Qoraqalpog`iston geografiyasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik resurslar.
er resurslari. Qoraqalpog`iston Respublikasining tuproq qatlamlari cho`l sharoitida shakllanganligi tufayli har xil tuproq turlari uchraydi. Bulardan eng ko`p tarqalgani qumli bo`z tuproqlar, botqoqli-o`tloqli tuproqlar, taqirli tuproqlar insonning mehnat faoliyati ta`sirida shakllangan madaniy tuproqlar va sur qo`ng`ir tuproqlar, sho`rxoqlar hisoblanadi. Qoraqalpog`iston geografik o`rni bo`yicha cho`l rayonsida joylashgan bo`lib, uning rayonllik xususiyati ega tuproqlar kiradi. Del`tada tuproqning paydo bo`lishi, shakllanishi Amudaryo bilan bevosita bog`liq bo`lib, bu rayonda allyuvial` tuproqlar keng tarqalgan. Professor A.A.Rafikov va boshqalarning ma`lumotiga ko`ra, Qoraqalpog`istonda o`tloqli tuproqlar ham uchraydi. 11 Bular, odatda, avtomorfli va gidromorfli tuproqlar guruhi o`rtasidagi oraliq tuproq qatlami hisoblanadi. Botqoqli-o`tloqli tuproqlar botqoqli chuqurlarning yonbag`rida, Amudaryo va uning tarmoqlariga yaqin erlardagi balandroq joylarga xos. O`tloqli taqirlar er osti suvlari bilan namlanib turadi, er osti suvlari bug`langan paytda o`tloqli taqir erlarning yuzasi sho`rlanib ketadi. O`tloqli tuproqlar Qoraqalpog`istonda Suvenli, Qizkqetgan, Paxtaarna va Nazarxon kanallarining o`ng va chap qirg`oqlarida uchraydi. O`tloqli taqirlar taqir o`tloqlar kabi er osti suvlarining chuqurlashuvi natijasida paydo bo`ladi, shuningdek ular taqir erlarni sug`orish natijasida er osti suvlarining ko`tarilishiga bog`liq paydo bo`lishi mumkin. O`tloqli-taqirli tuproqlarning asosiy qismida sug`orilib ekin ekiladi. Faqat Amudaryoning hozirgi qirg`oqlaridagi unchalik katta bo`lmagan qismigina tuqay o`simliklari mavjud quruq erlar fondiga kiradi. Taqirlar, ayniqsa, shimoliy sharqda del`taning g`arbiy qismida Qo`ng`irot, Xo`jayli tumanlari oralig`ida, janubiy sharqda «Qirqqiz massivi» da mavjud. Taqirli tuproqlar Amudaryo del`tasida eng ko`p tarqalgan tuproq turi hisoblanadi. Yuqorida sanab o`tilgan tuproqlardan boshqa quyi Amudaryo qismida ekin ekishga yaramaydigan cho`l-qumloq va cho`l-toqir joylar mavjud. Qizilqumning asosiy qismi sur qo`ng`ir tuproqdan iborat. Sur qo`ng`ir tuproqlar Sulton Uvays atrofida va boshqa qoldiq tog`larda uchraydi. Qumli tuproq esa qum do`ngliklarida va ko`chma qumtepalarda uchraydi va uning maydoni 6,8 mln ga teng. Qoraqalpog`istonda cho`l sharoitidagi qumli bo`z tuproqlari ham mavjud. Ular keng hajmda Qizilqum rayonsida uchraydi. Amudaryo del`tasi Ustyurtda qumli bo`z tuproqlar kichik hajmli mayda qum tepaliklarda mavjud. Sug`oriladigan rayonlarda insonning mehnat faoliyati natijasida tuzilishi jihatdan katta o`zgarishga uchragan madaniy tuproqlar uchraydi. Bular respublikaning asosiy er fondini tashkil qiladi.
Qoraqalpog`iston hududida har xil tuproq turlari mavjud bo`lib, ular maydoni 16,6 mln gektarni tashkil qiladi. Biroq shu hajmdagi er resurslarining hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligida faqat 416,9-429,7 ming gektari dexkonchilikda foydalaniladi xolos.Ularning ko`p qismi haddan tashqari mineralashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Shu sababli Respublika sharoitida er fondidan oqilona foydalanish kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.
tabiiy sharoitiga moslashgan bo`lib, ko`pchiligi chorvachilik uchun em-hashak hisoblanadi. To`qay tipidagi o`simliklar Amudaryo deltasida mavjud bo`lib, turong`il, jiyda, jing`il, shular jumlasiga kiradi. Ko`llar yoqasida esa qamish, kendir, o`rik keng tarqalgan. Bundan tashqari sho`rlanmagan erlarda bo`yon, changal, bug`doyiq, qizil kendir, qorabaraq va sho`ra o`simliklari o`sadi. Qoraqalpog`iston Qizilqumida oq saksovul, qora saksovul, rank, yulg`un, qum pechagi, qizilcha boyalish, tarkibida tuzi ko`proq bo`lgan erlarda burgan, sariq sazanlar ko`p tarqalgan. Ustyurt o`ziga xos tabiiy majmuaga ega bo`lib, bunda burgan, jo`san (yovshan) saksovul, kerebux, tereskan, oq jing`il turlari, chidir, arpag`on, bug`doyiq va boshqa o`simliklar o`sadi. Ustyurtning Amudaryo del`tasiga chegarasiga yaqin hududlarida er osti suvlari chuqur joylashgan, bu erlarda jing`il, yantoq, quyonsuyak, itsiygak kabi o`simliklar uchraydi, biroq Qoraqalpog`iston
11 Рафиков А.А., Эргашев Ш.А., Хайдаров А. Процессы опустинования Южного Приаралья.-Т.,1997, С17-35 9 Ustyurti keskin kontinental iqlim sharoitiga ega bo`lganligi bilan meridianal yo`nalishda uzoq masofaga cho`zilib joylashishi o`simliklar dunyosining soni va sifatiga ta`sir qiladi. Masalan, Ustyurtning shimolida boyalish, buyurgun o`simligi keng tarqalsa markaziy Ustyurtda yovshan, buyurgun, janubiy qismida esa buyurgun, kovrak assotsiyasiga kiradigan o`simliklar katta maydonni egallaydi. Qoraqalpog`iston hududidagi qoldiq tog`lar atrofida yog`in-sochin miqdori oz bo`lishiga qaramasdan o`simliklarga juda boy. U erlarda yovshan, qo`yrovik, bo`yon, tog` piyozi, kovrak, tog` pechagi, qirqbo`g`in, iloq, buzoqbosh o`sadi. Amudaryo vohasi ko`p yillar mobaynida inson faoliyati tufayli katta o`zgarishga uchrab madaniy o`simliklari bilan ajralib turadi. Qoraqalpog`iston sharoitiga moslashtirilgan gulli o`simliklarning va bezash uchun kerakli o`simliklarning turlari ham ko`p. Shunday qilib, Qoraqalpog`iston Respublika-sida uchraydigan o`simliklarning ba`zilari chorvachilik uchun em- hashak bo`lsa, ba`zilari dori-darmon, shuningdek dam olish o`rinlarini bezash va bo`yash maqsadida foydalaniladi. Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, Qoraqalpog`iston respublikasi katta hajmli tabiiy resurslar fondiga ega. Keyingi yillarda resurslarni xalq xo`jaligi tevaragiga qo`shish bo`yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, er-suv resurslaridan foydalanish darajasi yaxshilandi. Bu Qoraqalpog`istonda qishloq xo`jalik mahsulot-larini ko`paytirish va er osti qazilma boyliklarining zahiralarini aniqlash bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq so`nggi yillarda Amudaryo suv balansining kamayishi natijasida o`lkamizning tabiiy resurslaridan, ayniqsa, bioresurslaridan xalq xo`jaligida foydalanish darajasi pasaymoqda. Shunga ko`ra Bodayto`qay qo`riqxonasi tipidagi qo`riq bazalarini yaratish orqali ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, er resurslari, mineral xom ashyo resurslari va boshqa: Resurslardan oqilona foydalanish xalq xo`jaligi uchun ahamiyatli masalalar qatoriga kiradi. Haddan tashqari qurg`oqchilik o`simliklar geografiyasiga ta`sir qilganidek, hayvonot dunyosining tarqalishi va tur o`zgachaligiga ham ta`sir etadi. Amudaryo del`tasi Ustyurt va Qizilqumda yashaydigan hayvonlar bir-biridan ancha farq qiladi. Orol dengizi va Amudaryoning quyi qismida baliqchilik bilan shug`ullanadigan hududlar bo`lib, baliqning ko`p turlari uchraydi. Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog`istonda uchraydigan o`simliklar va hayvonlarning ko`pchiligi iqtisodiy unumdorligi past darajada. Chorvachilikda foydalanadigan cho`lli yaylov-larning hosildorligi gektariga 2,5 tonnani saksovulli erlarning hosillari gektariga 25-50 tonnani tashkil etsa, pichanzorlarning maydoni 73 ming gektarga teng O`rtacha 4-7 tsentner hosil olgan taqdirda chorvachilik, ayniqsa, yirik qorachorvachilik uchun em- hashak bazasini yaratishga imkon beradi. Respublika hududida dori-darmonlik o`simliklarning turlari ham uchraydi. Ular qatoriga garmolla, efedren, reven`, itsiygek, salotka o`simlik turlarini keltirish mumkin. Olimlarning fikricha, dorivor o`simliklarning ayrim turlarini tabiiy sharoitga moslashtirish yo`li bilan qo`lda o`stirish va maxsus xo`jaliklar tuzish orqali bu masalani hal qilish mumkin. Qoraqalpog`istonda dori-darmon tayyorlashda ishlatiladigan bo`yon tomiri 15000 gektarga yaqin maydonga tarqalgan. Ularning hosildorligi va ildizi tarkibidagi gletsirin kislotasining solishtirma darajasi O`zbekistonning boshqa mintaqalariga nisbatan 1,5-2 hissa yuqori. Shu sababli Qoraqalpog`iston sharoitida bo`yon ildizini o`stirish bilan shug`ullanadigan xo`jaliklarni ko`paytirish katta ahamiyatga ega. Buni tezda amalga oshirish hozirgi bozor munosabatlari sharoitida respublikaning iqtisodiy rivojlanishini jadal-lashtirishi uchun qo`shimcha mablag` manbalarini to`plash imkonini beradi. Xulosa shundan iborat, Qoraqalpog`iston Respublikasi katta hajmli tabiiy resurslar fondiga ega. Keyingi yillarda resurs boyliklarini xalq xo`jaligi tevaragiga qo`shish bo`yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Respublikada yaylovlarni o`zlashtirish va er osti qazilma boyliklarning zahiralarini aniqlash bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, Amudaryo suv balansining ozayishi natijasida o`lkamizning tabiiy resurslaridan, ayniqsa, bioresurslardan xalq xo`jaligida foydalanish darajasi pasaymoqda. Shunga ko`ra, Bodayto`qay qo`riqxona tipidagi qo`riq bazalarini yaratish orqali ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, er resurslari, mineral xom ashyo resurslari va boshqa resurslardan oqilona foydalanish xalq xo`jaligi uchun ahamiyatli masalalar qatoriga kiradi. 10
2-mavzu. QORAQALPOG`ISTONNING AHOLISI VA MeHNAT ReSURSLARI. Aholining o`sish sur`ati va tarkibi. Qoraqalpog`iston hududi O`zbekistonning boshqa hududlari kabi qadimdan aholi yashab kelayotgan va madaniyati rivojlangan o`lkalar qatoriga kiradi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra 2009 yilning 1 yanvarida respublika hududida 1 mln 629,3 ming aholi yashagan, bu O`zbekiston aholisining 6,1% i degan so`z. 1928-1998 yillar oralig`ida yoki keyingi 72 yil ichida Qoraqalpog`iston aholisining mutlaq o`sishi 1 mln 172 ming kishini tashkil qiladi, yoki respublika aholisi 1926 yillarga taqqoslaganda 4,4 hissa, 1959 yillarga nisbatan deyarlik 3 hissa ko`paydi. 1926-1959 yillar oralig`ida, yoki ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillarni o`z ichiga qamrab oladigan 33 yil davomida Qoraqalpog`iston aholisining o`sishi 176 ming kishini tashkil qilgan, 1959-1992 yillarda yoki keyingi 33 yil ichida bu ko`rsatkich 800 ming kishiga ko`paydi. Shunday qilib, Qoraqalpog`iston Respublikasining aholisi bugungi kunga kelib, 1,6 mln kishidan oshdi. Bu davr mobaynida respublika ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va aholiga tibbiy yordam berining yaxshilanishi sababli yuqori tabiiy o`sishga erishildi. Hozir Qoraqalpog`iston aholisining soni bo`yicha O`zbekiston viloyatlari ichida sakkizinchi o`rinni egallaydi. Faqat Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlaridan oldinda turadi. O`zbekistonning barcha viloyatlariga xos ko`rsatkich singari, Qoraqalpog`istonning aholisi ikkinchi jahon urushidan keyin ancha tez o`sa boshladi. Agar 1940-1959 yillar oralig`ida O`zbekiston aholisining yillik o`sishi 1,1% ni tashkil qilgan bo`lsa, 1959- 1970 yillarda 3,3% ga oshdi yoki 10 yil ichida (1979-1989) bu ko`rsatkich yiliga 3% ga ortib bordi. Qoraqalpog`istonda esa aholinig o`sish sur`ati 1940-1959 yillarda 0,7%, 1959-1989 yillarda 2,8% ni tashkil etdi. Shunday qilib, Qoraqalpog`iston aholisining yillik o`sishi yildan-yilga ortib bormoqda.Qoraqalpog`istonda aholi soni yillik o`sish sur`atining 1940-1959 yillar orasida ancha past bo`lishi, birinchidan, urush yillaridagi noqulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, uzoq yillar mobaynida o`lkamizda transport-iqtisodiy aloqalarining bo`lmasligi katta qiyinchilik tug`dirdi. 1952-1955 yillarda Chorjo`y-Qo`ng`irot temir yo`lining qurilishi bilan respublika aholisining madaniyati va moddiy sharoiti yaxshilandi. Bu o`z navbatida aholi sonining tez sur`at bilan o`sishga va 1959-2000 yillar o`rtasida aholining mutlaq o`sishi 1 mln. kishiga ko`payishiga yo`l ochdi. Hozir respublikada yil sayin aholining mutloq ko`payishi 19-21 ming kishini tashkil etadi. Agar hozir MDH ga kiradigan davlatlarda o`rtacha 1000 kishiga tabiiy ko`payish darajasi 6,5 kishini tashkil qilsa, bu ko`rsatkich Belorusda 2,2 kishini, Rossiya Federatsiyasida 2,2 Ukrainada 0,6, Tojikistonda 32, O`zbekistonda 17,0 kishini tashkil qiladi. Qoraqalpog`istonda esa 1000 kishiga to`g`ri keladigan tabiiy ko`payish 16-19 kishiga teng. Qoraqalpog`iston aholisining o`sishini ta`minlaydigan olimlarining farqini tahlil qilsak, qo`shni davlatlarda aholining tabiiy o`sish darajasi past bo`lsa, bu ko`rsatkich Qoraqalpog`istonda yuqori tabiiy o`sish koeffitsenti bilan tavsiflanadi. Qoraqalpog`istonda tug`ilish koeffitsientining yuqori bo`lishida nikoh yoshidagi ayollarning ko`payishi hamda nikohning barqaror bo`lishi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, agar MDH davlatlarida har bir 1000 kishiga to`g`ri keladigan 16 yoshdan katta nikohda bo`lgan ayollar soni 500 bo`lsa, bu ko`rsatkich O`zbekistonda 550 ayolni tashkil qiladi. Shu bilan birga nikohdagilar orasida 20-49 yoshgacha bo`lgan ayollarning foizi o`smoqda. Bu va boshqa omillar respublikada aholining tabiiy o`sishiga kuchli ta`sir qilmoqda. Aholining jins va yosh tarkibi, ularni har tomonlama o`rganish demografiyaning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalalarni o`rganib chiqish va hal qilish aholi sonining o`sishini ta`minlashda, yosh va jinsiy tarkibiga qarab aholini maishiy xizmat turlari bilan ta`minlash ayniqsa, xalq xo`jaligi sohalarida mehnat rsurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Shunday qilib, aholi jins tarkibi teng yoki bir- biriga yaqin bo`lsa, yoki aholining yosh tuzilishida o`spirinlarning soni ko`p bo`lsa tug`ilish koeffitsienti yuqori bo`ladi. Bu holat hududlarda ishlab chiqarish kuchlarining mintaqaviy rivojlanishini rejalashtirishda katta ahamiyatga ega. Bu asosda Qoraqalpog`iston Respublikasi aholisining yosh va jinsiy tarkibini tahlil qilish o`ziga xos xususiyatlarga ega. O`tmishda Qoraqalpog`iston aholisi tarkibida erkaklar soni yuqori darajada bo`lgan, masalan, 1939 yillarda
11
Qoraqalpog`istonda 1000 erkak kishiga 826 ayol to`g`ri kelsa, bu ko`rsatkich 1970 yillarda 1010, 1979 yillarda 1018, 1989 yili 1015 ayolni tashkil qildi. Shaharlarda esa har ming erkak kishiga 1023 ayol to`g`ri kelsa qishloq joylarda 1002 ayol to`g`ri keladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi sharoitida aholi jinsiy tarkibining shakllanishiga ikkinchi jahon urushi kuchli ta`sir qildi. Aholining jinsiy tarkibi erkaklar, 53% ni tashkil qilgan bo`lsa, 1959 yili 49,7% ni tashkil qildi. Urushdan keyingi yillarda bu ko`rsatkich qayta shakllana boshladi. 1 yoshdan 0-4,5-9,10-14,15-19 yosh oralig`idagi o`smirlarda ug`il bolalarning ulushi yuqori bo`lsa, 20-24,25-29, 30-34, 35-39.yosh oralig`ida ayollarning hissasi yuqori, 40-44,45-49, 50-54, 55-59 yosh oralig`ida erkaklar soni ko`p hissani egallasa, 60-64, 70 yoshdagilar orasida ayollarning soni ko`p ekanligi ko`rinib turibdi. Buning asosiy sababi 0-19 yosh oralig`idagi kategoriyada tug`ilgan o`g`il bolalar sonining ko`p bo`lishi 20-39 yosh oralig`ida har xil kasalliklar orqali erkaklar soni kamayib kyotgan 40-59 yoshlilar ichida erkaklar soni ko`p bo`lsa 60-70 yoshdagi va undan yuqori yoshdagilar orasida ayollar soni ko`p. Sababi ikkinchi jahon urushi tufayli bu davrda erkaklar ko`p qirg`inga uchragan. Shunday qilib, Qoraqalpog`iston aholisining yosh va jinsiy tarkibini tahlil qilsak, qo`shni davlatlardan Belorus, Ukraina va Rossiyada aholining tabiiy o`sishi pasayishi natijasida millatning eskirishi jarayonini kuzatiladi. O`zbekistonda, shu jumladan Qoraqalpog`istonda esa tug`ilish koeffitsenti natijasida aholinig ko`pchiligi yoshlar ekanligi aniq ko`zga tashlanadi. Bu o`z navbatida kelajakda mehnat resurslarining sifat ko`rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi. Qoraqalpog`istonda xalq xo`jaligi tarmoqlarining hozirgi ixtisoslashish darajasiga ko`ra shahar va qishloq aholining nisbiy ulushi o`zgardi. Agar 1926 yillarda respublika aholisining faqat 5% gina shaharlarda yashagan bo`lsa, hozir bu ko`rsatkich 48,3 % ga etdi. Shunga qaramasdan respublikaning iqtisodiy potentsialida agrosanoat majmuasi asosiy o`rin egallaganligi sababli aholining ko`pchilik qismi qishloq joylarida yashaydi. Respublika aholisi tarkibida qishloq aholisi umumiy foiz jihatdan pasaysa ham uning mutloq o`sishi 1926 yillarga nisbatan 2 hissaga ko`paydi. Masalan, Qoraqalpog`iston qishloqlarida 1926 yillarda 314000 aholi yashagan bo`lsa, 2000 yilning 1 yanvardagi ma`lumot bo`yicha bu ko`rsatkich 779,0 ming kishini tashkil qiladi. 1959 yildan boshlab respublikaning shahar va qishloq aholisining nisbiy ulushida va geografik joylashuvida ayrim o`zgarishlar paydo bo`ldi.Agar 1959 yilda Qoraqalpog`istonning janubiy tumanlarida 116 ming kishi yashagan bo`lsa, 2005 yilga kelib bu rayonda aholi soni 3 marta ko`paydi. Lekin dengiz bo`yi rayonsi Qoraqalpog`iston hududining 1/4 qismini egallashiga qaramasdan aholi soni bu rayonda 7-10% ga kamayib ketdi. Bu dastlab Orol dengizining suv bosgan maydonining qisqarishiga va shu asosda iqtisodiy sharoitlarning o`zgarishiga to`g`ridan to`g`ri bog`liq bo`lmoqda. 1926-yildan 2005 yillar oralig`ida Qoraqalpog`istonda shahar aholisining soni 17 ming kishidan 760,6 ming kishiga ko`paydi, Chimboy, Xo`jayli, Qo`ng`irot kabi shaharlarning aholisi avvalgi 3-5,4 ming kishidan 31,9-70,7 ming kishiga ko`paydi. Hatto avval inson qadami tegmagan cho`lli dalalarda va 11 ming aholi bor. Bo`ston 50 ming kishi yashaydigan Taxiatosh va 212 ming aholisi bor. Nukus shahri ham o`sib etishdi. Ko`rsatilgan yillar ichida qishloq aholisining nisbiy salmog`i foiz jihatidan pasaygani bilan mutloq son jihatdan 2,3 marta ko`paydi. Shuning uchun qishloq joylarida aholiga xizmat qiladigan tarmoqlarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Bunday qishloq joylarida aholini ish bilan ta`minlashga yo`l ochsa, ikkinchidan, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. Qoraqalpog`iston ko`p millatli respublika, uning milliy tarkibida qoraqalpoqlar 32,1% ni egallaydi. Ma`lumotlariga ko`ra Qoraqalpog`istan aholisi asosan uch millatning vakillari ko`pchilikni tashkil etadi va ular respublikada yashaydigan barcha aholining 91,2 % ini tashkil qiladi. Keyingi yillarda respublikada qoraqalpoqlar soni ko`paymoqda. Agar ular 1959 yili 156,0 ming kishini tashkil qilgan bo`lsa, 1989 yilgi aholi ruyxati bo`yicha bu ko`rsatkich 389,3 ning kishiga ko`paydi. Qoraqalpoqlar Chimboy, Kegeyli, Qorao`zak, Qangliko`l, Nukus tumanlari va Nukus shahrida aholining 50,5% idan, 85,7% igacha tashkil etsa Taxtako`pir, Mo`ynoq, Shumanoy, Xo`jayli tumanlarida 23,8-42,6% ni tashkil etadi. qolgan To`rtko`l, Beruniy, Ellikqal`a va Amudaryo tumanlarining har birida 2% dan 5,7% gacha qoraqalpoq millatiga mansub aholi yashaydi. Bundan tashqari qoraqalpoq millati vakillari Turkmanistonning, Toshhovuz viloyatida, shuningdek, O`zbekistonning Buxoro, Navoiy viloyatlarida, Farg`ona vodiysi va boshqa 12
hududlarda uchraydi. Shunday qilib, qoraqalpoq millatidagi aholining ayrim qismi (34,7 ming kishi) qo`shni respublikalarda, shuningdek MDH davlatlarida yashaydi. Qoraqalpog`iston aholisining demografik jihatdan o`sishini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar qatoriga aholining har bir km kv o`rtacha zichligini hisoblash ham kiradi. Keyingi yillarda Qoraqalpog`istonning tabiiy- iqtisodiy rayonlarida xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha katta ishlar amalga oshirildi. Amudaryoning o`ng va chap sohilida joylashgan hududlar temir yo`l transporti orqali birlashtirildi, ishlab chiqarish korxonalarning iqtisodiy quvvati mustahkamlandi va yangi o`zlashtirilgan hududlarda yangi aholi punktlari paydo bo`lib,ularda kooperativ korxonalarning markazlari shakllandi. Shunga ko`ra aholi joylashgan hududlarning miqyosi kengaydi va aholining o`rtacha zichligi oshmoqda. Agar 1959 yili Qoraqalpog`iston aholisining o`rtacha zichligi 1 km 3,6 kishini tashkil qilsa, 2005 yilga kelib, bu ko`rsatkich 9,4 kishiga to`g`ri keldi. Respublika hududida aholining o`rtacha zichligi birdek emas. Agar janubiy rayonda 1 km^2 erga 34,8 kishini tashkil qiladi. Amudaryo atrofida joylashgan va irrigatsiya tarmoqlari bilan ta`minlangan sug`orma dehqonchilik bilan shug`ullanadigan tumanlarda aholi o`rtacha zichligi yuqori.
Masalan, Xo`jayli, Nukus, Amudaryo, Kegeyli tumanlarida 1 km kv.ga 57-227 kishi to`g`ri kelsa, Qo`ng`irot, Taxtako`pir tumanlarida 1,4-1,9 kishiga, Mo`ynoq tumanida 0,7 kishi to`g`ri keladi. Ustyurt va Qizilqumda bo`lsa 1 km kv erga hammasi bo`lib, 0,1-0,3 kishidan oshmaydi (2- karta-sxema 79 b ,betda). Aholining joylashuvidagi bunday nomutanosibliklar tabiiy-iqtisodiy rayonlarning iqlim sharoitiga, hamda ayrim hududlarda xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darajasiga ham bog`liq. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling