Qoraqalpog`iston geografiyasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orol (dengiz bo`yi) rayoni.
- Kelajakda shakllanadigan neft`-gaz, kimyo sanoati, agrosanoat majmuasi va tog`-kon sanoati rayonlari.
- Ustyurt tabiiy-iqtisodiy rayoni
Shimoliy rayon. Shimoliy rayon Amudaryo oqimi bo`yicha Dauitko`l suv omboridan boshlab Orol dengiziga tomon cho`zigan holda joylashib, Amudaryoning hozirgi del`tasidagi ko`pchilik hududlarni o`z ichiga qamraydi. Rayon 108,6 ming km. kv. maydonni egallab, ma`muriy jihatidan uning tarkibiga Qo`ng`irot, Bo`zatov, Chimboy, Qorao`zak va Taxtako`pir tumanlarining hududlari kiradi. Bu rayonlarda respublikaning yirik sanoat va madaniyat markazlari Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari joylashgan va yiliga 73,8 mlrd. sum yalpi ishki maqsulotlari etishtiriladi. Shuning 41,3 mlrd. sum sanoat sohalariga tegishli. Shimoliy tabiiy-iqtisodiy rayon janubiy va markaziy rayonlarga qaraganda bir qancha noqulay tabiiy rejimga ega bo`lib, respublikaning janubi bilan qiyoslanganda vegetatsiya davri qisqa keladi va O`zbekistondagi eng shimolda joylashgan hududlar qatoriga kiradi. Yanvar` oyining o`rtacha harorati -7,1-8,0°S ni tashkil qiladi. Iyul` oyining o`rtacha harorati esa 26°S ga barobar. Musbat 10°S yuqori harakatga ega kunlarning soni 180-190 kunni, vegetatsiya davridagi yuqori haroratlarning yig`indisi esa 3800°-3850°S ga etadi. Qishning uzoqligi 3,5 oyga cho`ziladi. Shimoliy rayonlarning termik resurslari paxtadan yuqori hosil olish uchun etarli emas, makkajo`xori, sholi va boshqa donli ekinlarning pishib etilishi uchun to`liq imkoniyatlar bor. Yillik yog`in miqdori 89-100 mm dan ortmaydi. Yog`in-sochinning ozligi va mahalliy suv manbalarining etishmasligidan keng hajmli er resurslaridan qishloq xo`jaligida foydalanish darajasi juda past. Shimoliy rayonda Qoraqalpog`istonning qishloq xo`jaligiga yaroqli 54,1% er maydoni va 47% qishloq aholisining joylashishiga qaramasdan hozir hammasi bo`lib dehqonchilik sohasida 303 ming gektar ekin erlari foydalanilmoqda. Tabiiy-iqtisodiy sharoiti va Shunga mos xalq xo`jaligining mo`ljallash darajasiga mos rayonning iqtisodiy imkoniyatining asosini paxtachilik, sholichilik, beda etishtirish, poliz va bog`dorchilik, chorvachilik egallaydi. Hozir shimoliy rayon Qoraqalpog`iston bo`yicha yillik etishtiriladigan paxtaning 15,4% i, sholining 60% ga yaqinini, qoramollarning bosh soni 21,4 % va Qorako`l qo`ylarining 71,0% to`g`ri keladi. Kelajakda suv resurslaridan oqilana foydalanish rejasiga bog`liq holda qishloq xo`jaligida foydalanadigan ekin erlarning tarkibiga ayrim o`zgarishlar kiritiladi. Sholining maydoni qisqaradi. Uning o`rniga suvni kam talab qiladigan makkajo`xori, arpa, bug`doy va suli ekinlarning maydoni kengaytiriladi. Bu shimoliy rayonning ayrim rayonlarida (Qorao`zyak, Chimboy, Qo`ng`irot)
54
paxtaning ekin maydonini qisqartirishga va uni boshqa donli ekinlarning ekin maydonlari bilan almashtirishga imkon tug`diradi. Shu bois, termik resurslar bilan kam ta`minlangan shimoliy rayonda xalq xo`jaligi uchun katta ahamiyatga ega, shuningdek, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish maqsadida mo`ljallangan tarmoqlar sifatida g`allachilik, mol-chorvachiligi, bog`dorchilik va savzabotchilik rivojlantirilmoqda. Shimoliy rayonning asosiy sanoat kompleksi Qo`ng`irot-Ustyurt, Chimboy-Qushqonatov sanoat bo`g`inida jamlanadi. Buning asosini energetika sanoati, ximiya sanoati mashina sozlash korxonalari, qurilish materiallari sanoati, engil va oziq-ovqat sanoati, transport, aloqa korxonalari va boshqalar egallaydi. Keyingi yillarda hozirgi zamon talabi rejalariga javob beradigan ishlab chiqarish bazalarining ishga tushishiga bog`liq Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari rivojlanib bormoqda. Keyingi loyihada rayonning ishlab chiqarish kuchlariini tezlik bilan rivojlantirish uchun tabiiy er osti boyliqlarining mo`l zahiralari topildi. Qushqonatov mirobiliti, Ustyurt neft`-gaz koni va g`o`zapoya, sholi somoni va boshqa zahiralarining asosida ximiya sanoati tarmoqlarini tashkil qilish sharoiti tuziladi. Gigant Taxiatash gidrouzelining ishga tushishi faqat qishloq xo`jaligi emas transport iqtisodiy aloqalarga tegishli ko`p gina muammolarni echishda ham katta sharoitlar tug`dirmoqda. Kelajakda rayonning iqtisodiy imkoniyatining yuqorilashi barcha respublikaning ishlab chiqarish kuchlarii zudlik bilan rivojlanishiga asos bo`ladi va sanoatning yangi tarmoqlari paydo bo`lishiga yo`l ochadi. Qoraqalpog`istonda keyingi yillar ichida Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari katta rivojlanish bosqichlaridan o`tdi. Oldingi manzarada yirik neft`-ximiya sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan yirik sanoat markazi sifatida Qo`ng`irot, Chimboy shaharlari o`sib, rivojlanadi. Bu nomi atalgan shaharlar qulay transport bo`g`inida joylashib, Taxiatosh-Xo`jayli-Qo`ng`irot-Biynau- Aleksandrov Gay dasturida ishlab turgan temir yo`l tarmog`i orqali Rossiya federatsiyasi va boshqa evropa davlatlari bilan ham to`g`ri aloqa qiladi. Oldingi manzarada esa Taxiatosh-Nukus- Chimboy-Qizilurda dasturidagi temir yo`l tarmog`i to`liq ishga tushishi shimoliy rayonning ko`pchilik ma`muriy markazlarini obodonlashtirishga va Qizilqumning katta hajmdagi boyliklarini xalq xo`jaligi sohalariga o`zlashtirishga yo`l ochadi. Bu oxirgi hisobda shimoliy tabiiy-iqtisodiy rayonning ishlab chiqarish kuchlarini ixtisoslashish darajasini etishtiradi va rayonning yirik g`allachilik, chorvachilik, shahar atrofi xo`jaligini samarali yo`l bilan rivojlanishiga imkon yaratadi.
Amudaryo tarmog`idagi ko`llarni, botqoqliklarni va qamishzor hududlarni o`z ichiga qamraydi. Rayonning egallab yotgan maydoni 37,2 ming kvadrat km ga barobar. Bu rayonda er osti suvlari juda yaqin joylashganligidan botqoqliqlar, qamish bosib yotgan hududlar ko`p uchraydi. Tuprog`ining asosiy turlariga botqoqli tuproqlar va botqoqli-o`tloqli tuproqlar xosdir. Orol dengizining bo`yida joylashgan Botiqlar va qadimgi ko`llarning o`rnida juda sho`r tuproqlar tarqalgan. Rayon hududi faqat Qoraqalpog`istonninggina emas, O`zbekistonning ham eng shimol tarafini egallab, shimoldan va sharqdan dengiz orqali Qozog`iston bilan, janub va g`arbda Qoraqalpog`istonning boshqa tabiiy-iqtisodiy rayonlari bilan chegaralanadi. Orol rayoni ertuzilishining moslashishida Amudaryo va Orol dengizining ta`siri, ayniqsa, kuchli. Agar 1960 yillarda Orol bo`yi rayoni ko`p sonli ko`llardan iborat bo`lsa, hozir rayon hududi qurib qolgan chuqurlikdan iborat va 4-davr yotqiziqlari bilan qoplangan. Rayon iqlimi kontinental, yozi quruq, qish esa juda sovuq keladi. Yog`in miqdori juda oz, vegetatsion davr boshqa rayonlar bilan qiyoslaganda ancha qisqa keladi. Orol (Dengiz bo`yi) tabiiy- iqtisodiy rayoni Qoraqlpog`istonning 24,5% hududini egallab, aholi soni 28 mingdan ortiq va 9 aholi punktida yashaydi. Tabiiy majmuasining tarkibi aholi xo`jaligining moslashish dasturi bo`yicha rayon respublikasining boshqa hududlariga qaraganda ancha farq qiladi. Masalan, To`rtko`lda yanvar` oyining O`rtacha harorati 4,8° bo`lsa, bu ko`rsatkich Mo`ynoqda 7,4° barobar. Iyul` oyining o`rtacha harorati To`rtko`lda 28,2° bo`lsa, Mo`ynoqda esa 26,3° ni tashkil qiladi.
55
Musbat plyus 5° yuqori vegetatsiya davrining uzoqligi To`rtko`lda 240 bo`lsa, Nukusda 226 kunni tashkil etadi, bu ko`rsatkich Mo`ynoqda esa 219 kunga barobar. Yillik yog`in miqdori 105 mm tashkil qiladi. Rayon tabiiy o`tloqlar va suvliklarga boy, bu chorvachilikni, ayniqsa go`sht-sut yo`nalishidagi chorvachilik, andatra o`stirishga mumkinchilik beradi. Orol tabiiy iqtisodiy rayoni Orol dengizining suv bosib yotgan ekvatoriyasini o`z ichiga qamrab baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatiga ega. Keyingi yillar ichida Orol suv xavzasida baliqchilikni rivojlantirishning yo`lga qo`yilishi Mo`ynoqda Markaziy Osiyoda belgili baliq konserva kombinatining tuzilishiga yo`l ochdi. Natijada rayon yil sayin 14,2 mln. shartli banka baliq maqsulotlarini etishtiradigan bo`ldi. Rayonning tabiiy o`tloqlarini hisobga ola turib, ko`llardan qurib qolgan erlarning bazasida qishloq xo`jaligi tarmoqlari tuzildi. Rayonning qishloq xo`jaligi asosini go`sht-sut dasturidagi qora-molchorvachiligi em-xashak ekinlarini o`stirish va poliz etishtirish bilan shug`ullanadigan tarmoqlar egallaydi. Dengiz bo`yi tabiiy-iqtisodiy rayon, keyingi yillarda maxsuldorlik profili bo`yicha ko`p tarmoqli ixtisoslashgan xo`jalik tarkibiga ega ekanligi bulishi ko`rinib turibdi. Katta hajmdagi tabiiy em-xashak zahiralarini xalq xo`jaligida foydalanish maqsadida moslashgan qorachorvachilik xo`jaliklari tuzildi. Yil sayin em-xashak ekinlarining maydonini kengaytirish bo`yicha amaliy tadbirlar ishga oshirilmoqda. Shunday qilib, rayonda yil sayin 1,3 ming tonna g`alla, 0,3 ming tonna poliz, 2,1 ming tonna sabzavot mahsulotlari etishtirilmoqda. Kelajakda Orol tabiiy-iqtisodiy rayonida baliq ovlash, qoramol chorvachiligi, ayniqsa go`sht-sut etishtiradigan yirik qoramol chorvachiligi, ondatra o`stirish yo`lga quyiladi. Orolning quruqlikka oylangan rayonlarida topilgan gaz, neft`, qung`ir ko`mir hisobidan yangi sanoat markazlari va qishloq xo`jalik majmualari o`sib etishadi.
Orol tabiiy-iqtisodiy rayoni yirik mintaqalardan hisoblanadi va bu hududda madaniy va ma`muriy markaz sifatida Mo`ynoq shahri ko`zga tashlanadi. Mo`ynoq qadimda faqat Qoraqalpog`istonda emas, O`zbekiston va O`rta Osiyo doirasidagi yirik baliq sanoati markazi edi. Shaharda statistik ma`lumot bo`yicha 13,6 ming aholi istiqomat qiladi. Mo`ynoq yirik madaniy va qurilish markazlaridan hisoblanadi. Shaharda zamonaviy ko`p qavatli joylar, madaniyat markazlari qad kutarmoqda. Mo`ynoq shahri asfal`tlangan avtomobil` yo`llari orqali Qoraqalpog`istonning poytaxti Nukus va O`zbekistonning boshqa shaharlari bilan aloqaga ega. Lekin, Orol rayoni va uning shahar xo`jaliklarini rivojlantirishda qiyinchiliklar ham mavjud. Orol dengizi xavzasining qisqarishi va agir ekologik inqiroz tufayli aholini ish bilan ta`minlash, bunyod etilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishlatish kun tartibidagi muxim muammolar xisoblanadi. Shunday qilib, kelgusida Orol rayoni Shimoliy Urga va Orol ekvatoriyasidan topilgan neft`, yonuvchi gaz va boshqada qazilma boylik zahiralari hisobidan O`zbekistonning sanoati rivojlangan mintaqasiga aylanishi mumkin.
maydonni egallasada hozircha xo`jalik iste`moliga qo`shilmayapti. Bu hududlar «hudud» potentsiali nazaridan qoraganda evropada joylashgan Bel`giya davlatidan 1,6 marta, Niderlandiyadan esa 2 hissa ko`proq hududni tashkil etadi va Respublikaning neft`, tabiiy gaz, temir rudasi, osh tuzi, fosforit, qurilish materiallari zahiralariga boy saloxiyatli rayonlardan hisoblanadi. Lekin, ilmiy- kuzatish ishlarining etarli darajada yo`lga qo`yilmasligi sababli, bu katta imkoniyatga ega xudud respublika iqtisodiyotida kam foydalaniyapti.
Kaspiy dengizi orasida joylashgan. Janubiy tomonidan tabiiy chegara sifatida tik jarlar orqali atrofidagi botiqdan ajralib turadi. Ustyurt platosining Qoraqalpog`istonga Janubiy-Sharqiy tamoni tegishli bo`lib, u 45°-35° va 41°-21° shimoliy kenglik oralig`ida 70 ming kv km maydonni egallaydi. Ustyurt platosining asosini bor va uchlamshi davrdagi dengiz yotqiziqlari tashkil qiladi. Ustyurt platosi tekislikka xarakterli bo`lib, bunda yuvilish jarayonida botiqlar (Assaka audan, Shaqpaqti, Sharja) uchraydi. Iqlim sharoiti keskin kontinental. Yanvar` oyining o`rtacha harorati shimoliy Ustyurtda-8,-10 0
0 ga barobar. Iyul` oyining o`rtacha harorati 26°-32° 56
darajani tashkil qiladi. Vegetatsiya davridagi haroratning summasi 3800°-4700° gacha etadi. Yillik yog`in miqdori 105-121 mm chamasida. Ustyurt oqar suv manbalariga ega emas er osti suvlari ham o`ta chuqurda (6-25m) joylashgan. Shuning uchun suv manbalari sifatida shaxta ko`rinishdaagi quduqlardan va to`plangan suvlardan foydalaniladi. Ustyurt Qoraqalpog`istonning eng yirik iqtisodiy imkoniyatga ega hududlaridan hisoblanadi. Ustyurt orqali Buxoro- Ural va O`rta Osiyo-Markaz gazokuburi, Chorjau-Qo`ng`irot-Biyneu-Maqat- Aleksandrov-Gay dasturidagi temir yo`l tarmoqlari o`tadi. Bu birinchidan Ustyurt tabiiy-iqtisodiy rayonini boshqa sanoatli rayonlar bilan to`g`ri tutashtirsa, ikkinchidan bu rayonda ishlab chiqaruvchi bazalarni ko`rishga uchinchidan Ustyurtning mo`l tabiiy yaylovlarini va er osti qazilma boyliklarini xalq xo`jaligida foydalanish uchun aniq sharoitlar tuzadi. O`zbekiston Fanlar Akademiyasi va yaylovlarni loyihalash institutlarining ma`lumotlariga ko`ra, Ustyurtda 7 mln gektar yaylovlar joylashgan va undagi o`tloqlarning em-xashak zahirasi 11 mln tonnani tashkil qiladi. Bu yiliga 1,2 mln bosh qo`ylarni va 100 ming bosh tuyalarni em-xashak bilan ta`minlashga etadi. Keyingi yillarda Ustyurt yaylovlarining tabiiy o`tloqlari ancha boyitildi. Hozir Ustyurtning sharqiy tomonida qo`ylarni suv bilan ta`minlashda buloq suvlaridan foydalanilsa janubiy Ustyurtda atmosfera yog`in suvlaridan foydalaniladi. Ustyurtning tabiiy sharoitini tekshirish, bu rayonda kishik suvgorish inshaotlari asosida xildagi sug`orish, mustahkam em-hashak zaxiralarini tuzish va cho`ponlar uchun poliz mahsulotlarini tayyorlashga imkoniyat borligini isbotlamoqda. O`zFA ning Qoraqalpog`iston bo`limi botaniklarining ma`lumotlariga qaraganda Ustyurt yaylovlarini tabiiy yo`l bilan boyitish, shu bilan birga makkajo`xori, tariq, bug`doy, poliz etishtirishga imkoniyatlar borligi dalillandi. Kelgusida bu ilmiy yangiliklardan amalda foydalanish Ustyurtni chorvachilikka moslashgan yirik rayonga aylantirishga yo`l ochadi. Ustyurt Qoraqalpog`istonning tabiiy er osti boyliklarga boy rayonlaridan hisoblanadi. Geologik tekshirishlar natijasida zahirasi 195 mlrd m 3 lik tabiiy gaz konlari, neft` va gaz aralash konlarning keng zahiralari ochildi. Borsakelmas xududida zahirasi 13 mlrd tonnagacha osh tuzi topildi. Bu kelajakda Ustyurtda, ximiya sanoati, neft-gaz sanoatini rivojlanishiga yo`l ochadi. Hozirgi vaqtda ma`muriy tomondan Qo`ng`irot rayonining tarkibiga kiruvchi Ustyurt tabiiy-iqtisodiy rayonida ishlab chiqarish bazasining tuzish Ustyurtning hozirgi shaklini butunlay o`zgartiradi, bu o`z navbatida Qoraqalpog`iston Respublikasining sanoat dasturida rivojlanishiga kuchli ta`sir qilishi so`zsiz. Qizilqum. Qizilqum tabiiy-iqtisodiy rayoni g`arbda Amudaryo del`tasi shimolda, Orol bo`yi rayoni, Janubda 42 0 30 shimoliy kenglik oralig`idagi hududlarni egallaydi. Ma`muriy tomondan Qizilqum rayoni Ellikqal`a, Beruniy, To`rtko`l, Qorao`zak, Taxtako`prik tumanlariga kiradi, yaylov sifatida qorako`l quy chorvachiligida ham foydalanilmoqda. Qizilqum cho`li bur va uchlamchi davr etkiziklarining nurashi va emirilishi sharoitida paydo bo`lib, er yuzi juda qalin va keng hajmdagi qumlardan tuzilgan. Ular har xil er tuzilishi formalarini paydo qilib tepalik qum tizmalaridan iborat. Okean yuzidan o`rtacha balandligi 60- 100 metrga barobar. N.A.Korjenevskiy tasdiqlashicha rayon Sirdaryo va Amudaryoning oqishi natijasida paydo bo`lgan allyuvial` tekisliklar qatoriga kiradi. Rayonning eng shimoliy tarafida Beltov Ustyurtligi, janubiy chegarasida esa Qoratov, Sulton Uvays tog`i joylashgan. Yanvar` oyining o`rtacha harorati –4 0 -7 0 bo`lsa, iyul` oyining o`rtacha harorati Q29°,Q30° chamasida. Vegetatsiya davri 230-250 ko`ngacha cho`ziladi, yillik yog`in miqdori 69-85 mm ga barobar. Rayon termik resurslarga boy (4600°-5150°). Bu Qizilqum rayonida er osti sizot suvlarining bazasida bedadan, makkajo`xoridan va kichik arealdagi sug`orish natijasida polizdan mo`l hosil to`plash imkonini beradi. Qizilqum tabiiy-iqtisodiy rayonining iqtisodiy imkoniyatini oshirish uchun keng sharoitlar bor. Rayon Nukus-Chimboy-Taxtako`pir-Qizil O`rda yo`nalishida quri-ladigan temir yo`l tarmog`i bo`yida joylashgan. Bu temir yo`l tarmog`ining tezroq ishga tushishi rayonning tabiiy zahiralaridan xalq xo`jaligi majmuasida kengdan foydalanishga yo`l ochadi va foydalanilayotgan keng o`tloqlarni sug`orish uchun suv qurilishi ishlarini va meleorativlik tadbirlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Qishloq xo`jaligiga bog`liq olib borilgan tadqiqot ishlarining ma`lumotlariga qaraganda Qizilqum rayonida Qoraqal-pog`istonning 3,3 mln gektar tabiiy yaylovlari joylashgan. Bu yil sayin 57
6-7 million tsentner em-xashak g`amlamasini to`plashga imkon beradi. Biroq suv resurslarining etishmasligiga bog`liq Qizilqum yaylovlaridan haligacha to`g`ri foydalanilmayapti. Shunga mos keyingi yillarda Qizilqum yaylovlarini sug`orish maqsadida ko`p sonli artezian kuduklari, shaxta ko`rinishidagi quduqlari foydalanishga berildi. Qizilqum yaylovlarining em-xashak balansini kengaytirish maqsadida tajriba ishlari ham yuritilmoqda. Bu rayonda chuchuk suv bilan ta`minlangan paytda gektariga 30 tsentner mosh, 500 tsentner yashil massa tipida jo`xori va 110 tsentnerdan beda yig`ib olishga imkoniyat borligi aniqlandi Qizilqum yaylovlarida olib borilgan ilmiy tekshirish ishlarining yakuniga qaraganda yuqoridagidek qishloq xo`jaligi uchun foydalanishga yaroqli 259 ming gektarcha er resurslari joylashgan. Bularni chorvachilik uchun qo`shimcha em-xashak ekinlarining ekilishida foydalanish boshqa amallar bilan birgalikda Qizilqum yaylovlarida quylarning bosh sonini 700-800 mingga etkazishga imkon tug`diradi va kelgusida bu mintaqada yirik chorvachilikka moslashgan rayonlarning tuzilishiga shubha yo`q. Qoratov (Sulton Uvays) tog`-kon sanoati rayoni. Kelgusida Qoraqalpog`istonning xalq xo`jaligi majmuasida etakchi o`rinni tutadigan Sulton Uvays tog`-kon sanoati rayoni Amudaryoning o`ng tarafida Nukus-To`rtko`l avtomobil transport trassasining bo`yida joylashgan, kenglik yo`nalishda 10-15 km shimoldan janubga qarab esa 40 km oraliqqa cho`zilgan. er yuzasining tuzilishi bo`yicha rayonning Janubiy qismi tog` uchun xususiyatli rel`ef shakllarini saqlab qolgan. Bu bo`limda tik yonbag`irlar, tog` jinslari va haligacha tuproq paydo bo`lmagan kristall tog` jinslaridan tuzilgan jar toshlar tez-tez uchraydi. Sulton Uvays tog`ining eng baland nuqtasi ham shu bo`limda joylashib, Qorachingil (Achchiqtov) degan nom bilan okean sathidan 473 metr balandlikda ko`tarilib etibdi. Sulton Uvays tog`ining shimoliy bo`limlari yuvilish jarayonini boshidan o`tkazib kam-kam pasayib, tog` oldi platosi orqali Qizilqum bilan chegaralanadi. Rayonning markaziy bo`limi esa paleozoy davridagi metomorfizatsiyalangan cho`kindi jinslari bilan qoplangan. Yillik yog`in miqdori juda kam bo`lganidan Sulton Uvays tog`ida turg`un oqar suvlar yo`q. Biroq vaqtincha oqadigan soylar, ayniqsa rayonning janubiy bo`limida ko`proq tarqalgan. Ularning eng kattalari Sulton bobo soyi, O`g`risoy va yana boshqa atamalar bilan ataladi. Bu soylarning ko`pchiligi Aqchadaryo chuqurligi bilan, janubi-g`arbida Amudaryoning del`tasi bilan qo`shilib tekislikka chiqqach yo`q bo`lib ketadi. Rayon keskin qit`a iqlimi sharoitiga ega bo`lib, nurash jarayonida paydo bo`lgan, bo`sh jinslar bilan qoplangan. Shamol ta`sirida Qizilqumdan olib kelingan changlar bilan to`lishib tabiiy o`tloqlarning asosini juvsanli o`tloqlar, qurg`oqchilikka mos keng butalar, izen`, qirqbo`g`in, oqbosh va yana boshqa kserofit tipga kiradigan o`simliklar egallaydi. Tabiiy sharoitining xususiyatiga bog`liq o`tloqlarning hosildorligi o`zgarib boradi. Sulton Uvays tog`li rayonining tabiiy o`tloqlari 100 ming gektar maydonni egallagan va qo`y chorvachiligi uchun foydalanishga yaroqli. Rayon tabiiy zahiralarga boy va qulay iqtisodiy-geografik o`rinni egallaydi. Respublikalararo ahamiyatiga ega Nukus-To`rtko`l-Buxoro-Samarkand-Toshkent avtomobil yo`li Sulton Uvays orqali o`tib, O`zbekistonning sanoatli rayonlari bilan aloqa bog`laydi, ishlab turgan yuqori vol`tli LEP lar esa rayonni arzon energiya bilan ta`minlasa, qurilgan Nukus-Qoratov- Uchquduq temir yo`l tarmog`i rayonni to`g`ri O`zbekistonning sanoat rayonlari bilan tutashtiradi. Bu, birinchidan, rayonning transport iqtisodiy aloqalarini echsa, ikkinchidan, tabiiy er osti boyliklaridan sanoatda foydalanishga qulay imkoniyat yaratadi. Rayon tabiiy er osti boyliklarning zahiralariga boy. Geologik tekshirishlar natijasida Sulton Uvays tog`ining antiklinal uchastkalarida, ayniqsa, Xo`jako`ldagi Qozonchuqurda bur davrida paydo bo`lgan qo`ng`ir temir rudasi, Tebinbuloq titan aralash ruda koni topildi. Tebinbuloq eng ahamiyatli konlardan hisoblanib, bunda uchraydigan ruda tarkibida titan, temir rudasi, xrom, vanadiy, qo`rg`oshin, marganets rudalari uchraydi. Sulton Uvays tog`ining sharq tomonida joylashgan Qizilsoy, Qazg`ansoyda tal`kning zahiralari uchraydi, bu erda tal`k aralash rayon joylashgan. Ulardan Qazg`ansoy tal`k aralash rayon 1,7-2,5 km Qizilsoy tal`k koni esa 1,3-1,5 km ga cha oraliqda cho`zilib yotibdi. Markaziy Sulton Uvaysning g`arbida nikel` rudasi va Darvoza tog`, Qahratog` rayonlarida granit zahiralari mavjud. Sulton Uvays tog`ining g`arbida joylashgan Xo`jako`l, Cho`qayto`g`ay rayonlarida sanoatda ahamiyatga ega fosforitning keng zahiralari joylashgan. Bundan faqat Cho`qayto`g`ay fosforit konining tekshirilgan zahirasi 20,6 mln tonnani tashkil qiladi. Sulton Uvays
58
tog`ining janubiy-g`arbida joylashgan Oqtov rayonsining paleozoy yotqiziqlarida marmarning va ohaktoshning zahiralari topildi. Bulardan Oqtov ohaktosh koni joylashgan gorizontning qalinligi 40 metrdan 140 metrgacha etadi. Keyingi yillarda geologik tekshirishlar natijasida Sulton Uvays tog`- kon sanoati rayonida sanoat ahamiyatiga ega gips, slanets, granit va boshqa da tabiiy boyliklarning zahiralari ham ochildi. Bu kelgusida katta Tebinbuloq metallurgiya zavodini, yiliga 1,8 mln tonna tsement va 120 mln shartli plita shifer tayyorlaydigan Oqtov tsement-shifer kombinatini va yillik quvvati 100 ming m 3 temir-beton konstruktsiyalarini ishlab chiqaradigan Qoratov yirik panelli o`y qurilish kombinatini tuzishga yo`l ochadi. Sulton Uvays tog`-kon sanoati rayonida ishlab chiqarish kuchlarining tezlik bilan rivojlanishini ta`minlashda va oldingi manzarada quriladigan ishlab chiqarish inshootlarini ishchi kuchi bilan ta`minlashda Amudaryo orqali Sulton Uvays-Jumurtov rayonida solinadigan ko`prik katta ahamiyatga ega. Bu ko`prik tog`-kon sanoatli rayonni ortiq mehnat rezervlariga ega Xorazm vohasidagi ma`muriy rayonlar bilan tutashtiradi va sug`oriladigan dehqonchilik rayonlaridan bo`shagan ishchi kuchini yangi quriladigan ishlab chiqarish ob`ektlariga tortishga yo`l ochadi. Shunday qilib, ishlab chiqarish tarmoqlari orasida transport-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish oxirgi hisobda ortda qolgan rayonlarning iqtisodiy salohiyatini rivojlangan rayonlarga tenglashtirishga va foydalanilmayotgan potentsialli zahiralarni xalq xo`jaligida foydalanishga imkon yaratadi. Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog`istonning tabiiy sharoiti va resurslarini hisobga olib xalq xo`jaligi majmuasining keyingi yillar ichida rivojlanish yo`llarini tahlil qilish respublikada ko`p tarmoqli ishlab chiqarish sohalarining o`sib etishishiga foydalanilmayotgan keng imkoniyatli resurslarning borligini ko`rsatadi. Kelgusida engil va oziq- ovqat sanoati tarmoqlari bilan bir qatorda yoqilg`i-energetika, qurilish materiallari sanoati,mashina qurilishi markazlari tuzildi. Bu qishloq xo`jaligi tarmoqlarini keng rivojlantirishga va ishlab chiqarishning natijaligini orttirishga yo`l ochadi. Shunday qilib, kelajakda Qoraqalpog`istonning xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda jadal intilishlar yuzaga keladi. Sanoatning yangi tarmoqlari-rangli metallurgiya, ximiya sanoati, gaz sanoati tarmoqlari o`sadi. Shu tufayli xalq xo`jaligi tarmoqlarining samaradorligini orttirish va xo`jalik aylanishiga Ustyurt, Qoratov, Qizilqum yana boshqa hududlarni qo`shish yangi sanoat markazlarining o`sib etishiga va qishloq xo`jalik majmuasini, ayniqsa, chorvachilik komplekslarini tuzish zarur bo`ladi. Bu va yana boshqa tadbirlar oxirgi hisobda Qoraqalpog`istonning sanoatlashgan dasturda rivojlanishi va uning O`zbekiston miqyosida mehnatning mintaqa oralig`ida tutgan rolining ortishiga yo`l ochadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling