Qoraqalpog`iston geografiyasi
Mehnat resurslari va xalq xo`jaligi tarmoqlarining mehnat resurslari bilan ta`minlanishi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Mehnat resurslari va xalq xo`jaligi tarmoqlarining mehnat resurslari bilan ta`minlanishi. Qoraqalpog`istonda aholi sonining yuqori sur`at bilan o`sishi va ularning esh xususiyatlaridagi katta farqlar mehnat resurslarining ko`payishiga imkon yaratmoqda. So`nggi yillarda respublikada mehnatga layoqatlilar odamlar strukturasida ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda. Masalan, 1959-1970 yillar oralig`ida respublika aholisining esh tuzilishida mehnatga layoqatlilar sonining umumiy pasayishi kuzatilsa, 1970-89-yillarda bu ko`rsatkich ancha ko`paydi. Bu esa xalq xo`jaligi tarmoqlarini ishchi kuchi bilan ta`minlash va mehnat resurslari balansini tuzishga asos bo`lmoqda. Hozirgi kunda respublika aholisining tarkibida 15 yoshgacha bo`lgan o`smirlar soni ko`paymoqda. Statistik ma`lumotlarga ko`ra ular 565,4 ming kishini tashkil qiladi. Bu respublika aholisining 40%i demakdir. Yil sayin mehnatga yaroqli kishilar qatoriga 23-26 ming kishi qo`shilmoqda. Agar 1970 yillarda respublika xalq xo`jaligi tarmoqlarida 172,5 ming kishi mehnat qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 1980 yili 270,1 ming, 1986 yili 346 ming, 1990 yili 396,5 ming kishini tashkil qildi. Hozirgi paytda bu 482 ming kishiga ko`paydi. Shundan qishloq xo`jaligi tarmoqlarida 1971 yilda 57 ming ishchi va xizmatchilar ishlagan bo`lsa hozirgi kunga kelib ishchilar soni 135 mingga etdi. Xalq xo`jaligi sohalarida ishchi va xizmatchilar sonining ko`payishiga ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalashga va mehnatga layoqatlilar bilan ta`minlash darajasiga bog`liq. Hozir respublikada 600 mingdan ziyod mehnatga layoqatlilar mavjud bo`lib, shundan 70 mingtasi umumta`lim muassasalarida ta`lim olmoqda. Ularning ko`pchiligi qishloq joylariga to`g`ri keladi. Shuni aytish kerakki, qishloq xo`jaligi korxonalarida ishlayotganlar umuman xalq xo`jaligi sohalaridagi ishchilarning 32% gina tashkil qiladi. Shunga ko`ra qishloq joylarda aholiga ijtimoiy tomondan xizmat qiladigan sohalarning bazalarini yaratish katta ahamiyatga ega. Bu, birinchidan, ijtimoiy sohalarda ulkan muammolarni hal qilishga imkon yaratsa, ikkinchidan, qishloq fuqarolarini, ayniqsa, yosh mutaxassis-larni qishloqning doimiy a`zolariga aylantirish imkonini beradi. Shunday qilib, qishloq joylarida aholini ish bilan ta`minlash va ularni ijtimoiy tomondan kafolatlash qishloq joylarda mehnat resurslarining ko`payishini ta`minlaydi. Lekin qishloq joylarda aholining tez sur`atda o`sishi va o`lkamizning tabiiy-iqtisodiy sharoitidagi xususiyatlar ayrim rayonlarni xalq xo`jaligi sohalariga yig`ishdagi to`siqlar mehnat resurslardan oqilona foydalanishga salbiy ta`sir o`tkazmoqda. Hatto ayrim hollarda er resurslari va mehnat 13
resurslarining geografik tarqalishi orasida katta tafovutlar yuz bermoqda. Masalan, janubiy mintaqaning qishloq xo`jalik sohalarida Qoraqalpog`iston 50% mehnat resurslarining to`g`ri kelsa bu rayonda foydalanadigan er fondining 26% gina joylashgan. Shimoliy rayonda Qoraqalpog`istonning 71,3% foydalanishga yaroqli er fondi joylashgan bo`lsa ham bu rayonga mehnat resurslarning 47% i to`g`ri keladi. Shu bois shimoliy rayonlarning er resurslarini o`zlashtirish uchun dehqonchilik ekin maydonlarining tarkibiga o`zgarishlar kiritish va suvdan foydalanishning yangi texnologiyasini qishloq xo`jaligi sohalariga kiritish lozim. Bu tadbirlar birinchidan, dehqonchilikda suvni oz talab qiladigan ekinlarni ekish orqali mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga zamin tayyorlasa, ikkinchidan shimoliy mintaqalarda g`alla etishtirishni ko`paytirish yo`li bilan vegetativ davrda to`liq hosil olish imkoniga ega emas va mehnat resurslarini ko`p talab qiladigan paxtachilik tarmoqlarini janubiy mintaqalariga o`tkazish imkonini beradi. Bu o`z navbatida shimoliy va Orol bo`yi mintaqalarida sug`orish yo`li bilan tabiiy o`tloqlarni kengaytirish va chorvachilik uchun em-hashak bazasini yaratishga yo`l ochadi. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoniga sug`orishning yangi texnologiyasini tadbiq qilish va ekin maydonlarining tarkibiga o`zgartirishlar kiritish Qoraqalpog`iston Respublikasi tabiiy-iqtisodiy rayonlarining xo`jalik sohalarini optimizatsiyalashishga zamin yaratadi. 3-mavzu. QORAQALPO/ISTON ReSPUBLIKASI IShLAB ChIQARISh KUChLARINING HUDUDIY TARKIBI Ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tarkibining shakllanishi va rivojlanishi. Qoraqalpog`iston O`zbekiston Respublikasining shimoliy g`arbida joylashgan agrar-industrial hududlaridan biri hisoblanadi va ko`p tarmoqli xo`jalik majmuasiga ega. Shunga bog`liq Respublika xalq xo`jaligining tuzilishida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, ayniqsa qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish cnaoatini rivojlan-tirishga alohida e`tibor berilmoqda. O`zbekiston o`z mustaqilligiga ega bo`lishi bilan milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, ayniqsa og`ir sanoatni rivojlan-tirish bo`yicha katta yutuqlarni qo`lga kiritdi. Agar o`tmishga nazar tashlasak, Qoraqalpog`iston haqiqatdan ham past rivojlan-gan mintaqa bo`lib, sanoatning asosini kichik paxta tazalash zavodlari, teri tozalaydigan va ishlaydigan korxonalar, shuningdek qul hunarmandchiligi egallar edi. Barcha sanoat korxonalarida o`rnatilgan mexanik dvigatel`larning quvvati 130 ot kuchidan ortmadi. Shu tufayli Qoraqalpog`iston bo`yicha ishlaydigan 21 paxta tozalash zavodi barchasi bo`lib 1013 tonna paxta tolasini qayta ishlab chiqarar edi. O`rtacha bitta korxonalarning quvvati 141 tonnadan oshmadi. Hozir esa Respublikaning paxta tozalash korxonalari yil sayin 100-112 ming tonna paxta tolasini etishtirib, har bir korxonaning o`rtacha quvvatligi 9-13,5 ming tonna paxta tolasini qayta tozalashga barobar. Qoraqalpog`iston Respublikasi ham ashyoga boy bo`lsa ham, ularni sanoatda foydalanish darajasi kam. Shunga muvofiq kelajakda kimyo, neft va gaz konedentsatlarini undiradigan sanoat tarmoqlarini tuzish, tog` kon, mashinasozlik sanoatining ayrim tarmoqlarini tuzish, engil va oziq-ovqat sanoati majmuyini yuqori darajada rivojlantirish kerak. Barchaga ma`lum Qoraqalpog`iston Respublikasi uzoq yillar davomida O`rta Osiyo va qo`shni davlatlarga chiqish uchun transport aloqalariga ega bo`lmadi, bu belgilangan xalq xo`jalik tarmoqlaridagi rejalarni amalga oshirishga to`sqinlik qildi. Faqat 50-yillarning boshlaridagina Qo`yi Amudaryo xududini O`rta Osiyoning boshqa region bilan tutashtirish haqidagi rejani amalga oshirish va 1952 yili Charjov-Qo`ng`irod temir yo`li bilan poezdning Taxiyatosh shahriga kelishi Qoraqalpog`i-stonning ishlab chiqarish kuchlarini, ayniqsa og`ir sanoat tarmoqlarining rivojlantirishga imkon berdi. Mana shu davrdan boshlab davlat tomonidan yirik mablag` ajratish miqdorining hajmida ortdi. Agar 1950-1960 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha xalq xo`jaligini rivojlantirish uchun yiliga mo`ljallangan yirik xarajat miqdori 109 mln so`m chamasida bo`lsa, bu ko`rsatkich 1995-2005 yillar oralig`ida hozirgi pul birligi bo`yicha 166 mld 400 mln so`mga ko`paydi. Shunga muvofiq sanoat tarmoqlarida yil sayin ishlab chiqariladigan maxsulotlarning hajmi 1960 yillardagi 30 mln so`mga nisbatan 1990 yillarga kelib 813,7 mln so`mga, 2005 yili esa 100 mld so`mga ko`paydi. Bu 1990 yillarga nisbatan 54,7 hissa ko`p degan so`z. Lekin bundan respublika bo`yicha barcha ishlar joyida degan xulosa chiqarish mumkin emas. Masalan, 2001-yilda suv etishmasligi tufayli
14
Qoraqalpog`iston dehqonlari davlatga hammasi bo`lib, 22,3 ming tonna guruch, 41,2 ming tonna paxta tolasi, 9,2 ming tonna o`simlik yog`i undirib, o`tgan yilga nisbatan o`sish sur`ati guruch bo`yicha 87,4 %, paxta tolasi bo`yicha 76,4 %, non va non maxsulotlari bo`yicha 80,4 %, o`simlik yog`i bo`yicha 74,2 % bajarildi. Shunday qilib faqat sanoat sektorida 2001 yili 4 mlrd 381 mln so`m xarajat o`tgan davrga nisbatan kam etishtirildi. Bu va boshqa iqtisodiy sohalarida yuz bergan «zaif bo`g`inlar» Qoraqalpog`istonda milliy daromadning ortishiga va uning O`zbekiston xududlari bo`yicha solishtirganda nisbiy ulushining yuqorilashiga ma`lum darajada ta`sir etmoqda. Mustaqillik yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasi iqtisodiy sohalarida o`rin olgan kamchiliklarni tuzatish maqsadida xo`jalik tarmoqlariga tarkibiy o`zgartirishlar kiritilmoqda va mintaqaviy siyosat asosida og`ir industriyani rivojlartirish masalalari qo`lga olingan. Agar 1960 yillarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 87 % ini engil va oziq tarmoqlari etishtirsa, 2000 yillarga kelib og`ir sanoat tarmoqlarining ulishi orta boshladi. Og`ir sanoat tarmoqlarida elektr-energetika sanoatining roli ortdi. Hozir bu tarmoq yiliga 2.7 mld kvt soat elektr energiyasini etishtirib turibdi. Bu O`rta Osiyo davlatlarida, hattoki dunyoning ayrim qo`shni davlatlarining ko`rsatkichlaridan qolishmaydi. Masalan: agar dunyo yuzi bo`yicha yil sayin ishalb chiqariladigan elektr energiyasini jon boshiga bo`lganda 2048 kvt soatni tashkil qilsa, bu ko`rsatkich Qoraqalpog`istonda 2072 kvt soatni, Portugaliyada 1936 kvt soatni,Eronda 905 kvt soatni,Turkiyada 649 kvt soatni,Xitoyda 552 kvt soatni, Pokistonda 249 kvt soatni tashkil qiladi xalos. Hozir Qoraqalpog`istonning energitika potentsiali 1913 yillardagi Rossiyasiga o`xshagan katta davlatlarning energetik quvvatidan oshdi. Qoraqalpoqiston da milliy iqtisodiyotning, ayniqsa sanoat sohalarining rivojlanishi 1960 yillarga tug`ri keladi. 1960 yillarda Buxora-Ural,O`rta Osiyo- Markaz gaz quvurlarining ishga tushirilishi, so`ngra Amiudaryo orqali Taxiatosh gidrouzelining qurilishi va Taxiatosh Nukus-Chimboy temir yo`l liniyasining foydalanishga topshirilishi Qoraqalpog`istonni dunyoning ko`p davlatlari bilan, jumladan Rossiya federadtsiyasi va O`rta Osiyodagi qo`shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni ko`chaytirishga va quvvatli yoqilg`i energetika bazasini qurishga imkoniyat yaratdi. Bu Qoraqalpog`istonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga kuchli ta`sir qilmoqda. 2000 yillarda Qoraqalpog`istonda sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish 1950 yillar bilan taqqoslaganda 87,4 hissaga o`sdi. Halq xo`jaligining moddiy texnik bazasi mustaxkamlandi va ko`pgina yangi sanoat karxonalari ishga tushdi. Faqat 1971-1985 yillarda respublikaning halq xo`jalik tarmoqlarini rivojlantirishi uchun 2,9 mlrd so`m, yirik davlat mablag`lari sarflanib,yil sayin unlab sanoat tarmoqlari tiklanmoqda. Agar 1981-1990 yillarda 2 ta tikish fabrikasi, 2 ta to`qimachilik karxonasi, Ellikqal`a, Shumonay, paxta tozalash zavodi, Nukus va Ellikqal`a g`isht zavodlari, Nukus va To`rtkul temir beton zavodlari, Nukus keraizit zavodi, Shumonay,Chimboy sholi tozalash zavodlari va boshqa korxonalar foydalanishga berilsa,1990-2000 yillarda quvvati 4 mln 500 ming dona trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaradigan Nukus shahrida «Kateks» tuqimachilik majmuasi, yillik quvvati 6 mln dona jensi mahsulotlarini tayyorlaydigan Ellikqal`a tumanida «Elteks» majmuasi ishga tushdi. Mana shu ko`rsatilgan yillar ichida Qoraqalpoq qurilish materiallari aktsionerlik jamiyatiga qarashli Italiyadan keltirilgan uskunalar asosida birinchi navbatda yiliga 25 mln g`isht tayyorlaydigan Nukus g`isht zavodi quvvatliligi yiliga 20 mln shisha va banka tayyorlashga mo`ljallangan Xo`jayli steklotor zavodi ishga tushurildi. Germaniya firmalarining hamkorligida Nukus mebel` fabrikasida sholi somonidan matras ishlab chiqarish texnologiyasi ishga tushurildi. Respublikada hozirgi vaqtda bozor iqtisodi talablariga muvofiq halq xo`jaligi tarmoqlarining infratarkibiga katta o`zgarishlar kiritilmoqda. ung`irot shahrida Ustyurtning katta xom-ashyo resurslari bazasida yillik quvvatliligi 210 ming tonna mahsulot etishtirishga ega Qung`irot soda zavodining qurilishi boshlandi va Qung`irot gaz mahsulatlarini tayorlaydigan «Urga» gaz ishlab chiqarish korxonasi, halq ehtiyoji mollarini tayyorlaydigan Nukus fabrikasi Kegayli tumanida «Promkom-binat halqobad», «Muynoq tumanida «Qozoqdaryo» nomli markazlar ochildi. Meva konservalari, non mahsulotlarini ishlab chiqaradigan tsexlar Nukus, Taxitosh, To`rtkul, Ellikqal`a, Amudaryo, Xo`jayli, Cho`manoy, Qorao`zak tumanlarida va To`rtkul shahrida ishga tushurildi. Bu yangi sanoat mahsuloti turlarini tayyorlashga imkoniyat yaratadi. Qoraqalpog`iston qurilish materiallari aktseonerlik jamiyatiga qarashli birlashmada yiliga 60 ming m kub yuqori sifatli marmar tsexi ishga tushurildi. Qoraqalpoq g`alla mahsulotlariga qarashli aktsionerlik arenda karxonalarida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
15
Shu bilan birga Nukus un zavodi aktsionerlik jamiyatida sutkasiga 3 tonna spirt etishtiradigan mini zavodni foydalanishga berildi. Xalq xo`jaligining boshqa sohalarida ham katta sifatli o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Respublikada 1990-2000 yillarga kelib xalq xo`jaligining moddiy-texnik bazasi yaxshilana boshladi va sohalar bo`yicha ixtisoslashgan yirik agrosanoat majmualarini ko`paytirish ishlari amalga oshirildi. Shunday qilib, hozir respublikadagi 15 tumanning ettitasi paxtachilikka, oltitasi aralash sholichilik va paxtachilikka, ikkitasi chorvachilikga ixtisoslashgan. Bular respublika bo`yicha yil davomida etishtiriladigan paxtaning 83% ini etishtiradi. Chorvachilikka istisoslashgan xo`jaliklarda esa qorako`l terisining 97-98%i tayyorlansa, go`shtga ixtisoslashtirilgan mol semirtish bazalarida qoramollarning 44-45% bosh soni boqilayapti. Bu xalq xo`jaligidagi tarkibiy o`zgarishlar qishloq xo`jaligida asosiy fondlarning ko`payishiga va ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga ma`lum darajada ta`sir qilmoqda. Masalan, agar 1995 yillarda qishloq xo`jaligining traktor parkida 8,5 ming traktor ishlasa, 1980 yillarga kelib bu ko`rsatkich 15,1 ming donaga, 2000 yillarda esa 17,0 ming donaga ko`paydi. Shundan paxta terish mashinalari 2,6 ming donani, g`alla yig`adigan kombaynlar 2,1 ming donani tashkil etadi. Bu qator tadbirlar xalq xo`jaligida foydalanadigan ekin maydonining ortishiga yo`l ochadi. Masalan, 1950 yillarda Qoraqalpog`iston respublikasi bo`yicha sug`orilib ekiladigan ekin maydon 159,6 ming gektar bo`lsa, bu ko`rsatkich 2000 yili 405,8 ming gektarga etdi. Xalq xo`jaligining eng asosiy tarmog`i paxtachilikda sifat o`zgarishlari qo`lga kiritildi. Natijada yillik paxta etishtirishning hajmi 1950 yillarga qaraganda 2,5 hissaga ortdi. Lekin shunday bo`lsa ham xalq xo`jaligida "Zaif bo`g`inlar" mavjud. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini etishtirish va davlatga sotishning miqdori pasaymoqda. Bu o`z navbatida qishloq xo`jaligida yangi islohotlarni chuqurlashtirish yo`li bilan o`rin olgan kamchiliklarini taqqoslab bozor iqtisodiyoti talabiga muvofiq ish yuritishni va ilg`or tajribalardan foydalana turib dehqonchilikning samaradorligini orttirishni talab etadi. Bu, birinchidan, aholining o`sib borayotgan qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini yaxshilasa, ikkinchi-dan, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Ko`rsatilgan masalani muvaffaqiyatli echish uchun ilmiy yangiliklar bilan ilg`or tajribalarini, bir-biri bilan bog`lab borish va uni amalda qo`llash zarur. Hozir Qoraqalpog`iston Respublikasi 504 km dan ortiq temir yo`l liniyasiga, 3191 km dan ortiq asfal`tlangan avtomobil yo`llariga ega. Bu yil sayin 15,9 mln tonna har-xil xalq xo`jalik yuklarini tashishga, yuk aylanishining miqdorini esa 1,2 mlrd t/km ga ko`paytishga yo`l ochdi. Yil davomida respublika hududida 874,4 mln yo`lovchilar tashilmoqda, shundan 308,9 mln pas/km temir yo`l transportining, 508,2 mln pas/km avtomobil transportining, 20,3 mln pas/km ichki energetika transportining ulushiga to`g`ri keladi. Kelajakda o`lkamizning transportiqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga katta e`tibor beriladi. Nukus-Uchquduq-Buxoro temir yo`li foydalanishga topshirildi. Janubiy Qizilqumning cho`l yaylov fondini va tabiiy resurslarini xalq xo`jaligida o`zlashtirish maqsadida Nukus-Chimboy-Taxtako`pir-Qizilqum temir yo`l qurilishining boshlanishi katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda noishlab chiqarish sohalarida ham miqdor va sifat o`zgarishlari yuz bermoqda. Aholiga bilim berish va madaniy xizmat ko`rsatishning darajasi ham ortmoqda. Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistondagi er osti boyliklarining turlari va sifati bo`yicha katta potentsialiga ega hududlar qatoriga kirsa ham, bugungi kunda er osti foydali qazilma boyliklarining 100 dan ortiq konidan faqat beshtasi xalq xo`jaligida foydalanadi. Shu bois bu respublikaga keladigan yukning, ayniqsa qurilish materiallari hajmi yildan-yilga ko`paysa, ayrim paytlarda transport chiqimlarining ustun bo`lishiga mos sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulotning bahosi ortmoqda va ko`pgina ishlab chiqarish ob`ektlarining qurilishi tugallanmasdan, uning tugashi uzayib bormoqda. Natijada xo`jalik tarmoqlarining o`sish sur`ati sust, ayrim vaqtlarda O`zbekiston bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichdan ham pasaymoqda. Lekin, Qoraqalpog`iston O`zbekiston respublikasining sug`orishga yaroqli erlarining 19,6% ini, chorvachilik uchun yaroqli yaylov fondining 47,2% ini va umumiy er maydonning 37% maydonini egallashiga qaramasdan, ishlab chiqarish bazalarning «zaifliliga» bog`liq moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari sekinlik bilan rivojlanmoqda. Natijada Qoraqalpog`iston yil sayin O`zbekistonda etishtirilgan yillik sanoat mahsulotlarining faqat 1,7-2,0%, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2-2,5 % inigina etishtirmoqda.
16
Xulosa shuki kelajakda Qoraqalpog`iston Respublikasida xalq xo`jaligi tarmoqlarining rivojlanish dasturini belgilash va 2010-2015 yillarda ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini shakllantirishga alohida e`tibor berish kerak. Agar hozirgi davrda sanoatning asosiy dasturi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan cheklansa, kelajakda respublikaning xalq xo`jaligini industrial dasturda rivojlantirish ko`zda tutilmoqda. 2010-2015 va undan keyingi yillar ichida Qoraqal-pog`istonning xalq xo`jaligi sohalarini garmonik shaklda rivojlantirish uchun davlat tomonidan yirik mablag`larning ajratilish hajmi orttiriladi. Shu bilan bir qatorda ayrim sanoat tarmoqlarini, ayniqsa neft`-ximiya va rangli metallurgiya sanoati tarmoqlarini rivojlantirish uchun chet el invistitsiyasi respublika iqtisodiyotiga jalb etiladi. Bu sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo`yicha belgilangan rejalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Qoraqalpog`iston xalq xo`jaligining tarkibida sanoat majmuasi ahamiyatli o`rinni egallaydi. Bu tarmoq umumiy ishlab chiqarish yillik mahsulotning yarmidan ko`prog`ini berib, respublika xalq xo`jaligining rivojlanish istiqbollarini belgilashda etakchi rol` o`ynaydi. Keyingi yillarda respublikada xalq xo`jaligini izma-iz rejaga muvofiq rivojlantirish natijasida og`ir va engil sanoat tarmoqlarining rivojlanishi bo`yicha katta yutuqlarni qo`lga kiritdi. 1976-2000-yillarda sanoat tarkibini takomillashtirish yoki aniqroq aytganda og`ir sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga alohida etibor berildi. Keyingi yillar ichida respublikada yuzlab sanoat korxonalari qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Taxiatosh TESi, Nukus o`y kombinati, katta fanelli joy qurilish zavodlari, To`rtko`l, Xalqobod, Ellikqal`a, Shumanay paxta tozalash zavodlari, Nukus, Xo`jayli, Qo`ng`irot sut-yog` zavodlari, Taxiatosh guruchni qayta tozalash kombinatlari va korxonalari shular jumlasidandir. Og`ir sanoat tarmoqlarida xam mikdor va sifat uzgarishlari yuzaga keldi. Agar 1965 yillarda Qoraqalpog`istonda sanoat tarmoqlari bo`yicha etishtirilgan umumiy mahsulotlardan og`ir sanoat faqat 10% dan ortig`ini etishtirgan bo`lsa, 2000 yillarga kelib bu tarmoq bo`yicha etishtirilgan mahsulot 28% ga ko`tarildi. Ko`rsatilgan yillar ichida mashina ishlab chiqarish va metall mahsulotlari qayta ishlab chiqaradigan tarmoqlarda umumiy mahsulotning hajmi 3 marta ko`tarildi, qurilish materiallari sanoati esa 4,2 hissaga ortdi. Sanoat majmuini rivojlantirishga kelajakda katta e`tibor beriladi. Buning uchun avval elektr energetika sanoati, gaz sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati tarmoqlarini tez sur`atlar bilan rivojlantirish talab etilmoqda. Qoraqalpog`istonda sanoat mahsulotlarini etishtirishning miqdori keyingi yillarda deyarli ortdi. Masalan, 1950-2004 yillar ichida sanoat tarmoqlari bo`yicha umumiy mahsulotning miqdori 13,4 hissa ortdi. Shu yillar ichida gisht materiallari sanoatida mahsulot etishtirishning miqdori 2,3 hissani tashkil etdi. 2004 yillarga kelib respublikaning sanoat tarmog`ida 2,8 mlrd kvt soat elektr energiyasi, 29 ming kub temir beton konstruktsiyalari,34 ming tonna paxta tolasi va boshkada sanoat maxsulotlari etishtirildi. O`tgan yillar ichida respublikada ko`p sonli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarila boshlagan. Uzoq yillar davomida shakllangan sanoat mahsulotlari bilan bir qatorda og`ir sanoat mahsulotlari ham etishtirila boshlandi. 65-yillardan boshlab respublikada elektroenergetika sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, ayniqsa temir beton konstruktsiyalarini etishtirish yo`lga qo`yildi. Aholining kundalik talabini qondirish maqsadida va qishloq xo`jaligi mahsulotlaridan sanoatda foydalanishni takomillashtirish bilan bog`liq holda engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida ham mahsulot ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Biroq, 1990 yillardan boshlab ayrim sohalar va korxonalar orasida ishlab chiqarishga bog`liq uzilishga uchrashi va sanoatning ishlab chiqarish kuchlari bilan uning xom ashyo resurslarining orasidagi farq tufayli yillik maxsulot tayyorlashning hajmi qisqarmoqda. Masalan; paxta tolasi ishlab chiqarish, 1980 yil bilan taqqoslaganda 74,3 % qisqarsa, go`sht mahsulotini etishtirish 2,3 xissaga kupaydi.
17
Ayrim sohalarda mahsulot etishtirishning o`sish sur`ati va tarmoqllar ora aloqalarinining hozirgi rivojlanish darajasini sanoat tarmoqlariga berilgan ma`lumotlardan xam qurish mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling