Reja: O'zbek Milliy Qandolat Mahsulotlari Milliy karamel ishlab chiqarish «Burama qalamcha» karameli
Download 63.24 Kb.
|
orif aka3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Milliy karamel shakl berish Reja
Tayanch atamalar va iboralar
«Buxorcha», «Burama qalamcha», «Obidandon», «Rang-ba-rang», «Akkoli», «Xiloli» milliy karamellari; «Lavz», «Donagi», «Sobuni», «Teri», «Buxorcha teri», «Buxorcha pashmak», «Bodomi», «Mayizli», «Rusta», «Obinowot», «Unli-obinowot» milliy halvolari. Nazorat savollari O'zbek milliy qandolat mahsulotlariga qaysi shirinliklar taalluqli? «Buxorcha» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting. «Burama qalamcha» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting. 4.«Obidandon» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting 5. « Rang-barang» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting. Mavzu: Milliy karamel shakl berish Reja: Milliy karamelga shakl berish "Burama qalamcha" karameliga shakl berish Milliy karamelga shakl berish karamel qirquvchi, karamel shtamplovchi, manpasi tayyorlovchi mashinalarda yoki qo'lda amalga oshiriladi. Konussimon massadan cho'zuvchi mashina yordamida ma'-lum diametrga ega bovliq tortiladi va shakl berish karamel qirquvchi yoki karamel shtamplovchi mashina yordamida amalga oshiriladi. Manpasi tayyorlovchi mashinalar yordamida karamelga shakl berish jarayonida karamel massasini konussimon holatga keltirishning hojati yo'q. Shakl berish qo'lda amalga oshirilsa, konussimon massadan qo'l yordamida bovliq tortiladi. Tekislangan bovliq qaychi yordamida alohida karamellarga qirqiladi. "Burama qalamcha" karameliga shakl berishda konussimon massadan diametri 10 mm bo'lgan bovliq tayyorlanadi, bovliq buraladi va undan uzunligi 6—8 sm li qalamchalar sindirib olinadi. Shakl berilgan karamel 35—45°C haroratgacha sovutilgan-dan so'ng o'rash va qadoqlashga yuboriladi «Buxorcha», "Obidandon" va "Burama qalamcha" karamellari etiketkalarga o'raladi. Ochiq karamellar og'zi zich yopiladigan tunukadan tayyor-langan idishlarga 1 kilogrammdan qadoqlanadi. "Buxorcha", "Obidandon", "Rang-barang" karamellarini polimer plyonka-si va boshqa materiallardan tayyorlangan paketlarga qadoqlashga ham yo'l qo'yiladi. Paketlar issiqlik bilan yopishtirilgan yoki lenta bilan bog'langan yoki korxonaning mahsulot belgisi tushirilgan yorliq bilan yelimlangan bo'lishi kerak. Paketlarga joylangan mah-sulotning sof massasi 1 kilogrammdan oshmasligi kerak. "Rang-barang" karameli yuzasiga himoyalovchi ishlov berish uchun drajelovchi qozonga harorati 40—45°C dan past bo'lgan karamel solinadi, qozon aylantiriladi va quruq modda-larning miqdori 70% va harorati 80—85°C bo'lgan shakar qiyomi quyiladi. Qozon 5 minut aylantirilgandan keyin aylanayotgan qozon ichiga teshikchalarining diametri 2—3 mm bo'lgan elak bilan elangan shakar solinadi. Shakar solingandan keyin qozon yana 3—4 minut aylantiriladi. Yuzasi bir tekis shakar bilan qoplangan karamel 1—2 soat davomida tindirishdan so'ng qadoqlash va joylashga yuboriladi. Qadoqlangan milliy karamellar taxta quti, fanera quti yoki gofralangan kartondan tayyorlangan qutilarga og'irligi 12 kilogrammdan qilib joylanadi. Download 63.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling