Qoraqalpog`iston geografiyasi


Sabzavot  va  bog`dorchilik


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
#9791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Sabzavot  va  bog`dorchilik.  Qoraqalpog`istonda  sug`oriladigan  erlarninng  kam  qismini 

sabzavot  va  poliz  ekinlari,  kartoshka  va  ko`p  yillik  mevali    daraxtlar  egallaydi.  Ular  asosan  ichki 

talablarga muvofiq rivojlanmoqda.  

Xorazm  vohasi,    shundan  Qoraqalpog`iston  Respublikasi    belgili  darajada    gurvak,    gulobi,  

shirin  pechannik  va  boshqa  qovun  navlarining  vatanidir.    Tarnak  eng  tezpishar  navlar  qatoriga  

kirib,    u  ekilgandan  so`ng  30-35  kunda  o`z  mahsulini  beradi.  Handalak  ham  tezpishar  navlardan 

hisoblanadi  va  shakirporaga  uxshab  40-45  kunda  pishadi.    Qoraqalpog`istonda  qovunning 

kechpishar  navlaridan  biribishyak  bo`lib,  u  kuzning  o`rtalarigacha    boradi  va    qishda    saqlashga  

qulaydir.  Ayrim qovun navlarining salmog`i 1 kungacha ketadi. 

Qoraqalpog`istonning  iqlim  sharoiti  qurg`oqchilikka    moslashgan.  Tuprog`i  unumdor 

Amudaryo tekisliklaridan iborat.  Bu poliz ekinlarini  etishtirishga yordam beradi.  Shu ko`rsatilgan 

majmualarning birortasi etishmay qolsa, qovun navlarini etishtirib bo`lmaydi. Shu tufayli Amudaryo 

del`tasidan boshqa tumanlarda qovun kup etishtirilmaydi. 

O`tgan asrlarda mazali Qoraqalpoq qovunlari tuyalar bilan Hindiston, Eron, Rossiya va boshqa 

davlatlarga chiqarilib,  transport-iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga ijobiy ta`sir ko`rsatgan.  

Qoraqalpog`istonda bog`dorchilik va uzumchilikni rivojlan-tirish uchun katta imkoniyatlar bor. 

Markaziy  bog`dorchilik  va  uzumchilik  ilmiy  tekshirish  institutining  ma`lumotlariga  qaraganda, 

Qoraqalpog`istonda  har  xil  vino  tayyorlashga  va  mahsulotlar  ishlab    chiqarishga  imkoniyatlar 

mavjud.  Keyingi  yillarda  nokning  navlarini  ixtisoslashgan  xo`jaliklarda  rivojlantirish  natijasida 

sifatli  mahsulotlar  tayyorlana  boshladi  va  transport  orqali  jo`natish  qulay  bo`lganligidan  qo`shni 

davlatlarga chiqarildi. 

Avvaldan o`stirilib  kelayotgan  mevali  daraxtlardan  o`rik va shaftoli ekiladi. Bulardan  o`rik  

yuqori  sifatliligi bilan ajralib turadi va yuqori qandli eng toza,  quruq mahsulot berish imkoniyatiga 

ega.  O`rik  Koraqalpog`iston    sharoitida    mevali    daraxtlarning  ichida  eng  yuqori  hosilli  va  tuproq 

sharoitlarida yaxshi  moslashgan  mevali daraxtdir. O`rik mahsuloti ko`pincha sharbat tayyorlashda 

foydalaniladi. 

Nok boshqa meva daraxtlariga qaraganda bir qancha  unumdorligi bilan  ajraladi. Olma  bilan 

nok bog`dorchilikda katta ahamiyatga ega va ekin erlardan ham keng foydalanishga to`liq imkoniyat 

yaratadi. 

Olma  va  nok  mevalarini  transport  bilan  tashishga  qulaydir.  Yangi  pishgan  turidan  ularni 

hoxlagan tumanga etkazish imkoni bor.  

                                                           

12

 Рзаев к., Медетуллаев Ж. Развитие экономики каракалпакстана-Нукус, 1996, Стр. 72-73 



 

33 


Qoraqalpog`iston  qishloq  xo`jaligida  foydalaniladigan  ekin  maydonlarining  tarkibida 

kartoshka, pomidor, karam, sabzi, piyoz, bodring va boshqa ekinlar ko`p yillardan buyon ekilmoqda 

va  tabiiy  -iqtisodiy  mintakalar  bo`yicha  ixtisoslashtirilgan.  er-suv  resurslari    va  agrotexnikadan 

to`g`ri foydalangan holdagina yuqori hosil beradi. 

Keyingi yillari respublikaning dehqonchilik  tarmoqlari tuzilishida  savzavot va meva ekinlari, 

bog`dorchilik  rivojlandi.  Masalan,  1990  yili  sabzavotning  ekin  maydoni  1913  yil  bilan  

solishtirganda 1,9 hissa,  poliz ekinlari maydoni 9,2 hissa, kartoshka maydoni 10 hissaga ko`paydi. 

Shu  yillar  ichida  bog`dorchilik  va  uzumchilikda    ham  maydonlar  kengaytirildi.  Agrotexnik 

tadbirlardan  foydalanib  ixtisoslashgan    xo`jaliklar  tuzildi.  Bularning  barchasi  sabzavot  va 

mevalardan  olinadigan  mahsulotning  miqdori  ortishiga  va  hosildorlikning  yuqori  bo`lishiga  

imkoniyat yaratadi. 

Avvalgi yillarda moddiy ahamiyatga ega poliz va uzumchilik xo`jaliklari, Xo`jayli, Qo`ng`irot, 

Beynov  temir  yo`liga  yaqin  erlarda  va  Amudaryoning  quyi  qismida  daryo  bo`yidagi  allyuvial  

tekisliklardan tuzilgan cho`l erlarda tashkil qilindi. 

1965-2000  yillarda  uzumchilikdan  boshqa  ekinlarning    maydonlari  deyarli    o`sdi.    Natijada 

sabzavot  etishtirishning  umumiy  miqdori  6,7  hissaga,    kartoshka  mahsulotlari  1,2  hissaga  

ko`paytirildi.    Lekin  respublika  bo`yicha  meva  va  uzum  etishtirish  pasayib  ketdi.    Shu  bois 

sabzavot,    bog`dorchilik  va  uzumchilikni  rivojlantirish  hamda    ularni  qishloq  xo`jaligining  yuqori 

mahsulotli  tarmoqlari  qatoriga  aylantirish  hozirgi  vaqtda  katta  xalq  xo`jaligi  ahamiyatiga    ega  

muhim masalalar qatoriga kiradi. 

Mana shu masalalarni echish uchun Kegeyli tumanida joylashgan ilmiy  tekshirish bo`limining 

ishchilari  respublikaning  tabiiy-iqtisodiy  sharoiti  va  tuprog`iga  moslashgan  navlarni  yaratishlari 

zarur. 

Hozirgi  vaqtda    respublikada    7    ta  ixtisoslashgan  xo`jaliklar  ishlamoqda.  Shundan  4  ta 



bog`dorchilik va uzumchilik, meva, sut tayyorlashga ixtisoslashgan  xo`jaliklar bo`lib,  bular shahar 

va  tuman  markazlari  atrofida  joylashgan.  Bu  xo`jaliklar  1976  yildan  boshlab  yangidan  tashkil  

qilinib,    qo`shimcha    ichki  tarmoqlararo  mahsulot  tayyorlash  jarayonida  ixtisoslashtirilgan.    Shu 

bois ishlab chiqarish orqali va  agrosanoat usulida yangi xo`jaliklarini tuzish katta ahamiyatga ega. 



Qoraqalpog`iston  respublikasida  chorvachilik  tarmoqlarining  rivojlanishi  va  geografik 

joylashishi.  Qoraqalpog`istonda  chorvachilik,  dehqonchilik  kabi  qishloq  xo`jaligining    muhim 

tarmoqlaridan  hisoblanadi.  U  birinchidan,  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta`minlasa, 

ikkinchidan oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlarini xom ashyo bilan ta`minlaydi. Shu bilan boshqa 

iqtisodiy rayonga chiqarish uchun asosiy  moddiy  mahsulotlar beradi. 

Qoraqalpog`istonda  chorvachilik  rivojlangan    tarmoqlariga    qo`ychilik,  yirik    qoramol,  

cho`chqachilik, tuya va yilqi  etishtrish, parrandachilik va pillachilik  tarmoqlari  kiradi. Bularning  

ulushiga 2005 yilgi ma`lumot bo`yicha qishloq xo`jalik tarmoqlarida etishtirilgan mahsulotning 40,2 

% to`g`ri keladi.  



 Qoraqalpog`iston  bo`yicha    chorva    mollarining  bosh  soni  umuman  olganda  ancha  o`sdi. 

Masalan, 1981-2005 yillarda barcha xo`jaliklar bo`yicha yirik qoramollarning bosh soni 146,8 % ga, 

shundan  sigirlarning bosh soni 150,4% ga ortdi.  

Chorvachilik tarmoqlarini ravojlantirish chorvachilik mahsulotlarini ko`paytirishga yo`l ochdi.  

Masalan,  1981 yil bilan solishtirilganda 2005 yilga kelib respublikada go`sht etishtirish  (so`yilgan 

holda) 110,0 %, sut 102,4 %, qoramol terilarini tayyorlash  103,0 % ni  tashkil qildi.   

Keyingi  yillar    ichida  chorvachilikni  rivojlantirish  bo`yicha  katta  ishlar  amalga  oshirildi. 

Mollarning  em-hashak    bazasi  mustahkamlandi  va  kengaytirildi.  Chorvachilikni  ixtisoslashtirish 

natijasida  sobiq  xo`jaliklararo  birlashmalarining,  assotsiatsiyalarining  va  davlat  xo`jaliklarining 

kuchi    bilan  em-hashak    tayyorlash,  fermalarni  mexanizatsiyalashtirish,  chorvachilik  majmualarini 

qurish,  ishlab  chiqarish  jarayonini  avtomatlashtirish  va  mexanizatsiyalashtirish,  mahsulot 

tayyorlashni  ko`paytirish  bo`yicha  yirik  ishlar  amalga  oshirildi.  Chorvachilik  tarmoqlarini 

rivojlantirish chorvachilik maxsulotlarini ko`paytirishga yo`l ochdi. 

Chorvachilik mahsulotlari, shunda go`sht etishtirish bo`yicha olg`a  ilgarilash  kuzatildi. Biroq 

bundan  xususiylashtirilgan  xo`jalklarda  mollarning  bosh  soni  ko`paydi  degan  tushuncha  kelib 

chiqmaydi.  Aksincha,keyingi    yillarda,    ayniqsa,  1996-2000  yillar  oralig`ida  qishning  juda  sovuq 



 

34 


kelishi,  ayniqsa,  chorvachilik  tarmoqlarida  chorvani    qishlatish    ishlariga  tayyorgarlikning  past 

darajada  bo`lishi  sababli  mollar  soniga  salbiy  ta`sir  etadi.  Go`sht  tayyorlash,  asosan  yakka 

xo`jaliklarda  ishlarning  to`g`ri tashkil etilishi hisobiga bajarildi va ko`p xarajat sarflandi. Shuning 

uchun  chorvachilikni  rivojlantirishda    asosiy  masalalarning  biri  mahsulotning  tannarxini 

arzonlashtirish va ishlab chiqarishning rentabelligini orttirishga  qaratilishi  shart. Bu  o`z  navbatida 

ishlab  chiqarishning  asosiy  fondlaridan  foydalanishni  yaxshilash  va  xo`jalikning  ichki 

imkoniyatlarini to`liq ishga qo`shishni talab etadi. 

Qoraqalpog`istonda qorako`l qo`ylari boqiladi va o`zining biologik xususiyati bo`yicha cho`lli, 

issiq  va  qurg`oqchilik  iqlimga  moslashishi  Qoraqalpog`iston  sharoitida  yuqori  mahsulot  beradigan 

tarmoqlar    qatoriga  aylandi.  Shuning  uchun  qoramolchilik  qadimdan  rivojlanib  kelayotgan 

tarmoqlardan  hisoblanadi.  Qoraqalpog`istonda      dastlabki  qorako`l  terisini  etishtirish  XVII  asrga 

to`g`ri  keladi.  1673  yili  Xiva  elchisi  Moskvaga  300  ta  qorako`l  terisini  sovg`a  uchun  olib  borib, 

qorako`lchilikning ahamiyatini ko`pchilik davlatlarga tanitadi. 

Qoraqalpog`istonda  qorako`lchilikning  xaqiqiy  rivojlanishi   va shakllanishi 2-jahon urushidan 

keyingi  yillarga  to`g`ri  keladi.  Hozirgi  vaqtda  o`lkamizda  qorako`lchilik  yuqori    mahsulotli  

tarmoqlar  qatoriga  kiradi  va  qorako`l  terisini  jahon  bozoriga  chiqarish  bo`yicha  yuqori  o`rinni 

egallaydi.  Keyingi    yillarda    bu  tarmoqning    rivojlantirish    bo`yicha  bir  qancha  yutuqlar  qo`lga 

kiritildi. Hozir qorako`lchilik  O`rta  Osiyo  respublikalarining barchasida  deyarlik  shu  bilan birga 

Qoraqalpog`istonda  ham  kengdan  rivojlanmoqda.  O`rta  Osiyo  respublikalarida  qorako`l 

qo`ylarining    bosh  soni    bo`yicha    O`zbekiston    birinchi  o`rinni  egallaydi  va  eng  sifatli  qorako`l 

terilarini etishtiradi. Keyingi yillar ichida  Qoraqalpog`istonda qorako`l qo`ylarining soni 487 ming 

boshga ko`paydi. qorako`lchilikni rivojlantirish uchun respublika ko`pgina tabiiy yaylovlarga ega. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi katta  cho`l yaylovlariga ega .Biroq bular respublikaning tabiiy-

iqtisodiy rayonlari bo`yicha notekis joylashmagan. Faqat Janubiy  Qizilqum  cho`lida  3.2 mln  ga 

yaylov erlar bo`lib, bu rayonda qo`ylarning bosh sonini 1 mln boshga ko`paytirish imkoni bor.                                                                       

Agar Qizilqum yaylovlari ixtisoslashgan xo`jaliklar tuzilgangacha ko`p sonli jamoa xo`jaliklar 

tomonidan  foydalansa,    hozir  Janubiy  Qiziqumda  ixtisoslashgan  qorako`lchilik  xo`jaliklari  tashkil 

etildi.    Shunday  qilib,  keyingi  yillarda  Qoraqalpog`istonda  8  ta  ixtisoslashgan    qorako`lchilik 

xo`jaliklari paydo bo`ldi.  

Respublikada  ixtisoslashtirilgan  qorako`lchilik    xo`jalik-larining  tizimi  cho`lli  yaylovlardan 

oqilona  foydalanishga  asos  bo`ldi.    Hozir  artezian  quduqlarning  bazasida  cho`lli  o`tloqlar 

sug`orilmoqda.    Masalan,  Qizilqum  rayonida  qazilgan  skvajinalar  sekundiga  2  kub/m  suv  to`plab,  

yiliga  1,8-2    ming    gektar  ekin  erni  sug`orishga  imkoniyat  beradi.  Bu  chorvachilik  zonalarida 

sug`orilgan kichik massivlar bazasida  faqat  em-hashak   tayyorlash emas, poliz, bog`dorchilik va 

uzumchilikni rivojlantirishga ham to`liq imkoniyatlar beradi. 

Shunday  qilib,    qo`ychilik  rayonlarida  foydalanil-mayotgan  rezervlardan  foydalanish 

chorvachilik    mahsulotlarining    hajmini  oshirishga  va  mahsulotning    tannarxini    arzonlashtirishga 

yo`l ochishi shubhasizdir. 

Kelajakda  Qoraqalpog`iston    sharoitida  qo`ychilikning  asosini  qorako`l  qo`ylari  boqish 

egallaydi.  Shuning  uchun    Ustyurt  yaylovlarini  o`zlashtirish  bu  erda  bir  necha  qorako`lchilik 

yo`nalishidagi  xo`jaliklarni  tashkil  etish  zarur.    Ustyurt  platosidan  inson  qadim  zamonlardan  beri 

foydalanib  kelmoqda.  U  orqali  savdo  karvon  yo`llari  o`tgan.    Bu  yo`llar  Buxoro  xonligini  

Kozog`istonning    orqali  Volga  bo`yi,  Ural  va  Rossiyaning  markaziy  rayonlari  bilan  tutashtirib 

turgan.    Ustyurt  bo`yicha  Pyotr  I  davridayoq    Aleksandr  Bekovich  Cherkasskiy  ekspeditsiyasi  boy 

ma`lumotlar  to`plagan.  Rus  sayyoh  olimi  Belyavskiy  Ustyurtni  qadimdan  chorvachilik  uchun  

foydalaniladigan  rayon  deb  atagan.    Hozirgi  paytda  Ustyurtning  o`tloqlari  va  boshqa  boyliklarini 

intensiv  foydalanishi  bo`yicha  ko`plab  ishlar  qilinmoqda.  1961  yil  O`zbekiston  hukumatining 

Ustyurt  yaylovlaridan  foydalanishni  yaxshilash  bo`yicha  qaroriga  muvofiq  Ustyurtda  qo`ychilikni 

rivojlantirish  yo`lga  qo`yildi.    Shunga  muvofiq  Ustyurtni  tez  o`zlashtirish  ishlari  olib  borilmoqda.  

Ustyurt  yaylovlarini  o`zlashtirish  va    undan    qishloq  xo`jalik  ehtiyojlarida  foydalanish,  Qarshi, 

Mirzacho`l  va  boshqa  massivlarning  sug`orma  dehqonchilik  rayoniga  aylantirib,  bu  tumandagi  

qorako`l  qo`ylarini  Ustyurt  rayonsiga  siljitishga  yo`l  ochadi.    Bu  esa  O`zbekistonda  qo`ychilikni 

bundan  keyin  rivojlantirishda etakchi rolni egallashidan dalolat beradi. 


 

35 


Qora  mol  chorvachiligi.  Qoraqalpog`istondagi    barcha    xo`jaliklarda  qoramollarning    soni  

2005  yil  1  yanvardagi  ma`lumot  bo`yicha  435,5  ming  boshni  tashkil  qilsa,    go`sht  etishtirishning 

yillik    hajmi,  so`yilgan  holda  40,5  ming  tonna,    sut  etishtirish  130,4  ming  tonnani  tashkil  qiladi. 

Keyingi  yillarda  Amudaryo  del`tasining  va  Orol  dengizi  bo`ylarining  tabiiy  o`tloqlaridan,    go`sht 

dasturida  chorvachilikni  rivojlantirish  uchun  keng  foydalanilmoqda.  Hozir  bu  yaylovlarda,  

Qoraqalpog`iston  Respublikasining  chorvachilikka  ixtisoslashgan  xo`jaliklarning  qoramollari  va 

Xorazm  viloyatining    jamoa  xo`jaliklari  mollari  boqiladi.  Qoramol  chorvachiligini  rivojlantirish 

uchun sug`oriladigan rayonlar ham ko`p zahiralarga ega.  Faqat  sug`oriladigan  rayonlardan har yili 

100-120  ming  tonna  beda  yoki  respublikada  yig`ib  olinadigan    katta  em-xashakning  yarmi 

tayyorlanadi. Bundan tashqari Amudaryo del`tasidagi tabiiy yaylovlardan har yili 300 mln. tonnacha 

em-hashak    tayyorlanadi.    Amudaryo  del`tasi  to`lig`i  bilan  go`sht  yo`nalishidagi  qoramol 

chorvachiligiga  ixtisoslashgan.    Yoz  oylarida  bu  erda  respublikadagi  barcha  yirik  qoramollarning 

273  qismi  joylashadi.    Bu  paxtachilik  va  sholichilik  xo`jaligida  ish    jarayonini    to`g`ri    tashkil  

qilishga    va    arzon  suv-tovar  fermalarini  tuzishga  imkoniyat  yaratmoqda.  So`nggi  yillarda 

respublikada  shahar  aholisi  sonining  ortishi  sababli    shahar    atrofi  sut  yo`nalishidagi  chorvachilik 

fermalari tuzilib, bu shahar aholisini sut bilan ta`minlashda katta ahamiyatga ega. 

Shunday  qilib    shahar    atrofi  sut  xo`jaliklarini  tashkillashtirish  birinchidan  sutga  bo`lgan 

talablarni  qondirishga  asos  solsa,  ikkinchidan  bu  tarmoqlar    sanoat    asosida  mahsulot  tayyorlash 

yo`li bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining hajmini orttirishga yo`l ochmoqda. Sut yo`nalishidagi 

chorvachilik, parrandachilik va cho`chqachilik uchun tashib olib kelinadigan emashak va sug`orilib 

ekiladigan rayondagi em-xashak   ekinlarining asosida rivojlanmoqda. 2000 yilgi ma`lumot bo`yicha 

em-xashak    ekinlari  barcha  ekin    maydonining    39,4%    ini    egalaydi,    ya`ni  105,6  ming  ga.  erga 

ekiladi. em-xashak  ekinlari ichida etakchi o`rinni beda va makkajo`xori egallaydi. 

Qoraqalpog`istonda hozirgi vaqtda barcha xo`jaliklar bo`yicha 3,1 ming bosh cho`chqa,  835,3 

ming  bosh  parranda,    5  ming  bosh    tuya,    15,7  ming  bosh  yilqi  boqiladi.  Cho`chqachilik, 

parrandachilik, asalarichilik ixtisoslashtirilgan rayonlarga rivojlangan. 

Respublikada  pillachilik    ham  yuqori  sur`at  bilan  rivojlanmoqda.    Yiliga  mamlakatga 

topshiriladigan pillaning hajmi  548-560 tonnani tashkil qiladi. 

Xulosa  qilib  aytganda  Qoraqalpog`istonda  chorvachilik    tarmoqlari  keyingi    yillar    ichida 

aytarli  darajada  rivojlandi.    Masalan,  2000  yilni  1976  yillar  bilan  solishtirganda    yirik    qoramollar 

soni  12,.9  foiz,    shundan  sigirlarning  soni  150  foizga  ko`paydi.    Biroq  Qoraqalpog`istonda 

chorvachilikning  hozirgi  rivojlanish  darajasi    aholining  o`sib  borayotgan  talablariga  to`liq  javob 

berolmaydi.  

Shu  tufayli  kelajakdada  chorvachilikni  jadal  rivojlantirish    va  uning  unumdorligini  orttirish 

kechiktirilmaydigan bosh vazifalar qatoriga kiradi. 

Qo`ychilik.  Qoraqalpog`iston Respublikasi keng miqdorda tabiiy yaylovlar va o`tloqlarga ega.  

Uning  umumiy    hajmi    10    mln  gektarni  tashkil  qilib,    asosan  uch  tabiiy  rayondan  iborat.  

1)Qizilqum. 2) Ustyurt. 3) Amudaryo del`tasi.  Qizilqum tabiiy rayoni yaylovlari 2.3 mln. gektarni 

tashkil qilib,  em-hashak ning yillik zahirasi 6-7 mln.  tsentnerni tashkil qiladi. Bu yiliga  700-800  

ming  bosh  qorako`l  qo`ylarini  saqlashga  va  ko`paytirishga  imkoniyat  yaratib  beradi.    Biroq  tabiiy 

yaylovlarda  sug`orish  darajasi  past  bo`lganligi  tufayli    haligacha    xalq  xo`jaligida  past  miqdorda 

foydalanilmoqda. 

Keyingi  yillarda  ko`shimcha  yaylovlar  o`zlashtirishga  tegishli  tabiiy  o`tloqlarning    maydoni 

kengaytirildi.  2000  yilgi  hisob  bo`yicha  ko`shimcha  yaylovlar  2,6  mln.    gektarga  ko`paytirilib  bu 

hamma  yaylovlarning    6  foizini  tashkil  qiladi.  Shu  bois,450  artezian.  va  173  ta  shaxta  tipidagi 

quduklar  kazilib  foydalanishga  topshirildi.  Kelajakda    yaylov    erlarini  o`zlashtirish    bilan 

xo`jalikning  markazlarini  bezash  va  madaniylashtirish  ishlarida,  shu  qatorda  ularning  foydali  

unumlarini    kengaytirish  ko`lga  olinadi.  Buning  uchun  katta  imkoniyatlar  mavjud.    Masalan, 

Qizilqum  faqat  yaylov  uchun  emas,    balki  shudgorga  yaroqli    er    fondiga  ham    ega.    Aniqlagan 

ma`lumotlarga  qaraganda  uning  umumiy  maydoni  250  ming  gektarni  tashkil  qiladi.  Bu 

foydalanishga  juda  yaroqli.  Qizilqum    tabiiy    rayonining  Kirkqiz  massividan  o`zlashtirilgin  erlar 

hozir gektariga 23-27 tsentner paxta,  50 tsentner kuk massa va 110 tsentner beda bermoqda.  1959 

yildan  bo`yon  bu  erda  artizian  suvlari  bilan  sug`orish  bazasida  em-hashak    tayyorlashga  va 



 

36 


chuponlarning  sabzovotga  bo`lgan  ehtiyojini  qondirish  uchun  qator  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 

Qorako`lchilikka  ixtisoslashtirilgan  xo`jaliklarning    iqtisodiy  ko`rsatkichlari  natijasida  bu  tabiiy 

rayonning em-hashak  resurslaridan to`g`ri foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligini aytib O`tish 

kerak.  Shu    tufayli  bu  sohani  jadal  rivojlantirish  Qorakalogiston  sharoitida  paxtachilik  bilan  bir 

qatorda chorvachilik va qorako`lchilikda katta yutuqlarga erishishi mumkin. 

Ustyurt  tabiiy  rayonining  o`tloqlari  shu  paytgacha  chorvachilik  uchun  to`la  o`zlashtirilgani 

yo`q.  Bu  tabiiy  rayon  7  mln  gaktardan  ortiq  maydonni  egallaydi.  Ko`p  vaqtgacha  em-hashak  

resurslarining,    zahirasi    oz    bo`lganlikdan    va    noqulay  tabiiy  iqlim  sharoitiga  ko`ra  istiqbolsiz 

rayonlar  qatorida  tilga  olinib  keldi.    Biroq,  Qo`ng`irot    chorvadorlarining  tajribalariga  va  keyingi 

yillardagi  ilmiy  tekshirish  yakunlariga  qaraganda,  Ustyurtning    Qoraqalpog`istonga    tegishli  

qismining em-xashak  zahirasi 1,1 mln tonna bo`lib, bu 1,2 mln bosh qo`y va 100 ming bosh tuyani 

boqishga  imkoniyat  yaratadi.  Ustyurtning  em-xashak    resurslaridan  yilning  ko`pchilik  vaqtlari 

foydalansa  bo`ladi.  Biroq,  suv  manbalari  kam  bo`lganligidan  xo`jaliklar  sardobalarning  suvi  bilan 

oz miqdorda foydalanayapti. Keyingi yillarda Qoraqalpog`iston yaylov sug`orish tresti xizmatchilari 

qo`ychilik    rayonida  sug`orish  ishlarini  yaxshilash  maqsadida  Ustyurt  tabiiy  rayonida  mustahkam 

em-hashak    zahirasini  tuzish  uchun  va  er  resurslaridan    foydalanish  bo`yicha  katta  ishlar  amalga 

oshirmoqda.  Bu  rayonda  uy  atrofi  dehqonchiligini  rivojlantirish  uchun  tajriba  ishlari  olib  borilib 

katta  ma`lumotlar  to`plandi.  Bu  kelajakda  Qoraqalpog`istonning  chorvachilik  xo`jaliklarida 

qo`ylarning    bosh  sonini  ko`paytirishga    va  chorvachilik  zonalarida  ko`shimcha  qishloq  xo`jalik 

mahsulotlarini etishtirishga imkoniyat yaratadi.  

Qorako`l qo`ylarining soni respublika miqyosida deyarli kamayib ketdi. Shu tufayli oldingi reja 

asosida qo`ylarning sonini  790 ming  boshga ko`paytirish, go`sht mahsulotlarining miqdorini 75000 

tonnaga,    junni  esa  1100  tonnaga  etkazish  imkonini  ishlab  chiqish  kerak.  Shunga    muvofiq  

kelajakda  go`sht  uchun  boqiladigan  qo`ychilikni  rivojlantirish  eng  ahamiyatli  tadbirlar  sifatida 

belgilanayapti. 

Bu  vazifalarni    amalga    oshirish  O`zbekistonning  boshqa  viloyatlariga  nisbatan 

Qoraqalpog`istonning  chorvachilikka  ixtisoslashishiga    va  uni  rivojlantirishga  imkoniyat  yaratadi. 

Natijada  O`zbekistonning    asosiy  dehqonchilik    mintaqalaridan  qo`ylarning  bir  qismini 

Qoraqalpog`istonga o`tkazish mumkin.  Shu bois kelajakda yaylovlarni tez sur`at bilan o`zlashtirish 

va sug`orish ishlari rejalashtirilmoqda. 1996-2005 yillarda Qizilqumda 200 ming ga., Ustyurtda 2,3 

ming  ga.    ko`shimcha  yaylovlar  o`zlashtirish  nazarda  tutilmoqda.    Bundan  tashqari  hozirgi 

o`zlashtirilgan  yaylovlarning  em-hashak    resurslarini  35-40%  ga  ko`paytirish  masalalari 

qo`yilmoqda. 

Buning  uchun  ilmiy    tekshirish  ishlarining  natijasiga  suyangan  holda  yuqori  unumdor  em-

hashak    o`simliklarini  ekish  orqali  tabiiy  o`tloqlarning    hosildorligini  ko`paytirish  zarur.  Buning 

natijasida  Qoraqalpog`istonda  yaqin  kelajakda  qo`ylarning  soni  659-700  mingga,    2005  yilda  esa 

1,3-1,5 hissaga ko`payishi mumkin. Bu imkoniyatlar keyingi yillarda sezilarli darajada ishga oshirila 

boshladi.  Lekin,  Orol  dengizi  suvining  haddan  ziyod  pasayishi    (19-22  m)  bog`liq  Amudaryo 

qirg`og`i  va  Orol  dengizi  bo`yi  yaylovlarining    ko`pgina    em-xashak      o`simliklari    zaharlanib  

mollarda yuqimli    kasalliklarni    ko`paytirmoqda.   Hozir   faqat   odamlar emas, qo`y-echkilar,  

qoramollar ham jigar  kasalligiga  uchramoqda. 

Bundan  boshqa  tabiiy  tuzilishdagi  o`zgarishlarga  ko`ra  va  Orolning  iqlimiy  pasayishi  tufayli 

qish  uzoqqa  cho`zilmoqda.  Natijada    mollarning  soni  kamayib  ulardan  olinadigan  mahsulotning 

miqdori  ozaydi.    Faqat  2000  yilning  1  yanvaridagi  ma`lumot  bo`yicha    o`tgan    1996    yilga 

taqqoslaganda  qoramollarning  soni  5,8  ming,    cho`chqa  2,8  ming,  qo`y  va  echkilar  64,3  ming 

boshga kamaydi.  Ko`rsatilgan vaqt ichida yilqi va  tuyalarning bosh soni ham kamaydi.  Shu bois 

Respublika  hududida  chorvachilik  sohasini  rivojlantirish  dasturini  tezlatish  va    sanitar-profilaktik 

tavsifdagi  katta  choralar  qurilishi  zarur.  Xulosa  qilib  aytganda,  respublikada  chorvachilikning 

rivojlanishi  uchun  ko`pgina    ishlar    qilinmoqda.    Chorvachilikni  ixtisoslashtirish  va  em-xashak  

bazasini  yaratish  bo`yicha  amaliy  ishlar  qilinyapti.  Hozir  Respublikada    yil  sayin  etishtirilayotgan 

qorako`l  terisini  97,5-98,5%,  go`shtning  45-50%  ga  yaqini  Bo`zatov  va  Mo`ynoq  tumanining  mol 

boqadigan  xo`jaliklarida,  qo`ylarning  esa  95-96%  i  qo`ychilikka  ixtisoslashgan  xo`jaliklarida, 

cho`chqalarning  95%i  cho`chqachilik  xo`jaliklarida    boqiladi.  Ammo,  Shunga  qaramasdan  bu 


 

37 


tarmoqni rivojlantirish bo`yicha tegishli tadbirlar samara bermayapti. Shu boisdan, mollarning soni 

va  chorvachilik  mahsulotlarining miqdori o`tgan yillarga qaraganda pasaymoqda. 

Masalan, 2000 yili   sut   etishtirish   1996   yilga  nisbatan 19.3%, jun 7,9 %  qorako`l terisi 

27%,  tuxum  61,7%  ga  kamaydi.  Bular  asosan    mollar  unumdorligining  pasayishi  va  bu  sohada 

zooveterinariya ishlarining pasayishiga bog`liq. Shuning oqibati va avvalgi  Orolning  suv  bosgan 

o`rnida tuzli-changli tuproqlarning tabiiy o`tloqlarga zararli ta`siri natijasida yaylovlarning miqdori 

kamayib    va  ularning    hosildorligi  yildan-yilga  pasayib  ketdi.    Bu  tabiiy  yaylovlarni  qayta 

ta`mirlashni va o`tloqlarning hosildorligini  orttirish yo`li bilan amalga oshirilishi darkor. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling