Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Some olmoshidan “somebody, someone


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

6. Some olmoshidan “somebody, someone – kimdir, something-nimadir” olmoshlari 
yasaladi.
7. Some (somebody, someone, something) olmoshi odatda “bir nechta, bir qancha” 
ma’nosida darak gaplarda ishlatiladi. So’roq va inkor gaplarda “some” olmoshi ishlatilmaydi, 
balki “any” (anybody, anyone – hechkim, biror kishi, anything-hech narsa, biror narsa) ishlatiladi: 
I have got some friends. Mening bir nechta do’stlarim bor. I haven’t got any friends. Mening 
bironta ham do’stim yo’q. Do you have any friends? Sening bironta do’sting bormi?
Lekin: Taklif qilganimizda yoki iltimos qilganimizda so’roq gaplarda ham “some” olmoshi 
ishlatilishi mumkin: Would you like some tea? Biroz choy xpohlaysizmi? Do you want some cakes? 
Bir oz pirog xohlaysanmi? Can I have some stamps? Birnechta marka olsam maylimi? Would you 
like something to eat? Biror narsa yeyishni xohlaysizmi?
8. “Ha” javobini olish uchun savol so’raganimizda ham so’roq gapda “some” olmoshini 
ishlatish mumkin: Why are you under the table? Have you lost something? Nima uchun sen stol 
tagidasan. Biror narsa yo’qotdingmi? Have you got something in your eye? Ko’zingizga biron 
narsa kirdimi?  
9. “ANY” (anybody, anything, anyone) olmoshi asosan inkor va so’roq gaplarda ishlatiladi 
va “hech qancha, bironta ham” deb tarjima qilinadi: I haven’t got any children. Mening bironta 
ham bolalarim yo’q.
10. Never (hech qachon), without (-siz), refuse (rad etmoq), seldom (ba’zan), hardly, 
barely, scarcely (zo’rg’a), no one (hech kim) kabi inkor ma’no tashuvchi so’zlar qatnashgan 
gaplarda ANY (anybody, anything, anyone) olmoshi ishlatiladi: He never had any car. Uning hech 
qachon mashinasi bo’lmagan. He left home without any money. U uydan pulsiz chiqdi. She refused 
to say anything. U biror narsa deyishni rad etdi. Hhe seldom buys any flowers. U onda-sonda gul 
sotib oladi.
11. “IF” bog’lovchisi qatnashgan gaplarda ham “any” (anybody, anything, anyone) olmoshi 
ishlatiladi: If you have any question, I shall answer them. Agar birorta savolingiz bo’lsa, ularga 
javob beraman. If any student comes, tell him to meet me. Agar bironta talaba kelsa, ayt menga 
uchrashsin.
Lekin: B’azan gaplarda “IF” bog’lovchisi tushib qolib belgisiz qo’llanilishi ham mumkin: (If) 
Anyone (who) wants to go there please meet me. Biror kishi u yerga borishni xohlasa menga 
uchrashsin.
12. “ANY” (anybody, anything, anyone) olmoshi bo’lishli gaplarda ham ishlatilishi mumkin. 
“ANY” (anybody, anything, anyone) olmoshi bo’lishli gaplarda kelsa “istalgan bir, harqanday bir” 
(любой) ma’nosida keladi va shunday deb tarjima qilinadi: I can go any place, any time you want. 
Men sen xohlagan paytda xohlagan joyga borishim mumkin. You can take any book you want. 
Sen istalgan kitobingni olishing mumkin.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling