Reja: O'zbek Milliy Qandolat Mahsulotlari Milliy karamel ishlab chiqarish «Burama qalamcha» karameli
Download 63.24 Kb.
|
orif aka3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Milliy holvani tayyorlash texnologiyasi Reja
Halvo ishlab chiqarish.
Sharq xalqlari orasida «halvo» so'zi keng tarqalgan. Aslida bu so'z «shirin mahsulot» yoki «shirinlik» ma'nosini bildiradi. Haqiqatan ham «halvo» deb atalgan mahsulotda turli guruh qandolat mahsulotlariga xos bo'lgan xususiyatlarni kuzatish mumkin. Masalan, «Lavz», «Sobuni» va «Donagi» halvolar mayda kristalli tuzilishi bilan pomadaga o'xshaydi, «Buxorcha teri» va «Buxorcha pashmak» halvolari un-yog' aralashmasi bilan qoplangan karamel massasining ingichka tolalaridan iborat, «Mayizli, «Obinovvot», «Rusta», «Teri», «Unli-obinowot» halvolari og'ir kuvlangan, «Bodomi» halvosi yengil kuvlangan massalardan tayyorlanadi. Shuning uchun milliy halvoning tuzilishi, ta'mi, konsistensiyasi, tarkibining o'ziga xos xususi-yatlariga tayanib, uni alohida qandolat mahsulotlari guruhiga aj-ratish mumkin. Tayanch atamalar va iboralar «Buxorcha», «Burama qalamcha», «Obidandon», «Rang-ba-rang», «Akkoli», «Xiloli» milliy karamellari; «Lavz», «Donagi», «Sobuni», «Teri», «Buxorcha teri», «Buxorcha pashmak», «Bodomi», «Mayizli», «Rusta», «Obinowot», «Unli-obinowot» milliy halvolari. Nazorat savollari O'zbek milliy qandolat mahsulotlariga qaysi shirinliklar taalluqli? «Buxorcha» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting. «Burama qalamcha» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting. 4.«Obidandon» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting 5. « Rang-barang» karamelining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting. Mavzu: Milliy holvani tayyorlash texnologiyasi Reja: Milliy halvolarning tavsifi va ishlab chiqarish texnologiyasi «Donagi» halvo Qirqilgan halvo Milliy halvolarning tavsifi va ishlab chiqarish texnologiyasi. «L a v z» halvosi bir qatlamli bo'yalgan yoki bir necha qatlamli, turli ranglarda bo'yalgan to'g'riburchak shaklidagi halvo. Shakar-invert qiyomi va bug'doy unini bo'yoq qo'shib aralashtirish yo'li bilan tayyorlanadi. 1 kilogrammida kamida 20 dona mahsulot mavjud. Namligi 10,0-3,0% «Lavz» halvo ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bos-qichlardan iborat: shakar-invert qiyomini va halvo massasini tayyorlash; halvoga shakl berish; halvoni joylash. Shakar-invert qiyomini tayyorlash uchun ochiq qaynatish qozoniga shakar va suv (shakar 30%) solinadi, shakar to'la erigunicha qizdiriladi. Qaynab turgan qiyomga 107—108°C haroratda limon kislotasining eritmasi solinadi. Qiyom 112—114°C haroratgacha qizdiriladi, bunda quruq moddalar miqdori 85— 86% ga mos keladi. Qaynatish jarayonida qozon devorida hosil bo'lgan kristallar ho'llangan gazlama yordamida eritiladi. Tayyor qiyom boshqa qozonga solinadi va harorati 70—75°C bo'lguncha sovutiladi. Sovutilgan qiyomga birin-ketin un solinib, aralashma yaxshilab qoriladi. Aralashmani tezroq aralashtirish mayda kristall tuzilishli halvo massasini olinishiga imkon beradi. Turli rangga bo'yalgan halvo massasini tayyorlash uchun qiyomga un qo'shishdan awal tegishli bo'yoq eritmasi solinadi va qiyom bir tekis rangga kirguncha aralashtiriladi. Shundan keyingina un qo'shiladi va aralashma yaxshilab qoriladi. Yuzasiga o'simlik moyi surtilgan sovitish stoliga ma'lum rangga bo'yalgan halvo massasi qatlamining qalinligi 1 sm ga yaqin qilib surkaladi. Hosil bo'lgan qatlam sovitilgandan so'ng uning ustiga boshqa rangga bo'yalgan ikkinchi qatlam surkaladi. Biroz to'xtab, ikkinchi qatlam ustiga yana boshqa rangga bo'yalgan uchinchi qatlam surkaladi. Mahsulot va xonaning haroratiga qarab halvoni tindirish davomiyligi 2—6 soatni tashkil etadi. Kesishga qulay konsistensiyani egallagandan keyin, halvo dastlab uzunasi bo'ylab, keyin esa ko'ndalangiga kesim yuzasini silliq qilib bir xil oichamli bo'laklarga bo'linadi. Qirqilgan halvo quritish uchun 2—3 soat qoldiriladi, so'ng joylashga yuboriladi. Download 63.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling