  va 

faol  energiyaga  ega  odamdir.  Sog`liqni  saqlash  mehnat  resurslariga,  mehnatning  samaradorligiga, 

jamiyatning  iqtisodiy  rivojlanishiga  kuchli  ta`sir  etadi  va  u  oziq-ovqat  mahsulotlarining  ekologik 

tozaligini  ta`minlaydigan  o`rinlarning  xususiyatlariga  va  sog`liqni  saqlash  tashkilotlarining 

rivojlanish  darajasiga  ham  bog`liq.    Aholining  sog`ligini  saqlashga  erishish  odamlarning  o`rtacha 

yosh  tafovutlarining    shakllanishi    va    kasallikka  chalinmaslik  kabi  umumiy  belgilari  bilan 

xarakterlanadi.  Inson va tabiat bir tutash bo`lib,  ular bir-biri  bilan  zich aloqada bo`ladi.  Ekologik 

shartlarga  qaraganda  tabiiy  resurslardan  foydalanish  natijasida    sanoatda,  qishloq  xo`jaligida, 

transportda tashqi  muhitning ta`sirini puxta echilishi va odamlarning sog`ligiga xavfli kuchlarning 

oldini  olishni  rejalashtiriladi.  Hozir bu muammoni hol qilishda, ayniqsa tibbiyot kadrlari bosh rol` 

o`ynamoqda  va  ilmiy  kontseptsiyalarni  o`ylab  topish  va  ularni  odam  hayotiga    foydalanish  orqali 


 

39 


sog`liqni  saqlash  sohalarining  ish  tajribalarini  ortmoqda.  Bu  asosiy  va  xalq  xo`jaligiga  ahamiyatli 

masalalarni  echishda    yil  sayin  respublika  hududida  4122  yuqori  malakali  vrach,  16,2  ming  o`rta 

tibbiyot  xodimlari  qatnashadi.  Shu  bois  aholiga  tibbiy    xizmat    ko`rsatish  ishlarining 

samaradorligini  orttirish  uchun  154  shifoxonalar  va  12,9  ming  shifo  maskanlari  ishlab  turibdi. 

Bundan  tashqari respublika hududida 333 ambulatoriya va poliklinikalar ishlab turibdi, 729 o`rinli 

kunduzgi  statsionarlarga  ega.  16  mahkama  yonida  73  o`rinli    ixtisoslashgan  ambulatoriyali 

shifoxonalar  ochildi  va  ular  tibbiy  yordam  ko`rsatyapti.  Bu  Qoraqalpog`iston  Respublikasida 

aholiga tibbiy xizmat  ko`rsatish tarmoqlarida  bir  qancha yutuqlarga erishilganini ko`rsatadi. 

       Shunday  qilib,  respublikaning  har  10  ming  odamiga  107,4  shifo  koykalari  va  20  yuqori 

malakali  vrach  to`g`ri  keladi.  Bu  1960  yillardagi  ko`rsatkichga  qaraganda  111  foiz  yuqori  degan 

so`z.  

Sog`liqni  saqlash  tashkilotlaridan  sanatoriya  va  dam  olish  maskanlari  ham  eng  ahamiyatli 



o`rinlarni egallaydi. Bu tarmoqni rivojlantirish bo`yicha respublikada amalga oshirilgan ishlar kam,  

Lekin  sanatoriyalar,  dam  olish  maskanlarini  qurish  va  rivojlantirishning  katta    imkoniyatlari  bor. 

Ustyurtda  kimyo  sanoati  majmui,  neft`-gaz,  qurilish  materiallari  sanoatining  tuzilishi,    shu  bilan 

birga  Qoratovda  rangli  metallurgiya,    tog`-  kon  sanoati  va  quvvatli  elektr-energetika  sanoati 

majmuasini  qurish  va  janubiy  Qizilqum  yaylovlarini  chorvachilikga    o`zlashtirishga    bog`liq  aholi 

uchun  dam  olish  uylarini  kengaytirish  va  sanatoriyalar  ochish  masalalari  kun  tartibidagi  yirik 

muammolarga aylanishi so`zsiz.                                                                              

Kelajak  loyihalarda  dam  olish  o`rinlarini  va  sanatoriya  qurishga  qulay  rekreatsion  hududlar 

qatorida  Mo`ynoqdagi  Orol  dengizi  rayonsi,    Ustyurtdagi  Qoraumbet  tuz   aralash  botqoqli  sho`r,  

Chimboydagi  1-may  issiq  suv  bulog`i,  Ellikqal`adagi  Aqchako`l,  Amudaryodagi  Xo`jako`l,  Nukus 

shahri  atrofidagi  Grachevka,  Yoshlar  ko`li,  Taxtako`pir  tumanidagi  Qorateran  va  yana  boshqa 

rekreatsion rayonlarni aytish mumkin. Bular tabiiy kompleksga juda boy. Inson organizmiga to`g`ri 

yoki o`tkinchi ta`sir etish orqali jonga rohat, ko`ngilga quvonch beradigan o`rinlardan hisoblanadi. 

Bu  o`rinlar,  tabiiy  komplekslarning  xilma-xilligiga    va  resurs  manbalari  bo`yicha  sog`likni 

saqlashga  qulay  rekratsion  safiga  kirib,  rekreatsion  geografiyaning  elementlariga  boy  o`rinlardan 

hisoblanadi.  Kelajakda  respublika  hududida  sog`liqni  saqlash  sohalarini  rivojlantirish  uchun 

rekreatsion rayonlarning tabiiy kompleksini har  tomonlama  o`rganish va tekshirish ishlarini keng 

amalga oshirish talab etiladi. 

Shuning uchun bu masalalarni tezda  echish yangi sanatoriyalar qurishga va dam olish maskanlarini 

kengaytirishga imkoniyat tug`diradi. 

       Savdo  sohalari.  Aholiga  savdo  tomonidan  xizmat  ko`rsatadigan  korxonalarning  hududiy 

joylashish  tafovutlarini  o`rganadi.    Savdo  bu  etishtirilgan  mahsulotni  ishlab  chiqarish  sohasidan 

etkazadigan  asosiy  tarmoqdir.  Savdoning  ko`pgina  turlari  bor.  Agar  savdo-sotiq  davlatlararo  olib 

boriladigan bo`lsa, u tashqi savdo deyiladi. Bir davlatdan boshqa davlatlarga chiqariladigan savdo-

sotiq  mahsulotlari  eksport  buyumlar,    chetdan  olib  kelinadiganlari  import  mahsulotlar  deyiladi. 

Mamlakat  hududida  savdoning  bosh  funktsiyasi  etishtirilgan  mahsulotni  xaridorlarga  etkazishdan 

iborat bo`lib, u davlat savdosi, kooperativ savdo va dehqon bozor savdosi orqali amalga oshiriladi. 

Hozir  respublikada  savdo  korxonalarining  bosh  vazifasi  shahar  aholisining  sanoat  o`rinlariga    va  

ishchi  mahallalariga tayyor mahsulotni etkazishdan iborat bo`lsa, dehqon savdosi qishloq aholisiga 

kundalik  turmushda  foydalanadigan  mahsulotlarni  sotishdan  iborat.  Dehqon  bozor  savdosiga 

tegishli  korxonalar  yakka  xususiyda  etishtirilgan  mahsulotni  sotish  bilan  shu  savdo  

mahsulotlarining  tarkibida  bilan  bir  qatorda,  dehqon  bozor  savdosi  va  fuqarolarning  chakana 

savdosi  o`sib  shakllanayabdi.  Ayrim  yillar  ichida  Qoraqalpog`istonda  savdo-sotiq  aylanishining 

hajmi va uning o`sish sur`atini quyidagi ma`lumotlarda qurish mumkin.  

Respublikada donalab sotiladigan  savdo  mahsulotlarining  yillik hajmi ortmoqda. Shunga 

bog`liq  savdo  aylanishi  ancha  o`sdi.  Agar  1970-yillarda  Qoraqalpog`iston  respublikasi  bo`yicha 

yillik savdo aylanishining hajmi 254,7 mln. so`m bo`lsa, bu ko`rsatkich 1965-yili 275 mln. so`mni, 

1990-yili  711  mln.  so`mni,  2005-yilga  kelib  144  mlrd.706,8  mln.  so`mni tashkil qildi. Bu va yana 

boshqa  ko`rsatkichlar  Qoraqalpog`iston  iqtisodining  bozor  munosabatlari  asosida  rivojlanishining 

dastlabki qadamlaridan hisoblanadi. Dehqon bozor savdosini va fuqarolarning birlashmagan savdo-



 

40 


sotiq  tashabbo`sini  taqdirlashga  bog`liq  chakana  savdosi  aylanishining  hajmi  orta  boradi  va 

kooperativ savdo  korxonalarining  qiyosiy darajasi o`zgardi. 

  

Agar, 1990-yillarda davlat sektorida barcha  savdo korxonalarining umumiy 32,8% va savdo 



aylanishining  yarmidan  ko`prog`i  tegishli  bo`lsa,  1994-yilgi  ma`lumot  bo`yicha  respublikadagi  yil  

davomidagi    davlat  savdosi  20,3%,  kooperativ  savdo  27%,  bozor-dehqon  savdosi  39,1%  i  qolgan 

bo`limini fuqarolarning birlashmagan savdosi tashkil qiladi. Shunday qilib, savdo idoralari yil sayin 

326 mln. so`m, dehqon bozor savdosi 477 mln. so`mdan savdo aylanishini egallamoqda. 

Respublika hududida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan  talabini  qondirish maqsadida yil 

davomida  196,2  mln.    so`mlik  tovar  «Qoraqalpaqtutiniu»  idorasiga,  83,6  mln.  so`m 

«Qoraqalpoqsavdo»ga  tegishli.  

    Idoralarning  ma`lumotlariga  va  respublika  aholisining  o`sish  sur`atiga  qaraganda  keyingi 

vaqtlarda savdo korxanalarining yillik savdo aylanishi 2 hissaga ko`paydi. Shuningdek Hamdo`stlik 

Davlatlar  tashkilotiga  kiradigan  mamlakatlarda,  ayniqsa,  Moskva,  Olmaota,    Kiev,    Krasnoyarsk, 

Omsk,  Tomsk,  Chita  va  yana  boshqa  shaharlarda  savdo  markazlari  tuziladi  va    tovar    aylanishi  

operatsiyalari ko`paytiriladi. 

Savdo  aylanishini  rivojlantirish  va  aholining  kundalik  ehtiyoj  mollariga  bo`lgan  talabini 

qondirish    maqsadida    «Oqmang`it»  va  «To`rtko`l»  meva-poliz  mahsulotlaridan  konserva 

tayyorlaydigan korxona ishga tushirildi. Savdo madaniyatini yaxshilash va xaridorlarga  zamonaviy  

savdo  ishlarini  tashkil  qilish  maqsadida,    Chimboy,  Kegeyli,  Mang`it,  Qo`ng`irot  shaharlarida 

dehqon    bozorlari  foydalanishga  berildi.  Nukusda  6000  kv  metrlik  savdo  kompleksi,  Qorao`zakda 

150  ish  o`rniga  ega,    Beruniyda  100  ish  o`rniga  ega  dehqon    bozori  ishga    tushirildi.  Bu    va  yana 

boshqa bir qator ishlarning amalga oshishi savdo aylanishining hajmini yuqorilashiga va yillik tovar 

aylanishini jon boshiga taqsimlaganda yuqori ko`rsatkichlarga erishishga yo`l ochmoqda. Masalan, 

agar  1940-yillarda  Qoraqalpog`iston  respublikasida  yillik  tovar  aylanishining  hajmi  jon  boshiga 

taqsimlaganda  57  so`mni  tashkil  qilsa,  bu  ko`rsatkich  1980  yillarda  551  so`mni,  1994-yili  882 

so`mni, 2005-yili esa 92300 so`mni tashkil qildi, ya`ni bu 1970-yilga nisbatan 254 hissa ko`p degan 

so`z.  Lekin savdo tarmoqlarida  ham ayrim kamchiliklar uchraydi. Masalan, bir o`rinda savdo-sotiq 

korxonalari bilan ta`minlanish darajasi past bo`lsa 2-o`rinda tovar  massasi etishmaydi,  3-galda esa 

savdo  korxonalarining  hududiy  joylashishida  ham  disproportsiyalar  uchraydi.  Umuman, 

respublikaga tegishli 3347 savdo korxonalari va ovqatlanish o`rinlarining 16%  ga yaqini Nukus va 

Taxiatosh  shaharlarida  joylashgan  bo`lsa,  134,5  ming  kv.km.  hududni  egallaydigan  Qo`ng`irot, 

Mo`ynoq,  Taxtako`pir  tumanlarida  164  savdo  o`rni  yoki  respublikaga  tegishli  savdo 

korxonalarining  faqatgina    4,8%    i  joylashgan.    Natijada  har  bir  10  ming  kishiga  yuqorida 

ko`rsatilgan tumanlarga 6,1 savdo korxonasi to`g`ri keladi.  

Bu  va  boshqa  sharoit  xususiy  kapital  tomonidan  solinayotgan  685  savdo  va  umumiy 

ovqatlanish    inshootlarining  qurilishini  tezlatish  va  xususiylashtirish  rejasi  asosida  davlat  savdo 

hamda  jamiyatlik  ovqatlanish    tarmoqlariga    tegishli  korxonalarini    sotish    ishlarini  jadallashtirish 

katta  ahamiyatga  ega.  Bu  amallar  hozirgi  kunning  talabiga  mos  aholiga    savdo    xizmatini 

yaxshilashga    va    bu    tarmoqning    iqtisodiy  tomondan  samarador-ligini  oshirishiga  imkoniyat 

yaratadi.  

Aholiga  pulli  xizmat    ko`rsatish    tarmoqlari.  Bu    tar-moqlarni  rivojlantirish  aholining 

ijtimoiy-madaniy tomondan o`sishini ta`minlaydigan shartlardan hisoblanib,  buning tarkibiga ichki  

kiyimlar,  oyoq  kiyim,    bosh  kiyim,  paypoq  tiqish  korxonalari,  shu  bilan  birga  tikuvchilik  tsexlari,  

kir  yuvish  korxonalari,  oziq-ovqat  mahsulotlarini    saqlaydigan  jihoz-larni    tuzatish  o`rinlari 

hammomlar,  rasmxonalar  va  aholiga  transport  tomonidan  xizmat  ko`rsatadigan  korxonalar  kiradi. 

Hozir  bu  tarmoqlar  yil  sayin  23954  mln.  so`mlik  pulli  xizmatni  bajarib,  har  bir  odamga 

hisoblaganda  18587  so`m  hajmida  ish  jarayonlarini    amalga  oshiradi.  Keyingi  vaqtlarda  aholining 

o`sib  borayotgan  talablarini  hisobga  olib,    QQR  turmush  xizmati  tashkilotiga  kiradigan  

korxonalarda odamlarga puli xizmat kursatishning kupgina turlarini amalga oshirdi. Agar respublika 

aholisining katta qismi haliyam qishloqlarda  yashashini  hisobga  olsak,aholiga  pulli savdo xizmat 

ko`rsatadigan  idoralarning  sonini  ko`paytirish  va  ularning  hududiy  joylashuvini  takomillashtirish 

kun tartibidagi asosiy masalalar qatoriga kiradi.  



 

41 


Turar joy  va komunal xo`jaligi.  Qoraqalpog`iston Respublikasining ijtimoiy rivojlantirish 

dasturidagi    vazifalarining    biriga  aholini  turar  joy,  kommunal  xo`jalik  xizmati  bilan  ta`minlash 

kiradi.    Aholini  turar  joy  bilan  ta`minlash,  kelajak avlodning obodonligi, sog`ligi  va  o`sib o`nish 

masalalarining  asosini  tashkil  qiladi,    bu  tarmoqda  shu  yo`nalishda  ko`p  sonli  ishlar  amalga  

oshirilmoqda.  Hozir respublika  aholisiga yil sayin 341,5 ming.kv.m.  turar joy fondi tuzilayapti. Bu 

o`tgan  yillar  bilan  solishtirganda  ancha  ko`p  demakdir.  Shunday  qilib,  turar  joy  fondini  tuzishga 

davlat  tarkibiga  kirmaydigan  tashkilotlarning  hissasi  oshmoqda.  Respublika  hududida  barcha 

hisobdan  345,5  ming  kv.m.  turar  joy  qurilishi  bitkazilib,    shuning  8,4  ming  kv.m.  davlat  byudjeti 

hisobidan, 9,7 ming kv.m. korxonalar va tashkilotlarning hisobidan qurildi. 323,0 ming kv.m. turar 

joy  qurilishi  esa  yakka  xususiy  idora  egalari  tomonidan  ishlandi.  Shunday  qilib,  bugungi  kunda 

o`rtacha  1  odamga  14,0  kv.m.  turar  joy  fondi  to`g`ri  keladi.    Shundan  shahar  joylarida  aholining 

turar  joy  bilan  ta`minlanishi  jon  boshiga  12,1  kv.m.ni  tashkil  qiladi.  Bu  O`zbekiston  bo`yicha 

o`rtacha  ko`rsatkichdan  19,8  %  yuqori  demakdir.  Keyingi  yillarda    turar  joy  fondini  tuzishda 

xususiylik va bank kreditining hajmini ortishiga va yurtimizning issiq iqlim sharoitidagi demografik 

rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olganda jon boshiga tegishli turar joy fondining hajmini 9 kv.  

metrdan 15 kv.metrga (umumiy maydoni bilan 21,6 kv.m.) ko`paytirish kerak. Kelajakda Toshkent 

turar  joy  quruvchilarining tajribalarini  kengdan foydalana  turib  milliy  an`analariga mos bezak 

ishlariga  alohida  e`tibor  berish  katta  ahamiyatga  ega.    Shunga    mos    kommunal  xo`jalik 

tarmoqlarida  ishni tashkil qilish va oldingi tajribaga qo`shilgan suv quvurlarini, isitish tarmoqlarini, 

shu bilan birga kanalizatsiyalarni qayta ta`mirlash masalalarini qo`lga olish kerak. 

Hozir  shu  maqsadda  respublika  hududida  faqat  2004-yil  davomida  140  km  gaz  tarmoqlari 

kurilib  foydalanishga  berildi.    Shuning  119,8  km.  qishloqlarda  barpo  etildi.    Shu  tarzda, yil  sayin  

respublika  aholisiga    2    mlrd.  406  mln.    kubometr  gaz  etishtirib  beriladigan  bo`ldi.    Aholini  toza 

ichimlik suv bilan ta`minlash maqsadida  261 km. masofada suv quvurlari o`rnatildi. Bu yiliga 67,3 

mln. metr kub toza ichimlik suvini etkazib berishga va suv bilan ta`minlashning darajasini 69% ga 

oshirishga  imkon  berdi.  Biroq  bu  haliyam  etarli  emas,  Shunga  ko`ra  yaqin  yillar  ichida  yiliga  252 

kv.m.    turar  joy,  250  km.  masofada  gaz  tarmoqlari,  270  km.  suv  quvurlari  foydalanishga  berilishi 

kerak. Shahar aholisiga xizmat ko`rsatish darajasini yaxshilash maqsadida Nukus shahrida uzunligi 

1466  km.  navbatdagi  trolleybo`s  liniyasi,  To`rtko`l  shahrida  markaziy  kasalxona  qurish  va 

Shumanay  tumanida    kanalizatsiya  qurilishini  bitkazish  ko`zda  tutilyapti.  Bu  va  yana  boshqa 

rejalarning  amalga  oshirilishi  turar  joy  fondi  va  kommunal    xo`jalik  tarmoqlarini 

farovonlashtirishga, shu bilan birga xususiy mo`lk tarkibidagi turar joy imoratlarini  hozirgi  zamon  

talablariga  mos qayta ta`mirlashga yo`l ochadi. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling