Республика ўрта тиббиёт ва доришунос ходимлар малакасини ошириш ва ихтисослаштириш маркази


Download 0.71 Mb.
bet41/55
Sana06.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1329851
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
Миллий тадбир

Қарор қилади:
1. 8-декабрь Конституция қабул қилинган кун муносабати билан ўтказилган тадбир маълумот учун кабул килинсин.
2. Конституция-бахтимиз пойдевори мавзусида тингловчилар орасида тарғибот-ташвиқот ишлари олиб борилсин
Директор Х.Джумаев.


Котиба: М.Муродова.

ТАSDIQLAYMAN”


Filial direktori:
Х.Djumayev.
_____” “ _____” 2022il.


Respublika o’rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Buxoro filialida o’tkazilgan ma’naviy tadbir bayonnomasi.

_____” “ _____” 2022yil. Buxoro sh.




Raislik qildi: Х.Djumayev.Filial direktori.


Qatnashdi : direktor, direktor o’rinbosarlari, o’qituvchi va
ishchi xodimlar hamda 56 nafar tinglovchilar.


Kun tartibi:

“Madhiyamiz-faxrimiz!”




(Х.Djumayev,N.Barrayev, G,Negmatova,D.Jabborova)
Respublika o’rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Buxoro filiali direktori Х.Djumayev yigilishni ochib, Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangraganda, “Serquyosh” so‘zi jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib entikish, dilimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini his etamiz. Chunki unda yurtimiz tarovati, buyuk kelajak barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan xalqimizning orzu-intilishlari, O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatida tobora yuksalib borayotgan obro‘-e’tibori, hech kimdan kam bo‘lmay, kelajakka qat’iy ishonch bilan intilayotgan yoshlarimizning azmu shijoati aks etgan. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
1992-yil 10-dekabr tariximizga mustaqilligimizni mustahkamlash davrining muhim voqeligi sodir bo‘lgan kun sifatida kirdi. Bilasiz, ushbu sanada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining huquqiy maqomini belgilovchi qonun qabul qilindi. Madhiyamiz mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yo‘lida fidokorona mehnat, bunyodkorlik va tadbirkorlikka ruh bag‘ishlashga xizmat qiladigan istiqlol ramzidir.
Kun tartibidagi masala yozasidan filial ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari N.Barrayev va o’qituvchilar G,Negmatova,D.Jabborovalar so’zga chiqib, Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning Davlat ramzlari halqimizning shon-sharafi, tarixiy hotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, fahr iftihor bag‘ishlaydi. Ular ma’naviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois, madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida halqimizning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tarihimizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hizmat qilmoqda. Madhiyada mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ullar tarannum etilgan.Milliy madhiyamizning muazzam sadolari Davlatimiz Rahbarining turli mamlakatlarga rasmiy tashriflari chog‘ida, O‘zbekistonga kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini kutib olish marosimlarida, yirik halqaro anjumanlar, sport musobaqalarida va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarida eng baland shoxsupaga ko‘tarilgan paytida baralla yangramoqda.Mustaqil O‘zbekiston madhiyasining maqsad-mudaosi murg‘aq jondagi shaxsni uyg‘otish, yuksak ijtimoiy murod maqsadlar mezonlarga muvofiq ravishda kamol toptirishdan iboratdir.Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishi har birimiz, ayniqsa, yosh avlodning yodda tutishi maqsadga muvofiqdir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling