Reja: Tashkiliy hujjatlar(Guvohnoma,yo’riqnoma, izom-Ustav) Shartnomaning o’ziga xos xususiyatlari. Faroyish hujjatlari(biyruq, buyruqdan ko’chima) Ko’rsatma, Farmoyish. Mashg`ulot maqsadi


Tomonlarning manzillari va imzolari


Download 367.5 Kb.
bet12/18
Sana31.03.2023
Hajmi367.5 Kb.
#1314303
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
5-dars 7YOZISH VA TAQDIMOT - копия

Tomonlarning manzillari va imzolari:

Etkazib berish shartnomasi.
Amaliyotda yetkazib beruvchi korxona iste’molchi korxona bilan maxsulot yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar o’rnatadi. Bu munosabatlar yetkazib berish shartnomasi orkali rasmiylashtiriladi. De­mak, yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bulib, unga kura yetkazib beruvchi korxona muayyan maxsulot- ni belgilangan muddatlarda iste’molchi tashkilotga mol- mulk sifatida yoki amaliy boshkarish uchun yetkazib berish majburiyatini oladi; iste’molchi tashkilot esa maxsulotni qabul qilib olish va uning qiymatini belgilangan narxlar bo’yicha to’lash majburiyatini Etkazib beruvchi korxona va iste’molchi tashkilot xo’­jalik shartnomalarini tuzishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomlarga va amaldagi qonunlarga rioya qilishlari kerak.
Etkazib berish shartnomasi quyidagi zaruriy qismlarni o’z ichiga oladi:
1.Hujjat turi nomi va uning tartib raqami.
2.Shartnoma tuzilgan joy va sana.
3.Shartnoma tuzuvchi tomonlarning nomi.
4.Shartnomani imzolovchi shaxslarning ismi, otaismi va familiyasi; ularning vakolatlari haqida ma’lumot.
Etkazib berilishi zarur bo’lgan maxsulotning aniq nomi, miqdori, zaruriy hollarda esa ularning turlari.Shartnomaning umumiy amal qilish muddati va yetka­zib berishning aniq muddatlari.
5.Mahsulotning sifati va to’liqligi.
6.Shartnoma summasi va maxsulot narxi.
7.Maxsulotni miqqdoriy va sifat jihatdan qabul qilib olish tartibi.
8.Idishlarga va maxsulotning joylanishiga bo’lgan talablar.
9.Etkazib beriladigan maxsulot uchun hisob-kitob tartibi.
Mulkiy javobgarlik.
Tomonlar o’rtasidagi nizolarni ko’rib chiqish joyi va tartibi.
Tomonlarning huquqiy manzillari (bunda korxonalarning turli bank (davlat, xususiy) muassasalaridagi xi- sob-kitob rakamlari, albatta, ko’rsatiladi)
Shartnoma tuzgan tomonlarning imzolari va muxrlari.
Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy-texnika ta’minoti va sotish bulimlarining xo­dimlari, bosh yoki katta xisobchilar, adliya maslaxatchilari) oldindan ruxsat belgilarini kuyishi kerak. Shartnoma te­gishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daf- tarda ruyxatga olinadi.
Etkazib berish shartnomalari loyihasi yetkazib beruv-chi korxona tomonidan ikki nusxada tuziladi, imzolanadi va kelishish hamda imzolash uchun iste’molchi korxonaga yuboriladi. Iste’molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, o’n kun ichida uni imzolashi va uning bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga kaytarishi kerak. Yetkazib berish shartnomasi tomonlarning undagi har bir bob, har bir band bo’yicha to’la kelishuvidan keyingina tuzilgan deb hisoblanadi (3-ilovaga karang). Kelishish jarayonida yetkazib beruvchi korxona tomonidan taklif qilingan shartnoma yuzasidan iste’molchi korxonada e’tirozlar paydo bo’lsa, ziddiyatlar bayoni tuzilishi mumkin.



Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling