Qoraqalpog`iston geografiyasi
-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASINI IQTISODIY
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy rayon.
7-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASINI IQTISODIY RAYONLAShTIRISh VA XO`JALIGINING IQTISODIY RAYONLAR BO`YIChA HUDUDIY TARKIBINI OPTIMIZATsIYaLASh MUAMMOLARI. Qoraqalpog`iston hududini iqtisodiy rayon sxemasida o`rganish xalq xo`jaligining shakllangan tiplariga mos uziga xos olimlar yordamida shuningdek, o`zimizning ko`p yillik tadqiqot ishlarimizning natijalari asosida amalga oshirildi. Buning uchun hozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarishda to`plangan tajribalar va mamlakat miqyosida yuritilayotgan mintaqaviy siyosat, bozor iqtisodiyotining talablariga mos ishlab chiqarish ko`chlarining hududiy tarkibini takomil-lashtirish, ayniqsa, boshqariladigan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi infratuzilmani ko`chaytirish masalalari hisobga olindi. Bu esa muayan darajada Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida yangi ishlab chiqarish majmualarini yaratishga, aholi joylarini, shuningdek, qishloq xo`jaligini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi mintaqalarning shakllanishiga imkon beradi. Hammaga ma`lumki, hozir Qoraqalpog`istonning iqtisodiyoti tarkibi agrar-industrial yo`nalishga ega. Shunga qaramasdan respublika hududida sanoat, qishloq xo`jaligi yo`nalishdagi yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan mintaqalar va rayonlar ko`zga toshlanmoqda. Bu respublika hududida shakllangan ishlab chiqarish tarmaqlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari, shuningdek respublika hududida ishlab chiqarish ko`chlarining tarkibiy tuzilmasini o`zlashtirishdagi ko`p yillik tajribalarimizni hisobga olib Qoraqalpog`iston Respublikasi hududini kuyidagi tabiiy-iqtisodiy rayonlarga ajratishga imkon beradi. Shimoliy rayon, Janubiy rayon, Markaziy rayon, Orol rayoni va atrofdagi chul rayonlarida kelgusida shakllanadigan Ustyurt gaz-ximiya, neft` sanoati majmuasi, Qizilqum agrosanoat majmuasi, Qoratog` metallurgiya va tog`-kon sanoatli rayonlariga bo`linadi. Shunday qilib, yangidan shakllanadigan Ustyurt, Qizilqum, Qoratog` istiqbolli hududlar qatoriga kiradi va ularna xalq xo`jaligi maqsadlarida natijali foydalanish faqat Qoraqalpog`iston uchungina emas, balki O`zbekiston Respublikasi miqyosida eng muhim muammolarni hol etishga respublika iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlashga yordam berishi so`zsiz. Yuqorida ko`rsatilgan, ayniqsa shimoliy rayon, janubiy rayon, markaziy rayon va Orolbo`yi rayoni ishlab chiqarish ixtisosi, tabiiy-iqtisodiy resurs muammolari va xo`jaligining ixtisoslashish yo`nalishlari bo`yicha bir-biriga mos bo`lsada, iqtisodiy rayon sifatida shakllanishiga ta`sir etadigan asosiy omillarni hisobga olib, har bir rayonga mos o`ziga xoslikni ajratdik. Bulardan Nukus-Taxiatosh-Xo`jayli sanoati tuguniga yaqin joylashgan hududlar industrial-agrar turkumdagi rayonlar deb qabul qilindi, chunki uning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 57-59 %dan yuqoriroqdir. Qolgan rayonlar mo`ayan darajada bir tipli, agrosanoatli rayonlar qatoriga kiradi. Ularda yillik tayyorlangan mahsulotlarning struktura-sidasanoat mahsuloti 14-25 %dan ortmaydi. Sababi bu rayonlar asosida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini birlamchi qayta ishlash bilangina cheklanmoqda. Shunga ko`ra Qoraqalpog`istonning tabiiy-iqtisodiy rayonlarida har bir mintaqaning resurs salohiyati asosida uning xalq xo`jaligining hududiy tarkibini optimizatsiyalash, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan zahiralarni tez o`zlashtirish va tabiiy-iqtisodiy rayonlar bo`yicha ishlab chiqaruvchi kuchlarni ustuvor rivojlantirishga imkoniyat yaratish kerak. Bu masalalarni o`z vaqtida amalga oshirish Qoraqalpog`iston bo`yicha xalq xo`jaligi sohalaridan olinadigan mahsulotlarning hajmini ko`paytirishga va iqtisodiy rayonlar bo`icha ishlab chiqarishning tarkibini takomillashtirishga yo`l ochadi, shunga mos yaqin yillar ichida Janubiy rayonlar hududida ekin maydonlarini kengaytirish va qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini yuqorilatish yo`li bilan hozir Qoraqalpog`iston respublikasi etishtirayotgan miqdoridagi paxtani faqat Janubiy iqtisodiy rayon hisobidan tayyorlanadigan bo`ladi. Kelajakda Markaziy rayon hududida paxtachilikning ekin maydonlari kengaytirilmaydi, balki ular qisqartirilib g`allachilik, vegetatsiya davrida to`liq pishib etiladigan va suvni kam talab qiladigan boshqa dehqonchilik ekinlari bilan almashtiriladi. Shu tarzda qishloq xo`jaligi aylanishiga qo`shiladigan yangi ekin maydonlari g`allachilik, sabzavot, meva va bog`dorchilik, em-hashak ekinlarini etishtirishda foydalaniladi. Shimoliy mintaka xududiga kiradigan tumanlarda obikor ekin maydonlarining tarkibi katta o`zgarishga uchraydi, vegetatsiya davridagi termik resurslarning etishmasligini hisobga olib, paxtachilikning ekin maydonlari g`allachilik va em-xashak ekinlari bilan almashtiriladi. 49
Kelajakda bu hududda quvvatli energetika, ximiya sanoati va neft`-gaz mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari tuziladi. Orolbo`yi rayoni dengiz qirg`og`idagi Amudaryo del`tasining qismidan (Orol dengizi akvatoriyasidan bo`shagan maydonlardan tashqari) 1 mln. ga yaqin maydonni egallab yotibdi.Bu erlar Qoraqalpog`istonning boshqa hududlariga solishtirganda tabiiy sharoitining noqulayligi bilan farq qiladi va Orol inqirozining aniq markazida joylashgan. Tabiiy majmuasi qayta o`zgarishga uchramoqda. Shuning uchun ham bu hududlarni xalq xo`jaligi majmuasida foydalanish katta hajmdagi yirik mablag`larni talab qiladi. Shu sababli bu hududda aholining turmush sharoitini yaxshilash uchun yangi infratuzilmalarni yaratish va xalqaro tashkilotlarning yordamida suv manbalarini ko`paytirish kun tartibidagi eng dolzarb muammolar qatoriga kiradi. Bu va yana boshqa tadbirlarni majmuali turda amalga oshirish Orol rayonida sabzavot va bog`dorchilik ekinlarining maydonlarini ko`paytirishga, go`sht-sut yo`nalishidagi qoramol chorvachiligiga ixtisoslashgan xo`jaliklarni tuzishga yo`l ochadi. Shunday qilib, kelajakda Qoraqalpog`iston respublikasida geologik tadqiqot ishlarini kengaytirish orqali atrofdagi cho`lli g`ududlar ayniqsa Ustyurt, Orolning quruqlikka aylangan joylari va Qizilqumning Qoraqalpog`istonga tegishli qismida yirik-yirik sanoat majmualari tuziladi va iqtisodiy rayonlarning optimizatsiyalashgan hududiy tarkibi yaratiladi. Bu Orol inqirozi sharoitida ishlab chiqarish jarayonidagi barcha rezervlarni xo`jalik aylanmasiga qo`shishga va milliy iqtisodni ustuvor rivojlantirish muammolarini echishga imkon beradi. Kelajakda Qoraqalpog`iston respublikasi bir tutash elektroenergiyasi va tabiiy gaz resurslari bilan ta`minlanadigan mintaqaga aylanadi. O`lkamizda geologik tadqiqot ishlarining kengayishiga bog`liq atrofdagi cho`lli hududlar, ayniqsa Ustyurt, Orolning quruqlikka aylangan joylari va Qizilqumning Qoraqalpog`istonga tegishli qismida yirik-yirik sanoat majmualari tuziladi, bu ishlab chiqarish hududiy majmualarning bazasida Kiyiksoy, Qushqanottog` va yana boshqa industrial tumanlarning tuzilishiga imkoniyat yaratadi. Yuqoridagi fikrlarni ushbu ishning har bir mintaqaga shakllangan ishlab chiqarish tarkiblari va ularni zamon talablariga muvofiq rivojlantirish, shuningdek iqtisodiy rayonlar xo`jaligining maqsadga muvofiq proportsiyalarini tuzishga bag`ishlangan fikrlarimizdan ham kuzatish mumkin. Janubiy rayon. Janubiy rayon Amudaryoning eski del`tasida joylashgan Tuyamo`yin suv omboridan boshlab, Taxiatosh suv omborigacha bo`lgan oraliqda joylashgan. U 40 0 55
1 bilan 42 0
1 shimoliy kenglikning oralig`ini egallaydi. Rayonning er maydoni 16,8 ming km 2 ga barobar. Ma`muriy tomondan Janubiy rayonning tarkibiga To`rtko`l, Beruniy, Ellikqal`a va Amudaryo tumanlarining hududlari kiradi va Respublikada yil davomida ishlab chikariladigan sanaot maxsulotlarining 33,9 mlrd. sum undiriladi. Janubiy rayon Qoraqalpog`iston respublikasining shimoliy, Orol (dengiz bo`yi), Ustyurt va Qizilqum tabiiy iqtisodiy rayonlaridan o`ziga xos qulay tabiiy sharoiti va mehnat resurslari bilan ta`minlanishi, iqtisodiy rivojlanish darajasi, transport-iqtisodiy aloqalari bo`yicha ancha farq qiladi. Qoraqalpog`istonning boshqa rayonlari bilan qiyoslaganda Janubiy rayon-vegetatsiya davrining uzoqligi, termik resurslarning yig`indi summasi bo`yicha ham katta farq ga ega. Rayonning er yuzi asosan Amudaryoning qadimgi va hozirgi davrlarda paydo qilgan allyuvial` cho`kmalaridan tuzilgan Amudaryoning dastlabki oqib o`tgan o`zani Aqchadaryo ham shu rayonga qaraydi. Rayonning er yuzi umuman olganda tekislikka o`xshash bo`lgani bilan ko`p sonli sug`orish tizimlarining anhorlari, kanallarning yoqalarida paydo bo`lgan tepaliklar va har xil hajmdagi chuqurliklar bilan xarakterlanadi. Janubiy rayonning ko`p chilik bo`limi deyarli qishloq xo`jaligiga moslashgan. Iqlim sharoiti bir qancha qulay bo`lib, yanvar` oyining o`rtacha harorati -4 0 , -7 0 , iyul` oyining o`rtacha harorati esa -27 0 , -28 0 chamasida. 5 gradusdan yuqori davrdagi kunlarning soni 228-250 kunni, 10 0 yuqori davrdagi haroratning yig`indisi esa 4000-4700 0 gacha etadi. Shunday qilib, natijali haroratniing summasi qishloq xo`jaligi ekinlarining, ayniqsa, issiqni ko`p talab qiladigan paxtachilikdan mo`l hosil to`plashga sharoit yaratib beradi. Yillik yog`inning miqdori 87-97 mm chamasida, yog`in-sochinning juda ozligiga bog`liq dehqonchilik tarmog`ida qo`ldan sug`orish orqali amalga oshiriladi. Yog`in-sochin kamligiga va 50
suv manbalarining cheklangan darajada bo`lishiga bog`liq qishloq xo`ujaligiga yaroqli erlarni o`zlashtirish hali ham aytarli darajada emas. Janubiy rayonlarda, qishloq xo`jaligida foydalanishga yaroqli erlarning maydoni 1266 ming gektarni tashkil qilsa ham, hozirgi vaqtda dehqonchilikda foydalaniladigan ekin erlarning hajmi 120 ming gektardan oshmaydi, yoki qishloq xo`jaligida suv bilan ta`minlangan ekin maydoni barcha o`zlashtirishga yaroqli erlarning 90% tashkil qiladi xalos. Lekin, keyingi yillarda sug`oriladigan ekin maydonlarining samaradorligini oshirish va yaylovlardagi tabiiy o`tloqlarning hosildorligini oshirish bo`yicha ko`plab choralar amalga oshirildi. Bu dehqonchilik tarmog`ining ixtisoslashish darajasini yaxshilashga va
rayonning Qoraqalpog`iston xalq xo`jaligi tarkibidagi qiesiy tegishini oshirishga imkon yaratib beradi. Rayon mehnat resurslarining mo`l zahiralariga ega, bu sug`orma dehqonchilik va mehnatni ko`proq talab qiladigan sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga balans beradi. Hozirgi vaqt janubiy rayon hududida respublikamiz qishloqlarida yashaydigan aholining 50,9 % va qayta ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarining 43,4 % i joylashgan. Ishga yaroqli mehnat resurslarining ko`pligiga bog`liq Janubiy rayonda qishloq xo`jaligida ishlovchi o`rtacha bir odamga 0,9-1,2 gektar ekin maydoni to`g`ri keladi, bu shimoliy rayonga solishtirganda 2 hissa oz degan so`z. Janubiy rayon o`zining ishlab chiqarish yo`nalishi bo`yicha qishloq xo`jaligiga, ayniqsa paxta, pilla, bog` va uzumchilikka moslashgan bo`lib, tumanning mehnatni geografik taqsimlashdagi o`rnini belgilaydi. Janubiy rayon Qoraqalpog`iston respublikasining yirik qishloq xo`jalik hududlaridan hisoblanib bunda dehqonchilikning ko`p gina ekin maydonlari va mollarning bosh soni joylashgan. Ko`rsatilgan ma`lumotlarga qaraganda, janubiy rayonda keyingi yillarda qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun keng tadbirlar amalga oshirilishiga bog`liq suv bilan ta`minlangan ekin erlarining hajmi 189% ga, shundan sug`oriladigan dehqonchilikda foydalanilayotgan ekin erlari 184,5%, paxta uchun ajratilgan maydon esa 153,4% ga, yil sayin etishtirilgan paxtaning umumiy hajmi 110,5% ga ortdi. Natijada janubiy rayon hozir respublika bo`yicha qishloq xo`jaligida foydalaniladigan ekin maydonining 27,9% i va yil sayin Qoraqalpog`iston bo`yicha etishtiriladigan paxtaning 54,4 % ini, qoramollarning bosh sonining 54,1 %, qorako`l qo`ylarining bosh sonining esa 37,3 % ini egallaydi. Janubiy rayon ishlab chiqarish kuchlarini garmonik rivojlantirish uchun eng qulay transport- iqtisodiy aloqaga ega. Rayon Toshkent-Samarqand-Buxoro-To`rtko`l-Nukus va Orol dengizi bo`ylariga cho`zilib yotgan avtomobil trassasining bo`yida joylashgan. Bu faqat Janubiy rayonning emas barcha Qoraqal-pog`istonning iqtisodiy rivojlanishiga katta ta`sir qiladi. Janubiy rayonning xalq xo`jaligining hozirgi rivojlanish darajasini tubdan tahlil qilish kelajakda qishloq xo`jaligi tarmoqlarini, ayniqsa, paxtachilik majmuasini rivojlantirish uchun qulay tabiiy-iqtisodiy sharoitlarning bor ekanligini dalillayapti. Shunga mos ravishda kelajakda rayon xalq xo`jaligining ixtisoslashish dasturini belgilaganda avvalo paxtachilik tarmoqlarini tezkor rivojlantirishga alohida e`tibor beriladi. Bunga yuqorida aytilganday rayon xalq xo`jaligining hozirgi moslashish dasturi, ishchi kuchi bilan ta`minlash darajasi va xo`jalikni tashkillashtirish imkoniyatlari qulay sharoit yaratadi. Kelajakda paxtachilikni rivojlantirish bilan bir qatorda moslashtirilgan chorvachilik tarmog`ini kengaytirish, ayniqsa qorako`l chorvachiligi pillachilikni rivojlantirish va ularning mustahkam em-xashak bazasini tuzishga alohida e`tibor beriladi. Janubiy rayon hududiga kiradigan Qizilqum massividagi Bukenmerey va yana boshqa massivlarni rasmiy tarzda Qizilqum iqtisodiy rayoni tarkibiga qaragani bilan hozir bu hududlar ma`muriy tarafdan To`rtko`l, Beruniy, Ellikqal`a rayonlarining yaylovi hisoblanadi. Shuning uchun bu rayonlar yuqorida ko`rsatilgan tumanlarning ixtisoslashtirilgan Qorako`lchilik xo`jaliklari orasida taqsimlangan. Janubiy rayonning qishloq xo`jaligining kelgusidagi dasturlarini aniqlashda ko`rsatilgan hududlarni Qoraqalpog`istonning janubdagi eng yirik chorvachilikka ixtisoslashgan mintaqasiga aylantirish masalasi qo`yilmoqda. Bu ilmiy-amaliy tarafdan to`g`ri echim bo`lib hisoblanadi. Sababi Qizilqum anxori sug`orma dehqonchilik hududlari bilan to`liq uzviy bog`langan va uning moslashgan tarmog`i sifatida kelgusida ham qorako`l qo`y chorvachiligi bosh rolni bajaradi.
51
Kelajakda Janubiy tumanning sanoat potentsiali ham ko`tariladi. Mahalliy xom-ashyo bazasida oziq-ovqat sanoati, engil sanoat tarmoqlari, qurilish materiallarini etishtiradigan sanoat tarmoqlari, yoqilg`i-energetika markazlari etishtiriladi. Bundan boshqa hozirgi ishlab to`rgan sanoat korxonalari qayta ta`mirlanadi. Bu 1-navbatda paxta tozalaydigan va yog` ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Bundan boshqa kelgusida meva va bog` mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlarining bazasi to`ziladi. Janubiy tabiiy iqtisodiy rayonda yirik sanoat, ma`muriy va madaniy markaz sifatida To`rtko`l, Beruniy, Mang`it shaharlari, 70-yillarning oxirida esa Bo`ston kabi yirik shaharlar paydo bo`ldi. Hozir bu shaharlarning har birida 27,-45,9 mingdan ortiq aholi yashaydi. To`rtko`l shahri janubiy rayonning eng yirik sanoat markazi va To`rtko`l ma`muriy tumanning markazi. Shaharda paxta tozalash zavodi, qurilish materiallariga tegishli korxonalar, ishlaydi. Oldingi perspektivada shaharda sutkasiga 15 tonna sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona va yiliga 8 tonna trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaradigan fabrika ishga tushdi. Kelgusida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqaradigan yirik sanoat markazi va chorvachilik tarmoqlari uchun em hashak tayyorlaydigan mashina yasash markazlari kabi Mang`it, Beruniy, Bo`ston shaharlarida rivojlanadi. Iqtisodiy potentsiali va shahar aholisining soni bo`yicha janubiy rayonda To`rtko`l, Beruniy shahri ko`zga tashlanadi. Agar 1959 yillarda To`rtko`l shahrida barchasi 15,5 ming odam yashasa, hozirgi ko`nga kelib shaharda 45 minga yaqin aholi yashaydi. Ko`rsatilgan yillar ichida Beruniy shahri aholisi 22 ming odamdan 45,5 mingga etdi. Shaharda paxta tozalash, yog` zavodlari, g`isht zavodi, paxta gazlamalari to`qiydigan fabrika ishlaydi. Kelgusida shaharda yirik yoqilg`i- energetika bazasi tuziladi. Bu faqat Beruniy rayoni emas, Qoratov kon sanoati rayoni, Ellikqal`a rayonidagi keng massivlarni o`zlashtirishga imkon yaratadi.
qisnog`idan boshlab daryo vodiysida joylashgan tekislik rayonlarni o`z ichiga oladi. Markaziy rayonning shimoliy chegarasi Dauitko`l suv omboridan shimolga qarab Dauqora botig`iga chiqadi va Chimboy, Qorao`zak tumanlarining ma`muriy chegarasi orqali shimoli-sharqda Qo`yboq sug`orish tizimi orqali Qizilqum bilan chegaradosh. Markaziy rayonning janubi-g`arbiy chegarasi Xo`jayli tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan davlat chegarasi orqali o`tib, Qorako`l rayonsida Aybo`yir orqali Ustyurt platosiga chiqadi. Shimoliy rayonning chekka rayonning nuqtasi Qo`ng`irot va Bo`zatov tumanlarining ma`muriy chegarasi orqali o`tib, rayon 4 ming kv.km. maydonni yoki O`zbekistondagi Andijon viloyatining maydonidek hududni egallab etibdi. Ma`muriy tomondan Markaziy rayon tarkibiga Nukus, Kegeyli, Xo`jayli, Qonliko`l, Shumanoy tumanlari va Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti Nukus shahri kiradi. Markaziy rayon Janubiy, Shimoliy va Orol (dengiz bo`yi) iqtisodiy rayonlariga taqqoslaganda Qoraqalpog`iston Respublikasining markazida joylashgan bo`lib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`muriy jihatdan Respublikaning asosiy transport-iqtisodiy va kommunikatsiya uzeli sifatida ko`zga tushadi. Markaziy rayon Qoraqalpog`iston Respublikasining faqat 3,6% qismini egallasa ham, bu hududda respublika aholisining 42% i, shahar aholisining 61% i joylashgan. Bu rayon respublika hududida ishlab chiqariladigan yillik sanoat mahsulotlarining 58,8% va xalq xo`jaligi tarmoqlarida ishlab turgan asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining 41,4% ini egallaydi. Markaziy rayon xom ashyo bazalariga to`liq ega bo`lmasa ham, respublikaning transport tarmog`ida joylashganligi va respublika poytaxti Nukusning ushbu rayonda joylashishiga bog`liq uzoq yillar davomida Qoraqalpog`istoninng siyosiy-ma`muriy va iqtisodiy funktsiyalariga ega bo`lmoqda. Shunga bog`liq Markaziy rayon Qoraqalpog`iston Respublikasining siyosiy-ma`muriy va iqtisodiy potentsialida asosiy rolni bajaradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin rayonning transport-iqtisodiy aloqalari rivojlandi. Chorjo`y- Taxiatosh temir yo`li ishga tushishiga bog`liq, Qoraqalpog`istonning poytaxti Nukus shahri Toshkent va O`zbekistonning boshqa sanoati rivojlangan shaharlari bilan aloqaga ega bo`ldi. Keyingi yillarda Amudaryo orqali temir yo`l ko`prigi va Taxiatosh gidrouzeli, shuningdek, Qo`ng`irot-Beynov-Maqat-Aleksandrov-Gay yo`nalishidagi temir
yo`l liniyasining ishga tushirilishiga bog`liq, Qoraqalpog`istonning Rossiya Federatsiyasi, Qozog`iston va evropaning bir qator mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari rivojlana boshladi. Bu qator sharoitlar 52
Qoraqalpog`istonda sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga, ayniqsa, mahalliy aholi hisobidan injener- texnik kadrlarning o`sib etishishiga yo`l ochdi. Shu tarzda, tez vaqt ichida markaziy rayonning sanoati kuchaydi va respublikaning industrial rivojlanishida asosiy rolni bajardi. Hozirgi vaqtda rayonda yiliga 104,6 mlrd. Sum hajmidagi yalpi ichki maqsulot etishtirilmoqda. Shuning 58,0 mlrd.sumi sanoat sohalariga tegishli. Markaziy rayon qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun ham ko`pgina rezervlarga ega. Rayon termik resurslarning miqdori bo`yicha Janubiy rayonga o`xshash paxtachilik, bog`dorchilik va uzumchilik, g`allachilik, meva va sabzavot ekinlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari Markaziy rayon Qoraqalpog`istonning asosiy transport-iqtisodiy bo`g`ini va kommunikatsiya uzeli funktsiyasini bajarib, boshqa iqtisodiy rayonlar bilan aloqaga ega. Bu rayonda Qoraqalpog`istonning qishloq xo`jaligida foydalaniladigan er fondining 1/5 qismigina joylashishiga qaramasdan, respublika shahar aholisining 61% yashaydi va asosiy iste`molchi rayonlar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish intensiv yo`l bilan amalga oshirilishi lozim. Markaziy rayon aholisini, ayniqsa shahar aholisini fiziologik me`yor asosida ehtiyojini qondirish uchun yiliga kamida 250 ming tonna sut, 200 ming tonna sabzavot, bog`dorchilik, kartoshka, meva va uzum mahsulotlari tayyorlanishi kerak. Bu rayon hududida ekin maydonlarining hajmini 160-170 ming gektarga etkazishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda rayon hududida hisobga olingan umumiy er fondining hajmi 440 ming gektarni tashkil qilib, shundan sug`oriladigan erlar faqat 33 % ni tashkil qiladi. Markaziy rayon ko`p tarmoqli agrosanoat majmuasidan iborat bo`lib, tarkibiga paxtachilik, g`allachilik (sholikorlik), sabzavot xo`jaligi, bog`dorchilik va sut yo`nalishidagi qorachorvachilik kiradi. Hozirgi vaqtda ushbu tarmoqlardan paxtachilik etakchi o`rinni egallab, bu tarmoq qishloq xo`jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy qismini etishtiradi. Kelajakda qishloq xo`jaligi majmuasida sabzavot va bog`dorchilik, g`alla, sut mahsulotlari va meva etishtirish asosiy o`rinni egallaydigan bo`ladi. Shunga bog`liq paxtaning ekin maydoni kengaytirilmay, uning o`rniga sabzavot va kartoshka, shuningdek em-xashak ekinlari, va almashlab ekish sxemasiga kiradigan boshqa ekinlarning maydoni kengaytiriladi. Markaziy rayon ekin maydonlarini ko`paytirish uchun qator rezervlarga ega. Bu rayon orqali respublikaning asosiy sug`orish arteriyalari Suvenli, Qizketgan kanallari oqib o`tadi. Ammo, respublikada magistral kanallardan foydalanish koeffitsienti 56-60 dan oshmaydi. Agar ushbu ko`rsatkichni kamida 76-80 ga etkazsak, markaziy rayonda qo`shimcha suv manbalarini to`plashga va ushbu hisobdan ekin maydonlarining umumiy hajmini 14% ga ko`paytirish imkoniyatlari bor. Shuning uchun ham suvdan foydalanishning samaradorligini orttirish va sug`orish kanallarining foydali koeffitsientini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalari qatoriga kiradi. Kelajakda sug`orib ekiladigan maydonlarning tarkibiga ham katta o`zgarishlar kiritish lozim. Shahar aholisining o`sib borayotgan ehtiyoji va rayon xalq xo`jaligining ixtiososlashish yo`nalishlariga qarab sholichilik majmuasining o`rniga sabzavot va shahar atrofi suv majmualarini tuzish maqsadga muvofiqdir. Paxtachilik majmuasini kengaytirmasdan, uning o`rniga paxtaning yangi navlarini ekish, g`allachilikni, ayniqsa, jo`xori, tarix va ko`ngaboqar ekinlarining maydonini kengaytirish kerak. Bu, birinchidan, paxtaning hosildorligini biostimo`lyatsiya yo`li bilan orttirishga yo`l ochsa, ikkinchidan qishloq xo`jaligida qo`shimcha donli ekinlar, shuningdek moyli ekinlarning ekin maydonini ko`p aytirish yo`li bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining qiymatini orttirishga va aholini qo`shimcha ish bilan ta`minlashga imkoniyat yaratadi. Aholini go`sht mahsulotlari bilan ta`minlash, shimoliy rayonning hisobidan amalga oshishi mumkin. Markaziy rayon o`z navbatida respublikaning boshqa iqtisodiy rayonlariga sabzavot, meva mahsulotlari, konservalar, sharbat va boshqa ichimliklar chiqarish mumkin. Shunday qilib, Markaziy rayon miqyosida ASM tarmoqlarini rayonlik yo`nalishda ixtisoslashtirishga o`tish, bu rayonning respublika miqyosidagi sabzavot, meva, uzum va yana boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlashdagi asosiy statusini mustahkamlaydi, hatto boshqa iqtisodiy rayonlarga yuqorida ko`rsatilgan mahsulotlarning bir qismini chiqarishga yo`l ochadi. Markaziy rayon boy tarixiy merosga ega. Rayon hududida qadimgi Kerder madaniyatidan dalolat beradigan Kerder shahri, 2500 yillik tarixga ega, Xo`jaylining qadimiy madaniy markazi- 53
Nazlimxonsuluv shaharlari va Qoraqalpog`istonnning hozirgi madaniy, iqtisodiy va ma`muriy markazi Nukus shahri joylashgan. Markaziy rayonning xalq xo`jaligi majmuasida respublika poytaxti Nukus shahrining roli yuqori va shahar o`zining rivojlanishi yo`lida bir qator tarixiy bosqichlardan o`tdi. Hozirgi vaqtda Nukus shahri Qoraqalpog`iston Respublikasining ma`muriy-siyosiy, madaniy va ilmiy markazi hisoblanadi va Qo`yi Amudaryo bo`limida joylashgan Urganch, Toshhovuz shaharlariga uxshab har taraflama rivojlanayotgan shahar. Uning xalq xo`jaligida qurilish, sanoat va transport ahamiyatli o`rinni egallaydi. Mehnatga qobiliyatli aholining 72,3% idan ortig`i xalq xo`jaligi tarmoqlarida ishlaydi. Hozirgi Nukus shahri respublikamizdagi yirik industriya markazlarining biri. U butun quyi Amudaryo iqtisodiy rayondagi korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotning 7% ini beradi. Boshqacha aytganda Toshhovuz, Urganch va boshqa shaharlardan farq qiladi. Masalan Toshhovuz va Urganch shaharlarida, asosan, engil va oziq-ovqat sanoatining tarmoqlari bosh rolni egallasa, Nukusda og`ir va engil sanoatning rivojlanishiga ahamiyat berilgan. Shuningdek, Nukusda metaldan ishlangan uskunalarni remontlash, yirik qurilish korxonalari, o`y- joy kombinati, energetika xo`jaligi, va boshqada sanoat karxonalari mavjud. Shunday qilib Nukusda og`ir sanoat 1-o`rini egallab unga shaharda ishlab chiqariladigan butun sanoat mahsulotining 49,1% ga yaqini va ishlaydigan ishchi xizmatchilar soni bo`yicha 3-o`rinni egallaydi. Markaziy rayonning yirik shaharlari qatoriga Xo`jayli, Taxiatosh, Xalqobod va yana boshqalarni kiritish mumkin. Bularning ichida Taxiatosh Respublikalararo katta energetika markazi hisoblanib Qoraqalpog`istonning industrial yo`nalishida asosiy o`rinni egallaydi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling