Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


 Ba’zan gapda ikkita qiyosiy daraja


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

5. Ba’zan gapda ikkita qiyosiy daraja birga kelishi mumkin: harder and harder. Qiyinroq va 
qiyinroq. Bigger and bigger. Kattaroq va kattaroq. More and more difficult. Qiyinroq va qiyinroq. 
More and more expensive. Qimmatroq va qimmatroq.
6. “Elder” (kattaroq) va “the eldest” (eng katta) sifatlari faqat oila a’zolari (aka, opa, amaki, 
tog’a) haqida gapirilganda ishlatiladi: My elder brother is a pilot. Mening o’rtancha akam 
uchuvchi. His eldest son is a student. Uning eng katta o’g’li talaba.


50 
7. No va any olmoshlari ham qiyosiy daraja oldidan ishlatilishi mumkin: Do you want any 
more help? Yana bir oz yordam xohlaysizmi?
Orttirma daraja ishlatiladigan holatlar 
1. Agar gapda “in the world”, “in my life”, “in the family”, “of all”, “one of” va “among” 
kabi soz’lar kelsa o’sha gapda orttirma daraja ishlatish lozim: Your dictation is the worst of all. 
Sening diktanting hammasidan eng yomoni. One of the most difficult subjects is mathematics in 
my opinion. Fikrimcha ehg qiyin fanlardan biri bu matematikadir. This is the smallest insect in the 
world. Bu dunyodagi eng kichik hashorat. Anvar is the cleverest student among our classmates. 
Anvar sinfdoshlarimiz orasida eng aqlli talabadir.
2. Perfect zamoni ishlatilgan gapda orttirma daraja ishlatiladi: This is the most interesting 
book I have ever read. Bu men o’qigan kitoblarimning eng qizig’i.
3. By far birikmasidan keyin orttirma darajadagi sifat keladi. My friend Akmal is by far the 
friendliest. Mening do’stim Akmal eng do’stona do’stdir.
4. Orttirma darajadigi sifat “my, his, her, our, this, Anvar’s” kabi boshqa ko’rsatgichlar 
bilan qo’llanilganda “the” artikli ishlatilmaydi: My best friend is Anvar. Mening eng yaxshi do’stim 
Anvar. Karim’s most interesting book. Karimning eng qiziq kitobi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling