Qoraqalpog`iston geografiyasi
Madaniyat va tasviriy san`at tarmoqlari
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan va texnologiya kompleksi
Madaniyat va tasviriy san`at tarmoqlari-Aholini ma`naviy tomondan tarbiyalashda va rivojlantirishda katta ahamiyatga ega ijtimoiy sohalar safiga kiradi. Madaniyat ko`p shaxobchali tarmoq bo`lib, bo`nga kutubxonalar, muzeylar, hayvonot bog`lari, bahs-suhbat mahkamalari, hunarmandchilik maktablari va texnikumlari, madaniy dam olish istirohot bog`lari, klublar, adabiy meroslar bilan bog`liq bo`lgan teatrlar, dam olish uylari, filarmoniyalar, kinoteatrlar, yuqori va o`rta san`at o`quv yurtlari, ansambl`lar va ularni boshqaradigan o`rinlar, yaratuvchilik birlashmalari, kino va telestudiyalar, kitob savdosi va bosmaxona idoralari kiradi. Bu tarmoqlar aholining madaniy xazinasini orttirishda va ma`naviy boyligini mustahkamlashda hol qiluvchi rol` o`ynaydi. Shuning uchun respublikada madaniyat va tasviriy san`atga tegishli tarmoqlarni rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Qoraqalpog`iston respublikasida madaniyat va tasviriy san`at tarmoqlariga kiradigan idoralarning ishlab chiqarish bazasi ancha rivojlanmoqda. Bularning asosiy vazifasi aholiga madaniy xizmat ko`rsatish darajasini yaxshilash, fuqarolarni vatanni sevishga, odob-ikromlilikka, xalqlar orasidagi do`stlikni mustahkamlashga tarbiyalashdan iborat va shu yo`nalishda katta ishlar qilinmoqda. Hozir respublika hududida yuqori toifadagi 3 teatr, 2 kontsert tashkiloti, 3 muzey, 2 maxso`s o`quv yurti, 21 bolalar badiiy va mo`siqa maktablari, 333 klub idoralari, shu bilan birga madaniyat va dam olish bazalari, 5 ta teatr aholiga xizmat ko`rsatishning repertuarlarini yaxshilamoqda. Masalan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqa teatri «Sovg`a» nomli kontsert dasturida «Qo`shnining qizi» dramasini va Qoraqalpoq klassik shoiri Ajiniyozning 170 yillik yubileyga atab «Ajiniyoz» operasini sahnalashtirdi va tomoshabinlarga taqdim qildi. 42
Qoraqalpoq davlat o`lkashunoslik muzeyi, I.V.Savitskiy nomidagi tasviriy san`at muzeyi bir qancha ko`rgazmali yangi materiallar tashkillashtirib, ularning ayrimlari Germaniyada, Shveytsariyada o`tkazilgan ko`rgazmalarda yaxshi natija ko`rsatdi. Hozir respublika hududida 238 kinoteatr va kinoustanovkalar ishlab, ular 18,9 ming o`ringa ega va yil sayin 774,6 mingdan ortiq tomoshabin qatnashadi. Aholiga xizmat qiladigan ommaviy kutubxonalarning soni ham ko`paymoqda. Agar ularning soni 1965 yillarda 318 ta bo`lsa, hozir respublika hududida 1284 ko`tubxona ishlaydi. Ularning kitob fondi 1965 yillardagi 1310 ming no`sxadan 2000 yili 18 mln. 124 ming nusxaga ko`paydi. Ko`tubxonalarda doimiy kitob o`qiydigan kitobxonlar soni 895,8 ming odamga etdi, ya`ni respublikada yashaydigan 2 odamning biri ko`tubxonalarning doimiy o`quvchilaridan bo`lib hisoblanadi. Klub mahkamalarining, shu bilan birga kinoteatrlarning ham ishlab chiqarish bazasi yaxshilanmoqda va aholiga xizmat ko`rsatishning darajasi ortmoqda. Agar 1995 yili respublikadagi klub idoralari aholiga xizmati bo`yicha yil davomida 215,3 ming so`mlik pul manbalarini topsa, kinoustanovkalar va kinoteatrlar aholiga xizmat ko`rsatishning yakuni bo`yicha yil davomida 1 mln. 104,3e ming so`mlik foyda keltirdi. Fan va texnologiya kompleksi-ijtimoiy sohaga kiradigan tarmoqlarning sifatli rivojlanishi va son ko`rsatkichlarining olg`a bosishiga keskin ta`sir etadi. Sababi, fan va texnologiyadagi yutuqlar ishlab chiqarish kuchlarining ratsional joylashishi va o`sish tezligini belgilaydigan asosiy omillar qatoriga kiradi va bu majmuaga ilmiy tekshirish tarmog`idagi barcha ish operatsiyasini amalga oshiradigan markazlar akademiya, ilmiy tadqiqot institutlari, tajriba stantsiyalari, hisob-kitob o`rinlari, tabiatni saqlash va ekologik muammolarni echish bilan shug`ullanadigan idoralar, ob- havoni oldindan aytish ishlarini amalga oshiradigan gidrometeorologik stantsiyalar, oliy o`quv yurtlarining labarotoriyalari va ilmiy bo`limlari kiradi. Hozir respublika hududida shu yuqoridagi funktsiyalarni boshqaradigan va koordinatsiya qiladigan O`zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi institutlari, qishloq xo`jaligi vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish idoralari, ilmiy tajriba stantsiyalari va oliy o`quv yurtlarining ilmiy tekshirish ishlari bilan shug`ullanadigan laboratoriyalarini va ilmiy bo`limlarini biriktirib, ilmiy aloqalar tuzadi va respublika hududida yuz bergan ekologik inqirozni engish maqsadida «Suv-tuz rejimini modellashtirishning ayrim matematik masalalari», «Bozor munosabatlari sharoitida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini bashorat qilish, respublikada xalq xo`jaligining tuzilmasini bozor munosabatlarining talabiga mos takomillashtirish», «tabiiy-iqtisodiy resurslardan ratsional foydalanish yo`llari», ayniqsa «Gloukonitlarning zahiralarini va joylashgan o`rnini aniqlash, yana ulardan mineral o`g`itlar olish yo`llari» va yana boshqada mavzular o`stida ilmiy ishlar olib bormoqda. Qoraqalpog`iston respublikasining hozirgi ekologik sharoitlarga aloqador ko`p sonli ilmiy mavzular ayniqsa O`zbekiston fanlar akademiyasi Qoraqal-pog`iston bo`limida ishlanmoqda. Bularga N. Q. Ayimbetovning boshchiligida «Cheklangan resurslar sharoitida xo`jaliklararo aloqalarning iqtisodiy matematik modelini ishlab chiqish», «Amudaryoning quyilish joyidagi ichimlik suvning balansini aniqlash» (L.R.Konstantinova) va yana boshqa mavzudagi ishlar kiradi. Keyingi yillarda Nukus Davlat Pedagogika institutining va Qoraqalpog`iston Davlat Universiteti jamoasi tuzli tuproqga moslashgan o`simliklarni Qoraqalpog`iston hududiga akllimatizatsiya etish va janubiy Orol bo`ylarida chorvachilik uchun mustahkam em-hashak bazalarini tuzishning ilmiy kontseptsiyasini yasash, ishlab chiqarishning xom ashyo zahiralarini aniqlash bo`yicha katta ishlarni boshladi. Hozir respublika hududida tibbiy-sanitariya va geoekologiya yo`nalishlarda ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu tarzda, Respublika hududida amalga oshiralayotgan ilmiy tekshirish ishlarini O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpog`iston bo`limi olimlari, Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti jamoasi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti, shu bilan birga qishloq xo`jaligi vazirligi yana sog`liqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tekshirish mahkamalari jamoasi tomonidan olib boriladi va bu umumxalq miqyosidagi muammolarni echishga 500 fan nomzodlari, 65 fan doktorlari va 15 dan ortiq akademiklar qatnashadi. Bu jamoalar ichida fanning bosh shtabi funktsiyasini egallaydigan O`zbekiston fanlari akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi, uning ilmiy tekshirish institutlarida 25 fan doktori, 80 dan ortiq fan nomzodlari shug`ullanadi. Qishloq xo`jaligi bilan aloqador ilmiy-tekshirish institutlari sholining, paxtaning tashqi muhitga moslashuvi yuqori hosildor va tezpishar navlarini topish o`stida ishlasa, ayrim olimlar ekin erlarining meliorativ
43
sharoitini yaxshilash va oqar suvga bo`lgan talabini echish o`stida tekshirish olib bormoqda. Ikkinchi bir guruh olimlar biologik melioratsiya va ekin erlariga yiliga 2 marta ekin ekishni keng targ`ib qilish uchun ishlayapti. Bu sharoitda ekin erlari qayta ishlanib, unda havo, suv va oziq zapasini almashish jarayonining yaxshilanilishi isbotlanmoqda. Shu ko`rsatkichlar bo`yicha, yuqorida aytilgan ilmiy institutlar, ilmiy-tajriba stantsiyalar, qishloq xo`jaligi bo`yicha shakllangan tarmoqli institutlar va oliy o`quv yurtlarining ilmiy-tekshirish labarotoriyalarida birlashib ish tezligini oshirsa, fan yangiliklari ishlab chiqarishga tez joriy qilinar va ekin erlarining hosildorligini orttirishga qulay sharoitlar yaratilgan bo`lar edi. Chunki, fan va texnologiya yangiliklaridan xalq xo`jaligida maqsadga muvofiq foydalanish belgili darajada yangi cho`qqilarni qo`lga kiritishga va respublikaning ishlab chiqarish jarayonini chuqurlashtirishga imkoniyat yaratmog`i shart. Qoraqalpog`iston uzoq yillar davomida bir tomonlama qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlariga ega edi. Keyingi yillarda xalq xo`jaligi tarmoqlarini tezkor rivojlantirish uchun fan va texnika yangiliklarini ishlab chiqarishda foydalanishga alohida e`tibor berilmoqda. Natijada respublikaning xalq xo`jaligining tarmoqli tuzilishida sifatli o`zgarishlar paydo bo`ldi va o`lkamizda og`ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga imkoniyat yaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog`iston Respublikasida sotsial infrastrukralarning rivojlanish yo`nalishlarini ta`minlash bo`yicha yirik ishlar amalga oshirilmoqda. Foydalanilayotgan keng mehnat resurslari va tuzilgan ishlab chiqarish potentsialning bazasida aholiga xizmat ko`rsatadigan savdo tarmoqlari, madaniy markazlar, ta`lim vazirligi o`rinlari tuzildi. Bular hozir ko`plab yo`nalish va ixtisosliklar bo`yicha kadrlar tayyorlash imkoniyatiga ega. Qishloq joylarining ijtimoiy infra tarkibini bundan keyin ham rivojlantirish masalasi echilmoqda. Qishloq joylari va aholi manzilgohlarini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida quvvatli «Tuyamo`yin-Nukus- Taxtako`pir» suv etishtirish tizimi ishga tushirildi. Respublikada turar joy qurilishi, aholiga chakana savdo xizmati ko`rsatadigan tarmoqlarda, shu bilan birga sog`liqni saqlash sohalarida ham unumli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois aholiga xizmat ko`rsatadigan tarmoqlarining moddiy bazasini mustahkamlash va bu tarmoqlarda amalga oshirilayotgan keng tashkilotchilik ishlari kelajakda respublikada katta son va sifat o`zgarishlarga erishishga yo`l ochishi so`zsiz. Qorakalog`iston Respublikasida transport va transport-iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi. Qoraqalpog`istonda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning kelajakdagi rejalarini amalga oshirish uchun barcha transport tarmoqlarini bundan keyin ham rivojlantirish va takomillashtirish o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Transportni rivojlantirish iqtisodni va madaniyatni yuksaltirishga yordam beradi. Transportsiz sanoat bilan dehqonchilik va madaniy tarmoqlar orasida munosabat bo`lishi mumkin emas.
Respublikada xalq xo`jaligini rivojlantirish bo`yicha bir qator ishlarni amalga oshirish natijasida so`nggi yillarda sanoatning o`sish sur`ati ortmoqda, joylarda yangi aholi manzillari, shirkatlar va dehqon fermerlar uyushmasi, paydo bo`ldi. Tabiiy-iqtisodiy rayonlar bo`yicha ishlab chiqarishni takomillashtirish yangicha moslashmoqda, ichki va tumanlararo iqtisodiy aloqalarning xarakteri o`zgarmoqda. Shuning uchun Qoraqalpog`istonda transport tarmoqlarini bundan keyin ham rivojlantirish va rayonlararo aloqalarni ratsionalizatsiyalash navbatdagi kechiktirilmaydigan masalalarning biri bo`lib hisoblanadi. Haqiqatdan ham transport ishlab chiqarish jarayonining davomi bo`lib jamiyat ishlab chiqarishning asosiy bir bo`lagi sifatida xarakterlanadi. Shunday qilib, transportga sarflanadigan barcha chiqimlarni hisobga olmay turib, ishlab chiqarishni hududiy takomillashtirishning samara beradiganligini etarlicha baholab bo`lmaydi. Transport ijtimoiy ishlab chiqarish chiqinlari yig`indisining belgili bir qismini tutadi. Shuning uchun ham sanoatni xom ashyo va yoqilg`i chiqadigan tarmoqlarga yaqin joylashtirish va tayyor mahsulotlardan foydalanadigan tumanlarga yaqinlashtirish oxirgi hisobda transport xarajatlarini qisqartirishga va ishlab chiqarishni oqilona ravishda joylashtirish yo`li bilan transport chiqimlarini ozaytirishga imkoniyatlar tayyorlaydi. Transport tarmoqlarini rivojlantirish va mahsulotning tannarxini kamaytirish muammolarini hol qilganda, rayonlararo iqtisodiy aloqalarning to`g`ri tizimini tayyorlash katta ahamiyatga ega.
44
Hatto ancha darajada rivojlangan davlatlar va mintaqalar hajmida ham sanoat korxonalarini faqat bir rayon hududida jamlashtirishning iloji yo`q. Lekin, Qoraqalpog`iston o`zining rivojlanish yo`nalishi bo`yicha asosan qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanadigan mintaqa bo`lsa ham, qishloq xo`jalik mashinalarini, mineral o`g`itlarni, sanoat uskunalarini, yog`och materiallarini, g`alla va ko`pchilik kundalik mollarni boshqa rayonlardan oladi. Shunday qilib, respublikada transport tarmoqlarini rivojlantirish va tumanlararo hajmda iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish eng ahamiyatli muammolarning biri bo`lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda respublikamizning tumanlararo yuk aylanishida asosiy rolni temir yo`l transporti egallaydi, qolgan bir bo`limi esa avtomobil` transporti orqali amalga oshirilmoqda. Ayrim transport tarmoqlarining ahamiyatini respublikaning yuk aylanishida tutgan o`rniga qarab xarakterlashga bo`ladi. Qoraqalpog`istonda temir yo`l transporti alohida. ahamiyatga ega. Hozir respublikamizda temir yo`l liniyasining umumiy uzunligi 504 km ni tashkil etib, har bir 100 km 2 erga 4,9 km temir yo`l liniyasi to`g`ri keladi. Lekin, temir yo`l transporti qisqa masofani egallashga qaramasdan, respublikalararo hajmida passajir va yuk tashishda eng ahamiyatli rol`ni bajaradi. Respublikada temir yo`l transporti bo`yicha passajir va yuk tashishning asosiy ko`rsatkichlarini quyidagi jadvaldan qurish mumkin Demak, Qoraqalpog`istonda yuk qabul qilish va jo`natish juda tezlik bilan o`smoqda. So`nggi yillarda ichki va respublikalararo havo munosabatlarining rivojlanishiga ko`ra yuk tashishning sur`ti yuk aylanmasiga qaraganda bir qancha pastladi. Bizning o`lkamiz hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchi kuchlarning tezlik bilan rivojlanishiga bog`liq katta yuk aylanishiga ega. Hozir respublikamizda yil sayin transport tarmoqlari bilan tashiladigan yuklarning hajmi 24,3 mln tonnani, yuk aylanishi esa 2,9 mlrd tonna km ni tashkil qiladi. Yillik yuk aylanishning tarkibida tashib olib kelinadigan yuklar yuqori ko`rsatkichga ega. Qabullangan yuklarning ichida asosiy qismini yog`och materiallari, neft`, bug`doy va kundalik ozuqa mollari, qishloq xo`jalik mashinalari, mineral o`g`itlar va hokazolar egallaydi. O`lkamizdan jo`natiladigan yuklarning ko`proq qismini paxta sholi, mol chorvachilik mahsulotlari, pilla, qorako`l terisi, jun va tuqimachilik sanoati mahsulotlari tashkil qiladi. Keyingi vaqtlarda temir yo`l stantsiyalari bo`yicha yuk qabullash va jo`natishning darajasi yanada ortdi. Bularning hammasi yuklash va tushirish ishlarini mexanizatsiyalashni ancha yaxshilashni talab qiladi. Shunga bog`liq, respublika-mizning temir yo`l stantsiyalari asosan lentali transporterlar bilan uskunalandi va yuk toshish va tushirish mexanizmlar yordamida amalga oshirilmoqda. Biroq yuk jarayonining ayrim qismini (qurilish materiallari, yog`och materiallari, g`alla, mineral o`g`itlar va hokazo) kerakli mexanizmlarning etishmasligidan holi ham qo`l mehnati bilan ishlanmoqda. Bu holat yuk aylanishidagi vagonlarning ko`p ishsiz turishiga olib kelmoqda. Hozirgi vaqtda temir yo`l uchastkalarida yuk aylanishining ko`proq qismini paxta tolasi egallaganligidan, respublikaning paxta tozalash zavodlarini yuqori sifatli texnika bilan jihozlash juda muhim. Bu yuklash jarayoniga aloqador chiqinlarni kamaytirishga yordam beradi. Yuk tashishni ixtirochilik yuqori jihozlangan konteyner maydonchalariga ega bo`lishning ahamiyati juda katta. Biroq, baxtga qarshi, hozir respublikada yuk ko`tarish kobiliyatiga ega yuqori quvvatdagi katta kranlar va konteyner maydonchalari kam. Bu kelajakda Chorjo`y- Qo`ng`irot liniyasiga bog`liq xo`jaliklar bilan ma`muriy tumanlarining talabini to`liq qondirmaydi. Shunga bog`liq, respublikaning temir yo`l stantsiyalaridagi konteyner maydonchalarining holatini yaxshilash navbatdagi eng ahamiyatli masalalarning biri bo`lib hisoblanadi. Qoraqalpog`iston transportchilari yaqin kelajakda anchagina muvafakkiyatga erishishi kerak. 2001-yilga kelib Nukus-Sulton Uvays-Uchquduq-Navoiy temir yo`l liniyasining qurilishi tamomlandi. Bu respublikani O`zbekistonning boshqa hududlari orqali to`g`ri bog`laydi va janubiy tumanlarning ishlab chiqarish kuchlariining yuqori tezlik bilan rivojlanishiga va hammasidan ham oldin Sulton Uvays tog`i rayonsida joylashgan tabiiy boyliklarni sanoatda keng foydalanishga yo`l ochadi. Loyihada temir yo`l transportining ishlarida yuqori ko`rsatkichlarga erishish uchun bu tarmoqda texnik qayta jihozlashni bunday keyin ham kengdan davom ettirish, ishlab chiqarish
45
jarayoni mexanizatsiyalashni va avtomatlashtirishni orttirish, rayonlararo iqtisodiy aloqalarni imkoni boricha takomillashtirishni amalga oshirish kerak. Qoraqalpog`iston respublikasi tumanlararo yuk almashishning sharti bo`yicha faqatgina xom ashyo va yarim fabrikatlarni olib qo`ymasdan, yoqilg`i, stanoklar, kranlar,mashinalar, sanoat, qishloq xo`jaligi va transport uchun jihozlar, xo`jalikning moddiy va madaniy talablarini qondirish uchun kerakli har xil buyumlarni ham oladi. Shunday qilib, rayonlararo xo`jalik aloqalari Qoraqalpog`istonning xalq xo`jaligini rivojlan-tirishning eng zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Busiz qishloq xo`jaligining, sanoatni va aholining madaniy va moddiy sharoitlarining o`sishi ham mumkin emas. Hozir rayonlararo aloqalarning ko`pchilik qismi temir yo`l transporti orqali ishga oshiriladi. Bular respublikaning xalq xo`jaligini rivojlantirishdagi qo`shni respublikalarning va rivojlangan davlatlarning berayotgan yordamida har xil mutaxassislar bilan millat vakillarining do`stona birga ishlashida yorqin ko`rinmoqda. Qoraqalpog`istonning transport-iqtisodiy aloqalarini ixtirochilikdagi eng muhim masalalarining biri aylanma yo`llar orqali tashiladigan xalq xo`jaligi yuklarini maksimal` darajada qisqartirishdan iborat. Shuning uchun oldingi vaqtlarda Qoraqalpog`istonning boshqa rayonlar bilan,ayniqsa janubiy Qizilqum orqali Rossiya Federatsiyasining Ural iqtisodiy rayoni bilan transport-iqtisodiy aloqalarini yaxshilash eng muhim tadbirlarning biri bo`lib hisoblanadi. Oldingi loyiha 635 km oraliqdagi Urganch-Qo`ng`irot-Beynov temir yo`l liniyasini elektrlashtirish yo`li bilan Ustyurtning tabiiy boyliklarini xalq xo`jaligida kengroq o`zlashtirishga imkoniyat yaratishdir. Bu masalani o`z vaqtida yuksaltirish faqat Qoraqalpog`istonning emas, barcha quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining ham ishlab chiqarish kuchlariining tez rivojlanishiga yo`l ochadi. Shunday qilib, Qo`ng`irot-Beynov-Maqat-Aleksandrov-Gay temir yo`l liniyasi Kinel` yo`nalishidagi Aris-Toshkent temir yo`liga o`xshagan haddan tashqari uzoq yuk aylanmasini qisqartirib qo`ymasdan, bu temir yo`l transporti parkiga bo`lgan talabni kamaytirishga va ishlab chiqarish xarajatlarini tejashga katta ta`sir qiladi. Yangi yo`nalishdagi temir yo`l liniyasini qurish va rivojlantirish uchun sarflangan qarjilar, avvalo, sanoat mahsulotlarining ham tannarxini arzonlashtirishga katta ta`sir qiladi. Ma`lumotlarga qaraganda, Qo`ng`irot-Beynov-Maqat-Aleksandrovsk-Gay temir yo`lining qurilishi Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiyaning evropa qismi va boshqa davlatlardan olinadigan xalq-xo`jaligi yuklarini tashish masofasini o`rta hisob bilan O`zbekistongacha 440 km ga, Turkmanistongacha esa 1068 km ga qisqartirdi. Keyingi loyihada Qoraqalpog`iston hududidan Janubiy Qizilqum orqali Qozog`iston va Rossiyaning Ural iqtisodiy rayoniga to`g`ri chiqishni ta`min etadi. Bu loyiha Qoraqal-pog`istonning industrial rivojlanishiga va Qizilqumning keng hajmdagi yaylovlarini, tabiiy qazilma boyliklarini xalq xo`jaligida foydalanishga asos yaratadi. Qoraqalpog`istonda ishlab chiqarish kuchlarini bundan keyin ham rivojlantirish ichki aloqalarni yaxshilashni talab qiladi. Shu bois Nukus-Qushqonatov, Chimboy-Taxtako`pir temir yo`l liniyasini qurish Qoraqalpog`istonning shimolida joylashgan qazilma boyliklarini sanoatda foydalanishga va iqtisodiy tomondan ko`p foyda bergan bo`lardi. Biroq bu boyliklar hozirgacha ishlab chiqarish bazasining yo`qligidan va transport munosabatlarining past yo`lga qo`yilganligidan xalq xo`jaligi tarmoqlarida keng foydalanilmayapti. Shuning uchun, bu yo`llarning ishga tushishi Qoraqalpog`istonning xalq xo`jaligini industrial yo`nalishda rivojlantirishga va uning xo`jalik tarmoqlarini tabiiy-iqtisodiy rayonlar bo`yicha to`g`ri moslashtirishga imkon tug`diradi. Qoraqalpog`istonda avtomobil` transporti 2-jahon urushidan so`nggi yillardagina rivojlana boshladi. Hozir bu transport tarmoqlaridan faqat ichki respublika oraliq yuk tashishdagina emas, O`zbekistonning qo`shni viloyatlari va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati orasidagi xo`jaliklararo aloqani rivojlantirishda ham keng foydalaniladi. Respublikamiz qishloq xo`jaligi xom ashyolarini sanoat o`rinlariga, xalq xo`jalik mollarini qishloq va shahar savdo bo`limlariga, boshqa yuklarni xaridorlarga etkazib berishini ta`minlash avtomobil` transportini rivojlantirishga bog`liq. 2000-yillarga kelib Qoraqalpog`iston 6,7 ming km avtomobil` yo`llariga shundan 3,1 ming km asfal`tlangan/ ega bo`ldi. Bo`nga ko`shimcha keyingi loyihada Qo`ng`irot-Beynov oralig`ini
46
tutashtiradigan 356 km masofadagi asfal`tlangan avtomobil` yo`llari ko`riladi va 1600 km foydalanilayotgan yo`llar qayta ta`mirlandi. Bu avtomobil` transporti bo`yicha yillik yuk aylanishining ortishiga yo`l ochadi. Bu demak, respublikada avtomobil` transporti ancha tezlik bilan rivojlanishda degan so`z. Avtoparklardan foydalanish ko`rsatkichlari ham ancha yaxshilandi. 2000 yili yuk tashish avtoparklari bo`yicha o`rtacha bir avtomobil`/tonnadan foydalanish darajasi 1940 yilga solishtirganda tashiladigan yuklar bo`yicha 36 hissaga ortsa, yuk aylanishi bo`yicha 76,4 hissaga ko`paydi. Avtobuslardagi har bir o`rindan foydalanish darajasi 1965 yilga qaraganda tashilgan passajirlarning soni bo`yicha 3,5 hissaga ortdi. Shu yillar ichida passajir va yuk tashishning tannarxida ham katta o`zgarishlar bo`ldi. Biroq, respublika avtomobil` transportining rivojlanishi ham etarli emas. Masalan, umumiy foydalaniladigan avtomobil` parklari ning yuk tashish samaradorligi past va yuk aylanishdagi ko`rsatkichlarning tannarxi O`zbekistonning boshqa viloyatlari bilan taqqoslaganda ancha yuqori. Umumiy foydalanishdagi avtomobil` transportining iqtisodiy samaradorligining kamayishi, avvalo xo`jaliklar orasidagi iqtisodiy aloqalarning uzilishi va ekologik fojea natijasida ishlab chiqarishning iqtisodiy ko`rsatkichlarining pasayishiga bog`liq bo`lib turibdi. Shunga muvofiq avtomobil` transportining foydalanish koeffitsienti kamaydi va yuk avtomashinalaridan 2 smenada foydalanish darajasi hanuz past. Bundan boshqa tashkilotlarda va vazirliklarda holi ham mayda avtoparklar ko`p, yana liniyadagi avtomobillardan oqilona foydalanish tartiblashtirilmagan. Shuning natijasida ko`pchilik avtomobil` xo`jaliklarida transport mashinalarining yuk ko`tarish koeffitsientidan to`liq foydalanish yo`lga qo`yilmayapti. Bularning barchasi respublikaning avtomobil` xo`jaliklarining ishini bir sistemaga solishni va ularni moslashtirish jarayonining keng tarqalishini talab etadi. Avtomobil` xo`jaliklarini markazlashtirish juda ahamiyatli. Sababi, bunday sharoitda avtokorxonaning qaramog`ida mashinalar ko`p bo`lib, bu erda ishning xarakteri va yukning turlari bo`yicha avtomashinalarni oqilona tanlashga va ishlarni rejalashtirishga imkon bo`ladi. Keyingi vaqtlarda avtomobil` transportini rivojlantirishda avtoparklarni ixtisoslashtirish ahamiyatli rolni bajarishi kerak. Shunday qilib, respublikamiz sharoitida avtoxo`jalik-larning tarmoqlarini mustahkamlab va yuk mashinalaridan unumli foydalanishga erishish eng ahamiyatli tadbirlarning biri hisoblanadi. Avtoparklarning unumdorligini orttirishda va tashiladgan yuklarning tannarxini arzonlashtirish pritseplarini keng qo`llanish va engil yuk ko`taradigan mashinalarning foydalanish koeffitsientini orttirish eng katta ahamiyatga ega. Respublikada avtomobil` transportining rivojlanishiga aloqador yuk tashish miqdori bilan bir qatorda umumiy foydalanishdagi avtomobil` transporti va taksamotorli avtomobillarning aylanishidagi yo`lining uzunligi ancha ko`payishi kerak. Respublikalararo va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil` yo`llarining tarmoqlari bundan keyin ham keng rivojlanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Faqat 1980-2000 yillarning ichida asfal`tlangan 3100 km yo`l solindi va ta`mirlandi. 2000 yillarga kelib esa rayonlararo va shirkatlar-dehqon hamda fermer xo`jaligini tutashtiradigan yo`llarning qurilishi to`la tamomlandi va respublika 6 ming 700 km avtomobil` yo`llariga /shundan 5100 km-i asfal`tlangan/ ega bo`ldi. Respublikada aholining o`sib borayotgan iqtisodiy va madaniy talablarini to`liq qondirish uchun Nukus-Chimboy-Taxtako`pir; Nukus-Beruniy-To`rtko`l; Nukus- Xo`jayli-Qo`ng`irot-Mo`ynoq yo`nalishidagi shu bilan birga Beruniy-To`rtko`l, Beruniy-Bo`ston, Qo`ng`irot-Ravshan, Qorao`zak-Qozoqdaryo, Qo`ng`irot-Ustyurt avtomobil` yo`llarini ta`mirlash katta ahamiyatga ega. Bulardan Qo`ng`irot-Ustyurt yo`lining hozirgi talablarga mos qurilishi, birinchidan Mo`ynok tumani bo`yicha yuk tashishning miqdorini ko`paytirishga yo`l ochsa, ikkinchidan Ustyurt rayonsidan ochilgan neft`-gaz aralash konining tezda xalq xo`jaligiga foydalanishga berishga va gaz kondensatini ko`plab etishtirishga yo`l ochadi. Shuning uchun, ko`zda tutilgan yo`llarni qayta ta`mirlash faqat madaniy masalalarni echibgina qo`ymasdan, kompleks yo`nalishda xo`jalik muammolarini echishga imkoniyat beradi. Hozir respublika hududida avtobus bilan yo`lovchilar tashish shaharlararo aloqalarning eng muhim turiga aylandi. Agar 1953 yilgacha Qoraqalpog`istonda avtobus aloqasi faqat 3 ta shahar
47
o`rtasidagina bo`lsa, hozir bu aloqa respublikaning hamma shaharlari va ko`p aholi punktlari orasida ham amalga oshdi. Respublika aholisining talablarini bundan keyin ham ta`minlash maqsadida, yuk taksomotorli va xususiylashtirilgan xo`jalik transportlarning soni ko`paytirilmoqda. Avtomobil` transporti yuk va passajirlar tashishda keyingi vaqtlarda ham o`zining tegishli o`rnini egallaydi. 1995-2000 yillarda respublikada yirik avtomagistrallarni ta`mirlash va Qoraqalpog`istondan Beynovga (Kozog`iston) qarab asfal`tlangan avtomobil` yo`llarini qurish va foydalanishga berishga aloqado itiborga berilmoqda. Shunday qilib, umumiy foydalaniladigan avtomobil` transporti bilan markazlashtirilgan turda yuk tashishning miqdori ancha ortadi. Bu foyda beradigan kichkina avtokorxonalarni tashkil qilishga va yil sayin yo`lovchilar tashishning hisobidan kelib chiqadigan zararning hajmini kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Masalan: agar 1990 yili respublika hududida avtotransport bilan passajir tashishning hisobidan 19 mln. 179 ming so`m olingan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1995 yillarga kelib 211 mln. 808 ming so`mga ko`paydi. Kelajakda esa bu ko`rsatkich 1,8 hissaga ortadigan bo`ladi. Respublikaning katta shaharlari va marshrutli liniyalari bo`yicha avtovokzallarning va bir shakldagi avtobuslarning tarmoqlari kengaytiriladi. Shahar oralig`idagi avtobus liniyasi bo`yicha Qoraqalpog`istonning boshqa ma`muriy tumanlar bilan munosabati yaxshilandi. Shu maqsadda 500 o`ringa ega Nukus avtovokzali, 150 o`ringa ega Mang`it avtovokzali qurilishi tamomlandi. Avtoxo`jaliklarda yoqilg`ini tejash va juda qulay avtomobil` yoqilg`isi sifatida yonuvchi gazdan foydalanishning hajmi ortadi. Qoraqalpog`istonning ma`muriy tumanlari va O`zbekistonning boshqa viloyatlari bilan transport iqtisodiy aloqalarni bundan keyin ham rivojlantirishda Gazli-Duldul-Hozarasp-Qo`ng`irot Orol dengizi va Duldul-To`rtko`l-Nukus avtomobil` yo`llarining ish samaradorligini ta`minlash alohida ahamiyatga ega. Bu yo`llar Amudaryoning ikki yoqasini yoqalab Orol dengizigacha cho`ziladi va Qoraqalpog`istonni respublika markazi Toshkent va boshqa viloyatlari bilan tutashtiradi. Respublikalararo va ichki tumanlararo yo`lovchi aloqalarini rivojlantirishda havo yo`li transportining ahamiyati katta. Shunga bog`liq kelajakda tumanlararo va mahalliy xarakterga ega bo`lgan havo liniyalaridagi aeroflotlar qayta ta`mirlanadi va ular ancha kengaytirilishi kerak. Shuning natijasida havo transporti bilan yo`lovchilar tashish yuksaltiriladi. Tayyoralar bilan qishloq xo`jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi kurash yuritiladi. Mineral o`g`itlarni to`qish va paxtaning yaprogini tusho`rish bo`yicha tayyora bilan yuritiladigan ishlarning hajmi ortadi. Nukus aeroflotining 180 odamga mo`ljallangan binosi "Ofis" qurilib, tamomlandi. Soatiga quvvatliligi 360 yo`lovchi jo`natish imkoniyatiga ega Nukus aerobekatining qurilishini barpo etish amalga oshiriladi. Keyingi loyihada dunyodagi eng quvvatli O`rta Osiyo- Markaz va Buxoro-Ural gazoprovod bazasida yana Ustyurtdagi neft`, gaz zahiralarining foyda- lanishiga berilishiga bog`liq hamda Tuyamo`yin-Nukus-Taxtako`pir va tumanlararo suv quvurining foydalanishga berilishi quvur transportini rivojlantirishga yo`l oshadi. Shunday qilib respublikada transportning eng yangi turi truboprovod transportining rivojlanishi o`lkamizga ko`p chiqim sarf etib, uzoqdan tashiladigan yoqilg`i va boshqa materiallarni tashishdan bosh tortishga yana respublikaning yoqilg`i-energetika bazasini kengaytirishga katta imkoniyatlar yaratadi. Agar 1952 yillargacha Qoraqalpog`istonning transport iqtisodiy aloqalarning past darajada bo`lishiga bog`liq sanoat strukturasida bir tomonlama engil va oziq-ovqat tarmoqlari yuqori qiyosiy o`rinni egallasa, hozirgi vaqtda og`ir sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uchun real imkoniyatlar tug`ildi. Amudaryoning o`ng tomonida joylashgan tumanlarga temir yo`l liniyasining o`tkazilishi tashiladigan har xil xalq xo`jaligi yuklarining tannarxining arzonlashishiga yo`l ochdi. Loyihada Qoraqalpog`istonning O`zbekiston va boshqa mamlakatlarning sanoat markazlari bilan aloqasi Janubiy Qizilqum rayonsi va Nukus-Uchquduq-Navoiy orqali amalga oshiriladi. Qoratov rayonsining tabiiy boyliklarini keng o`zlashtirish maqsadida Nukus-Qoratov temir yo`l liniyasi ishga tushirildi. Avtomobil` va boshqa transport tarmoqlari keng rivojlantirildi. Bu kelajakda tumannlararo transport aloqalarining yaxshilanishiga va o`lkamizning iqtisodiy quvvatining ortishiga yo`l ochadi. Shunday qilib transport va aholiga xizmat ko`rsatish sohalarining ishlab chiqaruvchi bazalarini mustahkamlash hamda rivojlantirish yo`llarini maqsadli tartibga keltirish respublikada
48
yuz bergan ekologik inqiroz sharoitida ishlab chiqarish jarayonida korxonalarining rentabelligini yuqorilatishga va aholini moddiy va madaniy tomondan talablarini qondirishga imkoniyatlar yaratishi so`zsiz.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling