Reja: O'zbek Milliy Qandolat Mahsulotlari Milliy karamel ishlab chiqarish «Burama qalamcha» karameli


Download 63.24 Kb.
bet11/11
Sana04.04.2023
Hajmi63.24 Kb.
#1325173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
orif aka3

Halvoni qorish. Tuxum oqiga kuvlangan karamel qiyomi mav-jud bo'lgan qozonga harorati 55—60°C yog'-un aralashmasi va qovurilgan kunjut solinadi. Aralashma bir tekis konsistensiyaga ega bo'lguncha qoriladi.
Tayyor halvo massasi yog' o'tkazmaydigan idishga qadoqla-nadi va xona haroratigacha sovitiladi.
Halvoni qadoqlash va joylash. "Bodomi", "Buxorcha pash-mak", "Donagi", "Lavz", "Mayizli", "Rusta", "Sobuni" kabi milliy halvolar badiiy bezatilgan qutichalarga massasi 0,2 kg dan 1 kg gacha hamda tabiiy va sun'iy materiallardan tayyorlangan xaltachalarga massasi 0,5 kg gacha qadoqlanadi. "Obinowot", "Unli-obinowot" halvolari idishlarga massasi 0,5 kg gacha qadoqlanadi.
Qadoqlangan va qadoqlanmagan halvolar taxta, fanera va karton qutilarga joylanadi. Qutining tubi va mahsulotning yuqori qatlami pergament, pergamentsimon, sellofan yoki polimer plyonkalar bilan yopiladi. Joylangan halvoning sof massasi — 12 kg. dan oshmasligi kerak
Tayanch atamalar va iboralar
«Buxorcha», «Burama qalamcha», «Obidandon», «Rang-ba-rang», «Akkoli», «Xiloli» milliy karamellari; «Lavz», «Donagi», «Sobuni», «Teri», «Buxorcha teri», «Buxorcha pashmak», «Bo­domi», «Mayizli», «Rusta», «Obinowot», «Unli-obinowot» milliy halvolari.
Nazorat savollari

1.«Buxorcha teri» halvosining tavsifini keltiring va ishlab chiqa­rish texnologiyasini yoriting.



  1. «Buxorcha pashmak» halvosining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.

  2. «Bodomi» halvosining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.

  3. «Mayizli» halvosining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.

  4. «Rusta» halvosining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.

  5. «Obinowot» milliy halvosining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.

  6. «Unli-obinovvot» halvosining tavsifini keltiring va ishlab chiqarish texnologiyasini yoriting.


.
Download 63.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling